🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби
681 subscribers
1.53K photos
483 videos
18 files
580 links
Assalom aleykum


📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM

🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda!

📞 Bog‘lanish uchun:
☎️ +998 90 562 06 46
☎️ +998 93 499 41 04
Download Telegram
Assalomu alaykum, qadrli maktabimiz kanali obunachilar! Sizlarni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Iyd Ramazon ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga va siz orqali oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman.
Yaratgandan muqaddas oyda qilingan ibodatlar va ehsonlar qabul bo‘lishini, Ramazon oyining savoblari barchamizga nasib qilishini so‘rab qolaman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin.
Xurmat bilan," LEADERS School"maktabi kanali admini
Tabassum va kulish stress gormoni kortizol darajasini pasaytirish orqali xotirangizni kuchaytiradi.
Xayrli tong yaxshi odamlar💐💐
Har doim ham yaxshi sharoit va imkoniyatlarning o'zi yetarli bo'lmaydi, asosiysi kuchli ishtiyoq va biroz omad ham kerak...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Менинг отам алдоқчи...

Оталарга бағишланган жуда таъсирли ролик. Беихтиёр кўзингизга ёш келади. "Алдоқчи" оталаримиз борлигига шукур!!!
Кетган вақтингизга ачинмайсиз.
26-апрель Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун

Муҳаммад Юсуф (Юсупов Муҳаммаджон) 1954 йил 26 апрель куни Марҳамат туманида туғилган.

Ўзбекистон халқ шоири, жамоат арбоби бўлган Муҳаммад Юсуф 1978 йилда рус тили ва адабиёти институтининг рус тили ва адабиёти факултетини тугатган.

Шоирнинг дастлабки шеърлари «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» ҳафталигида босилган (1976). Шундан бошлаб республика матбуотида унинг шеър, очерк ва мақолалари мунтазам равишда чоп этила бошлаган.

Илк шеърлар китоби — «Таниш тераклар» (1985). «Булбулга бир гапим бор» (1987) шеърий китоблари нашр этилган.

Муҳаммад Юсуф Элликқалъа туманида шеърият мухлислари билан учрашиш мақсадидаги ижодий сафарида вафот этган. Андижонда дафн этилган.

Тошкент шаҳри ва Марҳамат туманидаги кўчалардан бири, Андижон шаҳридаги ижод мактаби, болалар кутубхонаси ва Марҳамат туманидаги санъат мактаби Муҳаммад Юсуф номи билан аталади.
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!
Sizni pastga tortadigan narsalar:

— Qarorlarni sekin qabul qilish.
— Barchani rozi qilishni xohlash.
— Rejalarni yetishmasligi.
— Tez natija olishni xohlash.
— Xato qilishdan qoʻrqish.
— Odamlarni fikridan (nima deydi deyishidan) qoʻrqish.
— Eng yomoni dangasalikni yengishga qiynalish yoki yengaolmaslik
— Yuqoridagilarga qarshi turish uchun jur'at yetmasligi.
#Mulohaza

Pulim bor, ammo...
Forwarded from Водий бозор
#Тезкор

❗️Ўзбекистонликлар яна бир хавфли дори ҳақида огоҳлантирилди

ЖССТ Panjob QP Pharmachem Ltd томонидан ишлаб чиқарилган Guaifenesin TG сиропининг синовдан ўтказилган намуналарида “қабул қилиб бўлмайдиган миқдорда диэтилен гликол ва этилен гликол” борлигини таъкидлади. Сироп таркибидаги иккала бирикма ҳам одамлар учун заҳарли ва истеъмол қилинган тақдирда ўлимга олиб келиши мумкин.

⚠️ Бу ҳақда ота-оналарни огоҳлантиринг. Ушбу дори соғлиқ учун жуда хавфли бўлиши мумкин
👇🏻👇🏻

https://telegram.me/joinchat/AAAAAD_lW99cezw409xXGA
Бугундан бошлаб мактабимизнинг эркатойларини байрамлари бошланади. Барчангизни ушбу тадбирга таклиф қиламиз.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Байрамимиз давом этмокда👏👏👏👏
Assalomu alaykum Hurmatli maktab jamoasi va ustozlari ,alifbe bayramlarini Juda ham chiroyli va ko'rinarli qilib tashkillaganilar uchun katta rahmat.Bolajonlarning ko'zlaridagi bu quvonchni xech nima bilan tenglashtirib bo'lmaydi.SOVG'ALARI UCHUN ALOHIDA MAKTAB DIREKTORIGA OILAMIZ NOMIDAN O'Z TASHAKKURIMIZNI AYTAMIZ👍🏾👍🏾👍🏾👍🏾👍🏾.Xalqni farzandlarini savodli bo'lishlarida o'z xissasini qo'shayotgan maktab rahbarining bu savobli ishlariga OLLOHIM o'z barokatini bersin.Ushbu maktab kelajakda yana ham gullab yashnasin,farzandlarimiz bilimli bo'lsin,Vatanimizni shon shuxratini butun dunyoga tanitadigan shaxs bo'lib yetishishsinlar.YANA BIR BOR MAKTAB JAMOASIGA TASHAKKUR,ASLO CHARCHAMANGLAR,OLLOHIM O'ZI SIZLARNI HAMISHA QO'LLASIN.
Assalomu alaykum hurmatli '' LEADER SCHOOL '' jamoasi va jonkuyar muallimlar !
Avvalambor barchangizga bugungi Bayramona Tadbir uchun kattadan -katta rahmatlar aytamiz. Jonajon Ustozlarimizni Mashaqqatli va Sharafli ishlarida omadlar tilaymiz. Bolajonlarga o‘rgatayotgan bilimlaringizga va berayotgan mehrlaringizga katta rahmat. Barchalaringizga oilaviy tinchlik va sihat -salomatlik tilaymiz !!!
Qilgan mehnatlaringizga rozi bo‘linglar. Ranoxon ustoz sizga alohida rahmat bolajonlarimiz baxtiga doim sog‘ -salomat bo‘ling !
Тадбирдан кейинги ота оналаримизнинг илиқ фикрлари бизга янада куч бағишлайди😊