πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
β€’ 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
β€’ Professional .NET va C# darslar
β€’ https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Softclubda asosan Elbek aka boshchiliklarida men va Diyorjon aka dars beramiz. Barchamiz hozir xalqaro kompaniyalarda ishlaymiz va ishdan chiqib sanoqli eng saralangan yoshlarga bilim va tajribamizni ulashmoqchimiz πŸ€“

Lekin, endi dasturlashga kirib kelayotganlar uchun ham markaz asoschilari C++ va HTML/CSS kurslarini hozirlab qoyishgan.

O'quv jadvalimiz haqida batafsil post yozishimni xohlaysizmi? βž•

πŸ“ž Murojaat uchun: 50 109 00 40
πŸ”΅ Telegram: @softclub_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘16
Assalomu alaykum Dapper mutaxassislari.

Bugungi darsimiz ancha Advanced darajada bo'lib Dapperda murakkab operatsiyalarni bajaramiz.
Darsni tomosha qiling va Dapper orqali qanday qilib Multi Mapping , Multi Result Va Multi Insert lar qilish bilan tanishib chiqing.
Ayta olamanki ushbu videodan keyin sizda boshqa ORM lar bilan ham ishlashda muammo bo'lmaydi!
Quyida esa sizni reja bilan tanishtiray:

08:23 - Multi Mapping ONE-TO-ONE
15:49 - Multi Mapping ONE-TO-MANY
28:54 - Ma'lumotlarni dynamic qaytarish
30:56 - Multi Result
35:51 - ExecuteScalar Methodini ishlatib ko'ramiz
38:56 - Multi insert 2 xil usul bilan
πŸ‘5
πŸ‘9
CRUD Endi SQL Orqali Qila Olasiz! Stored Procedure Nima?

Quyidagi darsda Proceduralar bilan sodda amallar bajarganmiz.
Proceduraning imkoniyati juda keng. Xuddi c# methodlari kabi siz procedurada sequencing, iteration, condition validationni yoza olishingiz mumkin.
Bu proceduraga talabiga va dasturchining fantaziyasiga bog'liq

01:29 - Procedure SelectAll
03:57 - Procedure SelectById Yakka Parameterli
06:50 - Procedure Insert Ko'p parametrli
11:04 - Procedure Update Ko'p parametrli
13:20 - Procedure Delete Yakka parameterli
15:39 - Procedurelarni o'chirib tashlaymiz
πŸ‘8
πŸŽ“ Get a Grant to Learn C# Programming at Softclub Academy!
We believe talent deserves opportunity β€” that's why we're offering a special grant program to help 15 motivated students join our popular C# course.
πŸ’° Total Grant Fund: 15,000,000 soβ€˜m
πŸ‘₯ Spots Available: 15 students
πŸŽ“ Course Price: 2,000,000 soβ€˜m
πŸ“Œ Grant Amount: Based on your potential β€” you can receive more or less than 1,000,000 soβ€˜m

πŸ“ˆ Why Learn With Us?
βœ… 1,500+ students have already learned with Softclub Academy
πŸŽ“ 75% graduation rate β€” most of our students complete the program successfully
πŸ’Ό Many of our graduates now work in leading IT companies
πŸ’‘ Get hands-on experience, real projects, and mentorship from industry professionals



πŸ“ How to Apply for the Grant:
Send your CV (https://t.me/softclubgrantbot)
Get invited for an interview
Receive your grant offer – Based on your interview, we’ll decide how much support we can provide.


You don’t need to pay the full price β€” we’ll help cover part of your tuition so you can focus on learning and building your future.

