🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби
683 subscribers
1.53K photos
483 videos
18 files
580 links
Assalom aleykum


📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM

🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda!

📞 Bog‘lanish uchun:
☎️ +998 90 562 06 46
☎️ +998 93 499 41 04
Download Telegram
Sentyabr oyida oʻtkazilgan "WUNDERKIND" yutuqli oflayn olimpiada g'oliblari aniqlandi.

Eng yuqori ball to'plagan oʻquvchilar faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

G'olib oʻquvchilar quyidagilar:
☑️"LEADERS SCHOOL"
maktabi oʻquvchisi
Abdurahmonov Abbosbek 1-oʻrin
☑️"LEADERS SCHOOL"
maktabi oʻquvchisi
Solijonov Muhammadali 2-oʻrin
☑️"Dream education"
maktabi oʻquvchisi
Shavkatova Sarvinoz  2-oʻrin
☑️"Dream education"
maktabi oʻquvchisi
Malikov Temurbek   3-oʻrin

Yuqoridagi oʻquvchilarning ota-onalariga Xususiy maktabimiz tomonidan tashakkur aytamiz!👏👏👏

Qolgan oʻquvchilarga esa navbatdagi oktyabr oyida oʻtkaziladigan olimpiadada omad tilaymiz.

"LEADERS SCHOOL" xususiy maktabi-porloq kelajak sari
👍121
🧠Ertalab soat 6.00 - 7.00 gacha boʻlgan muddatda uzoq muddatli xotira faoli ishlaydi va bu paytda qabul qilingan barcha maʼlumotlar osongina oʻzlashtiriladi.

Soat 8.00 - 9.00 gacha vaqtda mantiqiy fikrlash faol boʻladi. Shuning uchun bu vaqt yodlash va tahlil qilish uchun eng mos vaqt.
Dorisiz uxlab, dardsiz uygʻonsangiz. Va hech narsa sizni bezovta qilmasa, xohlagan har xil taomlaringizdan yeb, xohlagan ichimliklarni ichsangiz, ishoning, siz dunyodagi eng boy insonlardan ham badavlatliroqsiz. Hamd ayting, shukr qiling!

Xayrli tong yaxshi odamlar 😊
👍10
📝 DIYDOR (hikoya)

Ota odatdagidek ishdan kech qaytdi. Horg‘in gavdasini arang sudrab ostonadan hatladi. Bo‘sag‘ada mijja qoqmay ko‘zlari to‘rt bo‘lib, uni intiq kutayotgan besh yashar o‘g‘li qarshi oldi. 
— Salom, dada! – dedi u quvonchdan ko‘zlari porlab. 
— Salom, bo‘talog‘im, haliyam yotmadingmi? 
— Yo‘q, – deya javob berdi bola va sabrsizlik bilan so‘radi: — Dada, maylimi, sizga savol bersam?
— Mayli. Qani eshitaylik-chi, oromingni o‘g‘irlab, allamahalgacha senginani yo‘limga intizor qildirgan qanday savol bo‘ldi u?
— Bir soatda qancha pul ishlaysiz? – ko‘zlarini pirpiratib bolalarga xos sodda samimiyaty ila so‘radi bolakay.
Besh yashar bolaning kutilmagan savoli otani tang qoldirdi-yu, turib-turib jahlini chiqardi. 
Bemahalda boshqa bo‘lmag‘urroq savol topolmadingmi? Qolaversa, bu sening ishing emas, shumtaka.
— Dada, iltimos, men shunchaki bilmoqchi edim, ayta qoling, bir soatda qancha pul topasiz? – oyoq tirab oldi bolakay.
Bolaning hukmi poshshoning hukmidan ustun emasmi, ota qarasa, javob bermasa bo‘lmaydigan, jovdirab tikilayotgan beg‘ubor ko‘zlar bilan nigohi baqamti kelganida ko‘ngli iyidi va: 
— Bir soatda 20 dollar ishlayman, qo‘zim, — deya javob qildi u bolasining boshini silab.
— Yashasin! – qichqirib yubordi kichkintoy. Dada, menga 10 dollar qarz berib tura olasizmi?
Bunisi hammasidan oshib tushdi va darg‘azab otaning sabr kosasi to‘lib, ortiq jahlini o‘zini tutib turolmadi.
— Ie, tag‘in yana nimani o‘ylab topding. Qayerdagi keraksiz o‘yinchoqlarni sotib olishim uchun dadam 10 dollar beradi, deb o‘ylasang, chuchvarani xom sanabsan. Qani hoziroq o‘rningga borib yot oxirgi paytlarda qanchalar xudbin bo‘lib ketganing haqida bosh qotirib ko‘r! Men har kun betinim mehnat qilaman va jonim xalqumimga kelib arang uyga qaytaman. Sening xarxashalaring va injiqlaringni ko‘tarishga tobim yo‘q!
Mo‘ltirab tikilib turgan ko‘zlarga yosh qalqdi. Bolakay indamay ortiga o‘girildi. Charchagan ota dam olgali o‘rniga cho‘zildi, biroq har qancha horigan, jismonan ezilgan bo‘lmasin, hadeganda ko‘zlariga uyqu inay demasdi. Asablari dosh bermay, bolasiga noo‘rin baqirgani uchun qo‘ngli buzildi. “Tun yarmigacha uxlamay, topgan savolini qarang. Qiziq, 10 dollar unga nega kerak bo‘lib qoldiykin?”. Shu yo‘sinda oradan bir soat o‘tdi. Ota u yoniga ag‘darildi, bu yoniga ag‘darildi, lekin ko‘zlari ilinmadi. Bu turishda saharga dovur uxlolmasligini anglab, o‘rnidan turdi. Hovuridan tushgan ota sokin o‘y surar ekan: “Chindan bolam shu 10 dollar muhtoj bo‘lsa, men jiganrgo‘shamni gapini eshitmay turib, kutganini ham ro‘yxotir qilmay urishib berdim”, deya ko‘ngli xijil bo‘ldi. 
U o‘g‘lining xonasi tomon yo‘naldi. Eshikni sekingina ochib:
— Uxlayapsanmi, bolajaonim? – deb so‘radi. 
— Yo‘q, uyg‘oqman, dada.
— Senga nisbatan nohaqlik qildim, qo‘pollik qilganimni tushundim. Mendan xafa bo‘lmadingmi? Ba’zan kattalar ham xato qiladilar. Mana senga 10 dollar, endi eski ginalarni unutamiz. 
Bola pulni qo‘liga ham olmay, chopqillab borib yostig‘ining ostidan bir dasta g‘ajimlangan pullarni chiqardi. O‘g‘lining harakatlarini sukut saqlab kuzatib turgan ota hayratda edi. 
— Shuncha puling bor ekan, mendan tag‘in 10 dollar so‘raganing nimasi, bo‘talog‘im?
— Pulim borlikka bor edikuya, ammo yetmasdi-da. Mana endi 20 dollarim bor. Dada, men bir soat vaqtingizni sotib olmoqchiman. Ertaga uyga vaqtliroq keling, birga ovqatlansak, devdim…
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Байрам муборак бўлсин.
Эшитиб кўринг. Ачинмайсиз
Forwarded from Dildora Ismoilova.🥋🥋
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6🥰2
Бугун ўқувчиларимиз Таэквондо спорт тури бўйича Фарғона шахрида бўлиб ўтаётган мусобоқада иштирок этмоқдалар.
Барча ўқувчиларимизга омад тилаймиз.
Дуо қилиб қўясизлар...
https://t.me/lsquva
👍4
Forwarded from Dildora Ismoilova.🥋🥋
Forwarded from Dildora Ismoilova.🥋🥋
Forwarded from Dildora Ismoilova.🥋🥋
Forwarded from Dildora Ismoilova.🥋🥋
Forwarded from Dildora Ismoilova.🥋🥋
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3