🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби
703 subscribers
1.59K photos
508 videos
18 files
619 links
Assalom aleykum


📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM

🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda!

📞 Bog‘lanish uchun:
☎️ +998 90 562 06 46
☎️ +998 93 499 41 04
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥹📚 Mana, bugun ham yetib keldi…

4-sinf o‘quvchilarimiz uchun oxirgi tayyorlov imtihoni ham ortda qoldi. Video davomida ularga:

“Imtihonga tayyormisiz?” deb savol berdik.

Ular esa hech ikkilanmay:

“Albatta tayyormiz!” deb javob berishdi. ❤️

Bu javob ortida qancha mehnat, qancha uyqusiz tunlar, qancha testlar va qancha orzular yotganini biz ustozlar va ota-onalar yaxshi bilamiz.

Kechagina qo‘llaridan yetaklab olib kelgandek edik. Bugun esa ular katta maqsad sari dadil qadam tashlayotgan yoshlar bo‘lib qolishdi. Vaqt juda tez o‘tdi…

Endi oldinda eng muhim sinov — Prezident maktabi imtihoni.

Aziz ota-onalar, ustozlar va yaqinlar! Bugungacha farzandlarimiz qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Endi ularga eng kerakli narsa — duo. 🤲

Farzandlarimizni duolaringizda eslang. Alloh ularga xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar bersin. Qilgan mehnatlari zoye ketmasin.

Biz esa natijadan qat’i nazar, ular bilan faxrlanamiz. Chunki ular bugungacha bo‘lgan yo‘lni halol mehnat bilan bosib o‘tishdi. ❤️
🔥7
#qabul_2026

DIQQAT, E’LON!


🔴 2026/2027-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 2026-yil 1-iyundan 15-iyunga qadar 5-, 6- va 7-sinflarga ariza.piima.uz hamda my.gov.uz platformalari orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

Qabul jarayonida maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlardan jami 22315 ta ariza kelib tushdi.


Prezident maktablarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajriba asosida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilishning shaffof, adolatli va xolis tizimini joriy etish maqsadida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🖌 5–7-sinflar uchun kirish imtihonlari bir bosqichda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Matematika fanidan:
🖱️ 16 ta tanqidiy fikrlash (Critical Thinking);
🖱️ 24 ta muammoni yechish (Problem Solving).
Jami: 40 ta test savol.

Ingliz tili fanidan:
🖱️ Matn bilan ishlash (Reading component);
🖱️ Grammatika (Grammar component).
Jami: 40 ta test savol.

Kirish imtihonlari xalqaro standartlar asosida, ochiqlik, adolat va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etiladi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Hurmatli ota-onalar…

Bugun 4-sinf o‘quvchilarimiz bilan Prezident maktabi imtihoni oldidan so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yakunladik.

Shu kungacha ustozlarimiz va maktab rahbariyati farzandlaringizning muvaffaqiyati uchun bor kuchini, vaqtini va mehnatini ayamadi. Har bir test, har bir dars va har bir natija ortida katta mehnat yotibdi.

Agar farzandingizning bilimida, ishonchida va natijalarida o‘zgarish sezgan bo‘lsangiz, bu biz uchun eng katta baxtdir.

🤲 Endi esa barcha mehnatlarimizning natijasini kutamiz. Aziz ota-onalar, duolaringizda ustozlarni ham eslab qo‘ying. Farzandlaringizning yutuqlari — barchamizning yutug‘imizdir.

Omad sizlarga, aziz o‘quvchilar! ❤️📚

📞Murojaat uchun:
+998 93 499 41 04
+99893 983 92 96

📌 Mo'ljal: Quva tumani, Ohunboboyev, Musiqa va sanʼat maktabi yonida

Bizni kuzatib boring: 👇

INSTAGRAM | TELEGRAM
4👍3
Forwarded from Зубайр Анваров
Ассалому алекум азиз устозлар хаммаларинга каттакон рахмат. Фарзандларимизга уз фарзандингиздек мехр бериб чиройли билим тарбия берганларинг учун илохим сог болилар мехнатларинга берган билимларинга рози болилар илохим хаммамизни фарзандларимиз енг юкори натижаларни олиб юзлари ёруг болищсин сиз азиз устозлар яна ва яна болажонларга билим берищта чарчамелар
2
Forwarded from Мухаббат
🥺рахмат устозлар углимга шундай тарбия таьлим билим берганингиз учун
Мактаб рахбариятлари
Устозлари мехнатийларди аямадингиз рахмат котта Оллохим рози болсин сизларни Оллохим кулласин бунданда мактабингиз йуксалишини жудаям чин юракдан тилаймиз илохим болларимиз ютукларга эришишсин❤️🤲🏻мени углим жудаям тичерига ухшашни жудаям хохлайди углимни синф рахбарлари тичери сизларга хам алохида котта рахмат согсаломат булийлар рахмат
👍1
Forwarded from Анора
Assalomu Aleykum hurmatli ustozlar
Farzandlarimizga Bergan yuksak talim va tarbiyangiz uchun sizlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz .
Biz tanlovda adashmadik Lider school maktabi eng togri tanlov .
Inshoolloh farzandlarimiz yuzlaringni
Yorug qilishadi .
Ilohim martabalaring bundanda ulug bolsin .Bilim berishdan charchamanglar .
2👍1
Ҳурматли мактаб раҳбарияти ва қадрли устозлар!

Фарзандимизга берган билимингиз, тарбиянгиз ва меҳрингиз учун самимий миннатдорчилик билдирамиз. Болаларимиз ютуқларида сизларнинг меҳнатингиз ва сабрингиз жуда катта. Ҳар бир устознинг меҳнати ортида фарзандларимизнинг келажаги мужассам.

Сизларга мустаҳкам соғлиқ, оилангизга хотиржамлик ва иш фаолиятингизда янада катта муваффақиятлар тилаймиз. Оллоҳим қилган меҳнатларингизнинг ажрини берсин. Катта раҳмат! ❤️🤲
Forwarded from Subxanallox
Raxmat ustozlar farzandimizga bergan ilmingiz uchun Allox rozi boʻlsin Inshalloh farzandlarimiz ota onalarini ustozlarini oʻzlarini xam yuzlarini yorugʻ qilib barcha imtixonlardan eng yuqori natijalar bilan oʻtib ketishsin🤲🤲🤲ustozlar ilmingiz va martabangiz bundanda ulugʻ boʻlsin🤲🤲🤲
O’quvchilarimiz ham futbol ko’rishayabtimi???😁
👍7
21-iyun kuni olgan so’nggi testimiz natijalari😊

📞Murojaat uchun:
+998 93 499 41 04
+99893 983 92 96

📌 Mo'ljal: Quva tumani, Ohunboboyev, Musiqa va sanʼat maktabi yonida

Bizni kuzatib boring: 👇

INSTAGRAM | TELEGRAM
👏21👍1
Азиз фарзандларим ва қадрли ота-оналар!

Бугун сизлар учун ҳам, биз учун ҳам жуда ҳаяжонли кун. Фарзандларимиз Президент мактаби саралаш имтиҳонига йўл олмоқда.

Азиз болажонлар, ўзингизга ишонинг. Сиз бу кунгача кўп меҳнат қилдингиз, кўп нарсаларни ўргандингиз. Имтиҳонда хотиржам бўлинг ва бор билимингиз билан ҳаракат қилинг. Биз сизлар билан фахрланамиз!

Қадрли ота-оналар, фарзандларингизнинг ҳар бир ютуғи ортида сизларнинг меҳрингиз, сабрингиз ва қўллаб-қувватлашингиз бор. Бугунги кунда ҳам уларга энг катта куч — сизларнинг ишончингиз ва дуоингиздир.

Илоҳим, барча фарзандларимизга омад ёр бўлсин. Натижа қандай бўлишидан қатъи назар, улар аллақачон катта жасорат кўрсатиб, муҳим қадам ташламоқдалар.

Барчангизга омад, хайрли йўл ва яхши натижалар тилайман! 🤍

Феруза Муротовна
"Leaders School" раҳбари 🌷

📞Murojaat uchun:
+998 93 499 41 04
+99893 983 92 96

📌 Mo'ljal: Quva tumani, Ohunboboyev, Musiqa va sanʼat maktabi yonida

Bizni kuzatib boring: 👇

INSTAGRAM | TELEGRAM
🥰5👏4
https://test2026.uz/Farg'ona/35


Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar ushbu sayt orqali imtixonni jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkun

📞Murojaat uchun:
+998 93 499 41 04
+99893 983 92 96

📌 Mo'ljal: Quva tumani, Ohunboboyev, Musiqa va sanʼat maktabi yonida

Bizni kuzatib boring: 👇

INSTAGRAM | TELEGRAM
Forwarded from 🍃Gulmira🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4
Forwarded from 🍃Gulmira🍃
👍7🔥31
Forwarded from Юлдузхон Обобакирова
👍62
Forwarded from Asilbek_ Mo'minov
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?
Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.

@xushnudbek
10
2026-yilgi saralash imtihonida nechta savolga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchida keyingi bosqichga o‘tish imkoniyati bo‘ladi?

2026-yilda Prezident maktabi saralash imtihonida butunlay yangi tipdagi savollar deyarli tushmaganini, ko‘pchilik o‘quvchilar imtihondan ishonch bilan chiqqanini ko‘rishimiz mumkin.

2025-yilda “ikkinchi darajali ratsional simmetriya” degan, hech bir darslikda uchramaydigan ibora o‘quvchilarni ikkilantirgan bo‘lsa, 2026-yilda 4.165 sonidagi “nuqta” nimani anglatishi — bu son 4 ming 165mi yoki 4 butun mingdan 165mi — degan holat biroz chalkashlik tug‘dirgan.

Umuman olganda, 2026-yilda o‘quvchilar o‘rganmagan mavzular deyarli tushmagan. Shu sababli o‘tish ballari oldingi yilga nisbatan kamida 1 ta savolga yuqoriroq bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilish mumkin.

2025-yilda 30 talik testda taxminan 23 ta savolga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar deyarli barcha hududlarda keyingi bosqichga o‘ta olgan edi.

2026-yilda esa o‘tish balli biroz yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Natijalarni birgalikda kutamiz 😊

👉👉 t.me/pmtests
👍21