Madaniy meros agentligi
2.03K subscribers
5.69K photos
562 videos
2 files
1.95K links
O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
🌐 https://madaniymeros.uz/
☎️ +998712000118
📥 info@madaniymeros.uz
📩 Tmma@exat.uz
📲 https://www.facebook.com/Madaniy-meros-agentligi/
📲 https://instagram.com/madaniymerosuz?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Download Telegram
Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyida Madaniy meros agentligi tomonidan tashkil etilgan “MDH muzeylarida Yevroosiyo merosi” shiori ostidagi tashkil etilgan tadbir yakunlandi. Tadbir so‘ngida Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev xalqaro konferensiyada ishtirok etgan mehmonlarga sertifikat va esdalik sovg‘alarni taqdim etdi.
——————
Сегодня завершилось мероприятие под лозунгом «Наследие Евразии в музеях СНГ», организованном Агентством культурного наследия в Государственном музее истории Тимуридов. В завершении мероприятия первый заместитель директора Агентства культурного наследия Турсунали Кузиев вручил сертификаты и памятные подарки гостям, участвовавшим в международной конференции.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniy meros kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Quyidagi havola orqali muhokamada qatnashish mumkin:

https://regulation.gov.uz/oz/d/72442

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqanddagi muzeylarga o‘ta noyob qadimiy eksponatlar sotib olindi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 27 iyuldagi qaroriga muvofiq, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga 500 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobidan miloddan avvalgi II asr va milodiy XIV asrga taalluqli 41 dona bronza oyna kolleksiyasi, XI asrga tegishli, asosan Qoraxoniy Ibrohim ibn Nasrning 180 dona kumush tangalari kolleksiyasi, Chig‘atoy xonlari (Bayonqulixon va Tarmashirin)ning 236 dona dinor va dirhamlari, o‘ndan ortiq rang-tasvir asarlari, tarixiy liboslar, kashta, fotoapparat, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ipak gilamlar, zargarlik mahsulotlari, jami 600 ga yaqin tarixiy va badiiy qimmatga ega ashyolar xarid qilindi.

➡️ batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baqtriya va Sug‘diyona Buyuk Ipak yo‘lida. Miho muzeyi to‘plami

🇯🇵 Miho muzeyida Misr va Mesopotamiya, Xitoy va qadimgi Amerikagacha bo‘lgan qadimiy tamaddunlarga oid sanʼat buyumlari to‘plami mavjud.

🌍To‘plamda qadimgi Baqtriya davridan to ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan Markaziy Osiyo sanʼati namunalari ham taqdim etilgan.

🤔To‘plamdagi eng qadimgi buyumlar miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri - 2-ming yillik boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davr Baqtriya-Margiana arxeologik majmuasi bilan mashhur.

🌊 O‘rta Osiyo to‘plamining salmoqli qismi miloddan avvalgi 1-ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmidagi Oks daryosi vodiysi (Amudaryo) zardushtiylik sanʼatini o‘zida aks ettiradi.

🎬 Video: @madaniymerosi
#Bilasizmi
#Infografika
#Madaniy_meros

📊 “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari Milliy ro‘yxati”ga Buxoro viloyatidagi 829 ta madaniy meros obyektlari kiritilgan.
————
📊 В «Национальный перечень объектов недвижимости материального культурного наследия» включены 829 объектов культурного наследия Бухарской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Aslida_qanday?
Luvr muzeyidagi ko‘rgazma tafsilotlari haqida yaqinda ushbu ko‘rgazma ochilish marosimida ishtirok etib qaytgan muzey rahbarlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma haqida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, professor Jannat Ismailova hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, temurshunos olim, tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziyevlar batafsil ma’lumotlarni taqdim etishdi.

🗓 Efir vaqtdi: 16 dekabr
Soat: 20:00 da
📺 "Aslida qanday?.." ko'rsatuvi
"O‘zbekiston tarixi" telekanali
————
О деталях выставки в Лувре состоялась беседа с руководителями музеев, недавно вернувшимися с церемонии открытия этой выставки. Подробную информацию об этой выставке предоставили директор Государственного музея истории Узбекистана, профессор Джаннат Исмаилова и директор Государственного музея истории Темуридов, ученый-темуровед, кандидат исторических наук Хуршид Файзиев.

🗓 Дата эфира: 16 декабря.
Время: 20:00
📺 Шоу "Aslida qanday?.."
Телеканал "O‘zbekiston tarixi"
❗️❗️❗️DIQQAT E'LON!!!

👷 Buxoro viloyatidagi ko'plab madaniy meros obyektlarida restavratsiya va konservatsiya ishlari boshlanganligi munosabati bilan Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi tomonidan quyidagi kasblarga tanlov e'lon qilinadi:

🧱 G'isht teruvchi usta
🪤 Ganchkor usta
🪵 Duradgor usta
🕌 Naqqosh usta
👷‍♂️ hamda yordamchi ishchilar

Nomzodlar qurilish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

💵 Oylik maoshlari bajarilgan ish hajmiga qarab belgilanadi.
Minimal oylik ish haqi 4 000 000,0 so‘mdan boshlanadi.