πŸš€ What You'll Gain:
In-demand C# skills from zero to confident developer
Personalized support and feedback from experienced mentors
A strong portfolio to help you get internships or jobs
Access to Softclub’s student community and networking opportunities



πŸ•’ Application Deadline:
πŸ“… 20.05.2025
πŸ‘3
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Learn .NET
πŸŽ“ Get a Grant to Learn C# Programming at Softclub Academy! We believe talent deserves opportunity β€” that's why we're offering a special grant program to help 15 motivated students join our popular C# course. πŸ’° Total Grant Fund: 15,000,000 soβ€˜m πŸ‘₯ Spots Available:…
C# ni o'rganish uchun juda zo'r imkomiyat.
Buni C# ni endi o'rganayotgan yoki o'rganmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'ying.

Imkoniyatdan qanchalik tez va unumli foydalanilsa shunchalik tez natijaga erishish mumkin,

Ha aytgancha C# dasturlash tilida bu yerda men va Diyorjon aka dars beramiz Elbek akaning nazorati va qo'llab quvvatlashi asosida.
πŸ‘8
πŸš€ Application for the Nippon Foundation JACAFA Foundation Eurasia Scholarship Program 2025–2027 is now OPEN!

An incredible opportunity to grow academically and culturally across Eurasia!

🌟 Scholarship Highlights

* πŸ’΅ Monthly stipend: $110 for up to 2 years
* ✈️ Biannual events: Fully funded trips to events held twice a year in one of the member countries
* 🎌 Alumni perk: A fully funded trip to Japan once you join the alumni network

🎯 Who Can Apply?

* Currently in your 2nd year of a bachelor’s program
* Enrolled at a university in Azerbaijan, Georgia, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Uzbekistan

πŸ“ How to Apply

* Application Form: πŸ”— link
* Instructions Document: πŸ”— link
* Deadline: June 15, 2025 ⏰
* Questions? Email us at foundationjacafa@gmail.com

πŸ“’ Stay tuned to this channel for upcoming live sessions with current recipients and alumniβ€”get insider tips on the application process!
πŸ’¬ Have questions? Drop them in the comments.

πŸš€ Tag your friends, share widely, and become a JACAFA Scholar.
πŸ‘2
Hozir Microsoft ishchilarining 3% (7000 atrofida) ni ishdan bo'shatilganligi haqidagi yangilik tinmay ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yuribdi.

Bu kompaniya uchun so'ngi 2 yilda eng katta ishdan bo'shatish hisoblanadi. Oxirgi ulkan qisqartirish 2013-yilda 10000 nafarni tashkil etgan.
Kompaniyaning savdo hajmi o'sayotgan bo'lsa ham, ishdan bo'shatish sodir bo'lmoqda.
Kompaniyaning daromadi 70.1 milliard dollarga yetdi, bu esa 13% o'sishini bildiradi.
Azure texnologiyasining daromadi 33% ga ko'tarilgan va o'sishning deyarli yarmi AI xizmatlari orqali kelgan.

Ishdan bo'shatish faqat Microsoftda emas balki boshqa Gigant kompaniyalar da ham sodir bo'layapti.
Amazon bir necha bosqichda 27,000 dan ortiq ish oβ€˜rni qisqartirdi, Meta oβ€˜zining "samaradorlik yili"da 21,000 dan ortiq xodimni ishdan boβ€˜shatdi, Microsoft esa 10,000 ta lavozimni tugatdi β€” bu yillardagi eng yirik qisqartirish edi. Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet 12,000 kishini ishdan boβ€˜shatdi, Salesforce (CRM), Spotify (SPOT) va Lyft (LYFT) ham katta qisqartirishlar amalga oshirdi.

Sabab AI dasturchilar ishini olib qo'ymoqdami?

2024 yilda kompaniyalar AI’ni markazga qoβ€˜yib, ustuvor yoβ€˜nalishlarini oβ€˜zgartiryapti. Endi ommaviy ishdan boβ€˜shatishlar emas, balki aniq, strategik qisqartirishlar qilinyapti β€” ayniqsa, sun’iy intellekt bilan bogβ€˜liq boβ€˜lmagan yoki kam ahamiyatli loyihalarga tegilmoqda.

πŸ‘‰ Meta β€” Reality Labs va infrani qisqartirdi
πŸ‘‰ Amazon β€” AWS va retail texnologiyalarini toraytirdi
πŸ‘‰ Salesforce β€” β€œcore”ga e’tibor qilib, mos kelmagan jamoalarni boβ€˜shatdi

AI boβ€˜yicha ishlar esa aksincha β€” kengaymoqda. Kompaniyalar developerlarni AI tizimlari, infratuzilmasi va ilgβ€˜or platformalarga yoβ€˜naltirmoqda. Org chart’lar yangilanmoqda, manager qatlamlari yupqalashyapti, AI first boβ€˜lish β€” endi asosiy oβ€˜yin qoidasi.

Microsoftning 7000 kishilik qisqartirishi ham shu trendga mos: bu nafaqat tejamkorlik, balki AI davriga tayyorlanish.

Bu AI dasturchilar ishini olib qo'ymoqda degani emas, shunchaki kutilgan natijani bermayotgan loyihalar yopilmoqda.
πŸ‘9
Dapperda Stored Procedure va Sql Transaction qanday ishlaydi.

Oldingi darslarda Sql da stored procedure yaratishni o'rgangan edik. Lekin real loyihalarda uni dapperda qanday chaqiramiz?
Bu juda ham sodda, query va command larni qanday chaqirsak, stored procedure ham shunday.

Lekin bu video transaction nima va undan foydalanish haqida ko'nikma bilan ham ta'minlab beradi.
Har qanday professional dasturda muhim jarayonlar β€” bir nechta ma’lumotlar bazasi operatsiyalarini birgalikda va xatosiz bajarishdan iborat. Ana shunday holatlarda Transaction β€” ya’ni β€œbitim” tushunchasi asosiy rolni oβ€˜ynaydi

02:45 - SelectAllProducts SP ni Query da Run qilamiz
05:31 - InsertProduct SP ni Execure da run qilamiz
10:18 - Transaction ni diagramma orqali tushunib chiqamiz
14:16 - Transactionsiz ma'lumotlar ustida amallar bajarib ko'ramiz
21:26 - Connection.BeginTransaction methodi orqali transaction
27:01 - TransactionScope Transaction ning alternative va keng imkoniyatli usuli
πŸ”₯3
πŸ“‰ StackOverflow savollari keskin kamaydi. Nega?
2014–2017 yillarda StackOverflow oβ€˜zining eng yuksak davrini boshdan kechirdi β€” oyiga 200,000 dan ortiq savol berilgan.
Ammo... grafikga qarasangiz, 2023-yildan boshlab savollar soni keskin tushganini koβ€˜rasiz.

🧠 Bu pasayishning asosiy sababi nima?

ChatGPT va boshqa AI yordamchilarning ommalashuvi.

πŸ” Ilgari dasturchi duch kelgan muammosini StackOverflow’da soβ€˜rab, javob kutardi. Endi esa koβ€˜pchilik toβ€˜gβ€˜ridan-toβ€˜gβ€˜ri ChatGPT’dan soβ€˜rayapti β€” tez, shaxsiylashtirilgan va kontekstli javob olishadi.

πŸ€– Sun’iy intellekt: yangi yordamchi, yangi muammolar?
πŸ‘¨β€πŸ’» Bu holat produktivlikni oshirayotgan boβ€˜lishi mumkin.

πŸ€” Ammo savol-javob madaniyati, hamjamiyat ruhiyati susaymoqda.

πŸ“‰ Va bu StackOverflow kabi platformalar uchun yangi chaqiriqlarga sabab boβ€˜lmoqda.

❓ Siz qanday fikrdasiz?
ChatGPT sizning muammolaringizga yetarlicha yordam beryaptimi?

Hali ham StackOverflow’dan foydalanasizmi?

Yoki siz ham oβ€˜zingizni β€œoldin savol berar edim, endi AI’dan soβ€˜rayman” qatoridamisiz?

Fikrlaringizni komentariyada qoldiring. Texnologiyalar oβ€˜zgaradi β€” lekin hamjamiyatlar qadrini saqlab qolish bizning qoβ€˜limizda.
🀨1
πŸ‘3
🎯 AI Davrida Talabgir Dasturchi Bo'lish Uchun 5 Asosiy Usul
πŸ“Œ Hassan Habib dan ilhomlangan maslahatlar

πŸ™‹β€β™‚οΈ Assalomu alaykum, aziz dasturchilar!

Bugun AI β€” IT olamining yuragi. Agar hali AI dasturchisi boβ€˜lmasangiz ham, ertaga bozor sizdan shuni talab qiladi. Shuning uchun, quyidagi 5 ta muhim koβ€˜nikmani oβ€˜rganish orqali siz ham AI davrining yetakchi dasturchisi boβ€˜lishingiz mumkin! πŸ”₯

1️⃣ Prompt Engineering: AI bilan samarali muloqot πŸ’¬πŸ€–
AI’dan maksimal foyda olish β€” toβ€˜gβ€˜ri savol berishdan boshlanadi.
🧠 Yodingizda boβ€˜lsin: AI sizga kod yozadi, lekin uni tushunish va moslashtirish β€” sizning mas’uliyatingiz.

2️⃣ AI API’laridan foydalanishni oβ€˜rganing πŸ”—πŸ’‘
Azure, OpenAI, DeepSeek kabi platformalarning tayyor kuchidan foydalaning.
πŸ“± Mobil ilovangizmi? πŸ–₯ Web dasturmi? Farqi yoβ€˜q β€” AI bilan yanada aqlli boβ€˜ladi.

3️⃣ AI modellarini lokal ishga tushirish πŸ–₯βš™οΈ
Mahalliy resurslar bilan AI ishlashini tushuning.
🎯 RAM, GPU, disk joyi β€” bularning barchasi loyiha samaradorligi uchun muhim.

4️⃣ AI modellarini oβ€˜qitish (Training & Fine-Tuning) πŸ§‘β€πŸ«πŸ“Š
AI ni oβ€˜z loyihangizga moslashtiring.
Masalan: virtual operator, mijozlarga yordamchi, shaxsiy tavsiya tizimi...
β€” Bularning barchasi mumkin!

5️⃣ Oβ€˜z AI modelingizni yarating πŸ§¬πŸ› 
Eng yuqori bosqich bu β€” shaxsiy AI model.
πŸ’» Python + Machine Learning framework’lari yordamida oβ€˜zingizga xos model ishlab chiqish orqali siz AI sohasida haqiqiy mutaxassisga aylanasiz.

πŸ’­ Toβ€˜gβ€˜risi, bu fikrlar meniki boβ€˜lishini istardim πŸ˜…
Lekin ustozlarning maslahatlarini amalda qoβ€˜llash β€” bu ham oβ€˜ziga yarasha muvaffaqiyat!

πŸ“’ Sizningcha, bu beshlikdan ayni damda siz uchun eng dolzarb yoβ€˜nalish qaysi?
πŸ’¬ Izohlarda fikr qoldiring!
πŸ”₯6⚑2πŸ‘2
Odamlar mediada o'zining yorqin taraflarini ko'rsatib qolgani insonlarining ruhiyatiga ta'sir qilmoqda.
🎭 Kelinglar hayotimdagi qop-qora va kulgili voqeani aytib beraman.
πŸ“… Real voqeaga asoslangan, 2022-yil

πŸ“ 17-noyabr β€” Talabalar kuni munosabati bilan Elektron Hukumat Loyihalarni Boshqarish Markazi tomonidan TATU, Amity va boshqa universitetlarga borilib, talabalarga E-GOV ni tanishtirish, uning mahsulotlari haqida tushuncha berish kabi ishlar amalga oshirilgan edi.

πŸ’Ό Men o'sha paytlar Elektron Hukumatda internda edim. Taxminan kelganimga 6 oylar bo'lgandi.

πŸ€– Menga kichik Telegram bot ishlab chiqish topshirilgan. Asosiy vazifasi:

Foydalanuvchilardan F.I.O, telefon raqami olish

Kanalga a'zo qilish

Har bir talabaning E-GOV rivojlantirish boβ€˜yicha fikrlarini saqlash

πŸ“’ Bot random tarzda talabalarning fikrini koβ€˜rsatishi kerak edi.
πŸ† Eng yaxshilari qimmatbaho sovgβ€˜alar bilan taqdirlanadi.

πŸ—“ Dushanba kuni menga botni yaratish vazifasi yuklatildi.
πŸ’» 24 soat uxlamasdan botni yozib tugatdim.
(U payti ChatGPT hali chiqqan emas edi...)

πŸ—“ Seshanba kuni botni koβ€˜rsatdim – kutilgandek ishladi.
πŸ›  Ular yana qoβ€˜shimcha funksiyalar qoβ€˜shishimni soβ€˜rashdi.

πŸ—“ Chorshanba kuni, release oldidan ham yana oβ€˜zgarishlar kiritishimga toβ€˜gβ€˜ri keldi.

🚌 Bir necha soatdan keyin TATUga yuqori kayfiyatda kollektiv bilan yoβ€˜lga chiqdik.

πŸ‘©β€πŸŽ“πŸ‘¨β€πŸŽ“ Talabalar yigβ€˜ildi, savol-javoblar boβ€˜ldi, vaaa...
πŸŽ‰ Eng kulminatsion nuqta: botni e’lon qilishdi.

πŸ’₯ Birdaniga 400 ta request mening Visual Studioda C# projectni local run qilayotgan Intel Core i3 laptopimga tushdi.

😳 Zalga bir necha daqiqa sukunat choβ€˜mdi.
πŸ”Š β€œBot ishlamayapti...” degan sadolar eshitila boshladi.

πŸ–₯ Kompyuterga qarasam:

Loglar qizarib ketgan

Kamiga BotFather ham menga "boting ishlamayapti" degan xabar joβ€˜natmoqda

🀯 Foydalanuvchilar xabar yuborishini kutmasdan tugmalarni tinmay bosishgan,
Natijada: 400 kishi β†’ 4000 request soniyasiga!

🫠 Oβ€˜sha kuni birinchi marta yuzimdan chiqayotgan issiqlikka yelkam terlashni boshlagan
πŸ’” Ha azizlar, eng katta depressiya oβ€˜sha vaqtda sodir boβ€˜lgan.

πŸ“› Bot oβ€˜sha kuni ishlamadi.

πŸ§‘β€πŸ’Ό Project manager va boshqa xodimlar bu vaziyatdan menga yordam berishdi.

🏒 Ishxonaga bordim va hammasini ustozimga tushuntirdim.

❌ Xatolarim:

Dasturni ustozimga koβ€˜rsatmaganim

Deploy qilish haqida maslahat soβ€˜ramaganim

Kodda koβ€˜plab xatoliklar mavjud edi

πŸŒ™ Chorshanba kuni kechasi deyarli uxlamadim.

πŸ§‘β€πŸ’» Kechqurun Ibrohim aka (Senior .NET Developer) keldilar va:

Kod yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar

1 soat boβ€˜lsa ham uxlashimni aytdilar

πŸ›Œ 1 soatlik uyqudan soβ€˜ng, kodning 90% ni oβ€˜zgartirdim.
πŸ“ˆ Va kutilganidek ertasi kuni (Payshanba, Amitydagi tadbirda) hammasi juda yaxshi ishladi! βœ…

Sizda ham shunday voqea sodir bo'lganmi?
πŸ‘8😁6
πŸ₯° Rahmat

Do'stlar, learn.net.uz loyihamiz uchun 20 ming so'm donat yig'ilgan ekan. Oldinroq ham 5 ming so'm tashlangan edi. Shularni qo'shib, yillik domen xarajatlarini qoplaymiz.

Ushbu loyihamiz 'break-even' da bo'lganidan xursandmiz πŸ•Ί
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3πŸ”₯21🀣14😁6πŸ‘2
🌟 Bugun biror kishining kunini yoritishga tayyormisiz?

Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda faqat ijobiy fikr yozing. Yaxshi soβ€˜z yurakka tez yetib boradi ❀️

πŸ“± Smartfoningiz har kuni sizga β€œTasodifiy yaxshilik amali” (ARK – Act of Random Kindness) ni eslatib turadigan boβ€˜lsa-chi?

Mana shu gβ€˜oya asosida, bir necha hafta oldin Hassan Habib tomonidan ARK loyihasi boshlandi. U ijtimoiy tarmoqlarda mehr, quvonch va ijobiylikni ulashish gβ€˜oyasini targβ€˜ib qiladi.

πŸ’‘ ARK β€” bu ochiq manbali (open source) loyiha. Agar siz ham open source loyihada ishtirok etishni orzu qilgan boβ€˜lsangiz β€” bu imkoniyat aynan siz uchun!

πŸ›  Texnologiyalar:

Backend: ASP.NET Core API

Mobil ilova: .NET MAUI

Loyiha "Me'yor" (The Standard) arxitekturasida yoziladi. Ushbu tamoyillarni chuqur tushunishni istasangiz, Elbek Normurodov tomonidan yozilgan oβ€˜zbek tilidagi darslarni oβ€˜rganishingiz mumkin.

πŸŽ₯ Loyiha bosqichma-bosqich ishlab chiqilmoqda va barcha jarayonlar YouTube’ga joylashtirilmoqda. Siz ham ushbu safarga qoβ€˜shiling, va yaxshilik ulashuvchilardan biri boβ€˜ling.

πŸ“Œ Toβ€˜liq loyiha ma'lumotlari:

The Standard (Oβ€˜zbek tilida)

The Standard (Ingliz tilida)
πŸ‘4πŸ”₯3⚑1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
C# dasturlash kursi β€” 02.06.2025 dan start oladi!
β €
Zamonaviy va talab yuqori boβ€˜lgan dasturlash tilini oβ€˜rganishni xohlaysizmi? Unda aynan siz uchun yangi imkoniyat:
β €

βœ… Amaliy loyihalar bilan oβ€˜rganish
βœ… Har hafta test va nazorat ishlari
βœ… 10+ yillik tajribaga ega ustozlar
βœ… 6 kunlik intensiv oβ€˜quv dasturi (har kuni 2 soatdan)

πŸ“… Boshlanish sanasi: 02.06.2025
πŸ“ Manzil: Oybek metro, 2-qavat
⏰ Joylar soni cheklangan!
β €
πŸš€ Hoziroq yoziling va IT olamida birinchi qadamingizni qoβ€˜ying!

πŸ“ž Murojiat uchun: 50 109 00 40

Hozir roβ€˜yxatdan oβ€˜ting:
https://crm.soft-club.uz/registration?utm_source=instagram
πŸ‘5⚑2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘24πŸ”₯4
🎯 Va nihoyat β€” Middleware!

ASP.NET Core dasturlashining eng muhim jihatlaridan biri β€” Middleware konsepsiyasi bilan yaqindan tanishamiz.

πŸ” Middleware β€” bu sizning ilovangizga kirayotgan har bir soβ€˜rovning ichidan oβ€˜tadigan quvurlar tizimi. Har bir boβ€˜lak (ya’ni middleware) soβ€˜rovni qabul qilib, uni oβ€˜zgartirishi, tekshirishi yoki keyingi boβ€˜lakka uzatishi mumkin.

πŸ“˜ Ushbu darsda:
βœ… Middleware nima?
βœ… Qanday ishlaydi?
βœ… Nega u har bir .NET loyihasida muhim?
βœ… Use, Run, Map farqlari qanday?

Bu β€” faqat kirish. Kelgusi darslarda esa real loyihalarda middleware yozish, sozlash va ularni samarali ishlatish haqida chuqurroq gaplashamiz.

