🇺🇿 Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Zafar Urakov
🚀 Yangi! Boshlovchilar uchun dasturlash kursi — Learn C# Programming

💻 Dasturlashni noldan o‘rganmoqchimisiz?
Men, 2+ yillik C# tajribasi va Amerika kompaniyasida ishlaydigan professional dasturchi sifatida, sizga 2 oylik intensiv onlayn kurs taklif qilaman.

📝 Nimalarni o‘rganasiz:
Asosiy tushunchalar: o‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, metodlar, massivlar
Kichik dasturlar — kalkulyatorlar, testlar, matn ishlovchilar
Hech qanday tajriba shart emas — faqat qiziqish va o‘rganishga tayyorlik

💡 Nega C#?
C# — eng ommabop tillardan biri. Veb, desktop, mobil va o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi
💼 Boshlang‘ich C# dasturchilari yiliga $10,000–$60,000 maosh olishadi (joy va tajribaga qarab)

🕒 Kurs haqida:
1️⃣ Davomiyligi: 2 oy
2️⃣ Format: Haftasiga 3 ta jonli dars
3️⃣ Amaliy mashqlar + yakuniy loyiha
4️⃣ Boshlanishi: 1-iyul ‼️

🎯 Yakunda:
Siz oddiy dasturlarni tuza olasiz va ASP.NET Core kabi keyingi texnologiyalarni o‘rganishga tayyor bo‘lasiz

💬 Savollaringiz bo‘lsa 👉🏼 @zafar_urakov

#tavsia #reklama #talim
👍4🔥2
🎯 Dasturchilar duch keladigan TOP 3 muammo
(Shunchaki kod yozish emas, muammo yechish san’ati)

1️⃣ Authentication & Authorization
Internetda minglab maqola, video, kutubxona bor — lekin enterprise darajadagi xavfsizlikni ta’minlash hamon murakkab.
Bu faqat token yaratish yoki JWT bilan cheklanmaydi. Har bir foydalanuvchi roli, sesiya boshqaruvi, refresh tokenlar, OAuth, SSO... — bu texnikalar o‘zaro uyg‘un ishlashi kerak. Aks holda, xavfsizlik — birinchi zaif nuqtaga aylanadi.

2️⃣ Multithreading
Parallel dasturlash — backend dunyosining eng nozik va xavfli bo‘limi.
Threadlarni boshqarish, data race, deadlock, async/await konseptlari — bu sohalar chuqur bilim va tajriba talab qiladi. Notog‘ri qo‘llanish — butun tizimning barqarorligini xavf ostiga qo‘yadi.

3️⃣ Naming — haqiqiy san’at
Ko‘pchilik bu muammoni arzimas deb biladi. Aslida esa — bu dizayn muammosi.
O‘zgaruvchilar, funksiyalar, klasslar, komponentlar nomi — 1 o‘qishda tushunarli, kontekstga mos, va keraksiz izohsiz bo‘lishi kerak.
obj, stuff1 kabi nomlar bilan yaratayotgan san'atingiz bilan ertaga nafaqat oʻzingiz balki jamoangizning ham eʼtiroziga sababchi boʻlishingiz mumkin.

> Yaxshi nom — yomon dizaynni yashira olmaydi, lekin yomon nom — eng yaxshi dizaynni ham tushunarsiz qiladi.

💬 Sizningcha, yana qaysi muammolar bu ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin? Tajribangiz bilan o‘rtoqlashing.
🔥8👍1
✍️ C# da var ni qachon ishlatish kerak?

Ba'zida kod yozayotganda var degan qulaylik borligini bilamiz. Tezroq yoziladi, chiroyli ko‘rinadi, lekin... hammaga bir savol: Har doim var ishlatish to‘g‘rimi?

Har doim emas.

var – bu qulaylik, lekin noto‘g‘ri joyda ishlatilsa, kodingizni tushunishni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, oradan vaqt o‘tgach yoki boshqa dasturchi sizning kodingizni ko‘rsa.

Qoidasi oddiy:


Agar o‘ng tomonda nima tur qaytishini aniq bilsangiz — bemalol var ishlating.


Ammo agar o‘ng tomonni ko‘rib turib ham qanday tur qaytayotganini tushunish mushkul bo‘lsa — aniq turini yozing.

👨‍💻 Misol:
// 👎 Qanday turdagi obyekt qaytayotganini darrov tushunish qiyin
var result = GetStudent();

// 👍 Endi esa aniq: bizda Student modeli qaytmoqda
Student result = GetStudent();

🎓 Model:
public class Student
{
public string FullName { get; set; }
public int Age { get; set; }
}

🧾 Method:
public Student GetStudent()
{
return new Student
{
FullName = "Nodir Abdumurotov",
Age = 22
};
}

👉 Xulosa: var – bu kuchli yordamchi, lekin har doim unga suyanmang. Kodni o‘zingizga va boshqalarga tushunarli qilish — bu professional yondashuv.
👍8🔥21
🛡️ Parollarni qanday saqlayapsiz? To‘g‘ridan-to‘g‘ri DB ga?! 😱

Agar siz foydalanuvchi parollarini ma’lumotlar omboriga “oddiy ko‘rinishda” (plaintext) saqlayotgan bo‘lsangiz... unda muammo katta! 😬

Nega bu xavfli?

Hacker sizning bazangizga kira olsa, foydalanuvchilar parollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiladi.

Bu — ishonchni yo‘qotish, mijozlardan ayrilish, qonunbuzarlikka olib kelishi mumkin.

👨‍💻 To‘g‘ri yechim qanday?

Parollarni hech qachon o‘z holida (plaintext) saqlamang. Buning uchun ikkita asosiy usul mavjud:

1️⃣ Hashing (tavsiya qilinadi)
📌 Parolni bir yoqlama algoritm orqali “heshlab” tashlaysiz. Uni qaytarib ochib bo‘lmaydi.
🔒 bcrypt, PBKDF2, Argon2 kabi zamonaviy hashing algoritmlaridan foydalaning.

2️⃣ Encryption/Decryption
📌 Parolni shifrlab saqlaysiz va kerak bo‘lganda yechasiz. Bu usul nozik hollarda ishlatiladi (masalan: Wi-Fi parollari, API keys).

🎯 Amaliy tavsiya:
Soxta xavfsizlik hissidan ehtiyot bo‘ling — MD5, SHA1 KABI eski hashinglar endi ishlamaydi.

Agar siz haqiqiy loyihada passwordni qanday heshlash haqida bilmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havolani bosing

Siz parollarni qanday saqlaysiz? Heshlab, Encryptlab, yoki... hali plaintextda yuribsizmi? 😅
Kommentariyada yozib qoldiring! 👇
👍6
🇺🇿 Learn .NET
🚀 Yangi! Boshlovchilar uchun dasturlash kursi — Learn C# Programming 💻 Dasturlashni noldan o‘rganmoqchimisiz? Men, 2+ yillik C# tajribasi va Amerika kompaniyasida ishlaydigan professional dasturchi sifatida, sizga 2 oylik intensiv onlayn kurs taklif qilaman.…
Shoshiling!

Zafar Urakov (Software Engineer II At AspenPublishing)
ochayotgan guruhlarida 3 ta joy qolgan ekan. Kelasi hafta 1-iyuldan darslarni boshlaydi. Kurs 2 oyga mo'ljallangan. Bu kursni tugatganingizdan so'ng sizda c# dasturlash tili bo'yicha kuchli bilim bo'ladi. Bemalol bu kursdan keyin mening you tobedagi AspNet Core ga bag'ishlangan darslarimni mustaqil o'rgansangiz yoki Zafar bilan qolgan yo'lni ham birga bosib o'tishingiz mumkin.

Siz bu kursda quyidagilarni o'rganasiz:
Asosiy tushunchalar: o‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, metodlar, massivlar
GitHub’dan foydalanish
Telegram botlar yaratish

Kichik dasturlar — kalkulyatorlar, testlar, matn ishlovchilar

Dasturlashga kirmoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying.

💬 Savollaringiz bo‘lsa 👉🏼 @zafar_urakov
🔥5👍2
🔧 ASP.NET Core’da Global Exception Handling (xatoliklarni umumiy ushlash)

Web API’larda har qanday kutulmagan xatoliklar foydalanuvchiga chiqib ketmasligi va bir xil formatda javob qaytarilishi kerak.

🛡 Global Exception Handling sizning API’ingizni:
Barqaror qiladi
Foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi
Xatolik loglarini boshqarishni osonlashtiradi

Murakkabmi?

Bugun you tobe ga joylashtirgan darslik bilan osongina tanishib chiqing!
👍61
Sizlarni 1 kun oldin chiqqan video bilan ogohlantirish esdan chiqqan ekanku 😅

🗂️ EF Core’da One-to-Many: Chat ↔️ ChatDetails
Agar sizda har bir Chat uchun bir nechta ChatDetails bo‘lsa, bu — birga-ko‘p (One-to-Many) aloqadir.

Misol uchun: har bir chatda bir nechta xabarlar (chat detallar) bo‘ladi.

📌 Modellar:
public class Chat
{
public int Id { get; set; }
public string Title { get; set; }

public virtual ICollection<ChatDetail> ChatDetails { get; set; };
}

public class ChatDetail
{
public int Id { get; set; }
public string Message { get; set; }
public DateTime SentAt { get; set; }

public int ChatId { get; set; }
public Chat Chat { get; set; }
}

⚙️ DbContext konfiguratsiyasi (OnDelete: Cascade bilan):
protected override void OnModelCreating(ModelBuilder modelBuilder)
{
modelBuilder.Entity<ChatDetail>()
.HasOne(cd => cd.Chat)
.WithMany(c => c.ChatDetails)
.HasForeignKey(cd => cd.ChatId)
.OnDelete(DeleteBehavior.Cascade); // 👈 Muhim!
}


🧨 Nima bo‘ladi?
Agar siz biror Chat ni o‘chirib tashlasangiz, unga tegishli ChatDetails lar ham avtomatik ravishda o‘chiriladi. (Cascade delete)

Foydali holatlar:

- Messengerdagi suhbat va xabarlar

- Buyurtmalar va buyurtma tafsilotlari

- Postlar va sharhlar

Batafsil esa videoda tanishib chiqing 😉
👍6
🎯 Muhandislik olamida katta transfer!

Ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv: sun’iy intellekt muhandisi Jiahui Yu ning OpenAI kompaniyasidan Metaga $100 millionlik transferi muhokamada.

Shu bratni ko‘rib, orqasida kim turibdi deb qiziqib qoldim. Sizga esa vaqt tejashni istab, uning backgroundini tayyorlab qo‘ydim:

👨‍💻 Jiahui Yu kim?
Sun’iy intellekt bo‘yicha eng kuchli muhandislardan biri. U ilgari Google DeepMind, OpenAI, hozirda esa Metada faoliyat yuritmoqda.

🧠 Mutaxassisligi:

Multimodal tizimlar (AI modelga nafaqat matn, balki rasm, tovush va video bilan ham ishlashni o‘rgatish)

Computer vision, deep learning, generativ modellar

🏢 Faoliyat yo‘li:

🔹 Google DeepMind: Gemini, SimVLM, CoCa kabi loyihalarda ishlagan.

🔹 OpenAI: Perception Team rahbari bo‘lgan. GPT-4o, o3, o4-mini modellarining ustida ishlagan.

🔹 Meta: Endilikda Meta’ning “Superintellekt” guruhi a’zosi. Bu yerda AI’ni keyingi bosqichga olib chiqish maqsadida ishlaydi.

🎓 Ma’lumoti:

University of Illinois Urbana-Champaign universitetida PhD (Falsafa fanlari doktori) darajasini olgan. Jiahui — shunchaki dasturchi emas, u chinakam muhandis.

⚡️ Nega bu muhim?
Bugun odamlarda futbolchilar va muhandislar qiymatini taqqoslash boshlangani bejiz emas. Chunki eng kuchli texniklar 100 millionlik takliflar olayapti.

🧩 Endi sizga savol:
Agar siz “Senior bo‘lsam, AI mendan o‘tolmaydi” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz — bu katta xato.
AI sizni nafaqat quvib o‘tishi, balki ishingizni o‘zingizdan yaxshiroq qilish ehtimoli ham bor.

🔓 Yagona yechim:
“Junior”, “Senior” degan atamalar eskiradi. Endi faqat yaxshi yoki yomon dasturchi bo‘ladi.

- Kod yozishning o‘zi yetarli emas. Endi:

- Matematika

- Fizika

- Kimyo

- Falsafani ham bilish kerak.

📌 Chuqur fikrlaydigan muhandislar davri boshlanmoqda.
Muammolarni ustida o‘tirib hal qilish emas, ularni kuzatish orqali tezroq yechish davriga o‘tmoqdamiz.
👍5🔥2
C# kursini yakunlay olmaganlar uchun yangi imkoniyat

Softclub Academy’da o‘qishni davom ettiring yoki yangidan boshlang!

Bir oy oldin boshlangan C# Web dasturlash kursida yangi o‘rinlar ochildi.
Kursni turli sabablar bilan yakunlay olmaganlar yoki boshlashga ulgurmaganlar endi o‘qishni davom ettirish yoki qayta boshlash imkoniyatiga ega.

🕒 Kurs davomiyligi: 4 oy (1 oy tugadi, 3 oylik asosiy bosqich boshlandi)
📆 Darslar: Haftada 6 kun, har kuni 2 soat

🧠 O‘quv dasturi:
ASP.NET va MVC asosida web ilovalar
— SQL va ma’lumotlar bazalari
— Entity Framework Core
— Web ilovalarga sun’iy intellektni integratsiya qilish

🚀 Softclub Academy yondashuvi: Startup Oriented Teaching
Biz nafaqat dasturlashni, balki real loyiha yaratishni o‘rgatamiz.
Har bir o‘quvchi o‘qish davomida o‘z loyihasini ishlab chiqadi — bu loyiha nafaqat portfoliongiz,
balki kelajakdagi startapingizga ham aylanishi mumkin.



Qo‘shilmoqchimisiz? Komментарiyda “+” belgisi qoldiring — biz siz bilan aloqaga chiqamiz!
6👍3
LocalMind - AI ProtFolio, Ollamani lokal kompyuterga o'rnatamiz!

Darsning eng qiziqarli va kulminatsion nuqtasiga ham yetib kelmoqdamiz.
Hammamiz qanday qilib GPT, Gemini dan foydalanishni bilamiz. Lekin ulardan offline rejimda foydalansakchi?

Esingizda bo'lsa hozirgi kunda dasturchi bilishi kerak bo'lgan eng muhim bilimlardan bir bu AI bilan ishlash. AI modellarini lokal ishlatish esa undagi talablardan biri edi

Bu yerda nafaqat undan local chat qilasiz, balki qanday qilib uning API laridan foydalanishni ham o'rganasiz. Endi siz AI Api lardan foydalanish uchun GPT uchun subscription sotib olishingiz shart emas. U tekin va shu yerda.

Zamon bilan hamnafas bo'ling!
👍2🔥2
📅 6-iyul, yakshanba | soat 16:00

🚀 AI 2025-yilda texnologik yo‘lingizni qanday tezlashtiradi?
— maxsus bepul master-klass!

Aynan siz uchun sun’iy intellekt yordamida qanday qilib IT’ni tezroq va samaraliroq o‘rganish mumkinligini amaliy misollar bilan ko‘rsatamiz.

Ushbu master-klassda bilib olasiz:
2025-yilda dasturlashni o‘rganish uchun eng dolzarb 5 ta AI texnologiyari
AI yordamida qanday qilib professional rezume tayyorlash va intervyularga tayyorlanish mumkin
Sun’iy intellektdan real loyihalar yaratishda qanday foydalaniladi
AI — bu sizning o‘rningizga keladigan xavfmi yoki ishni osonlashtiradigan hamkor vositami?

🎙 Spiker: Nurullo Sulaymonov
Senior Software Engineer, Softclub IT Academy asoschisi va tajribali mentor

Joyni band qilish uchun: Admin
5🔥1
LocalMindApi - ning keyingi soni soat 12:00 da live stream qilib beriladi.
O'tgan dars faqat Ef Core da chat qismini qilgan bo'lsak, ana endi uni o'zimizning LocalAI Llama ga ulaymiz.

Link: https://youtu.be/p1dIaDEzcl0
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 3 oylik IT Internship — bilimdan amaliyotgacha bo‘lgan yo‘l!

Agar siz IT kursini bitirgan, lekin tajriba yetishmayapti deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

💼 SoftClub Internship dasturida:
• Real loyihalar ustida ishlaysiz
• Senior mentorlar bilan 1ga1 feedback olasiz
• Portfolio va jamoaviy ishlash ko‘nikmasini rivojlantirasiz
• Ishga kirish uchun tayyor mutaxassisga aylanasiz

🚀 3 oy ichida tajriba + portfolio + yo‘naltirish — hammasi bitta dasturda!

📌 Joylar soni cheklangan — hoziroq izohlarda + belgisini va IT karyerangizni jonlantiring!
👎8🔥3
Ollama AI ning backend qismida so'ngi dars dushanba kuni chiqarilgan edi.

Endi 1 oycha You Tobe ga video dars chiqishi to'xtatib turiladi. Bunga sabab ba'zi bir shaxsiy ishlarimni yakunlab olish uchun ozgina vaq kerakligi.

Loyihani boshlaganlar endi nima qiladi?

Siz uchun kichik bir AI loyihasini butun boshli kodini yozib chiqdik va githubga joyladik. Endi siz bu loyihaga qo'shimcha kiriting.
Masalan: Siz LocalMind da chat orqali gaplashganingizda u kontekst va semantikani bila olmaydi. Yani faqat savolga javob beradi. Suhbatni to'liq anglay olmaydi. Bu yerda muammo. Shu muammoni hal qiling va loyihani to'laqonli portfoliongizga kiriting. Resumeda esa qanday muammoni hal qilganingizni yozing. Post chiqaring.

Shu bir oy ichida kimdir loyihaning shu muammosiga yechim bera olsa, u kishining loyihasini tekshirib beraman. Online suhbat o'tkazamiz. Agar juda chiroyli yechim bersangiz, kanalda shu haqida post ham qo'yaman.

Sizning izlanishingiz albatta kimdir uchun manfaatli bo'ladi.

Ha aytgancha, frontend qismini ham chiqarmoqchi bo'lsangiz, birorta hali tajribasi kam, tajriba yig'moqchi bo'lgan frontendchi qidiring.
Loyihani oxirgacha tugatinglar. Bu yo'lda sizda networking va frontend bilan ishlash tajribasi ham ortadi.

Agar loyihani boshlagan va davom ettirayotgan bo'lsangiz, kommentariyada siz duch kelgan muammo va yechimlar haqida ham fikringizni qoldiring
👍2🔥2
Shu o'rinda yana bir eslatma!

Biz sizlar bilan YouTobe da bir nechta video darslarni yozib oldik.
Va quyida shu videolar uchun link beriladi.

Agar sizda c# bilimi mavjud bo'lsa, ushbu darslar aynan siz uchun.
Bu darslarda ASP.NET Core ning eng muhim asoslari, Web Api ishlashi, Malumotlar bazasi bilan ishlash, hamma-hammasi haqida malumot bor.
Siz shunchaki o'rganing.

1. Asp.Net Core darsliklari: https://www.youtube.com/watch?v=Vi3ffezouqQ&list=PLG2w4duP-rS0sRS12N6undXh5dWK3ldPC

2. Ma'lumotlar ba'zasi bilan ishlash: https://www.youtube.com/watch?v=GLWtmSSqUXE&list=PLG2w4duP-rS2t3uDw-OJn9ePHxGpGykoK

3. Asp.Net Core da Web Api Loyihasi - LocalMind: https://www.youtube.com/watch?v=p1dIaDEzcl0&list=PLG2w4duP-rS3kLG2jrjBZ15eXcsQMlCKf

4. LocalMind Source Code: https://github.com/Nodirkhan/LocalMindApi

Hali bu playlistlarning soni va hajmi albatta oshadi !
👍4🔥2
Dasturni run qilganingizda qayerdadir xatosi borligi esingizga tushib, buildni toʻxtatishga harakat qiladiganlar bormi, yoki hamma builddan keyin xatoni koʻradimi 😅
😁4
📱 Microsoft MVP

3-yil ketma-ket Elbek Normurodov Microsoft MVP unvoniga sazovor bo'lmoqda 🥳

#news
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍5