M1racle books📚
2.04K subscribers
676 photos
93 videos
59 files
1.11K links
Someone who believes in magic
Welcome and enjoy
Download Telegram
​​#tavsiya

Men yaxshi bir islomiy kitob blogini topdim. Unda asosan arabcha va islomiy o’zbekcha kitoblardan iqtiboslar keltirilib u kitoblar haqida taqriz yozilar ekan. Arab tilini bilmasak ham bu blogdan arab tilidagi kitoblarning mazmunini bilib olsak bo’lar ekan. Juda manfaatli bo’lyapti. Boshqa vaqtlarda arabcha maqollar tarjimasi va uning ma’nolari, hadislarning sharhi va qiziq rasmlar berib borilyapti. Sizlarga ham maslahat beraman kanal nomi bu yerda.
​​Ba'zi faktlar:

📚 Yangi qalam yoki ruchka bilan yozishni taklif qilishganda, 97% odamlar o‘z ismlarini yozadilar.

📚 Agar biror kishi bo‘lar-bo‘lmasga kulaversa, u ich-ichidan yolg‘iz insondir.

📚 Psixologiyada aytilishicha, birinchi taassurot har doim birinchi 7 soniyada bo‘ladi.

📚 Bizning vaziyatga bo‘lgan munosabatimiz tom ma’noda vaziyatni o‘zgartirishga qodir ekanligi isbotlangan.

📚 O‘zini g‘amxo‘r qilib ko‘rsatmaslik, eng ko‘p g‘amxo‘rlik qiladigan kishining odatidir.

📚 Salbiy fikrlaringizni qog‘ozga yozib, ularni axlatga tashlash sizning kayfiyatingizni yaxshilaydi.

📚 90% tartibsiz yozadigan insonlar hayotda juda kreativdirlar.

📚 Apelsinni iste’mol qilish stressni kamaytirishi isbotlangan. Shuning uchun shifokorlar ishga ketishdan oldin apelsin yeyishni tavsiya qiladi.

📚 Hech qachon o‘z maqsadlaringizni hech kimga aytmang. Chunki maqsadingizni aytganingizda miyangiz uni qulog‘ingiz orqali eshitadi va o‘sha maqsadni allaqachon bajarilgandek hisoblaydi, natijada sizda o‘sha maqsadni amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoq kamayadi, deya xabar bermoqda Quora.

@m1racle_books📚
​​ Kichik eslatma:

O'zingizni qiziqarli kitoblar, chiroyli orzular va yaxshi fikrlar bilan to'ldiring! Tabiatdan, mazali taomlardan va yoqimli musiqadan zavqlaning..)

@m1racle_books📚
​​#munosabat

Bu post hammaga ham emas. Shunchaki ibrat uchun yozildi. Va uni har kim o'z darajasidan kelib chiqib tushunadi. Siz tushunmagan bo'lsangiz, demak darajamiz bir xil emas.

Bilasizmi, nima juda achinarli? Insonning ishonchini sindirish! Agar sen "Men Allohdan qo'rqaman. Birovning rizqidan qo'rqaman" va yana har gapingda "Xudo" deb gapirib, undan foydalansang bu ikki karra og'irroq. Profilingga "Hijobli" qizlarning rasmini qo'yib, 80 ta diniy gaplarni yozishing, seni "Muslima" qilib qo'ymaydi. Bu postni juda kuchli og'riq bilan yozyapman. Xorazmdan bir qizga 5-6 ta kitob jo'natdim 6-sentyabrda. Hamma joydan qidirib, o'sha kitoblarni topdim. Qiz pulini o'tkazib berishini kutmadim. "Tezroq o'qisin. O'zim tug'ilgan joydan ekan" deb ishondim. Bugungacha telefonlarimga javob olmayman(Bu kitoblarni shunchaki berishga ham qurbim yetadi. Lekin kimgadir "Alloh" deb gapirib, shunday qilishlaridan jahlim chiqib oxirigacha borgim kelyotgandir). Yangi boshlaganim uchun o'zimga boshida moliyaviy taraf ozroq qiyin masala bo'ldi. Agar to'g'ri tushuntirib, telefonlarimga javob berganida edi, hech narsa demasdim. Hozir ham ichki ishlarga berishga haqqim bor, bir kunda topa olaman. Lekin yomonlik qilgim kelmayapti...Men bilan xayrlisi shu. Miyyam qabul qilmayapti, nahotki Robbisi haqida gapirib shunday bo'lish mumkin bo'lsa? Nahotki, din haqida shuncha gapirib, o'zi shu qadar tubanda bo'lsa. Men hech tushunolmayapman(U qizning ham o'z haqiqati bor albatta va men buni juda yaxshi tushunaman. Kutdim uning menga hammasini tushuntirishini. Men xato qilyotgan bo'lishim ham mumkin)

Yana aytaman men uchun xayrlisi shu ekan. U qizga juda achinyapman. Chunki hayot bumerang... Siz unday bo'lmang! Vijdoningizni ehtiyot qiling)

@m1racle_books📚
​​Kuz...

Men hayot uchun kurashib, toliqqan, yengilgan sariq barglar ustidan qadam tashlayman. Boshim ustidan yog'ilayotgan bu barglar, balki bir paytlar hech qachon yerga tushmayman, deb o'ylagandir. Hozir aynan shundaylardan birining ustida turgandirman. Lekin mening ham boradigan joyim yer...
Kuzni yoqtirib boryapman. Sovuq havo juda yoqyapti. Limon choyni, sariq tabiatni va shu shitirlashlarni sevib qolyapman. Yana bir ibtidoning intihosi bu...

Mening kuzim boshlanmoqda... Yolg'izlikning yana bir go'zal fasli...
Endi faqat ichida issiq choy,qahva bo'lgan idishlarning rasmi porlaydi)


@m1racle_books📚
Ingliz tili haqida ko'p so'raysiz)

Bir tanishim foydali kanal ochganlar. Ingliz tilli darajangizni oshirish uchun yaxshi imkoniyat. O'zim kanal postlaridan foydalanaman. Shunchaki tavsiya qilishni xohladim.

@podArti - kanalga ulaning va ulardan yaxshi, yangi, foydali ma'lumotlar oling!
​​Talabalik...

Bilim olish va yangi darajaning yana bir bosqichi. O'zbekistonda bu tizim yaxshi darajada emas(2 ta institutda o'qib sinab ko'rgan odam sifatida yozyapman). Hozirgi o'qiyotgan joyim ancha yaxshi(afsuski hammada ham bunday emas). Lekin boshqalar kabi menda ham tushunmaydigan, yoqtirmaydigan va kirishni xohlamaydigan ma'ruzalar,amaliyotlar bor. Shunchaki ularni menga kerak emas, deb o'ylashim qiziqishim o'lishiga birinchi sabab bo'lishi mumkin(aslida kerakdir, ammo baribir yoqtirmayman). Ma'ruzalar ayniqsa azob...

Ba'zan o'zimga aytaman: "Bu institutga kelganingda, yaxshi o'qiyman, bu yangi imkoniyat, degan eding. Endi esa darsga kirishni xohlamayapsan!" Vijdonim qiynaladi, albatta. Lekin birinchi yil o'qishga kirganimda katta kurslar "Hali yoshsizda" deyishgandi. Endi o'zim birinchi kursda o'zimga o'xshagan talabalarni ko'rsam, ichimdan "Ehhh, hali yoshsan-da" deyman.

