#zamonaviy #kutubxonalar
“Book Mountain and Library Quarter” nomli kutubxona (Niderlandiya) Gollandiya shaharlaridan birida joylashgan. Kub koʻrinishida barpo etilgan bu binoning tomiga xuddi piramida joylashtirilgandek koʻrinadi va bu noodatiyligi bilan shahardagi boshqa binolardan ajralib turadi.”Book Mountain” yaʼni “kitoblar togʻi” iborasi aynan kutubxona nomi uchun bejiz tanlanmagan. Sababi, bu binoning ichiga kirishingiz bilan zalning oʻrtasida kitoblardan togʻni yodga soluvchi shakl yaratilganining guvohi boʻlasiz. Kutubxonadagi kitoblar bir necha boʻlimlarga ajratilgan boʻlib, bu qidirgan kitobingizni tezda topish imkonini beradi. Yana shunisi ahamiyatliki, kutubxona binosi yorugʻlik toʻgʻridan-toʻgʻri tushuvchi yerda barpo etilgan. Shu sabab kunduz kunlari kutubxona uchun hech qanday chiroqning keragi yoʻq.
@m1racle_books 📚

Birmingemdagi yangi kutubxona (Angliya).
Buyuk Britaniyaning eng katta kutubxonasi, Yevropaning esa eng katta maʼnaviy markazlaridan biri sanaladi. Ushbu kutubxona dizayni gollandiyalik arxitektorlar tomonidan yaratilgan. Binoning old tarafdan koʻrinishi noodatiy: oddiygina halqalar yordamida chiroyli koʻrinishga ega naqshlar yaratilgan va bu naqshlar binoga oʻzgacha chiroy baxsh etgan. Kutubxona bir necha qavatdan iborat boʻlib, bu yerda britaniyalik yozuvchilar kitoblari hamda jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishish mumkin.

Vennesl kutubxonasi. Norvegiyaning madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu kutubxonani soʻzsiz eng zamonaviylaridan biri deya atash mumkin. Sababi bu yerda kutubxona bilan birgalikda kafe, bir qancha konferensiyalar zali va oʻquv markazi ham faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, bu yerda Norvegiyaning eng katta arxivi mavjud. Kutubxona doimo oʻz kitobxonlari uchun ochiq.

Sejon milliy kutubxonasi (Koreya). Kutubxona joylashgan maydon 21000 kv. metrni tashkil qiladi. Bu bino 2013-yilda qurib bitkazilgan. Bir necha qavatdan iborat bu binoning birinchi va ikkinchi qavatlari dam olish hamda kitob oʻqish uchun moʻljallangan. Uchinchi qavatda turli konferensiya va seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Toʻrtinchi qavatda restoran joylashgan. Bu qavat orqali tomga chiqish imkoni mavjud boʻlib, bu yerda kichik bir bogʻ barpo etilgan.

Almerdagi yangi kutubxona (Niderlandiya)
Bir necha qismdan tashkil topgan: kafe, internetga ega maxsus xona, oʻquv zali va multimedia xonasi. Bu yer bir qarashda savdo markazi yoki supermarketga oʻxshaydi. Kutubxona kitoblarning janri hamda sohasiga qarab bir necha boʻlimlarga boʻlingan.

Braziliyadagi yangi kutubxona maydoni taxminan 22000 kv. metr boʻlib, 2013-yilda barpo qilingan. Bu yerda 17000 dona eng kam nusxadagi noyob kitoblar jamlanmasi mavjud. mazkur kutubxona ham bir necha qavatdan iborat boʻlib, har bir qavat kitoblar uchun bir boʻlim sanaladi.

Kvinslend shtatida joylashgan yana bir kutubxona oʻzining noodatiy va zamonaviyligi bilan barchani lol qoldiradi. bu yer 2006-yilda qurib bitkazilgan. Qayta taʼmirlash paytida kutubxona maydoni 12000 kv. metrga yetgan, bu oldingisiga qaraganda ikki barobar kattadir.

Aberdin shahri kutubxonasi juda qadimiy boʻlib, 1495-yilda tashkil qilingan. Bu kutubxonada 250000 ga yaqin kitoblar va koʻlyozmalar mavjud. Hozirda bu bino qayta taʼmirlanib, zamonaviy koʻrinishga keltirildi. Maydoni 15000 kv. metr.

Koreyaning eng zamonaviy kutubxonalaridan biri – Janubiy Koreya Milliy smart kutubxonasiga sayohat qilamiz. Sejong shahrida joylashgan Milliy kutubxona Koreya milliy kutubxonasining birinchi filiali sanalib, u aynan Koreyaning multifunksional-adminstrativ shahrida qurildi.
Taniqli Samoo Architects & Engineers tomonidan barpo etilgan majmuaning tashqi qiyofasi varaqlanayotgan kitobning shaklini yodga soladi va oʻzining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish imkonini beradi.
Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bagʻishlangan kitoblarni oʻzida jamlagan zamonaviy maskan, balki kitobxonlar qulayligi uchun eng ilgʻor raqamli texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Shu sababli ham kutubxonaga “E-BRARY”, (yaʼni emotion –emotsiya, library – kutubxona) nomi berilgan.
Bu yerda odamlar hamisha gavjum boʻlib, foydalanuvchilar tashrifining keti uzilmaydi. Mahalliy aholi va talabalar uchun esa allaqachon sevimli maskanga aylanishga ulgurgan. Kutubxona ichida turli boʻlinmalarga boʻlingan keng va yorugʻ zonalar mavjud boʻlib, siz istalgan yerda kitob oʻqishingiz, ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin. Shuningdek, koʻrgazmalar zalida kutubxona mehmonlari oʻz qoʻllari bilan ajoyib ijod namunalarini yaratishlari mumkin.
Kutubxonada Wi-Fidan foydalanish oson boʻlib, zamonaviy texnik qurilmalar orqali muhim ishlarni ham bitirish mumkin. Agarda zarur qoʻngʻiroq boʻlib qolsa, atrofdagilarga xalaqit bermaslik uchun maxsus telefon budkalari oʻrnatilgan. Bu budkalar tovush oʻtkazmaydigan qilib yasalgan.
Taʼkidlash joizki, koreyaliklar energotejamkorlikka va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanishga juda katta eʼtibor berishadi.
Kutubxona maʼmuriyati esa bino qancha elektr energiyasi ishlab chiqardi va qancha sarf etganligini onlayn rejimida koʻrsatib turuvchi tablo oʻrnatgan. Bu oʻz navbatida Koreyada davlat tashkilotlarining elektr energiyasi boʻyicha sarf-xarajatlarning shaffofligini koʻrsatib turish mexanizmi borligi va “yashil va smart iqtisodiyot”ga oʻtilayotganligidan dalolat beradi.
Bolajonlar uchun maxsus hudud mavjud boʻlib, turli mavzulardagi adabiyotlarni topib, oʻqish mumkin. Hattoki, ota-onalar ham farzandlari bilan kitob mutolaa qilib, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga oshiqishadi.

Istanbuldagi Boyazid kutubxonasi dunyoning eng chiroyli zamonaviy kutubxonasi haqida soʻz yuritamiz.
San-Fransisko va Londonda nashr etiladigan Wired ilmiy-ommaviy jurnali Istanbuldagi Boyazid davlat kutubxonasini eng chiroyli zamonaviy kutubxonalar ichida toʻrtinchi oʻringa qoʻydi.
1884-yilda “Umum Usmonlilar kutubxonasi” nomi bilan asos solingan kutubxonaning qayta tiklash va dizayn ishlarini Tabanlıoğlu Mimarlık kompaniyasi amalga oshirdi. Kutubxona kitobxonlarga millionga yaqin hujjatni taklif etadi, ulardan yarmi kitoblardir. Kutubxona fondida 11120ta qoʻlyozmalar saqlanadi, ularning ichida oʻta noyoblari ham bor.

Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy kutubxonalaridan biri – bu Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidir.
Milliy kutubxona axborot va madaniy-maʼrifiy muassasa boʻlib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob toʻplamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, Oʻzbekistonga va uning milliy manfaat lariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yigʻish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taaqdim etishdir.
Milliy kutubxona respublikamizdagi barcha kutubxonalarga kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari boʻyicha metodik rahbarlik qiladi.
Kutubxona oʻz nashriyot va bosmaxonasiga ega boʻlib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shugʻullanadi.