ODDIY HAYOT
755 subscribers
260 photos
202 videos
4 files
5 links
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi loyihasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Marko Polo qo’lyozmalarida Qutulun haqida shunday yozadi:

“Malika shu qadar kuchli ediki, butun mamlakatda unga teng keladigan erkakni topib bo’lmasdi. Chunki kim bo’lishidan qat’i nazar hammani mag’lubiyatga uchratardi. Otasi Qutulunni turmushga bermoqchi bo’lsa-da, Qutulun bunga rozi bo’lmas va (o’zi kimnidir yoqtirib qolmaguncha) turmush qurish niyati yo’qligini aytib keladi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Italiyadagi qahva madaniyati 🇮🇹☕️

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fikrlamaydigan jamiyat - boshqarilishi eng oson boʻlgan jamiyatdir.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tmish bizga saboq berishi mumkin, ammo u bilan yashab bo‘lmaydi

Kung Fu Panda 2 filmidagi bu fikr, hayotning eng muhim haqiqatlaridan birini eslatadi: inson o‘tmishni o‘zgartira olmaydi.

Qanchalik afsuslansa ham, u yerda qolib ketgan og‘riqlarni bugunga olib kelish – faqatgina hozirgi baxtimizni o‘g‘irlaydi.

Panda bu so‘zlar bilan bizni bir haqiqatga yetaklaydi: faqat hozir va kelajak bizning qo‘limizda. O‘tmishdan saboq olish – donolik, lekin unda yashash – hayotni to‘xtatib qo‘yishdir.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyalik bu odam 2011-yildan beri tsunamida yoʻqolgan ayolini izlaydi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amalga oshirilgan soʻnggi islohotlar haqida

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehmonlar uchun olingan buyumlarni qanchada bir ishlatasiz?

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xashamatli toʻy yoki oilaviy sayohat? Qay birini tanlaysiz?

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gipatiya Misrning eng donishmand odamlardan biri bo'lmish Teonning qizi edi. Otasining qo‘llab-quvvatlashi bilan u ilm-fan, matematika, falsafa va astronomiyaga juda qiziqardi.

Vaqt o‘tishi bilan u ko‘plab sohalarda o‘zini rivojlantiradi va qadimgi davrning eng yirik kutubxonasi bo‘lgan Iskandariya kutubxonasida o‘qituvchilik qila boshlaydi.

Uning ayol sifatida bergan darslari, shuningdek diniy e’tiqodining majusiylik bo‘lishi uni din dushmani va jodugar sifatida ayblashga sabab bo‘ladi va bir kuni u o‘qituvchilik qilgan maktab oldida din tarafdorlari tomonidan ushlanib, shafqatsizlarcha o‘ldiriladi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixning eng muhim ilm markazlaridan biri bo‘lgan Iskandariya kutubxonasi, o‘zidagi yuz minglab kitoblar bilan kelajakka nur sochib turardi, to yoqib yuborilgunga qadar.

Uning qanday yoqilgani aniqlanmagan bo‘lsa-da, tarixiy manbalarga ko‘ra, 3 xil ehtimol mavjud.

Ulardan birinchisi, Sezar Iskandariyani egallashga uringan paytda yoqib yuborilishi, ikkinchisi va uchinchisi esa, nasroniy yoki musulmon din arboblari tomonidan dinga zid qarashlar aks etgan yozuvlar mavjudligi sababli yoqib yuborilishidir.

Bu uch ehtimoldan qaysi biri haqiqatda yuz bergani aniq bo‘lmasa-da, Iskandariya kutubxonasining yonib ketishi tarixdagi eng katta yo‘qotishlardan biri deb ko'riladi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoʻlga chiqayotganda, uyidan chiqmaganlardan aql olmaslik kerak

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt har narsaning davosi, deyishadi.
Xo‘sh, rostdan ham shundaymi? Ba’zi narsalarni faqat vaqtga havola qilishning o‘zi yetarlimi? Ehtimol, vaqtni davoga aylantiradigan narsa uni qanday boshqarishimizdir?

Chunki xuddi shu vaqt oralig‘ida... Bir odam og‘riqdan qiynalsa, boshqasi shu og‘riqqa qaramay, yo‘lida davom etishi mumkin.
Garchi ikkalasining ham sarflagan vaqti bir xil bo‘lsa-da, biri joyida depsinib turadi, ikkinchisi asta-sekin o‘zini qaytadan quradi.

Biz insonmiz va, albatta, ba’zan to‘xtashimiz ham kerak. Nafas olishga, dam olishga va jim turishga ham ehtiyoj sezishimiz mumkin.
Ammo o‘sha to‘xtashdan keyin vaqtdan qanday foydalanish butunlay bizning tanlovimizda.

Vaqt oqib ketyapti. Nimaiki qilmaylik uni to'xtatib bo'lmaydi va to‘xtashi ham mumkin emas. Lekin bu, albatta, hamma narsani shoshilinch qilishimiz kerak, degani emas. Inson xotirjam va osoyishta bo‘lganda ham vaqt bilan uyg'unlikka erisha oladi.

Inson o‘ziga in’om etilgan vaqt bilan o‘ziga achinishni ham, o‘zi bilan bellashishni ham, o‘zi bilan kurashishni ham, o‘zi bilan yarashishni, o‘zini kechirish, o‘zini tushunish va oldinga intilishni ham tanlashi mumkin.

Insonning tanlovi nima bo‘lishidan qat’i nazar, vaqt bir lahza ham harakatdan to‘xtamaydi. Va qilingan tanlovlar vaqtning davo yoki zahar bo‘lishini belgilaydi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 "Kichik Daho: Ibn Sino" (2023)

Ushbu serial tarixning eng buyuk olimlaridan biri Ibn Sinoning bolalik yillariga bag‘ishlangan asardir.

Ayniqsa, bolalar va yosh tomoshabinlarga mo‘ljallangan bu serial ham tarixiy shaxslarni tanishtirish, ham ilm-fanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilgan.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixning eng muhim kutubxonalaridan biri bo‘lgan Bag‘dod kutubxonasi fizikadan tortib astronomiyagacha deyarli barcha sohalarga oid minglab manbalarni o‘z ichiga olgan maskan edi.

Biroq, Chingizxonning nabirasi Huloku xon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan yoqib, yo‘q qilindi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik va kambag‘allar kun sayin qashshoqlashib, boylar esa boyib borayotganini tanqid qilgan Megi, dastlab Monopoliya o‘yinining ikki xil turini bozorga chiqaradi.

Birinchi o‘yinda barcha o‘yinchilar faqat boyib, o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilishadi, ikkinchi o‘yinda esa har bir o‘yinchi raqiblarini birin-ketin mag‘lub etishi kerak.

Megi nafaqat iqtisodiy tengsizlikni, balki erkaklar hukmron bo'lgan tizimni ham tanqid qiladi. Chunki o‘sha davr sharoitida ayollar ko‘pincha erkaklar tomonidan past qaralardi.

O‘yinni Megidan o‘g‘irlagan Charlz Darrou esa "Bu o‘yinni buyuk inqiroz davrida yaratdim" degan yolg‘on bilan bozorga chiqaradi. Ammo bu yolg‘on hikoya odamlarni ishontiradi va tez orada Monopoliya butun dunyoga mashhur o‘yinga aylanadi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turmush qurish vaqti kelgani uchun musiqiy karyerasidan voz kechgan Maria Anna Motsart ukasi Volfgang Motsartga dars berish va kompozitsiyalar yozishni boshladi.

Vaqt o‘tgan sayin ukasini musiqa sohasida xuddi o‘zi kabi rivojlantirdi va uning dunyoga mashhur bastakor bo‘lishiga hissa qo‘shdi.

U eri vafot etganidan so‘ng o‘z hayotini musiqa o‘qituvchisi sifatida davom ettirdi va ukasi Volfgangning shuhrati Mariyaning iste’dodini soyada qoldirib, porlab ketdi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixdagi eng unutilmas shaxslardan biri bo‘lgan Nikola Tesla 8 ta tilni bilgan va 300 dan ortiq patentga ega edi.

U bugungi kunda biz foydalanayotgan o‘zgaruvchan tokni ixtiro qilgan. Garchi Edison bilan bo‘lgan tajribalari unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u ishlashni va harakat qilishni davom ettirdi.

U na pul, na shuhrat ortidan quvdi. U tinim bilmay ishladi, oddiy hayot kechirdi va dunyoga bepul elektr energiyasi yetkazib berish maqsadidan voz kechmadi.

Ammo, afsuski, qilgan mehnatlari evaziga munosib mukofot ololmadi va kambag‘al holda hayotdan ko‘z yumdi.

#maromiylik #yangiruhiyat

@m_oddiy