Bilasizmi, katta sabab qilib muhitni ko'rsatishim va siz odamning o'ziga bog'liq deyishingiz mumkin albatta... Shunday holatlar bo'ladiki, hamma o'zim xohlagan narsalarimni o'rgangim keladi. Buni qilolmaganim uchun jahlim chiqib, o'sha dars va o'rganishni xohlagan narsalarimni ham jahl ustida o'rganmasdan, vaqtimni qanaqadir ahmoqona yangilikka, videolarga, filmga sarflayman. Eng qizig'i buning yomonligini, orzularim qolib ketayotganini his qilaman, ezilaman. Ana shunday paytlarda odatda bir qancha vaqt o'zimga dam beraman. Aslida nimani xohlashimni tahlil qilaman. Oxirgi 4 kun ham aynan shu maqsadda sarflandi. Men kitob o'qimadim, darsdan qochdim, uxladim, telefon o'ynadim, shunchaki o'tirib odamlarni tomosha qildim, qadriyatlarimga to'g'ri kelmaydigan narsalarni qildim.

Ammo hozir nimani xohlashimni aniq bilaman! Men o'sha menga yoqmaydigan darslarga kiraveraman. Ammo endi o'zimga yoqadigan taraflarini o'rganaman. Bilamanki, hech qaysi ilm mashaqqatsiz bo'lmaydi. Qiyinchiliklarsiz orzular qadrsiz bo'lgan bo'lar edi.

Aslida nima xohlashingizni aniqlashtirib oling. Xohishlaringizga xatto muhit ham ta'sir qilmaydigan darajada qattiq niyat qiling! Siz uddalaysiz😊

@m1racle_books📚
​​#iqtibos

Kitob o'qimasa ko'ngil qo'yma, ko'ngil qo'yding ham deylik, uylanma! Uylanding ham deylik qurboning bo'lay (undan) farzand orttirma!

@m1racle_books📚
​​#munosabat

Hayot kimningdir sizga bergan yomon tuyg'ulari uchun ko'z yosh to'kib o'tirishga ancha qisqalik qiladi(xatto o'sha kimdir, eng yaqining bo'lsa ham)...

Yillar davomida bir narsani o'rganasan. Hammasini bir chekkadan kuzatasan. Hozir koinotning shunday nuqtasidasanki, bu yerdan qo'ligga "Popcorn" olib odamlar senga nima qilishlarini xotirjam tomosha qilasan. Hozir yo'qotishlar og'riqli emas. Hozir sog'inchning eng katta do'zasini qabul qilib ko'rgan insonsan(ota-onaga nisbatan). Va hozir shunchalik befarqsanki, boshqalarning bergan zarbasi sen uchun shunchaki chivin chaqishi bo'lib qolgan. Hozir sen o'zingni shu qadar qadrlaysanki, o'zinga bir chekkada qolib, "bechora yig'loqi" bo'lishni ravo ko'rmaysan. Sen odamlarga bir hafta, bir oy, bir yillab hech narsa yozmasliging va "ignore" qilishing mumkin.

Chunki endi rostdan ham qadrli insonlarni, qadrlanuvchi tuyg'ularni yillar davomida anglab yetgansan. Endi bilasan, aslida vaqt qanchalik qadrliligini, mehr qanchalik sof tuyg'uligini, insonlar orasida "yoningda bo'laman" deganlar ko'pligi-yu, yoningda qolganlar ularning 1 foizini ham tashkil qilmasligini.

Bugun sen kuchlisan! Bugun sen o'zing uchun eng yaxshisan! Bugun sen hech ikkilanmasdan orzularing tomon dadil qadam bosasan! Bugun sen uchun yillar davomida kurashayotganlar bor(ota-onang, yaqinlaring)! Bugun orqangga qaraganingda ko'rayotgan va ular uchun kurashishing kerak bo'lgan kam sonli insonlar bor.

Unutma! Sen mag'lub bo'lishingni kutayotganlar uchun ham g'olib bo'lishing kerak!

@m1racle_books📚
​​#🥲

Darsga kech qoldim (11 gacha uxladim). Domla baribir kech qolganlarni kiritmaydi 10 minut bo'lsayam. Yo'l bo'yi o'zim bilan urishib keldim. " "NB" qo'ysa nima qilibdi, men seminarda gapirib berishim kerak. Kantrakt to'laganman, demak dars o'tishiga pul berganman auditoriyaga kirishga haqqim bormi? Bor... Hozir borib qo'rqmasdan shularni gapiraman, qani nimadir desinchi, ko'radi".

