🇺🇿 Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2
Kecha Softclub Academyda boʻlib oʻtgan "C# da Asinxron dastrulash" nomli masterclass juda ham yaxshi oʻtdi. Kelganlarning hammasiga rahmat!

Masterclassda :
- Thread, Thread blocking, spinning, signalling, Multithreading
- ThreadPool, Task, Awaiter, Continuation, Result
- Concurrency Va Asinxron farqi

Kabi tushunchalarni kod namunalar bilan koʻrib chiqdik.

2 soatlik masterclassda toʻliq Asinxron dasturlashni toʻliq koʻrib chiqa olmadik. Buning ilojisi ham boʻlmadi😅.

Keyingi masterclassda balki 2-qismni ham chiqarishga harakat qilamiz.

Hammaga rahmat!
11🔥4👍2🕊1
IT’da Karyerangizni 3 Oyda Boshlamoqchimisiz?

🎊 Softclub Academy’da 3 oylik Internship (Amaliyot) kursiga 50% – 100% GRANTLAR ajratildi 🥳
📈 Real loyihalar + Mentorlar + Portfolio + Ishga joylashish kafolati
Quruq dars emas
Amaliy tajriba bilan bozor talabiga mos mutaxassis bo‘lasiz!

Grant olish uchun ro‘yxatdan o‘tishga oz vaqt qoldi!
👇Batafsil ma'lumot uchun izohlarda " +" qoldiring biz sizga bog'lanamiz
4👍2🔥2
#vakansiya
Senior .NET Dasturchi – Vention kompaniyasiga ishga taklif

Asosiy vazifalar:

- Yechimlar to‘plamimizni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga yuqori sifatli kod yetkazib berishga mas’ul bo‘lish

- Dasturiy ta’minot va biznes logikasini to‘liq sikl bo‘yicha ishlab chiqishda ishtirok etish

- Demo sessiyalar, Scrum yig‘ilishlari va “Idea Talk”larda faol ishtirok etish

- Kodlarni ko‘rib chiqish (code review) va test yozishda ishtirok etish

- Loyihalarni baholash, rejalashtirish va sotuvoldi (pre-sales) faoliyatlarida ishtirok etish

- Istalgan taqdirda: texnik suhbatlar o‘tkazish, mentorlik qilish va dev2dev / meetup formatidagi ichki va tashqi bilim almashuv tadbirlarida qatnashish imkoniyati


Malaka va talablar:

- .NET bilan kamida 4 yillik amaliy tajriba

- Quyidagi texnologiyalarni yaxshi bilish: .NET, ASP.NET / ASP.NET MVC, MS SQL Server

- JavaScript freymvorklari bo‘yicha tajriba: Angular, React, Vue.js yoki Ember.js

- Ingliz tilini B1 darajada yoki undan yuqori bilish va ingliz tilida so‘zlashuvchi mijozlar bilan ishlash tajribasi

- O‘z ustida ishlashga va .NET dasturlash sohasidagi eng so‘nggi texnologik yutuqlardan xabardor bo‘lishga intilish

Batafsil bu 👉 yerda.
Aloqa uchun: https://www.linkedin.com/in/hannasedunova
👍4
💥 Softclub Academy’da 3 oylik Internship (Amaliyot) kursi uchun 𝗴𝗿𝗮𝗻𝘁 𝘁𝗮𝗻𝗹𝗼𝘃𝗶 boshlandi!
🪄 Endi real IT loyihalarda ishtirok etish va tajriba orttirish imkoniyati – 100% gacha bepul ta’lim bilan!
Ko'rsatilgan qadamlardan o'tib, grantlarni qo'lga kiriting.
🧮 Grantlar soni chegaralangan!

📝 Ariza to'ldirish uchun: https://forms.gle/GzhuXqkTquz8aVL38

Kurs boshlanishi: 28-iyul (1-inchi guruh)
🫵 Joylar faqat eng yaxshi va kuchli nomzodlar uchun!
🔥51👍1
🇺🇿 Learn .NET
Photo
Intern qidirib yurganlar uchun zoʻr imkoniyat.

Men surishtirib koʻrdim, aynan kimlar sizga tajriba olishingiz uchun yordam berishini.

👨‍💻 Пайрав Юлдошев — Software Engineer (Alif Tech)
LinkedIn

👨‍💻 Саъдулло Еркинов — IT Recruiter (Click)
LinkedIn

👨‍💻 Muxammadamirulloxon Maksumov — Project Manager (Beeline)
LinkedIn

Bunaqa imkoniyat har doim ham boʻlmaydi. Agar sizga yoki sizning biror bir tanishingizga ham shunday imkoniyatlar kerak boʻlsa, buni ulashib qoʻying albatta juda foydali boʻladi.

Networking juda yaxshi narsada:)
13👍3🔥2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4
🇫🇷 Fransiyada yirik ma'lumot sizib chiqdi!

Fransiyaning suv osti kemalari va va jangovor kemalari ishlab chiqaradigan Naval Group degan yirik kompaniyasidan 13 GB maxfiy ma’lumot internetga sizib chiqdi. Xaker o‘zini "Neferpitou" deb tanishtiribdi. Aytishicha, aslida 1 TB ma’lumotni qo‘lga kiritgan, bu esa Frantsiya tarixidagi eng katta sizib chiqish bo‘lishi mumkin!

Nimalar ketgan?

– Harbiy tizimlar uchun dasturiy kodlar
– Yadro suv osti kemalariga tegishli dasturlar
– Rafale-M samolyotiga oid hujjatlar
– Ichki maktublar, foydalanuvchi malumotlari, simulyatorlar...
– Yana bir dunyo maxfiy narsalar

Eng qizig‘i — xaker hech narsa talab qilmagan. "Bu ogohlantirish", deb qo‘yibdi. Hech qanday to‘lov yo‘q, shunchaki oshkoralik.

Thales, Dassault va Safran degan boshqa fransuz kompaniyalari ham bilvosita zararlangan deyishmoqda.

Qiziq tomoni — bu voqea Fransiya Prezidenti Makron Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlashini bildirganidan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi. Tasodifmi? Kim bilsin...
😁8👍3
🇺🇿 Learn .NET
Video message
Softclubda iyun oyida boshlangan darsimiz 2 oydan keyin o'z yakunini topadi.(Kurs vaqti 4 oy + 1 oy soft skills)

Hozir talabalar bilan Asp.net Coreda project qilishni boshlaganmiz.
Talabalarimizning bazilar interviewga ham yozilib qo'yilibdi:).
Mana shu munosabati bilan kanalda 1 oy davomida har kuni c# ga aloqador, dolzarb interview savollari va javoblarini sizlar bilan ulashib boraman. Zero bu savollar yangi ishga kiruvchilar yoki c# ni o'rganayotganlar uchun ham manfaatli bo'lsin.

Shunday qilib bir oylik challenge ga start beramiz:)
👍3🔥1
📦 C# da Boxing va Unboxing nima?

C# da boxing va unboxing — bu value type va reference type lar o‘rtasidagi aylantirishlar.

🔹 Boxing — bu int, double, bool kabi value type qiymatni object tipiga aylantirish.
🔹 Unboxing — bu object tipidagi qiymatni yana value type ga qaytarish.

🎯 Real hayotiy misol:
int age = 25;

// 🔄 Boxing — int dan object ga
object boxedAge = age;

// 🔄 Unboxing — object dan yana int ga
int unboxedAge = (int)boxedAge;

Console.WriteLine(unboxedAge); // ➡️ 25


🧠 Nimaga kerak bo‘ladi?
Tasavvur qiling, sizda faqat object qabul qiladigan metod bor. Ammo siz unga int, double yoki bool yubormoqchisiz.

void Log(object data)
{
Console.WriteLine($"Data: {data}");
}

int score = 90;
Log(score); // ⚠️ Bu yerda avtomatik boxing bo'ladi


⚠️ Nima muhim?
- Boxing/unboxing sekin ishlaydi: chunki bu operatsiyalar qo‘shimcha xotira ishlatadi.

- Tez ishlaydigan kod yozmoqchi bo‘lsangiz, boxing dan qochganingiz yaxshi.

Yaxshi amaliy yechim:
Agar siz object ishlatishga majbur bo‘lsangiz, genericlardan foydalaning:
void Print<T>(T value)
{
Console.WriteLine(value);
}

Print(100); // 🚀 No boxing
Print("Hi!"); // 🚀 No boxing


🎓 Xulosa:
Boxing/unboxing — C# ning kuchli, lekin ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak bo‘lgan xususiyatlaridan biri. Ularni tushunsangiz, siz optimallashtirilgan va samarali kod yozishingiz mumkin!

@NodirxonCSharpDarslari

📌 #CSharp #DotNet #Boxing #Unboxing #Backend #OOP
🔥8👍3🤩1
🧠 Statik klass vs Singleton – Qanday farqi bor?

Ko‘p dasturchilar bu ikkitani bir-biriga o‘xshatadi. Aslida ular boshqacha ishlaydi. Quyidagicha tushunsak, aniq bo‘ladi:


🔹 Statik klass:

- new qilib obyekt yaratib bo‘lmaydi.

- Ichida faqat static metod va property bo‘ladi.

- Obyekt holatini saqlamaydi.

Masalan: Math, Console, File.


Qachon ishlatish kerak?
Foydali yordamchi metodlar uchun. Misol: matematik hisob, matn o‘zgartirish va h.k.


🔹 Singleton:

- Faqat bitta obyekt yaratiladi.

- Obyekt holatini saqlasa bo‘ladi.

- OOP bilan yaxshi ishlaydi, DI (Dependency Injection) bilan birga ishlatish mumkin.


Qachon ishlatish kerak?
Masalan, log yozish, konfiguratsiya o‘qish, caching – yagona instansiya kerak bo‘lgan joylarda.

🔚 Xulosa:
Agar faqat funksiyalar kerak bo‘lsa – statik klass.
Agar holat saqlaydigan va boshqariladigan obyekt kerak bo‘lsa – singleton.
👍12
AMC Bridge 1- texnik interview topshirayotganimda mendan bir nechta algoritmik misollar so'rashdi.
Quyida sizlar bilan o'rtoqlashaman.

Berilgan BinaryTree stukturasi orqali uning ichidagi har bir elementni console ga chiqaradigan funksiya yozing.

public class TreeNode
{
public int Value;
public TreeNode Left;
public TreeNode Right;

public TreeNode(int value)
{
this.Value = value;
this.Left = null;
this.Right = null;
}
}


Buni 2 xil usulda ishlash kerak edi.
1. Recursive function orqali
2. For Loop orqali

Qani kimda qanday yechim bor?
👍3🕊1
GPT- 5 ni kutib oling🥳

Murakkab mavzuni sodda tushuntiradi

Rasm, matn, hatto video bilan ishlaydi

Javoblar ancha chaqqon

Kontekstni uzoq eslab qoladi

Kod va mantiqiy masalalarda kuchli

Har qanday uslubda ijod qiladi
👍5🔥2
🇺🇿 Learn .NET
GPT- 5 ni kutib oling🥳 Murakkab mavzuni sodda tushuntiradi Rasm, matn, hatto video bilan ishlaydi Javoblar ancha chaqqon Kontekstni uzoq eslab qoladi Kod va mantiqiy masalalarda kuchli Har qanday uslubda ijod qiladi
Dastrurlashni oʻrganayotganimda hali gpt, ai degan atamalar ishlatilmas edi. Bitta muammo ustida ishlash bir necha soatlardan bir necha kungacha vaqt olar edi. Communitydan javob kutish, internetdagi hamma tutoriallarni oʻqib chiqish ixtiyoriy-majburiy edi. Shu damlarni eslasam dinozavrlar davriga guvoh boʻlgandek his etaman. Lekin bu texnologiyalar chiqishni boshlaganiga bir necha yillar boʻldi xolos.
🔥7👍5
🎉Softclub Academy’ning birinchi qaldirg‘ochi — O‘zbekiston Milliy Bankida ish boshladi!
Jaloliddin Makhkamov — Softclub Academy’ning birinchi o‘quvchisi, kursni hali yakunlamasdan turib, O‘zbekiston Milliy Bankida Backend dasturchi bo‘lib ishga qabul qilindi!
Eng asosiysi — u bunga tanish-bilishsiz, ya’ni networkingsiz, faqat o‘z kuchi, bilimi va mehnati bilan erishdi!
Jaloliddin C# Backend kursimizda qatnashdi. Har haftalik imtihonlar, qat’iy intizom, mentorlik tizimi va real loyihalar asosidagi mashg‘ulotlar — uning IT olamiga mustahkam kirib borishiga zamin yaratdi.

Bizning bu muvaffaqiyatimiz shuni isbotlaydi ki, agar sen chindan ham o‘z ustingda ishlasang — nima bo‘lishidan qat’i nazar, tanish-bilishsiz ham orzularingdagi ishga erishish mumkin!
Endi navbat senda!


🪄 Softclub Academy seni ham kuchli mutaxassisga aylantirishga tayyor!
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun izohlarda " + " belgisini qoldiring va siz ham oʻz orzuyingiz sari mustahkam qadamni bosing!
📨 Savollar uchun: @softclubuzsupport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153🕊2