Aleph Nought
1.03K subscribers
65 photos
32 videos
4 files
148 links
(Aleph-nought, also Aleph-zero or Aleph-null) is the cardinality of the set of all natural numbers, and is an infinite cardinal.
Download Telegram
Ish joyi kerak:

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ผ Xodim: Muhammadxon Najimov
๐Ÿ•‘ Yosh: 28
๐Ÿ“š Texnologiya: Javascript, Webgl, Wasm (Rust)
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Telegram: @Mathammed
๐ŸŒ Hudud: Toshkent Shahar
๐Ÿ’ฐ Narxi: $3000 (minimum)
๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kasbi: Computer Graphics Developer (Junior)
๐Ÿ•ฐ Murojaat qilish vaqti: 11:00 - 02:00
๐Ÿ”Ž Maqsad: Pul, juda ko'p pul, commercial experience, networking

PS: Saidolim aka rozi bo'ling, UstozShogird botingizni shablonidan foydalandim). Tushunishimcha moderatordan o'tmadi. Shunga shu yerda share qilayapman.

PS: post fake emas
๐Ÿ”ฅ20๐Ÿ‘6
Forwarded from Engineering Notes
Aytgancha, o'zim ham ish izlayapman. Iloji boricha systems engineering sohasida yoki software qualityga rostdan yaxshi e'tibor qaratiladigan kompaniyada backend engineer sifatida.
๐Ÿ‘7
Aleph Nought
Dasturchilarning darajasi aslida nisbiy bo'ladi. Masalan o'zingizni midde hisoblasangiz, biror shaxs yoki biznes sizni senior deb bilishi mumkin. Seniorman deb yurasiz ammo qilayotgan ishlaringiz juniorlar qiladigan ish bo'lib ko'rinishi mumkin, kimningdirโ€ฆ
Bizda g'alati tupoylik bor. Masalan man backendchi qidiraman. Kimdir chiqib men seniorman deydi. Keyin bilsam senior frontend chi bo'lib 10 yil ishlagan va backendni ham oz-moz biladigan bo'lib chiqadi. Samimiy o'ylab ko'ring, menga backendchi kerak bo'lgan bir paytta senior frontendchini boshimga uramanmi? O'zim ham shunaqa ahvolga tushmaslik uchun junior man deb aytaman.
๐Ÿ‘15
O'zim haqqimda

Ismim Muhammadxon. Toshkent shahrida tug'ilgamman va shu yerda yashayman. 1994-yilman. Soliha qizalog'im bor alhamdulillah. Dasturlashni 4-sinfda boshlagamman. Uni dasturlash deb ham bo'lmasdi, shunchaki HTML/CSS dan boshlangan. Bunga sababchi bo'lgan qarindosh akalarimdan Alloh rozi bo'lsin.

Commercial experience 6 yil (Sitefactory, Micros, Telemetry, Davr Bank, ...) Backend developer sifatida. PHP ni judayam yaxshi ko'rgamman. Frontendda ham yaxshi edim. Undan keyin Najot Ta'limda 2.5 yil React, NodeJS va Go, SQL dan dars berdim. Shundan so'ng 6 oy Istanbulda ishladim. Shu sabab dunyo qarashim biroz o'sgandir balki, kelajagim haqida jiddiyroq o'ylashga harakat qildim. Avvaldan ilm-fanga juda qiziqqanman. Maqsadlarim ham katta. Ammo qilib yurgan ishlarimni fanga aloqasi yo'q edi. Holis bo'lsangiz backend engineer sifatida bir savolimga javob bering: Qaysi loyihangizni ilm fanga aloqasi bo'ldi'? Yoki qaysi loyihangizda scientific solution bergansiz? Aslida shu savolni o'zimga berdim va shuning uchun computer graphics sohasiga switch qildim. Chunki bu sohada muammolar computational edi. Soddaroq qilib aytganda Backendchi ko'proq system design haqida o'ylasa CG developerlari computational complexity haqida qayg'uradi. Nima qilay, menga shu yoqadi...

Bunga avval jur'atim yetmagan. Hozir boshqa sohaga o'tsam qachon mutaxasis bo'laman, qancha oylik olaman, kim ish beradi, oilam, hayotim nima bo'ladi deb o'ylardim. Ammo Istanbuldayoq buni harakatini boshlab "Computational Geometry" ni o'rganishni boshladim.

Toshkentga qaytdimu hayotim rasvo bo'lib ketti. Chunki Backendda ishlashni hohlamiman. Computer Graphics da esa bizda ish yo'q. Xalqaro ishlar uchun english yaxshi bo'lishi kerak. Man english tushunaman. Ammo speaking da har doim makillab qolaman. Hozir yaxshilashga harakat qilayapman.

Ishonavering agar siz har kuni "Applied Mathematics" bilan shug'ullansangiz oddiy HTML ni ham unutishni boshlarkansiz. Bir paytlar React da Pro edim. Qanday tushunsangiz tushunavering... Ammo hozir uni Junior darajasida ham bilmayman.

1 yildan beri har kuni WebGL, THREE.JS da Data visualization, CAE, GIS muammolariga solution qilishga harakat qilaman. Yechimlarni JavaScript da yozaman. Keyin runtime paytida hisob kitob ko'p talab qilinadigan ishlarni Rust da qayta yozib, Web Assemblerga compile qilaman.

Agar sizga Webgl da Game, Map, Web AR yechimlari kerak bo'lsa meni yollang. Ammo saytdagi animation lar yoki boshqa frontend ishlari uchun bezovta qilmang, baribir ishlamayman. Men ko'pincha geometrik algoritmlar bilan ishlayman. Menda bazi muammolar uchun shunday optimal yechimlar borki uni stackoverflow dan ham topa olmaysiz. Topadiganingiz ilmiy kitoblardagi matematik ifodalar bo'lishi mumkin. Men ham u yerdan topgamman va ular allaqachon kodga o'girilgan... Tayyor yechimim bo'lsama, alhamdulillah aqlim yetayapti, hal qilib berishga harakat qilaman.

Demak 1 yildan beri ishsizman. Orada 3 oy AxMapAE da ishladim. Dubayni kartasini qilishadi. U yerdan kettim va hozir yana ishsizman. Qiynalyapman, qarzga kirib kettim. Biroq baribir to'xtamoqchi yoki ortga qaytmoqchi emasman!
๐Ÿ”ฅ56๐Ÿ‘16
Izohda aynan qanday muammoga yechimlar qilasiz va aslida CG developerlar qanday muammolarni hal qiladi deb so'rashibdi. Bu haqida keyinroq batafsil qilib yozaman. Ammo misol sifatida hozir ishlayotgan muammoyimni aytishim mumkin.

Tasavvur qiling devor bor. Devorda rasmlar bor. Rasmlar nechtaligi va ularning devordagi joylashuvi ham tasodifiy (random).

Muammo: Devorning shunday bo'sh joyini topingki, u yerga qo'yiladigan boshqa rasm, qolgan rasmlarni to'sib qo'ymasin.

Algoritm generic bo'lishi kerak. Ya'ni unda aslida devor va rasm degan tushuncha bo'lmaydi. Hammasida tasavvurdagi sonlar bilan ishlanadi.

Masalan qayerda kerak?

Ho'sh, men hozir qilayotgan map da siz biror hududni tanlaysiz. Aytaylik u 500 ga 500 metr. O'sha hududda siz uchun map ga asoslanib virtual shaxar generatsiya qilinadi. Siz u yerda aylanib yurishingiz mumkin, GTA ga o'xshab. Ammo degan joyi bor. Generatsiya qilingan shaxarning qayeridan o'yin boshlanishi kerak? Masalan siz biror random pozitsiyani tanlasangiz, u yer suv yoki biror binoning tegi bo'lishi ham mumkinku!

Aleph Nought
๐Ÿ‘18
Buyog'iga endi AI hype bo'lgani kabi GPU computing rivojlanadi. Chunki unda parallel computingga doir muammolarni osonroq yechish mumkin va buni GPU da qilish ancha samarali.

Shaxsiy tahlil

Aleph Nought
๐Ÿ‘12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Enemy tracking (Game AI)

uTube
Demo

Ushbu demodan Shift + W/A/S/D + Mouse orqali foyalanish mumkin. Chiroqli AI botlar sizni qurshab olishi kerak. Ammo devor orqasiga yashirinsangiz sizni ko'rishmaydi.

Aleph Nought
๐Ÿ‘22
the-nurbs-book.pdf
19 MB
Kechadan NURBS yuzasidan researchni boshladim. Mana shu kitob bilan shug'ullanish niyatidaman. Hudo hohlasa kelayotgan Mart oyigacha uqib tugataman degan umitdaman.

Kitob ajoyib
๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘6
Forwarded from Farrux Ismoilov (ููŽุฑู‘ูุฎู’ ุงูู”ุณู’ู…ูŽุงูู”ู„ูŽูˆู’)
IT MAP jamoasiga 100% toสปgสปri kelasiz

Qaysi jamoaga, qanday pozitsiya uchun qoสปshilishingizdan qatสผiy nazar, har bir kompaniyaning oสปz qadriyatlari va talablari boสปladi.

๐Ÿง— IT MAP jamoasiga qoสปshilish niyatida boสปlsangiz, sizdan birinchi navbatda soสปraladigan narsa sizning xoxishingiz!

Kimlar IT MAP jamoasiga 100% toสปgสปri keladi?
Javob: Shu sohada o'zini ko'rolganlar albatta!

IT MAPda qanday yo'nalishlar bor?
Bizning markazda quyidagi yo'nalishlar mavjud:
โœ… Bolalar uchun ingliz tili kursi (6-12 yosh)
โœ… Bolalar uchun Dasturlash kursi (8-15 yosh)
โœ… IELTS kurslari
โœ… Boshlang'ich dasturlash kurslari
โœ… Backend dasturlash kurslari
โœ… Android dasturlash kurslari
โœ… Grafik dizayn kurslari

Darslar Online tarzda tajribali Mentorlarimiz tomonidan olib boriladi va darslarning sifatiga kafolat beriladi!

Siz o'zingizni qaysi sohada ko'ra oldingiz?

Sizni qiziqtirgan savolingiz bo'lsa biz bilan bog'laning!

โœˆ๏ธ @IT_Map_Administration
โ˜Ž๏ธ +998 93 961 53 54
Iltimos test qilib bering)

Quyidagi linkka kirganizda mixed reality ga misol keltirilgan. Yani faqat VR, AR supported qurilma orqali kirish kerak. Hozirgi telefonlarning (zamonaviy) deyarli barchasi AR ni support qiladi. WebXR texnologiyasi orqali.

Demak shunchaki saytga chrome orqali kirasiz, agar xr ga tegishli software support bo'lmasa, Chrome sizdan so'raydi: "Play services ni update qilishga ruxsat berasizmi?" Ha desangiz odatda 8-9 mb hajmda upgrade qiladi. Keyin kamerani 3d-map position larini olishga ruxsat berasizmi deydi. Ruxsat bersangiz, display pasida "Start AR" buttoni bor. Bosasiz va atforingizni kamera orqali ko'rib u yerga biror narsa joylashtirishingiz mumkin. Hozircha shunchaki oddiy bir cube ni qo'ya olasiz.

Bir tanishim ios da kira olmadi.

FAQAT TELEFON ORQALI KIRING. PC AR ni support qilmaydi, by default.

Rahmat
๐Ÿ‘15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘6
Hammayoda suni intelekt ๐Ÿ˜‚
๐Ÿ‘5๐Ÿคฏ3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterizga kechasi bir ish qilishni o'rgatib va ertalabgacha sizning o'rningizga ishlayotganini ko'rish mazzekan))

Task: Mapbox datalarini analiz qiladi, ularni GeoJSON formatga o'giradi va joriy kordinataga mos sun'iy yo'ldosh rasmlarini topib download qiladi.

Yaqin orada bizdan yangilik kuting!
๐Ÿ”ฅ21๐Ÿ‘11โค1
Telegrammi yengi funksiyasidan foydalanib ko'richi:

Bu dunyoda 4 xil tillar bor:

1. So'zlashuv tillari
2. Yiyish uchun tillar (masalan molni tili)
3. Bizning tilimiz ๐Ÿ‘…
4. JavaScript
๐Ÿ˜27๐Ÿ‘9
Forwarded from Poytaxt (Parallel Tashkent)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Today we present the first version of the Tashkent city metaverse project. The main goal of the project is to help our compatriots understand the streets of the city and introduce the city of Tashkent to foreigners. We have many plans for the future. Stay tuned for updates.

www.poytaxt.com
๐Ÿ”ฅ17๐Ÿ‘9
Forwarded from Poytaxt (Parallel Tashkent)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi siz taklif qilmoqchi bo'lgan binolar fasadini o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin.

Videoda dasturdan qanday foydalanish ko'rsatilgan.

Iltimos loyihani takomillashtirishga yordam bering!

Dasturni ochish
๐Ÿ‘10๐Ÿ”ฅ4