M1racle books📚
2.07K subscribers
675 photos
93 videos
59 files
1.11K links
Someone who believes in magic
Welcome and enjoy
Download Telegram
​​#kitob

© "Kuz simfoniyasi" Sherzod Ortiqov

Kimnidir, nenidir kutdim ishonib,
Osmonga termulib o'tdim terakday,
Xazon bo'lib hamki ketolmayapman,
Go'yoki haliyam sizga kerakday...

Yaproqday omonat tebranadi dil,
Tamaki tutatar yana g'olib kuz.
Dunyoni bir go'zal rangga bo'yardim,
Afsus, sizdan oldin kuz keldi, afsus...


Xulosa: Men yozuvchidan uzr so'rayman. Sizning kitobingiz men oxirigacha o'qimagan ilk kitob... Yozuvchi uslubi menga to'g'ri kelmadi chamamda...
Kitobdagi hikoyalardan birida yozilganidek, hozirgi zamon odamlariga dard haqida yozganingiz unchalik yoqmaydi... G'amgin
kitob, g'amgin qalb. @mahinsworld aytganidek: "Yoqmagan kitobni davom etish uchun hayot juda qisqa".

O'qing!!! Zero eng yaxshi xulasa bu - o'zingiz chiqargan xulosadir.

Kitobda mualliflik huquqi borligi sababli elektron varianti mavjud emas.


https://t.me/joinchat/AAAAAEI3mGhckYQ1YKP8VQ
​​#kitob

Xavf-xatar taxlika solayotgan chog‘da hamisha inson qalbida bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki ovoz baravar sado beradi: biri odam boshiga tushayotgan xavf-xatarning mohiyatini anglasin, undan qutilish tadbirlarini topsin desa, 2-chisi xavf-xatarni o‘ylab o‘tirishdan og‘irroq va mashaqqatliroq narsa yo‘q, taqdirga tadbir ko‘rish insonning qo‘lidan kelmaydi, yaxshisi falokat yuz berguncha, uning haqida o‘ylamasdan ko‘ngilni xush qilish kerak der edi.

© "Urush va tinchlik" asaridan


https://t.me/joinchat/AAAAAEI3mGhckYQ1YKP8VQ
​​#kitob

Odamlar qulaylik zonasida qolish uchun barcha ishni qilishadi. Agar siz biror narsaga erishmoqchi bo'lsangiz qulaylik zonasida chiqing. O'z xayotingizda intizom va tartibni ko'tarishga harakat qiling. O'zingizni intizomli qilishning oddiy usullari quyidagilar: 1) muddat qo'yish, 2) siz boshqalardan yaxshiroq qila oladigan, muxim bo'lgan va qilishdan roxatlanadigan narsalaringizni izlab topish va qilish, 3) odatlaringizga e'tibor qaratish, asta-sekin yomon odatlar va fikrlash modellerini yaxshilariga almashtira borish.

©"Strategik tadbirkorning 100 kredosi"

@m1racle_books 📚
​​#kitob

... kuchukni kartoshka yeyishga o'rgatib, keyin oldiga bir parcha go'sht tashlasang, u albatta go'shtga intiladi, chunki qoniga sut bilan kirgan. Agar insonga jinday amal bersang, u bilan ham xuddi shu hol yuz beradi: amalga mahkam yopishadi. Bu holat g'ayriixtiyoriy ravishda sodir bo'ladi, sababi, inson ham hayvontabiat mavjudot, sirti boshqacha, xolos. Ustiga sariyog' surtilgan qora nondan farqi yo'q...

©"G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"

@m1racle_books 📚
​​#kitob

Bugun haqida yana bir shingil) Video va lavhalar joylamasam kerak endi)))

Hop bugun yana kitoblar sotib olindi. "Kitobxonlar haftaligi" doirasida tashkil qilingan kitob yarmarkasidan.

1) Robin Sharma - "O'z "Ferrari" sini sotgan rohib" asari - o'zbek tilida ko'rib juda xursand bo'lib ketdim va tezda sotib oldim. Mendan motivatsiya uchun kitob so'raydiganlar bu kitob aynan sizlar uchun.

2) Mich Elbom- "Morrining seshanba darslari" - ehh bu kitobning kitob shaklida chiqishini men qancha kutganimni tasavvur ham qilolmaysiz. Nihoyat chiqdi!!! Va tezda sotib oldim. Dizayn unchalik yaxshi bo'lmasa ham albatta o'qib ko'rishingiz kerak bo'lgan kitob.

3) L.N.Tolstoy - "Asosiy qahramonlarim - haqiqat". Kitob nomi va uning sifati uchun sotib oldim. Tolstoy ijodidan nimanidir o'qib ko'rmaganimni hisobga olsak, bu men uchun yangi yo'nalish..)

Sizning kuningiz qanday o'tdi? Qaysi kitoblarni sotib oldingiz va qaysi kitoblarni o'qiyapsiz? Comment'da comment'lashamiz)

@m1racle_books 🦩
​​#kitob

Ayni damda qo'limda "Sohilsiz dengiz".
Buxoriy Makkaga kirib bordi. U shaharga salom berish yozilgan joyini o'qib xuddi men ham ayni damda makkaga borgan insondek xursand sezdim o'zimni. Qarasam yig'layapman. Kitobda o'qib shuncha xursand bo'lsa inson, Ummul-quro*ga borsam qanday quvonar ekanmana!!!

Kitob ajoyib o'qib ko'ring!

* Ummul-quro - "Shaharlar onasi" degani. Asosan Makkai mukarramaga nisbatan ishlatiladi.

@m1racle_books
​​#kitob

Menimcha buni "Umid" desa kerak. Bolaliging, yoshliging va qariliging o'tayotgan maskanga bo'lgan mehr yoki. "Soyabon ostida" kitobidagi shu hikoya juda yoqdi. Orol qurib qolmasligi uchun qari holatida yozning jaziramasi, qishning qahratonida Orolga idishda suv tashigan Amangeldi ota. Inson ba'zan bir idishcha bo'lsa ham umidga muhtoj bo'ladi... Umidsiz qolishdan ko'ra yaxshiroq)

Orolning qurishi qanchalik og'riqli😞

@m1racle_books 📚
​​​​#kitob

Ancha qiyin bo'ldi ammo ko'chaga chiqish juda ajoyib..)

Bugun ancha paytdan keyin ko'chaga chiqdim. Ko'proq tomosha qilgim keldi. Har kun ertalab kamida 3-4 km yuguradigan odam uchun 2km masofani 10 martadan ortiq o'tirib nafas rostlab bosib o'tish ozroq qiyin albatta... Insonlarni kuzatdim. Bir-birini quvib, qayergadir shoshilayotgan odamlar. Hayot aslida shundaymidi, men ham shoshilarmidim? Qiziq quyosh botishi oldin ham shunchalar ajoyibmidi..? Kitob sotib olishni qanchalik sog'ingandim... O'zi rostdan nafas olyapmanmi..? Rostdan ko'chaga chiqding..!

Xullas bugun Джон Маррс "Единственный" kitobini sotib oldim. Oldin bemalol tikka turib kitob tanlardim. Bugun kuchim yetmadi. Kitob bo'limi yonida o'tirib rossa kitoblarga tikildim. Buncha yaxshi bo'lmasa...

Sizga bir narsa aytaman, hozir erkin nafas olib, bemalol yura olasiz-ku, shukur aytib qo'ying. Chunki menga o'xshagan biri ko'chaga chiqishga kuch topganidan bolalarcha xursand... Ko'zlariga ishonmadi..)

@m1racle_books❤️‍🩹
​​#kitob

@Akademnashr dan yozishdi:

- Assalamu aleykum yaxshimisiz? Sizga yangi kitob bor.
- Assalamu aleykum endi ancha yaxshiman)

Ichimda: Allohim ishqilib "Labirint " bo'lsin "Labirint" bo'lsin iltimos 🥺

Hozir: Haaa buncha go'zal bo'lmasa bu olam😄

@m1racle_books📚
​​#kitob

Qaysi kitobni xohlasam kelyapti...
Qiziq...😅 Ertalab ko'rib "Ehhh shu kitobni olishim kerak" degandim. Hozir qo'limda..) Alhamdulillah Kitobga qiziqqanlar bormi?

@AbuSolihFox Rahmat kottakon..)

@m1racle_books 📚
​​#kitob_time

Bugun yugurib yuribman. Ayni damda men: Sotuvchi, marketolog, SMM menejer, yetkazib beruvchi, talaba(hisobot topshirishim kerak), bookbloger, idish yuvuvchi, mijozlarga maslahat beruvchi, kitob sotib oluvchi, o'rab beruvchi, pochtachi va hujjatlar bilan ishlovchi hodimman. Kecha rekordim yangilandi. Men 72 soat ichida faqat 2 soatgina uxladim. Lekin umuman charchoqni his qilmayapman. Xuddi kuch quvvatga to'lib ketdim. Bu hafta oxiri hisobot topshirmasam 3-kursga o'tmayman. Meni duo qiling Robbim kuch quvvat bersin.

"Eee bore hammang!" deb metroda kitob o'qiyapman. Bugun boshlagandim. Yo'lda 41 bet o'qib qo'yibman o'ziyam. "Uoll-stritlik bo'ri uslubi" kitobni sevdim. Qayerdan sotib olishni bilasiz😉

Meni shirin bookmarklarim😁 Shu kitobni tugatishim kerak-da. Esi kirdi-chiqdi bo'lib qolganlar uchun(masalan men🌚 Faqat yozaman unutmay deb).

@m1racle_books 📚
​​#kitob_time

🔹Men ulkan muhabbatga loyiqman va uni har kunning har lahzasida qabul qilaman
🔹Men Koinot bilan birgaman. Koinot juda go'zal, shu jumladan, men ham.
🔹Mening qalbim ochiq. U mehr-muhabbatni shimib oladi va hadya qiladi.
🔹Hayot menga taklif qilajak barcha ezguliklarni bajonidil qabul etaman.
🔹Men ajoyib, aqlli va xushro'yman.
🔹Menga o'zimning bo'yim va vaznim yoqadi.

©️ "Ni Si: O'zni shakllantirish" kitobidan

Kitob do'kon: @mybook_store ❣️

@m1racle_books📚
​​#Kitob

Xo'sh qaysi kitoblar shu kunlarda qo'limdan tushmayapti?

1) "Uoll-stritlik bo'ri uslubi" bu kitobdan keyin savdo va umuman mijoz bo'lgan paytlarimdagi xatolarni tushinib yetdim. Kitobga chizmasdim. Lekin bu kitobning hamma joyini chizib belgilab chiqyapman. Juda ko'p joylarini qayta-qayta o'qidim. Har safar boshqacha narsalar tushunyapman.

2) "Muslima ayol Yevropada" - Ehhh Amina Shenliko'g'lu men uchun yozishini his qilyapman. Bu yozuvchining barcha kitoblari qadrli. Afsuski unchalik ham ko'p vaqt sarflolmadim. Kitob allaqachonlar tugashi kerak edi.

3) "Alfido" - hamma maqtadi. To'g'risi shuning uchun olib qani "ta'mini tatib ko'raychi" dedim. Boya avtobusda ochgandim. 60 betdan o'tdim. Hissiyotlar nihoyatda g'alati. "Imomning maneken qizi" yo'nalishida yozilgan. Farqi qiz o'qishga kirib "ozod" bo'lganlar toifasidan. Hech qachon shunaqa insonlarni yoqtirmaganman. Shungami asarga hozircha yaxshi ta'rifini berolmayman. Bilaman bu kitob ko'pchilikning "Sevimlisi" shuning uchun kechirasiz)))

Sizda qaysi kitoblar?

@m1racle_books📚
​​#kitob_berish

Ko'pchilikning katta muammosi bu kitoblarini boshqalarga berib turish. Bilasizmi, kitob berish muammo emas. Lekin o'sha inson ma'suliyatsiz ekanligi xavfli. Shu kungacha qancha insonga kitob bergan bo'lsam hali hech kim, kitoblarni vaqtida qaytarmagan... Nega? O'zim ham ingliz tilida kitoblar olganman. Ular shunchalik foydali qayta-qayta o'qiyman. Egasiga bergim kelmaydi(Abojon). Ba'zilarini vaqtida qaytaraman. Bilaman ular mendan ham ko'proq o'sha insonga qadrliroq. Lekin qaytarib berish, o'sha kitobdan ayrilish azob. Agar kitobga nimadir qilib qo'ysam bormi, juda qiynalaman. Xuddi o'zim yaralangandek. Yuzim yo'qolib o'sha odamning oldiga qaytib borishga uyalaman. Ming uzr so'rayveraman.

Ammo qani edi hamma ham shunday bo'lganida... Men-ku qiz bolaman. Kitobimni mana shu vaqtda qaytaraman degan "O'g'il" bolalarga nima dey? Uyimiz yonidagi bir bolaga kitob bergandim. Profilini yo'qotib qo'ydim. Qizig'i unga o'shanda aytgandim. "Sizdan keyin bu kitoblarni bir qiz so'rayapti" deb. Balki asosli sabab bordir. Hozir o'rtog'im mendan xafa va uning nazdida men shunchaki kitobni bergim kelmayapti. Aslidachi siz tufayli men va'damni bajarolmayapman. Uyalyapman. Vijdonim qiynalyapti. O'rtog'imni yuziga qarashga yuzim yo'q.

Nahotki siz hech narsa bo'lmagandek yuraveralsangiz. Bu ikkinchi marta. Birinchi marta bir tanishim olgandi. Vaqtini cho'zib yurgani, ma'suliyatsizligi uchun hech o'ylab o'tirmay aloqalarni uzdim. Nega bunchalik ma'suliyatsizsiz?
Endi boshqa umuman hech kimga kitob bermayman. Siz ham och qolib, pul yig'ib olingchi, menam bir axvolingizni tamosha qilay! Uyateeeyyy😏

Sizda shunday bo'lsa nima qilasiz. Guruh ochib comment yozadigan qildim.

@m1racle_books📚
​​#kitob

Bugungi sayohatim "Sen mening hayotinmi o'zgartirding" kitobi bilan. Kitob sifati ajoyib va boshlanishi menga yoqyapti. Avtobusdagi amakigayam yoqdi🌚 Darslar juda ko'pligi va mustaqil ishlar vaqtim yo'qligiga yagona bahona. Bu hafta barchasidan qutilaman degan umiddaman) Ijtimoiy tarmoqlardan ancha uzoqlashganimni sezyapman. Aslida yettinchi osmonda bo'lsam kerak😄 Tez orada sizlarga foydali postlar ulashishni ko'paytiraman degan umiddaman)

@m1racle_books📚
​​#kitob

Bugun "Mingboshining qizi" kitobiga review' bo'ladi) Hozir dars...

Siz bu kitob haqida eshitganmisiz? O'qiganmisiz? Tugatgan kitobingiz

@m1racle_books📚
​​#kitob

“Moviy ummon strategiyasi” tong shu kitobning ba’zi joylarini takrorlashdan boshlandi. Kitob iqtisodchilar va umuman biznesini raqobatchilar bozorida qanday rivojlantirishni o’ylayotganlar uchun ayni muddao. Siz aynan qanday moviy ummonlarni yaratishning bir nechta misollari bilan tanishasiz.

Juda ko’p narsa olishingiz mumkin bo’lgan kitob. Iqtisodiy xatolar va ularning oldini olish yo’llarini o’rgansangiz bo’ladi.

@m1racle_books📚
​​#kitob

“Muhammad sollallohu alayhi vasallam ochiq chehra, xushf’el va xushmuomala edilar. U zot hech qachon haqoratli yoki behayo so’zlarni so’zlamas edilar. U zot birovning aybini qidirmas va haddidan oshirib maqtamas edilar”.

“Allohning elchisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam” sur’atli taqdimot kitobidan.

@m1racle_books📚
​​#kitob

Luiza Xey haqida esa fikrim o’zgardi) Kitob menga ayni vaqtida keldi. Va hozir yoqtapti…

U haqida albatta yozaman. Siz Luiza Xey kitoblarini o’qiganmisiz?

@m1racle_books📚