🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби
694 subscribers
1.52K photos
477 videos
18 files
571 links
Assalom aleykum


📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM

🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda!

📞 Bog‘lanish uchun:
☎️ +998 90 562 06 46
☎️ +998 93 499 41 04
Download Telegram
Forwarded from Muhitdinova Shalola
Assalomu aleykum yahshimisizlar mani farzandim bu maktabda oʻqimasa ham gupalarizi kuzatib boraman kollejda Feruza ustoz Dadajon domlalar bizga bilim berishgan ular zoʻr oʻqituvchi hudohohlasa bolalarimni shu maktabda oʻqitish niyatim bor ustozlari zoʻr ekan sogʻ boʻlishsin bolalarni bilimlarini testlarda kuzatib yuraman yuqori natija olishadi doim.
👍4
Forwarded from 𝑰𝒌𝒓𝒐𝒎𝒐𝒗𝒂
Ассалому алайкум набирам Икромжоннинг Устоз лари Сизларга барча бувижонлар ва бобожонлар номидан уз миннатдорчилигимизни билдириб коламиз. Хаётингиз давомида энг шарафли касб йулларигизда Аллохим хамиша мартабангизни улуг килсин. Икромжонга берган билимларинизга каттакон рахмат. Сизларнинг машаккатли мехнатингиз ва набирамнинг харакати туфайли 7 уринни олди ва биз учун бу бошланиши Лидерлар мактаби билан Яна хам юкори натижаларга эришамиз. Биз дуода булишдан сизлар билим беришдан чарчаманглар. Яна бир бор рахмат хамиша сог саломат булинглар
5
Forwarded from Sarvinoz
Assalomu alaykum ustozlar.
Biz ham natijadan xursandmiz. Faqat qizim sal norozi boʻldi. Men bundan ham koʻproq ishlay olardim. Keyingi safar 1- oʻrinni albatta olaman deb ahd qildi. Sizlarga katta rahmat. Tortinchoq, uyatchang, hayolparast qizim shunaqa shijoatli boʻlib ketganiga xursand boʻldim. Liders school maktabi rostan ham liderlarni yetishtiradi👍👍👍👍
4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍261👏1🤔1
🔘 ❗️❗️❗️❗️
📢 HURMATLI OTA-ONALAR!

0 dan ingliz tili kerakmi??

Agar farzandingiz: — ingliz tilini umuman bilmasa
📝maktabda tushunmay qiynalayotgan bo‘lsa
📝so‘z boyligi kam bo‘lgani uchun gapira olmasa
📝darsda faol bo‘lolmay, o‘ziga ishonchi past bo‘lsa
Leaders School bu muammolarga aniq yechim taklif qiladi.

📘 Leaders School’da farzandlar uchun 0 dan ingliz tili repetitorligi ochildi.
Kurs maxsus boshlovchi o‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, darslar eng oddiy bilimlardan boshlanadi va bosqichma-bosqich olib boriladi.

📚 Dars jarayonida farzandingiz: — ingliz alifbosi va to‘g‘ri talaffuzni o‘rganadi
🫥 kundalik hayotda kerak bo‘ladigan so‘zlarni yodlaydi
🫥 grammatikani oson va tushunarli tarzda o‘zlashtiradi
🫥 gapirishdan qo‘rqmaydigan darajaga yetadi

Farzandingiz bilan individual yondashuv asosida ishlanadi.
Ustozlar majburlamaydi, balki qiziqtirib va tushuntirib o‘rgatadi.

🤔 Kichik guruhlar
Bu farzandingizga: — ko‘proq e’tibor
✍️ savol berish imkoniyati
✍️ tez va sifatli natija
beradi.

📌 Moʻljal: Ohunboboyev Musiqa va sanʼat maktabi yonida

☎️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
(+998 93 499 41 04)
💻 Joylar cheklangan, guruhlar tez to‘ladi!

😀 Farzandingizning kelajagi bugungi tanlovingizdan boshlanadi.
Leaders School bilan ingliz tilini ishonchli muhitda 0 dan o‘rgating!


Telegram: @leaders_school_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
📣 LEADERS SCHOOL DA 3-SINFLAR O‘RTASIDA OLIMPIADA VA TAQDIRLASH MAROSIMI! 🎉

Shanba kuni – 31-yanvar 2026 – 3-sinflar o‘rtasida matematika va ingliz tili fani bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi. Bu kun o‘quvchilarimiz uchun bilimlarini namoyish etish, raqobatlashish va o‘zlarini sinash uchun juda muhim edi. Har bir qatnashchi fidokorona harakat qildi va bilimga bo‘lgan qiziqishi bilan bizni hayratda qoldirdi.

Bugun esa olimpiada natijalari e’lon qilindi va qatnashchilar taqdirlandi. Ularning mehnati va muvaffaqiyatlari e’tirof etildi, shuningdek, va’da qilingan sovg‘alar topshirildi:
🏆 Sovg‘alar taqsimoti:
1️⃣ 1-o‘rin – Planshet
2️⃣ 2-o‘rin – Smartwatch
3️⃣ 3-o‘rin – Quloqchin
4️⃣–10️⃣ o‘rinlar –Maxsus sovgʻa hamda diplomlar bilan taqdirlandi

Shuningdek, oylik test natijalari ham e’lon qilindi va 2 nafar o‘quvchi 10% voucher yutib oldi. Bu esa ular uchun yana bir rag‘bat bo‘ldi va bilimga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

👩‍🏫 Ustozlarimiz ham mukofotlandi, ular olimpiadani tashkil qilish, o‘quvchilarni tayyorlash va bilim olish yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiliklari uchun alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bizning ustozlarimiz har doim o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga tayyor!

🏆 Maktab bo‘yicha 1-o‘rinni olgan sinflarga esa faxrli kubok topshirildi. Bu kubok nafaqat g‘alaba belgisi, balki sinf jamoasining birligi va bilimga bo‘lgan intilishining ramzi bo‘ldi.
O‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan ishtiyoqi, qat’iyati va mehnati bizni juda xursand qildi. Shunday kunlar bizga yana bir bor ishonch beradi: Leaders School da har bir o‘quvchi – kelajakdagi yetakchi, har bir kun – yangi imkoniyat va g‘alaba bilan to‘la!

💡 Ushbu olimpiada nafaqat bilimni sinash, balki o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularni motivatsiya qilish va do‘stona raqobat ruhini oshirishga xizmat qildi. Har bir qatnashchi – g‘olib, chunki ular o‘zlarini sinadi va bilim yo‘lida qadam tashladi.

🎊 Leaders School oilasi sifatida biz barcha o‘quvchilarimizni, ustozlarimizni va ota-onalarimizni tabriklaymiz!

Sizlarning ishtirokingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun juda muhim.
👍76