Ma'ruzalar zalining oldiga borganimda, "dux" o'ldi. "Nima bo'lsa ham kech qoldim. Demak hurmatsizlik qildim" dedimda jimgina, vijdonim qiynalib, limon choy olib bo'sh xona qidirdim. Qora choyning o'tkirligini ko'rib yonimda turgan bolayam "Buni icha olasizmi?" deb ustimdan kuldi. "Ehhh sen qayerdanam bilarding. Hozir shu qilganimga zaharniyam ko'zimni pirpiratmay ichishga tayyorman-ku..."

Lekin mazza qilib kitob o'qib o'tiribman... Hech kim va hech narsa yoqmayapti. Shu limon choy, rangli ruchkalar va kitob kerak xolos. Sizda kun qanday boshlandi(yoki davom etyapti)?🌚

@m1racle_books📚
​​#davom_etaveradi

Bo'lganing, qolganing yerdan uzilish uchun qilgan harakatlaring davom etaveradi. Sen asli o'sha yerga oidliging va sening ham qo'lingdan kelmasligini uqtiraverishadi. Sen aslida hech kim ekanliging to'g'risidagi gaplar har burchakdan senga ko'zini olaytirib turishi, o'zingni oddiy inson his qilishing uchun minglab bahonalar yoqangdan ushlab qo'yib yubormasligi mumkin.

Boshlanishi har doim qiyin bo'lishini bilib turib, hali ham boshlamagan bo'lishing, yoki aksincha, million marta boshlab davom ettira olmasliging, hozirgacha boshingdan o'tkazgan barchasi aslida mayda-chuydalar tuyilishi va men senga tinmasdan "Sen o'zgachasan! Qo'lingdan keladi! Uddalaysan! Sen eng yaxshisiga munosibsan!" deb gapirishim mumkin. Lekin bularning barini o'zing his qilmaguncha sen haqiqatdan ham, oddiy odamsan va qo'lingdan hech narsa kelmaydi!

Eng birinchi mag'lubiyatni esla "Uning farzandi birinchi o'rin oldi..."
Eng katta xotayingni esla "Senga shuncha sharoit yaratilgan, palonchining farzandlarini qara qanday yaxshi..."
Eng yomon bahoni esla "Ana u har doim yaxshi o'qigan..."
Eng birinchi imtihondan yiqilganingchi "Shuncha o'qib baribir yiqilibdi. Ana palonchi qo'liga kitob olmasdan o'tib ketdi..."

Bilasanmi sening yiqilishga, qoqilishga, yomon baho olishga, shuncha o'qib mag'lub bo'lishga haqqing bor. O'sha palonchi his qilmagan og'riqlar o'tgan boshingdan... Senda tajriba bor, sen bugun kuchliroqsan!

Endi gapirish gali seniki🤗

@m1racle_books📚
SALE! SALE! SALE!

Endi kitoblar uchun chegirmalarga ega bo'lishingiz mumkin😍🥳


@mybook_store
​​#toshbaqa🐢

Hech qachon bunchalik sekin o'qimaganman. Sababini ham bilmayman. Hozir ko'proq darslarimga e'tibor qaratayotgan bo'lishim mumkin. Chuqurroq o'rganyapman. IELTS uchun harakat... Ikkilanganim har bir so'zni yodlab, gaplar tuzib, kuni bilan to'g'ri kelgan joyda ishlatyapman. Qoidalar yozishni boshladim. Endi jiddiy shug'illanish vaqti keldi. Bugun Moliya darsida Amerika budjet tizimini solishtirdim. O'zbek tilida har doimgidek ma'lumot yo'q. Men o'zim o'zbek tilida tushinishim qiyin bo'lgan narsalarni ingliz tilida o'rgandim. To'g'risi yig'lagim keldi. Chunki gapirayotganimda so'zlarning Rus va ingliz tilidagi tarjimalarini bilaman, lekin o'zbek tilida esimga kelmaydi😭

Yangi ruchkalar to'plami... Endi miss Toshbaqa🐢 juda ko'p yozib o'rganishi kerak. Ha malinali choy ham shu yerda... Har ehtimolga qarshi yig'lamaslik uchun... Gripp boshlanyapti)))

@m1racle_books📚
​​#new_book

Navbatda mana bu kichkintoy😂
430 bet qo'rqib ketyapman... Lekin judayam o'qigim kelyapti. Har kun oldidan o'tolmayman. Shunaqa kitobki, ochib o'qishni boshlashdan qo'rqyapman.

Nega? O'g'ir va katta. O'qishda olib yurishga qiynalaman🥲 Vuuuy bunchalar chiroyli bo'lmasang😍

@m1racle_books📚
​​-Hayot shunday...
-Kechirasiz Azizim, Hayot go'zal. Bu biz insonlar aslida shundaymiz)))


Boshimizga kelgan har narsaning bir hikmati borligini unutib qo'yamiz. O'zimizcha juda katta "Dard"larimiz bor. Lekin qornimiz to'q, ustimiz but, sog'lommiz. Boshimizga kelganlarchi deysizmi? Shunchaki bariga o'zimiz aybdormiz...
Vaqtida yo'q deyolmaganmiz...
Vaqtida insonlarning haddini bildirib qo'ymaganmiz...
Vaqtida tushunmaganmiz aslida arzimasligini...
Vaqtida vaqtimizni bekorchi his tuyg'ularga sarflaganmiz...
Va vaqtida ishonchga arzimaydigan insonlarga ishonganmiz...

Lekin baribir hammasi o'sha paytda ajoyib edi, to'g'rimi? Xuddiki, shirin tush ko'rdik va uyg'onish vaqti keldi. Bilasizmi, hammamiz shunday shirin ro'yolarni ko'ramiz. Uzun lag'monlar osiladi qulog'imizga. Hayot esa realliklarga asoslangan. Shuning uchun birinchi sinovdayoq ko'pchilik sinadi. Shunchaki bu oddiy sinov ekanligini, sinovlarni yengib o'tib, baxtga erishilishi haqidagi "chiroyli" gaplarni eshitib turib yengilamiz)

Tushuning, kurash hech qachon tugamaydi. Hayotning ikkinchi nomi kurash. Biri tugashi bilan, ikkinchisi boshlanadi. Sizning qo'lingizda katta kartalar bo'lganida, hayot sizga shahmat o'ynashni taklif qiladi. Faqat "Ha" tugmasi bor xolas... Rad etolmaysiz... Shunday ekan o'rningizdan turing! Kurashing, yengiling, yiqiling va yana turib davom eting❤️

O'zingizni asrang Baxtlarim 😁

@m1racle_books📚
Forwarded from M1racle live 🧠
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
M1racle books📚
Video message
Studying is Love😍🤤
Kanalda reklama shu hafta almashamiz!

Hurmatli kanali bor adminlar! Agar kanalingiz aktiv va shaxsiy blog shaklida bo'lsa, biz sizga reklama almashish imkonini beramiz(Auditoriya eng kam 5k).

@m1racle_me 'ga bog'lanib kanalingiz linkini qoldiring. Biz kanalingiz bizga to'g'ri kelsa, siz bilan bog'lanamiz.
​​#iqtibos

"Yüreğinize emanet ettiğiniz insan sizi incitmişse defalarca, onu Allah'a emanet etmenin vakti de gelmiştir çoktan..."

"Agar qalbingizni ishongan odam sizni ko'p marta ranjitgan bo'lsa, uni Allohga omonat qilish vaqti keldi..."

© "Kaktüsler de çeçek açar"

@m1racle_books📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM