🇺🇿 Learn .NET
GPT- 5 ni kutib oling🥳 Murakkab mavzuni sodda tushuntiradi Rasm, matn, hatto video bilan ishlaydi Javoblar ancha chaqqon Kontekstni uzoq eslab qoladi Kod va mantiqiy masalalarda kuchli Har qanday uslubda ijod qiladi
Dastrurlashni oʻrganayotganimda hali gpt, ai degan atamalar ishlatilmas edi. Bitta muammo ustida ishlash bir necha soatlardan bir necha kungacha vaqt olar edi. Communitydan javob kutish, internetdagi hamma tutoriallarni oʻqib chiqish ixtiyoriy-majburiy edi. Shu damlarni eslasam dinozavrlar davriga guvoh boʻlgandek his etaman. Lekin bu texnologiyalar chiqishni boshlaganiga bir necha yillar boʻldi xolos.
🔥7👍5
Jaloliddin Makhkamov — Softclub Academy’ning birinchi o‘quvchisi, kursni hali yakunlamasdan turib, O‘zbekiston Milliy Bankida Backend dasturchi bo‘lib ishga qabul qilindi!
Eng asosiysi — u bunga tanish-bilishsiz, ya’ni networkingsiz, faqat o‘z kuchi, bilimi va mehnati bilan erishdi!
Jaloliddin C# Backend kursimizda qatnashdi. Har haftalik imtihonlar, qat’iy intizom, mentorlik tizimi va real loyihalar asosidagi mashg‘ulotlar — uning IT olamiga mustahkam kirib borishiga zamin yaratdi.
Bizning bu muvaffaqiyatimiz shuni isbotlaydi ki, agar sen chindan ham o‘z ustingda ishlasang — nima bo‘lishidan qat’i nazar, tanish-bilishsiz ham orzularingdagi ishga erishish mumkin!
Endi navbat senda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15⚡3🕊2
.NET’da IDisposable interfeysi nima va Dispose metodi nima uchun ishlatiladi?
1. IDisposable nima?
IDisposable — bu .NET’da resurslarni (fayllar, tarmoqlar, database ulanishlari va boshqalar) to‘g‘ri va o‘z vaqtida tozalash uchun ishlatiladigan interfeys.
U faqat bitta metodga ega:
public interface IDisposable
{
void Dispose();
}
2. Dispose metodi nima uchun kerak?
.NET’da garbage collector (GC) xotirani avtomatik tozalaydi, ammo u unmanaged resources (masalan, fayl handle’lari, tarmoq soketlari, database connection’lar) bilan ishlashni bilmaydi.
Shuning uchun Dispose metodini chaqirib, bu resurslarni qo‘l bilan bo‘shatishimiz kerak.
3. Qanday ishlaydi?
Agar class IDisposable’ni implements qilsa, unda siz resurslarni Dispose() ichida tozalashingiz kerak bo‘ladi.
Bu odatda quyidagicha ishlatiladi:
using (var connection = new SqlConnection("connectionString"))
{
connection.Open();
// Database bilan ishlash
} // Bu yerda avtomatik Dispose chaqiriladiusing bloki chiqib ketganda, Dispose() avtomatik chaqiriladi.
4. Mana bu yerda esa namuna
public class FileManager : IDisposable
{
private FileStream _fileStream;
private bool _disposed = false;
public FileManager(string path)
{
_fileStream = new FileStream(path, FileMode.OpenOrCreate);
}
public void WriteData(string data)
{
if (_disposed)
throw new ObjectDisposedException(nameof(FileManager));
byte[] bytes = System.Text.Encoding.UTF8.GetBytes(data);
_fileStream.Write(bytes, 0, bytes.Length);
}
public void Dispose()
{
if (!_disposed)
{
_fileStream?.Dispose(); // FileStream ham IDisposable
_disposed = true;
}
}
}
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Aeroport gʻalati joy.
Agar siz joʼnab ketuvchi boʻlsangiz, bu yerda asosiy qahramonsiz. Kuzatib qoʻyuvchi boʻlsangiz epizodda. Qahramon sizning farzandingiz, ukangiz yoki doʻstingiz boʻlishi mumkin. U ketaveradi. Siz esa bir qancha hissiyotlar bilan birga qolasiz. Gʻalati hissiyotlar. Ota ona boʻlsangiz tashvish, qaygʻu, hali boshlanmagan sogʻinch bilan qolasiz. Doʻstingiz ketsachi, u bilan birga sizning yoshligingizning bir qismi ham ketadi. Musofirdalik davrida yozilishi mumkin boʻlgan xotiralar ketadi.
Gʻalati joy, gʻalati fikr, gʻalati hissiyot

👍12🔥3⚡2
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft Developers Community va Alif Tech hamkorligida DevTalks meetup o’tkazyapmiz.
Barcha backend va AI ga qiziquvchilarni taklif qilaman. Asosan, .NET va Github Copilot bo’yicha yangicha bilimlar haqida gaplashamiz. Boshqa stack da bo’lsangiz, kamida networking bo’ladi :) Spikerlar esa bomba.
Hoziroq ro’yxatdan o’ting:
https://mdcuzbekistan.com/register
Batafsil ma’lumot:
https://t.me/mdcuzbekistan/960
@mukhammadkarim_tukhtaboev

🔥4👍2
7 yildan beri mustaqil ishlab kelgan Github endi
CEO Tomas Dohmke lavozidan ketmoqda va endi yangi rahbar tayinlanmas ekan.
Github Copilot Githubning 40% daromadini berayapti va 20 mln foydalanuvchiga ega.
Fortune 100 kompaniyalarning 90% Github Copilot da foydalanadi.
Github $2 mlrdlik daromadni urdi
Bundan tashqari Cursor $100 mln yillik daromadga chiqdi.
Aytichlaricha bu shunchaki "ichki tuzilmani o'zgartirish " emas balki Microsoft butun AI dasturlash infratuzilmasini egallamoqchi.
Menimcha bu qaror Microsoft o'rta muddatda foydali, lekin uzoq muddat uchun bizning ishonchimizni va ochiqlilik masalasini buzadi.
Microsoft Github Copilot hujjatida hech qanday yopiq repositoriyalar kodini o'qimaslikka va oshkor qilmasligi keltirilgan. Dasturchilar orasida "Oltin kalit" nomini olish uchun endi u Copilotni yanada aqlliroq qilishi kerak. Lekin eng zo'r kodlar Open-Source ham emas.
Siz bu haqida nima deysiz. Balki Gitlabga o'tarmiz 🦊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🤔2🔥1
Mandat chiqibdi!
Talaba boʻlganlarni tabriklayman! Endi siz rasmiy ravishda kitob bilan rollton o‘rtasida, uyqu bilan dars o‘rtasida yashashni boshlaysiz. Orzularingiz amalga oshsin, kontraktingiz emas.
Talaba boʻla olmaganlar uchun -
qayg‘urmang, ba’zan talabalik — bu diplom olishdan ko‘ra ko‘proq navbat kutish davri bo‘ladi. Siz esa darhol hayot universitetiga kirib, amaliyotdan boshladingiz.

👍11❤5❤🔥1
💡 C# — Intervyu savoli
Savol:
Biror class yoki type’ga, uning asl kodini o‘zgartirmasdan, yangi method qo‘shish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday?
Javob:
Ha, mumkin — Extension Method orqali.
Extension method — mavjud class yoki type’ni kengaytirishning usuli bo‘lib, u static class ichida yoziladi va kengaytirilayotgan type birinchi parametrlarda this kalit so‘zi bilan belgilanadi.
Izoh:
Bu usul yordamida .NET’ning o‘z classlariga ham, siz yozgan classlarga ham method qo‘shish mumkin, lekin ular aslida “syntactic sugar” bo‘lib, kompilyatsiya vaqtida static method sifatida chaqiriladi.

public static class IntExtensions
{
public static bool IsEven(this int number)
{
return number % 2 == 0;
}
}
// Foydalanish
int x = 4;
bool result = x.IsEven(); // true
Izoh:
Bu usul yordamida .NET’ning o‘z classlariga ham, siz yozgan classlarga ham method qo‘shish mumkin, lekin ular aslida “syntactic sugar” bo‘lib, kompilyatsiya vaqtida static method sifatida chaqiriladi.
👍14⚡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2022-yil 27-aprelda Universitetda 2-kurs boʻlganimda ham video darslik olgan ekanman kursdoshlarim uchun.
Fan nomi Materiallar qarshilgi (Sapramat).
Tayanchlarga tushadigan kuch va momentlarni hisoblash edi adashmasam. Anchagina muammoli fan edi. Buni mexanik muhandislar yaxshi tushunishadi. Lekin hozir esimdan chiqib ketgan muammo ham, yechim ham:)
Kimdir Transport universitetida oʻqisa toʻliq qoʻllanmani tashlab yuboraman

❤6⚡4👍2
Forwarded from MJ
Ancha vaqt oldin "Ideal rezyume yozish formulasi" nomli qo'llanma yozilgandi.
https://t.me/mohirdev/1935
Rezyume yozish qoidalari bilan batafsil tanishmoqchi bo'lganlar uchun.
https://t.me/mohirdev/1935
Rezyume yozish qoidalari bilan batafsil tanishmoqchi bo'lganlar uchun.
Telegram
MohirDev.uz
Ideal rezyume yozish formulasi
💼 Ishga topshirganingizda birinchi bo'lib so'raladigan narsa bu albatta - REZYUME
✍️ Qachonki rezyume talabga javob bersagina keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin. Shunday ekan talabga javob beruvchi rezyume qanday bo'ladi?…

👍4
MJ
Ancha vaqt oldin "Ideal rezyume yozish formulasi" nomli qo'llanma yozilgandi. https://t.me/mohirdev/1935 Rezyume yozish qoidalari bilan batafsil tanishmoqchi bo'lganlar uchun.
Juda yaxshi manba ekan.
Ishga topshirayotganlar uchun eng yaxshi qo'llanmalardan biri, Agar hali ham rezyume ni qanday sifatli va tezda ko'zga tashlanadigan qilib tayyorlamoqchi bo'lsangiz albatta bu bilan tanishib chiqing
Ishga topshirayotganlar uchun eng yaxshi qo'llanmalardan biri, Agar hali ham rezyume ni qanday sifatli va tezda ko'zga tashlanadigan qilib tayyorlamoqchi bo'lsangiz albatta bu bilan tanishib chiqing
👍7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11
🇺🇿 Learn .NET
Yangi stack paydo bo'libdimi😅
Vibe Codingni ozgina o'rganib resume va linkedin profilga yana yangi skillni qo'shib qo'yish esdan chiqmasin
😁3❤1👍1
Pair Programming — Birga kod yozishning zavqi 🥂
Oxirgi marta qachon pair programming qilgan edingiz?
Birga kod yozish — juda yoqimli jarayon. Bir nechta dasturchi bitta meetingga kirib, bir nechta muammoni hal qilishadi. Bu muammoni yolg‘iz yechishdan ancha samaraliroq.
Yaxshi tomonlari
⌨️ Yangi bilimlar va best practice’lar
Pair programming paytida biz ilgari bilmagan ko‘z ilg‘amas best practice’larni ko‘p o‘zlashtiramiz. Masalan, shortcutlardan foydalanishni ko‘rasiz. “To‘xtang-to‘xtang, hozir qaysi tugmalarni bosib shu ishni qildingiz?” — degan savol orqali siz ham o‘zingizga yangi odatlarni olib ketasiz.
✍️ Feedback va himoya qilish san’ati
O‘zimiz to‘g‘ri deb bilgan kodni yozish davomida hamkasbdan optimizatsiya qilish bo‘yicha feedback olamiz. Yoki aksincha, o‘z yozgan kodimizni himoya qilishga to‘g‘ri keladi. Kodingizni mantiqan himoya qila olishning o‘zi ham alohida san’at.
👩💻 Introvertlikka qarshi davo
Dasturchilarda introvertlikka moyillik yuqori. Zeriksangiz, hamkasbingiz bilan birga coding qilishni tavsiya qilaman. Kod yozish bu jiddiy muzokara emas — jarayonda ko‘p hazillar qilish mumkin. Bu esa dasturlashni yanada sevimli qiladi, sizni burnout va “selfish hero💪 ” bo‘lishdan asraydi.
💪 Jamoa shakllanishi
Pair programming orqali yaxshi jamoa shakllanadi. Jamoa ichida to‘g‘ri ish muhitini yarata olasiz. Hattoki 100% ish online bo‘lsa ham, bu usul orqali samimiylikni yo‘qotmaslik mumkin.
👨💻 Tushuntirish qobiliyati rivojlanadi
Kod yozish davomida siz ham o‘ylaysiz, ham gapirasiz, ham yechimni tushuntirasiz. Bu dasturchi uchun juda qimmatli qobiliyat.
Yomon tomoni ham bor
💼 Vaqt ko‘proq ketadi.
Agar siz uchun vaqt qimmatli bo‘lsa yoki tezkor ishlashga o‘rgangansiz, bu siz uchun minus bo‘lishi mumkin.
Lekin shuni unutmang: pair programming’da siz nisbatan ko‘proq olasiz va berasiz🔋 .
@NodirxonCSharpDarslari
Oxirgi marta qachon pair programming qilgan edingiz?