πŸ“Ž Toβ€˜liq dars
πŸ‘8πŸ”₯1
Qurbon hayiti hammamizga muborak boΚ»lsinπŸŽ‰
1πŸ”₯15πŸ‘3πŸ•Š3
Forwarded from Diyorjon Allanazarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’­ "Men ko'proq narsaga qodirman" β€” tanish tuyg'u, shunday emasmi?

πŸ‘¨β€πŸ’» Kim siz?
βž– Junior yoki Strong Junior dasturchi
βž– Ishlayotgan yoki ish qidirayotgan
βž– Kod yoza olasiz, lekin...

πŸ€” Ichingizda qaynaydigan savollar:

"Men haqiqiy dasturchiga aylanayapmanmi?"
"Yoki shunchaki task bajaruvchimanmi?"

3 ta muhim savol:
1. 🎯 Keyingi bosqichga qanday o'taman?
2. πŸ’‘ Tajriba = "ishlab ko'rganman" mi?
Yoki "qanday ishlashini tushunganman" mi?
3.πŸ” Nega bu narsa aynan shunday ishlaydi?

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

⚠️ DIQQAT: Siz xavfli zonada turibsiz!

Bilimingiz: Ko'p
Tushunchingiz: Yuzaki
Muammo: "NEGA?" savoliga javob yo'q


βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

πŸš€ CHALLENGEGA TAYYORMISIZ?

Bu oddiy challenge emas. Bu β€” TRANSFORMATSIYA.

❌Bu EMAS:
β€’ Oddiy CRUD loyiha
β€’ Framework ishlatish darsi
β€’ CV uchun yana bir "nom"

βœ”οΈBu NIMAGA OLIB KELADI:
β€’ πŸ”§ Tizimlar qanday ishlashini TUSHUNISH
β€’ πŸ— Qurish orqali O'RGANISH
β€’πŸ’ͺ "Men buni tushunaman" degan ISHONCH

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

🎯 NIMANI QURAMIZ?

πŸ— Noldan kichik ORM

# Siz quradigan narsa:
var result = dbContext.Users
.Where(user => user.Age > 18)
.ToList();
# Va siz tushunasiz HAR BIR qatorni qanday ishlashini!


πŸ“š Nimalarni o'rganasiz:

🏦 Arxitektura β†’ Real asoslar
⚑️ Abstraksiya β†’ To'g'ri qatlamlar
🧩Tizimli fikrlash β†’ Professional yondashuv

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

πŸŽ“ BU ODDIY DARS EMAS

Bu β€” yillar davomida to'plangan tajribani
sizning miyangizga "import" qilish!

import { YearsOfExperience } from "senior-developers";
// Hozir siz ham ega bo'lasiz!


βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

πŸ† NATIJA: Kursdan keyin siz...

✨ Professional jihatdan:
βœ”οΈ O'z qiymatingizni TO'LIQ TUSHUNASIZ
βœ”οΈ Intervyuda FIKRLASH DARAJANGIZ bilan hayratlantirasiz
βœ”οΈ Katta loyihalarda ISHONCH BILAN ishlaysiz

πŸ’­ Shaxsiy jihatdan:
βœ”οΈ "Task bajaruvchi" emas β€” MUHANDIS bo'lasiz
βœ”οΈ "Bilaman" emas β€” TUSHUNAMAN deya olasiz
βœ”οΈ Ichingizda yashiringan POTENSIAL ochiladi

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

πŸ”₯ MUHIM ESLATMA

Bu kurs β€” siz ichingizda anchadan beri
kutayotgan O'ZGARISHNING boshlanishi!

✍️ TAYYOR BO'LSANGIZ:

πŸš€Batafsil ma'lumot uchun hoziroq Managerga
πŸ’¬"Challenge" deb yozing

P.S. Har kuni o'tkazgan vaqt β€” bu imkoniyatdan uzoqlashish.
Bugun boshlang! 🎯
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘7