Programming notes
256 subscribers
438 photos
1 video
1 file
130 links
Student at the University of Arkansas 🇺🇸

In Uzbek @uzbekode
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum. Ismim Muhammad Ali. Frontend dasturlashni o'rganmoqdaman, Dasturlashni o'rganish mobaynida note lar yozib boraman. Manfaatim tegsa, xursandman.
React.memo()

Agar component shu funksiyaga o’rab qo’yilsa, unga kelayotgan props oldingisi bilan bir xil bo’lsa qayta render bo’lmaydi, ya’ni bu funksiya props ni eslab qoladi.

Masalan, parent component da state bor. State yangilansa, child component ham re-render bo'lyapti, props o'zgarmasa ham. React.memo() ga o'ralsa re-render bo'lmaydi.

Lekin, props da object kelayotgan bo'lsa re-render bo'ladi, baribir. Nima uchun?

Chunki object hech qachon bir-biriga teng bo'lmaydi. Har doim xotiradan boshqa adress oladi. Bu muammoni ham yechsa bo'ladi. Qanday? Keyingi sonlarda... 😁
useMemo() va useCallback()

Props dan object borganda child component ni render qilmaslikni aynan shu ikki hook orqali amalga oshirsa bo'ladi.
Buning uchun child componentga jo'natish kerak bo'lgan object ni, yangi o'zgaruvchi ochib, mana shu funksiyalarga o'rab olish kerak. Props orqali mana shu o'zgaruvchini jo'natib yuboramiz.
Bu funksiyalar object ni xotirasida saqlab qola oladi. Shu tariqa, re-render ning oldi olinadi. Endi bu ikki funksiyaning farqi nimada?
#question

🧐 useMemo() va useCallback() farqi nimada?

👉 useMemo() object qaytarsa, useCallback, ismiga monand, callback function ni qaytaradi.

😎 Yana bir farqi, useCallback() da biz parametr ishlatishimiz mumkin.
pramp.com sayti haqida eshitganmisiz?

Bu yerda dunyoning har qanday joyidan intervyuga tayyorlanayotgan dasturchilarni topish mumkin. Platforma avtomatik ravishda siz uchun partner tanlab beradi, va intervyu vaqti belgilanadi. Odatda 60 daqiqa davom etar ekan, ikkala ishtirokchi bir-birini intervyu qiladi. Savollar esa tayyor.

Bugun mana shu saytda intervyu belgilagandim, birinchi marta. Link 5 daqiqa oldin keldi. Lekin, afsus, brauzer bilan bog'liq muammo chiqdi. 10 daqiqadan so'ng intervyu bekor qilingani, yangi intervyu belgilashim haqida email keldi.
Birinchi navbatda kanalda o'zimiznikilar, birinchi sizlarning e'tiboringizni qozonaychi, keyin kengaytirarmiz😁
Bu haftalik vazifalarni hammasini tugatdim😎
Endi bemalol o’zimni boshqa rejalarim bilan shug’ullansam bo’ladi🥳

Ammo soat:
Yakshanba, 22:57 😢