Birga kod yozish — juda yoqimli jarayon. Bir nechta dasturchi bitta meetingga kirib, bir nechta muammoni hal qilishadi. Bu muammoni yolg‘iz yechishdan ancha samaraliroq.
Yaxshi tomonlari
Pair programming paytida biz ilgari bilmagan ko‘z ilg‘amas best practice’larni ko‘p o‘zlashtiramiz. Masalan, shortcutlardan foydalanishni ko‘rasiz. “To‘xtang-to‘xtang, hozir qaysi tugmalarni bosib shu ishni qildingiz?” — degan savol orqali siz ham o‘zingizga yangi odatlarni olib ketasiz.
O‘zimiz to‘g‘ri deb bilgan kodni yozish davomida hamkasbdan optimizatsiya qilish bo‘yicha feedback olamiz. Yoki aksincha, o‘z yozgan kodimizni himoya qilishga to‘g‘ri keladi. Kodingizni mantiqan himoya qila olishning o‘zi ham alohida san’at.
Dasturchilarda introvertlikka moyillik yuqori. Zeriksangiz, hamkasbingiz bilan birga coding qilishni tavsiya qilaman. Kod yozish bu jiddiy muzokara emas — jarayonda ko‘p hazillar qilish mumkin. Bu esa dasturlashni yanada sevimli qiladi, sizni burnout va “selfish hero
Pair programming orqali yaxshi jamoa shakllanadi. Jamoa ichida to‘g‘ri ish muhitini yarata olasiz. Hattoki 100% ish online bo‘lsa ham, bu usul orqali samimiylikni yo‘qotmaslik mumkin.
Kod yozish davomida siz ham o‘ylaysiz, ham gapirasiz, ham yechimni tushuntirasiz. Bu dasturchi uchun juda qimmatli qobiliyat.
Yomon tomoni ham bor
Agar siz uchun vaqt qimmatli bo‘lsa yoki tezkor ishlashga o‘rgangansiz, bu siz uchun minus bo‘lishi mumkin.
Lekin shuni unutmang: pair programming’da siz nisbatan ko‘proq olasiz va berasiz
@NodirxonCSharpDarslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3👍1
C# dasturlash tilida catch blokida quyidagilarni ishlatishning qanday farqlari bor
1. throw;
2. throw ex;
3. throw new Exception("Something went wrong!", ex);
@NodirxonCSharpDarslari
#interview #csharp
1. throw;
2. throw ex;
3. throw new Exception("Something went wrong!", ex);
@NodirxonCSharpDarslari
#interview #csharp
🤔4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kurs haqida batafsil ma’lumot 👉 link
⏰ Muddat: Chegirma atiga 10 kun davom etadi - bunday imkoniyat qaytmaydi!
🚀 Natija: ORM yaratish orqali junior dasturchidan keyingi bosqichga o‘tish va real loyihalarda qo‘llash tajribasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡1
🇺🇿 Learn .NET
C# dasturlash tilida catch blokida quyidagilarni ishlatishning qanday farqlari bor 1. throw; 2. throw ex; 3. throw new Exception("Something went wrong!", ex); @NodirxonCSharpDarslari #interview #csharp
Javob
👉 1. throw;
Bu asl exceptionni qayta tashlaydi.
Stack Trace oʻz holicha saqlanadi, xatolik yuz bergan joy oʻzgarmaydi.
Debug qilish uchun zoʻr usul.
👉 2. throw ex;
Bu catch ichidagi exception obyektini qayta tashlaydi, lekin,
stack trace yangilanadi, ya’ni xatolik xuddi shu throw ex; qatoridan boshlangan deb ko‘rinadi.Natijada asl xatolik qaerdaligini yo‘qotib qo‘yasiz.
Shuning uchun bu amaliyot odatda yomon practice hisoblanadi.
👉 3. throw new Exception("Message", ex);
Bu yangi Exception yaratadi, unga maxsus xabar (Message) berasiz va asl exceptionni InnerException sifatida qo‘shasiz.
Natijada siz o‘z kontekstingizni qo‘shasiz (“Qaysi qatlamda, qaysi servisda xatolik bo‘ldi”), lekin baribir asl stack trace InnerException orqali saqlanib qoladi.
Bu — enterprise loyihalarda eng ko‘p ishlatiladigan usul, chunki logging va monitoringda juda foydali.

👍6❤3🔥1
🚀 System Design: Blob Storage
Blob Storage — bu katta hajmdagi fayllarni (rasm, video, hujjat va boshqalar) saqlash uchun ishlab chiqilgan object storage texnologiyasi.
📂 Har bir fayl blob (Binary Large Object) sifatida alohida saqlanadi va unga URL orqali murojaat qilish mumkin.
🔑 Asosiy xususiyatlari:
Cheksiz hajm — kerak bo‘lsa, terabayt va petabayt hajmdagi fayllarni saqlash imkoniyati.
High availability — ma’lumotlar doimo mavjud, chunki bir nechta serverlarda nusxalari bo‘ladi.
Scalability — foydalanuvchi soni yoki fayl hajmi oshsa ham tizim osongina kengayadi.
Cost-effective — foydalangan hajmga qarab to‘lov qilinadi.
💡 Amaliyotda:
YouTube videolarini saqlash
Telegram media fayllari
Backup va log saqlash
AI model fayllari
BlobStorage uchun siz Azure BlobStorage yoki Amazon S3 BlobStorage ni ishlatishingiz mumkin

❤2
🇺🇿 Learn .NET
🚀 System Design: Blob Storage Blob Storage — bu katta hajmdagi fayllarni (rasm, video, hujjat va boshqalar) saqlash uchun ishlab chiqilgan object storage texnologiyasi. 📂 Har bir fayl blob (Binary Large Object) sifatida alohida saqlanadi va unga URL orqali…
Seshanba kungi darsimizda talabalar bilan real loyihaga hissa qoʻshdik. Oʻzimizning Tarteeb B2B loyihamizga yangi endpoint chiqardik.
1. POST Mock. Bunda adminlar html file va uning uchun kerakli boʻlgan maydonlarni joʻnatishadi, biz esa blob storage ga borib faylni saqlaymiz. Databasega esa uning URLni beramiz.
2. GET ALL Mocks.
Mockni uning Urli bilan qaytaramiz va Front uni render qilib beradi.
Sir boʻlmasa siz BlobStoragedan qanday maqsadda foydalanasiz

🔗Levenshtein Distance
Softclubda talabalar bilan loyihada ishlash jarayonida soʻzlarning oʻxshashlik darajasini topish masalasi qoʻyildi. Aytaylik Salom va Salam oʻrtasida 1 ta harf farq bor. Buni bir koʻrishda farqlash oson. Lekin kod doirasida qanday yechim bera olamiz. Jamoa bilan kelishgan holda Levenshtein Distance algoritmini tanladik. Bu algoritm nechta qadam orqali soʻzni oʻshash ekanligini aniqlab beradi. Oʻzbek tilida bunga maqola yoʻq. Shuning uchun oʻquvchimiz Mustafo mediumda oʻzining ilk postini joyladi va sizlar bilan baham koʻrmoqchi. Postni esa bu yerdan topasiz.
Aytgancha aynan shu algoritm orqali hozir loyiha kutilganidek ishlamoqda.
Linkedin | Medium

Medium
Levenshtein Distance
Levenshtein Distance haqidagi maqola juda ko‘pchilikka foydali bo‘ladi deb o’ylayman, chunki u qidiruv tizimlari, spell-checker, NLP va…
👍3