☎️ Murojaat uchun telefon:
Har kuni soat 9.00 - 18.00 gacha.
+99893-383-34-47
+99899-146-16-42
+99891-447-79-14

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Payariqdan saklarning ikki ming yillik bronza qozoni topildi

Aslida ushbu noyob ashyo bundan 29 yil oldin topilgan. Faqat uni topib olganlar uning noyobligini bilishmagan va uy –ro‘zg‘or ishlarida foydalanib kelishgan. Yaqinda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari muzey to‘plamlarini boyitish maqsadida viloyatimiz bo‘ylab ekspeditsiyaga chiqishdi. Ekspeditsiya davomida aniqlangan bir qator ashyolar ichida saklarning bronza qozoni ayniqsa diqqatga sazovordir. Qozonning balandligi 37 sm, og‘iz qismining diametri 52 sm.ni tashkil etadi. Qozon Yettisuv vohasi sak qabilalariga oid bo‘lib, miloddan avvalgi II-I asrlarga oiddir.

➡️ batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Turkiya Surxondaryo ziyoratgohlarini, madaniy meros obyektlarini o‘z ichiga oluvchi tur-paketlar ishlab chiqadi

Surxondaryo viloyatidagi qadimiy madaniy-meros obyektlari, arxitektura va arxeologik yodgorliklar dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otib keladi. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Turkiya yetakchi ziyorat turkompaniyalaridan biri – “Uchbey turizm” vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatidagi ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida maʼlumot berildi. “Imom Abu Iso Muhammad at Termiziy”, “Al-Hakim at-Termiziy”, “Xo‘jamayxona” majmuasi, “So‘fi Olloyor”, “Xo‘jaipok ota” hamda “Sulton Saodat” majmualarini o‘z ichiga oluvchi ziyorat turizmi yo‘nalishi imkoniyatlari taqdim etildi.

➡️ batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Anons

2022-yil 9-dekabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida “OPEN AIR FEST” nomli tadbir tashkillashtirilmoqda.

Tadbir dasturi:

10:00 da Bolalar uchun “Kubizn”, “Sirli eksponat”, “Pontomimika” nomli interaktiv o’yinlar o’tkaziladi.

11:00 da “Qovun bilan chol” kartinasiga maxsus “Mahorat darsi”ni tashkillashtirmoqda.

11:00-13:00 gacha Koncert dasturi:

10:00-16:00 gacha Muzeyga kelgan mehmonlar “Buqa bilan selfi” yani muzey timsoliga aylangan V.Lisenko tomonidan chizilgan “Buqa” kartinasi yonida rasmga tushish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi va arxiv fondidagi O‘zbekistonga oida qo‘lyozma asarlari o‘rganilmoqda

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi fondida saqlanayotgan jami 49 361 ta qo‘lyozma haqidagi ma’lumot jamlangan 28 kitobdan iborat yangilangan fixrist va 50 GB hajmdagi elektron fayl 8 ta CD-diskda keltirildi.

Ma’lumot uchun: “Al-Azhar” universiteti Fotimiylar davlati davrida (909—1171) tashkil etilgan bo‘lib, tarixi ming yilliklarga borib taqaladi va Islom olamida “Ilm markazi” degan nom olgan.

Dastlabki ilmiy izlanishlarda ushbu kutubxonada Ibn Sinoning "Al qonun fi at-tib" asari, Imom Buxoriy asarlarining 415 ta nusxasi va ko'plab allomalarimiz qo‘lyozmalarining nusxalari saqlanayotganligi aniqlandi. Bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirish natijasida yurtimiz tarixiga oid yangi topilmalar kashf qilinishi kutilmoqda.

➡️ batafsil
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 49-moddasi bilan, fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburligi, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilangan. Ta'kidlash joizki buyuk ajdodlarning boy madaniy merosi to'g'risida g'amxo'rlik qilish Bosh qomusda belgilab qo'yilishi katta ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi jamoasi Sizni bugungi Bosh qomusimiz – Konstitutsiya qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

🔸Vatandoshlarimiz hayotiga farovonlikni, ko'ngliga xotirjamlikni ta'minlash, yurtimizda inson manfaatlari va qonun ustuvorligini yanada mustahkamlash yo'lidagi yangi qadamlarda zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV_biz_haqimizda_#samarqand #qozon #tarix
Ikki ming yillik tarixga ega qozon muzeyga topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2022-yil 27-mayda qabul qilingan "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan "Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasi doirasida ushbu tarixiy buyum
Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi tomonidan aholidan xarid qilib olindi.

Jurnalist: Xurshidjon Eshqobilov
◀️ Efir: 07.12.2022
Turizm va madaniy meros vazirligida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 30 yilligi esdalik nishoni” bilan taqdirlash marosimida Madaniy meros agentligining Madaniy boyliklarni ekespertizadan o‘tkazish bo‘limi bosh sanʼatshunosi Umarbekova Dilafruz Fazletdinovna ham ushbu nishon bilan taqdirlandi.

Esdalik nishoni Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan topshirildi.

Umarbekova Dilafruz Fazletdinovnani madaniy meros sohasi vakillari nomidan e’tirof bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmalari, davlat muzeylarida mehnat qilayotgan soha foyilari taqdirlandi.

Milliy madaniyatimiz namunalarini asrab-avaylash, o‘rganish va saqlash ishlariga masʼul soha xodimlariga hukumat darajasida bildirilgan eʼtibor va g‘amxo‘rlikning yuksak namunasidir.

– Asosiy Qonunimizda “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”, deya alohida modda bilan belgilanishi yurtimizda madaniy meros obyektlarini himoya qilish va muhofazasining kafolati hisoblanadi, – deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Botir Shaymatov. – Shu nuqtai nazardan, bu esdalik nishonining men uchun qadri va qimmati baland bo‘lsa, jamoamiz uchun bildirilgan ishonch hamda masʼuliyat ifodasidir.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube