🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби
682 subscribers
1.53K photos
483 videos
18 files
580 links
Assalom aleykum


📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM

🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda!

📞 Bog‘lanish uchun:
☎️ +998 90 562 06 46
☎️ +998 93 499 41 04
Download Telegram
Hayotdagi eng qimmat narsalar sotilmaydi, ularni faqat tuhfa sifatida olish mumkin...
Xayotingizda ana shunday tuhfalar bisyor boʻlsin!
Xayrli tong yaxshi odamlar 😊!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har tong erta uygʻongan insonning oldida ikki yoʻl mavjud boʻladi...
Birinchisi, uxlab shirin tushlar koʻrishni davom ettirish.
Ikkinchisi esa, "Bismillah" deya oʻrnidan turib shirin tushlarni amalga oshirish...

Xayrli tong yaxshi odamlar,
fayzli va quvonchli tong barchangizga muborak boʻlsin...
Farzandlarimizdagi iqtidorni uygʻotish
Farzandlarimizning iqtidorini uygʻotishda onalarning xizmati juda ham katta
Ularning qobiliyatlari rivojlanishi uchun oʻzlari xohlagan toʻgaraklarga, kurslarga, mashgʻulotlarga berishimiz juda ham muhimdir
Ularning har bir natijasi, eng kichkina boʻlsada muvaffaqiyatiga eʼtibor berib, maqtab turishimiz, sevgimiz, mehrimiz bilan ragʻbatlantirib turishimiz ularning iqtidorlari uygʻonishida juda muhim rol oʻynaydi
Farzandlarimiz ham ularni maqtashimizni, har bir hatti-harakatiga eʼtibor berishimizni kutishadi
Yoshligingizni eslasangiz har birimiz ota-onamizdan shunday mehr kutganmiz
Ba'zida onalar farzandiga xuddi oʻzini qurolidek qaraydi
Ya'ni erisholmagan orzulariga olib boruvchi, oʻzini qadriyatlarini mustahkamlovchi insondek qaraydi

Mana shu shartli munosabatlarimiz bilan ularning iqtidorlarini cheklab, kelajakka olib boruvchi qanotlarini kesib tashlaymiz
Farzandlarimizni qo'llab quvvatlaylik. Ular bizni kelajagimiz
Har bir tong — yangiliklarni koʻrish, oʻrganish imkoniyati, gʻaroyib sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir yangi kunni mashaqqatlarga qaramay unutilmas lahzalarga boy qilish oʻz qoʻlimizda...
Taqdir bizni oʻzimiz oʻylab topolmaydigan soʻqmoqlar orqali, albatta choʻqqiga yetaklaydi.
Xayrli tong yaxshi odamlar 😊!
Qat’iyat

Bir bolakayning tugʻilganidan chap oyogʻi oʻngidan 6 sm kalta edi. Shunda shifokorlar unga yurishni ham eplasang katta gap deyishdi. U esa ulgʻayib, futbol boʻyicha jahon chempioni boʻldi. 2-marta!

Ikkinchi bolaga kichkinaligida yurak yetishmovchiligi tashxisini qoʻyishdi va jismoniy tarbiya darslaridan doimiy ozod qilishdi. U katta boʻlib, xokkey boʻyicha jahon chempioni boʻldi. 8-marta!

Uchinchi bolakay 11 yoshida boʻy gormoni yetishmagani tufayli boʻy va vazn borasida tengdoshlaridan ancha ortda qolib yurardi. U keyin FIFAning dunyoning eng yaxshi futbolchisiga atalgan "oltin toʻpi"ni oldi. 6-marta!

Toʻrtinchi yigitchaga 21 yoshida atigi ikki yillik umri qolganligini aytishdi. U esa 76 yoshgacha yashadi. U yozgan kitob 10 millionlab nusxada nashr etildi.

Bular: birinchisi — Garrincha; ikkinchisi — Xarlamov; uchinchisi — Messi; toʻrtinchisi esa — Xoking!

Bu insonlar qiyinchiliklarga qaramasdan shu darajalarga erishdilar. Sizda esa bulardan koʻproq imkoniyat, gʻayrat va kuch bor. Siz ham oʻz betakrorligingizni namoyon qiling.
Agar kishi har safar har xil husnixat bilan yozsa, bu uning ta'sirchanligi va ijodkorlik qobiliyatidan darak beradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu videoni bolalaringizga har kuni koʻrsating

Aks holda butun umr qiynalib yashashlari mumkin
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega xususiy maktab o‘quvchilari yaxshiroq o‘qiydi?

Afsuski, bu haqiqat!

Davlat maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga nisbatan xususiy maktab o‘quvchilari darslarga ancha jiddiy yondashadi!

Sizningcha, sabab nimada?
Qiziqarli fakt.

Hech eʼtibor berganmisiz har qanday mashhur soatlarning reklamasida soat millari aynan kunduzgi soat 10 dan roppa rosa 10 daqiqa oʻtgan boʻladi.

Oʻrganib chiqilgan taxlil natijalariga koʻra bu juda ayyorona uslub boʻlib chiqdi. Soatdagi millarni aynan shunday vaqtni koʻrsatishi oddiygina inson tabassumiga qiyoslagan. Bir qarashda oddiy lekin mana shu jajji tabassum koʻrinishi inson psixologiyasiga bogʻliq boʻlib, reklamaga boʻlgan eʼtiborni va mahsulotni sotib olish darajasini anchagina oshirar ekan.

Aslida ham shunday koʻchada ishda yoki uyda siz ham maroq bilan kulayotgan insonga hech boʻlmasa bir marta qarab qoʻyasiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faraz qiling kimningdir qalbini vayron qildingiz,qalbiga ozor berdingiz u albatta sizga boshqa koʻrinishda va sizning ozoringizdanda ortiq boʻlib sizga qaytadi ..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hindistonning Mangalor shahridan 11 xil uslubda yoza oladigan Aadi Svarupa bilan tanishing

Uning miyasining ikkala qismi bir vaqtning o'zida ishlaydi va u ikkala qo'lni teng ishlata oladi. Bu mahorat ambidexterity deb ataladi.
Forwarded from Xalq ta’limi Info
Тажриба қуёнчасига айланган таълим

Таълим йўналишида яхши кўрсатувлар бўлса, уларни барчасини қолдирмай кўришга ҳаракат қиламан. Бектош Хатамов муаллифлигидаги «Тажриба қуёнчасига айланган таълим» мавзусига бағишланган мана бу подкастда ҳам жуда ўринли фикрлар илгари сурилибди.

Кўрсатув меҳмони таълим бўйича эксперт Комил Жалилов. Барча таълим тизими ходимларига ушбу кўрсатувни кўришни тавсия қиламан. Ўтказилган вақтга ачинмайдиган подкаст бўлибди.

👉https://youtu.be/pTU7ngTMUmk?si=jRlQVyvW-e1Q7SY5
Азиз устозлар, ҳурматли мураббийлар!

Эртага мактаб...

Янги ўқув йилининг бошланиши. Аслида, ўқитувчилар, ўқувчилар талабалар учун ҳаётдаги янги босқичнинг бошланиши деса ҳам тўғри бўлади. Кимдир яна бир йилга улғайди, кимдир бир йилга кексайди... Бу ҳаётга қандай қарашингизга боғлиқ

Эртадан бошлаб илм масканлари яна ғала-ғовурга тўлади. Ота-оналар ҳам бироз бўлсада дам олади. Устозлар аллақачон фарзандидек бўлиб қолган ўқувчиларини қучоқ очиб,(балки ишонмассиз) бироз соғиниб кутиб оладилар.

Кузнинг салқин тонгларида минг бир ўй билан ишга отланаётган, қалби кийган либосларидек оппоқ ҳамкасбларим. Янги ўқув йили муборак бўлсин. Бугун сизни табриклашга ҳақлиман. Сабаби тан-жонингиз соғ, оилангиз тинч, муҳими уйингизга бироз бўлсада даромад келтирасиз. Илм-урфон тарқатасиз. Келажак бунёдкорига айланасиз.

Майли, сизни ҳеч ким эътироф этмасин, майли мукофотларга илинманг, аммо сидқидилдан ишланг, сизни худо ёрлақасин, ўзи мукофотласин.
Фарзандларингиз камолида шу беминнат хизматингиз акс этсин.

Қаршимизда турган яна бир ўқув йили, омадли, баракали келсин.
Ҳамиша шогирдлар ардоғида бўлинг. Унутманг, сиз миллат болаларини тарбиялаб, илм беряпсиз, биз учун арзимасдек туюлган ҳатти-ҳаракатимиз, айтган сўзларимиз кимнингдир ҳаётини тубдан ўзгартириб юбориши мумкин, ёки кимнингдир кўнглини синдириб қўйиши мумкин.

Аллоҳим барчамизга билим,сабр, куч-қувват, саломатлик, ширин лутф берсин.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom alaykum xurmatli obunachilar
Kanalimizning instagramdagi rasmiy kanaliga obuna bo‘ling
Instagram username : @leaders__school
Forwarded from Юнусов Дадахон
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Юнусов Дадахон
Мантиқий математика тўгараги ўз фаолиятини бошлади.
Олий тоифали ўқитувчи Абдулхаким Вахобов ўқувчиларимизга таълим бермоқда
Forwarded from Юнусов Дадахон
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM