Aleph Nought
1.03K subscribers
65 photos
32 videos
4 files
148 links
(Aleph-nought, also Aleph-zero or Aleph-null) is the cardinality of the set of all natural numbers, and is an infinite cardinal.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CAD dasturida "Draw Experience"ni yaxshilash ustida ishlavomman. Avval faqat Grid bo'yicha "snap" qilish mumkin edi. Bu juda oson va ko'pincha befoyda...

Endi 1/4 π radian burchakka yoki perpendikulyar intersection nuqtaga snap qilish mumkin.

Mazza
🔥14👍5
Post uzunroq ammo ham kulgili va ham achinarli gaplar yozilgan.

Bilmaganlar uchun: Man bir kompaniyada texnik suhbat oluvchi hodim sifatida ham ishliman. Asosan texnik o'qituvchilarni suhbat qilaman.

Man bilan suhbat muvaffaqiyatli yoki aksincha bo'lsa ham, odatda uzoq davom etmaydi. Nega? Chunki to'gridan to'gri kod yozamiz. Yani birinchi savolning o'zidayoq siz kod yozib berishingiz kerak. Bu bilan u javoblarni yodlab olgani yoki GPT kabilar bilan tayyorlanganini o'ylab o'tirmayman. Chunki tajribali odam shartta yozadi qo'yadi.

Sizlarga har xil keyslarni aytmoqchiman:

O'sish uchun dars bermoqchiman deyishadi. Ok, o'sarsiz ammo o'quvchilarni kim o'stiradi?

---

Suhbatda mani eng chorasiz qoldiradigan, ya'ni nima deyishimni bilmay qoladigan bir vaziyat bor. Nomzod noto'gri javoblar beradi. Biroz sukut saqlab "Azgina hajonlanvomman" deydi. Kimdir bilsa etsin. Man shu payt nima qila olaman?
"Ha bu o'zi zo'r mutaxasis, jovoblani biladi, shunchaki hozir hayajonda" deb muvaffaqiyatli o'tkazishim kerakmi? Yana savolim bor: "Hayajonlanmang" desam hayajoni to'xtaydimi?

---

Masalan JS bo'yicha bo'lsa va man setTimeout ni yozib bering desamu u nimaligini bilsa ammo yozilishida xato qilsa buni kamchilik deb bilmayman. Ammo nimaligini bilmasa yoki qanday ishlashini bilmasa bu yomon.

Endi savol aslida setTimeout bir funkisya xolos, shuni bilmaslik yoki esidan chiqarish yomonmi deyishingiz mumkin.
Javob: Albatta yomon. Nega? Chunki JavaScript muhitida timeouts deb alohida ajratilgan mavzu hisoblanadi. Timeoutlar oddiy kodlardan biroz boshqacha ishlaydi va buni o'zini hurmat qilgan JS dasturchi ablatta bilishi kerak. Unutsangiz ham unuting ok. Chunki hozirgi zamonda ish paytida bilmasangiz ham qiynalmaysiz, shartta google qilasiz yoki GPT kabilardan so'risiz. Ammo darsda o'quvchingiz sizdan so'rayapti. Nima deysiz? Google dan qaraberasmi? Nima uni o'zi qlomidimi? Umuman sizga nega pul to'lashi kerak?

---

Ishga (dasturchi sifatida) topshirasiz u yerga kira olmay birdan dars bergingiz kelib qoladi... Bizga qarab "Shu tajribam bularga bo'laveradi" degan fikrdamisiz yoki? Aslida biz qattiqroq suhbat qilishimiz kerak. Nega? Tasavvur qiling siz dasturchi bo'lib ishga topshiryapsiz, intervyudan amallab o'tdingiz. Yani kamchiliklaringiz bor. Ishlaysiz ishlaysiz va qayerdadir muammo chiqarasiz. Albatta bu juda tabiiy jarayon va it's ok. Bugun bo'lmasa ertaga yoki undan keyin to'girlanadi, bahonada siz tajriba orttiryapsiz. Endi tasavvur qiling siz ta'lim dargohida ishlamoqchisiz. U yerdan ham amallab o'tdingiz. Yuzlab yoshlar "Poytaxtda o'qiman" degan umid bilan viloyatlardan kelishadi, kvartira, yeb ichish, kurs to'lovlari, boshqa harajat vahokazolar haqida o'ylab ko'ring. Mayli deydi va o'qidi. Ammo shox soxta bo'lib chiqsachi?

Yani dasturchilikda chiqadigan muammodan ko'ra o'qitvchilikda chiqadigan muammo ancha jiddiy.

O'quvchi: Ustoz bu nima?
O'qituvchi: Bilmadim ishlatib ko'rmagamman.

Shu yerda haligi o'quvchini tasavvurlari o'zgarib ketti...

Bilmaslik ayb emas albatta, lekin shaxsan sohaga doir va bilishi shart bo'lgan mavzulardan savol bersam ham javob ololmayapman.

