Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyalik bu odam 2011-yildan beri tsunamida yoʻqolgan ayolini izlaydi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gipatiya Misrning eng donishmand odamlardan biri bo'lmish Teonning qizi edi. Otasining qo‘llab-quvvatlashi bilan u ilm-fan, matematika, falsafa va astronomiyaga juda qiziqardi.
Vaqt o‘tishi bilan u ko‘plab sohalarda o‘zini rivojlantiradi va qadimgi davrning eng yirik kutubxonasi bo‘lgan Iskandariya kutubxonasida o‘qituvchilik qila boshlaydi.
Uning ayol sifatida bergan darslari, shuningdek diniy e’tiqodining majusiylik bo‘lishi uni din dushmani va jodugar sifatida ayblashga sabab bo‘ladi va bir kuni u o‘qituvchilik qilgan maktab oldida din tarafdorlari tomonidan ushlanib, shafqatsizlarcha o‘ldiriladi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Vaqt o‘tishi bilan u ko‘plab sohalarda o‘zini rivojlantiradi va qadimgi davrning eng yirik kutubxonasi bo‘lgan Iskandariya kutubxonasida o‘qituvchilik qila boshlaydi.
Uning ayol sifatida bergan darslari, shuningdek diniy e’tiqodining majusiylik bo‘lishi uni din dushmani va jodugar sifatida ayblashga sabab bo‘ladi va bir kuni u o‘qituvchilik qilgan maktab oldida din tarafdorlari tomonidan ushlanib, shafqatsizlarcha o‘ldiriladi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixning eng muhim ilm markazlaridan biri bo‘lgan Iskandariya kutubxonasi, o‘zidagi yuz minglab kitoblar bilan kelajakka nur sochib turardi, to yoqib yuborilgunga qadar.
Uning qanday yoqilgani aniqlanmagan bo‘lsa-da, tarixiy manbalarga ko‘ra, 3 xil ehtimol mavjud.
Ulardan birinchisi, Sezar Iskandariyani egallashga uringan paytda yoqib yuborilishi, ikkinchisi va uchinchisi esa, nasroniy yoki musulmon din arboblari tomonidan dinga zid qarashlar aks etgan yozuvlar mavjudligi sababli yoqib yuborilishidir.
Bu uch ehtimoldan qaysi biri haqiqatda yuz bergani aniq bo‘lmasa-da, Iskandariya kutubxonasining yonib ketishi tarixdagi eng katta yo‘qotishlardan biri deb ko'riladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt har narsaning davosi, deyishadi.
Xo‘sh, rostdan ham shundaymi? Ba’zi narsalarni faqat vaqtga havola qilishning o‘zi yetarlimi? Ehtimol, vaqtni davoga aylantiradigan narsa uni qanday boshqarishimizdir?
Chunki xuddi shu vaqt oralig‘ida... Bir odam og‘riqdan qiynalsa, boshqasi shu og‘riqqa qaramay, yo‘lida davom etishi mumkin.
Garchi ikkalasining ham sarflagan vaqti bir xil bo‘lsa-da, biri joyida depsinib turadi, ikkinchisi asta-sekin o‘zini qaytadan quradi.
Biz insonmiz va, albatta, ba’zan to‘xtashimiz ham kerak. Nafas olishga, dam olishga va jim turishga ham ehtiyoj sezishimiz mumkin.
Ammo o‘sha to‘xtashdan keyin vaqtdan qanday foydalanish butunlay bizning tanlovimizda.
Vaqt oqib ketyapti. Nimaiki qilmaylik uni to'xtatib bo'lmaydi va to‘xtashi ham mumkin emas. Lekin bu, albatta, hamma narsani shoshilinch qilishimiz kerak, degani emas. Inson xotirjam va osoyishta bo‘lganda ham vaqt bilan uyg'unlikka erisha oladi.
Inson o‘ziga in’om etilgan vaqt bilan o‘ziga achinishni ham, o‘zi bilan bellashishni ham, o‘zi bilan kurashishni ham, o‘zi bilan yarashishni, o‘zini kechirish, o‘zini tushunish va oldinga intilishni ham tanlashi mumkin.
Insonning tanlovi nima bo‘lishidan qat’i nazar, vaqt bir lahza ham harakatdan to‘xtamaydi. Va qilingan tanlovlar vaqtning davo yoki zahar bo‘lishini belgilaydi.

🎥 "Kichik Daho: Ibn Sino" (2023)
Ushbu serial tarixning eng buyuk olimlaridan biri Ibn Sinoning bolalik yillariga bag‘ishlangan asardir.
Ayniqsa, bolalar va yosh tomoshabinlarga mo‘ljallangan bu serial ham tarixiy shaxslarni tanishtirish, ham ilm-fanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilgan.

Tarixning eng muhim kutubxonalaridan biri bo‘lgan Bag‘dod kutubxonasi fizikadan tortib astronomiyagacha deyarli barcha sohalarga oid minglab manbalarni o‘z ichiga olgan maskan edi.
Biroq, Chingizxonning nabirasi Huloku xon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan yoqib, yo‘q qilindi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Biroq, Chingizxonning nabirasi Huloku xon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan yoqib, yo‘q qilindi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik va kambag‘allar kun sayin qashshoqlashib, boylar esa boyib borayotganini tanqid qilgan Megi, dastlab Monopoliya o‘yinining ikki xil turini bozorga chiqaradi.
Birinchi o‘yinda barcha o‘yinchilar faqat boyib, o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilishadi, ikkinchi o‘yinda esa har bir o‘yinchi raqiblarini birin-ketin mag‘lub etishi kerak.
Megi nafaqat iqtisodiy tengsizlikni, balki erkaklar hukmron bo'lgan tizimni ham tanqid qiladi. Chunki o‘sha davr sharoitida ayollar ko‘pincha erkaklar tomonidan past qaralardi.
O‘yinni Megidan o‘g‘irlagan Charlz Darrou esa "Bu o‘yinni buyuk inqiroz davrida yaratdim" degan yolg‘on bilan bozorga chiqaradi. Ammo bu yolg‘on hikoya odamlarni ishontiradi va tez orada Monopoliya butun dunyoga mashhur o‘yinga aylanadi.

Turmush qurish vaqti kelgani uchun musiqiy karyerasidan voz kechgan Maria Anna Motsart ukasi Volfgang Motsartga dars berish va kompozitsiyalar yozishni boshladi.
Vaqt o‘tgan sayin ukasini musiqa sohasida xuddi o‘zi kabi rivojlantirdi va uning dunyoga mashhur bastakor bo‘lishiga hissa qo‘shdi.
U eri vafot etganidan so‘ng o‘z hayotini musiqa o‘qituvchisi sifatida davom ettirdi va ukasi Volfgangning shuhrati Mariyaning iste’dodini soyada qoldirib, porlab ketdi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Vaqt o‘tgan sayin ukasini musiqa sohasida xuddi o‘zi kabi rivojlantirdi va uning dunyoga mashhur bastakor bo‘lishiga hissa qo‘shdi.
U eri vafot etganidan so‘ng o‘z hayotini musiqa o‘qituvchisi sifatida davom ettirdi va ukasi Volfgangning shuhrati Mariyaning iste’dodini soyada qoldirib, porlab ketdi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixdagi eng unutilmas shaxslardan biri bo‘lgan Nikola Tesla 8 ta tilni bilgan va 300 dan ortiq patentga ega edi.
U bugungi kunda biz foydalanayotgan o‘zgaruvchan tokni ixtiro qilgan. Garchi Edison bilan bo‘lgan tajribalari unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u ishlashni va harakat qilishni davom ettirdi.
U na pul, na shuhrat ortidan quvdi. U tinim bilmay ishladi, oddiy hayot kechirdi va dunyoga bepul elektr energiyasi yetkazib berish maqsadidan voz kechmadi.
Ammo, afsuski, qilgan mehnatlari evaziga munosib mukofot ololmadi va kambag‘al holda hayotdan ko‘z yumdi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
U bugungi kunda biz foydalanayotgan o‘zgaruvchan tokni ixtiro qilgan. Garchi Edison bilan bo‘lgan tajribalari unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u ishlashni va harakat qilishni davom ettirdi.
U na pul, na shuhrat ortidan quvdi. U tinim bilmay ishladi, oddiy hayot kechirdi va dunyoga bepul elektr energiyasi yetkazib berish maqsadidan voz kechmadi.
Ammo, afsuski, qilgan mehnatlari evaziga munosib mukofot ololmadi va kambag‘al holda hayotdan ko‘z yumdi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turli vaqtlarda Onadoʻlida yashagan saljuqlilar, forslar va friglar Derinkuyu yerosti shahrini kengaytirgan boʻlsa-da, Vizantiya davrida yerosti shahrining aholisi eng koʻp nuqtasiga yetgan va 20 kishiga yetgan.
Yerosti shahrida boʻlgan oziq-ovqat omborlari, quduqlar va havo aylantirish tizimlari orqali insonlar bu yerda yillab yashagan. Ichkaridan yopiladigan eshiklari orqali esa tashqi dunyodagi xavflardan himoyalanishgan.
#maroniylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Yerosti shahrida boʻlgan oziq-ovqat omborlari, quduqlar va havo aylantirish tizimlari orqali insonlar bu yerda yillab yashagan. Ichkaridan yopiladigan eshiklari orqali esa tashqi dunyodagi xavflardan himoyalanishgan.
#maroniylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turmush o‘rtog‘i Karl Benz bilan hamkorlikda ishlaydigan Berta nafaqat avtomobilni ommalashtirishda, balki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z jamg‘armalarini u bilan baham ko‘rib, yordam beradi.
Ular birgalikda yaratgan benzinli avtomobil dastlabki kunlarda unchalik qiziqish uyg‘otmagan bo‘lsa-da, Bertaning strategik va aqlli reklama marketingi natijasida juda mashhur bo‘la boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan kompaniyalarning e’tiborini tortgan avtomobil tez orada og‘izdan og‘izga tarqalib, turli mamlakatlardagi odamlar orasida ham tanila boshlaydi.
Ular yaratgan avtomobil muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rgan Berta eriga shunday telegramma jo‘natadi: "Biz uddaladik."
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Ular birgalikda yaratgan benzinli avtomobil dastlabki kunlarda unchalik qiziqish uyg‘otmagan bo‘lsa-da, Bertaning strategik va aqlli reklama marketingi natijasida juda mashhur bo‘la boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan kompaniyalarning e’tiborini tortgan avtomobil tez orada og‘izdan og‘izga tarqalib, turli mamlakatlardagi odamlar orasida ham tanila boshlaydi.
Ular yaratgan avtomobil muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rgan Berta eriga shunday telegramma jo‘natadi: "Biz uddaladik."
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1940-yilgacha davom etgan bu jarayon brendlarning paydo bo‘lishi bilan o‘zgardi
Ayollar uchun qo‘llaniladigan ko‘k rang pushti rangga, erkaklar uchun qo‘llaniladigan pushti rang esa ko‘k rangga aylandi.
Bugungi kunda ranglar kompaniyalar uchun katta marketing strategiyasiga aylanib ulgurdi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Ayollar uchun qo‘llaniladigan ko‘k rang pushti rangga, erkaklar uchun qo‘llaniladigan pushti rang esa ko‘k rangga aylandi.
Bugungi kunda ranglar kompaniyalar uchun katta marketing strategiyasiga aylanib ulgurdi.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Janna D'Ark 1400-yillarda yashagan ayol harbiy yetakchi
U Angliya-Fransiya o‘rtasidagi yuz yillik urushlar davrida o‘z mamlakatini himoya qilish bilan shug‘ullangan va g‘alaba qozongan.
Biroq keyinchalik u cherkov tomonidan dinni haqorat qilishda va jodugarlikda ayblangan, so‘ngra unga nisbatan o‘lim hukmi chiqarilgan.
Oradan 490 yil o‘tgach, xuddi o‘sha cherkov tomonidan u Fransiyaning xaloskori sifatida e’lon qilingan.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
U Angliya-Fransiya o‘rtasidagi yuz yillik urushlar davrida o‘z mamlakatini himoya qilish bilan shug‘ullangan va g‘alaba qozongan.
Biroq keyinchalik u cherkov tomonidan dinni haqorat qilishda va jodugarlikda ayblangan, so‘ngra unga nisbatan o‘lim hukmi chiqarilgan.
Oradan 490 yil o‘tgach, xuddi o‘sha cherkov tomonidan u Fransiyaning xaloskori sifatida e’lon qilingan.
#maromiylik #yangiruhiyat
@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ilm-fan uchun o‘lgan ayol" Mariya Kyuri toriyning uran bilan bir xil nurlar chiqarishini aniqladi va bu nurlanishni "Radioaktivlik" deb atadi.
U ruda namunalarini sinab ko‘rib, shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi radioaktiv moddani kashf etdi. Bu yangi elementni ham Polshadan ilhomlanib "Poloniy" deb atadi.
Mariya Kyuri radioaktivlik bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida juda muvaffaqiyatli bo‘lgan, ammo uning xavfini ham yaxshi baholamagan edi. Shuning uchun ham u "Ilm-fan uchun o‘lgan ayol" laqabini olgandi.