---

Framework yoki Lib ishlatasiz. Ajoyib, qarshiligim yo'q. Muhimi siz qaysi qiyin ishni oson yo'l bilan hal qilish haqida o'ylab birortasini tanlagansiz. Yani ularsiz ham ishlay olasiz, nu zachem? tayyor tool bor-ku deysiz. Bu to'gri fikr. Ammo ularsiz hech narsa qila olmaydigan odamlar ham chiqayapti. Yana eslataman, menga chiqdimi tamom u dars bermoqchi bo'lgan odam bo'ladi.

Asab kerak ekan. Bilasizmi shunaqalar odatda nima deyishadi? Bu ishlatilmidi-ku. Bu ish-la-til-midi-ku. Javobni qarang. Ha uni siz ishlatmassiz yoki sizning doirangizdigilar ishlatishmas, lekin bu o'sha mavzuni bilmasligingizga bahona bo'lolmaydi. Har holda dasr bermoqchisiz.

---
🔥20👍134👎1😢1
Foundation C dasturlash tilida bo'ladi. C bo'yich tajriba uyoqda tursin hatto bilim bo'lmasa ham kritika qilmayman. Chunki tushunarli. Shuning uchun tayyorlanishga vaqt beramiz. Man ahmoq xatto qaysi mavzudan savol berishimmiyam etaman (poraxo'rlikka o'xshidi, lekin tekin). Suhbatga Pitonni zo'r biladigan odam kiradi. Pitonni bilamanu C niyam yorvoraman deb o'ylidi. Afsuski birinchi savolim "Float sonlardan iborat array e'lon qilib, for loop bilan terminalga chiqarib bering" degan o'ta primitiv hatto mantiq ham kerak bo'lmagan shu savolga javob berolmaydi. (Qiziq: Ko'pincha Pitonchila C dayam Piton sintaksisda yozishadi, ok reflex)

---

"Ha tayyorlanishga vaqt berdik-ku nega tayyorlanmadiz?" desam har xil bahona. Endi ertaga darsga tayyorlanishda ham shunday bahona bo'lmasligiga kim kafil bo'la oladi?

---

Bir joyda suhbatdan chiqib ketgan emishman. Albatta bo'lishi mumkin. Nega? Chunki ko'pincha nomzod environment uchun tayyorgarlik ko'rmidi. Savol berganda qotb qoladi, yo'q bo'lib qoladi, interneti yaxshi ishlamidi, javobini rosti tushunib bo'midi, sabr qilib o'tiramiz (odatda mandan tashqari yana bir odam bo'ladi). To'g'rilanmasa keyin chiqib ketishimiz manimcha notog'ri emas. Zotan chiqib ketdikmi bizdan kimdir u bilan albatta bo'glanadi.

---

O'zi yuqoridagi holatla bo'lishini asosiy sababi juda ko'p nomzodla shunchaki bilimini sinab ko'rish uchun topshiradi. Ya'ni aslida ish ularga kerak emas. Agar deylik Google dan offer olsa, internettiyam boshqasiniyam shunaqa joyiga qo'yib qo'yadi, hayron qolasiz...

---

Hissyotlar.

Sizga prikol emas, real hayotda bo'layotgan suhbatni aytib beraman. O'qing faqat yeg'lamang:

Nomzod NodeJS dan dars bermoqchi. (Bilmaganlar uchun: NodeJS chila JavaScript'ni bilishi shart)

Qaytaraman nomzod JavaScript'dan dars bermoqchi.

Kodni odatda Bu platformada yozamiz. Man odata bir savoldan boshliman va o'sha savolli javobi shu platformani editorida initial code snippet sifatida tayyor javob bo'lib turadi 😄. To'risi "a mana shetta yozilganakanu, shu bo'midimi?" deb prikol qilsa ham odam hursand bo'lardi. O'zim yumorni tushunaman va yoqtiraman.


---

Yuqorida nega "Hissiyot" deb yozib qo'ydim? Bazan nomzodla ataylab asabga tegishga kirganmi deb qolaman. Sizga yana bir case etaman va savol beraman. Faqat holis haqqoniy javob bering.

Yuqorida etganimdek haligi platformada boshida azgina JavaScript kodi yozilgan holda ochiladi (Odatda birinchi tashrifda). O'sha kodni ko'rgan JavaScript'dan dars bermoqchi bo'lgan odam "Bu Javami?" deb hayron bo'lib kodga qarayapti. Yumor emasdi vaholanki.

Endi aytingchi siz shu odamni dars berishga tavsiya qilarmidiz? Zig'richayam asabiylashmaysizmi?

Bunaqa holatda suhbatni davom ettirmasligim aniq. Savol berib tahminan qanday javob olishim aniq. Odatda boshqalar 4-5 savol berib imi jimida yiqitib qo'yishadi. Uzur man unday qilolmayman. Boshqa tayyorlanib qayta topshirib ko'ring deb shartta yuziga aytaman.

---

Case'la juda ko'p. Lekin uje yozishga erinvomman. Qatga ishga topshirselayam jiddiyroq qarashilani so'rab qolaman. Ustilada ko'proq ishlab, o'zilaga kuchli ishonch bilan ishga topshirganila yaxshimasmi?

Texnik suhbat - Yaxshigina charchatuvchi, nozik va qimmat operatsiya. Iltimos, bir birimizni vaqtimizni olmaylik.
👍41🔥93👎1
Proekt qilish bo'yicha kichik tavsiyalar berilgan videoni qo'ydim. Aslida o'zim qanaqa ishliman, nima xatola qilaman, qanaqa tool'la ishlatishim va hozir qanday loyiha qilayotganim haqida. Qiziq bo'sa, bettan topasiz.
👍13🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥32🫡2
Forwarded from Kamron Fozilov
Self-hosting: Boshqaruv san'ati

VIdeo saytga joylandi.

Bu amaliyotdan keyin deployment jarayonida qiynalmaysiz.

https://fozilov.academy/workshops/self-hosting-boshqaruv-sanati

👉 @kamrondev
👍4🔥2
Git deganda biror reponi clone qilish, yoki push, pull qilish deb o'ylardim men ham avval)) Keyin bunga o'xshagan maqolalarni o'qib ancha tushunvoldim)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yengi product :)) (Prototip)

Image Steganogrpahy
👍19🔥4🏆1
Forwarded from Khumoyun Codes
Demak talablarga binoan, birinchi videoni upload qildik, video sifati va montaj menimcha yaxshi chiqdi. Lekin ssenariy yozib uni tog'ri kameraga gapirib berish bo'yicha hali muammolar talaygina. Shuning uchun qisqa qilib aytadigan bo'lsak, konstruktiv tanqidlaringiz bo'lsa izohlarda qoldiring, bo'lmasa ham albatta videodagi mulohazaga nisbatan fikrlaringizni qoldiring.

Qani kettik 🏃‍♂️

https://youtu.be/rBUtohoovP4
👍3
Albatta faqat musiqa yozib o'tirganim yo'q). WebGL/WebGPU bilan ishlashda geometrik ma'lumotlar uchun binary format ishlab chiqdim. U Huddi .GLB, .OBJ 3d model formatlari kabi ishlaydi. Ammo faqat geometriyaning o'ziga tegishli ma'lumotlarni saqlaydi.

Standard 3d model geometry hajmi 48mb bo'lsa - menikida u tahminan 12mb bo'ladi (~71% optimal compression)

https://github.com/lumenspace/rawgd

written in JS
🔥16👍3
Forwarded from Najot Ta'lim
Veb Praktikum qabul imtihoniga sanoqli kunlar qoldi...

📣 Veb Praktikum kursiga qabul qilinish uchun IQ test va ingliz tilidan imtihon topshiriladi. Agar “Imtihonga qanday tayyorlansam bo‘ladi?” degan savol o‘ylantirayotgan bo‘lsa, siz uchun foydali saytlar ro‘yxatini tuzdik.

✔️ Ushbu saytlar orqali IQ testlar yechib, o‘z darajangizni aniqlashingiz va 22-fevral kungi imtihonga tayyorlanishingiz mumkin.

mentalagetest.io
123test.com
test-guide.com
mensa.org

Hali imtihonga ro'yxatdan o'tmaganlar, atiga 3 ta guruh ochiladi. Imkoniyatdan foydalaning va dasturlashni real loyihalar tayyorlab o'rganing.

👉🏻 Imtihonga ro'yxatdan o'tish

78-888-9-888 | najottalim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV

Dunyo savodxonlik reytingida O‘zbekiston yetakchilardan. Lekin moliyaviy savodxonligimiz past. O‘quvchilarning har to‘rtinchisi darsda ustoziga quloq solmaydi. Har oltinchi ota-ona farzandining o‘qishiga mutlaqo befarq. Sabablar faqat bular emas: “qolipda qotgan” zerikarli darslar, gadjetlar, e’tibordan chetda qolayotgan maktab hojatxonalari va bolalar taomnomasi... SUBYEKTIVning o‘rta ta’limga bag‘ishlangan bu galgi mavzusi hech kimni befarq qoldirmasligiga ishonamiz. Chunki har oltinchi o‘zbekistonlik – o‘quvchi, har yetmish beshinchi yurtdoshimiz – o‘qituvchi.

📹👉
KO‘RSATUVNI HOZIROQ KO‘RISH👈

@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating:
Instagram | Youtube | Facebook
🔥6👍31
Proximate!
🔥10👍21
Matnni o'qib beradigan (O'zbekcha) ubu botti bilmislami?)