🇺🇿 Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
SQL Darslari davom etadi!
Quyida har bir operatsiyani o'rganish uchun havolalar berilgan, bemalol ko'rib o'rgansangiz bo'ladi.
Ha aytgancha kamchiliklar bo'lsa, bildirib qo'ying. Keyingi darslarda har bir xatolikni to'g'irlashga harakat qilamiz.

0:36
- NULL Values
04:02 - SELECT TOP
04:32 - COUNT()
06:43 - MIN()
07:18 - MAX()
08:02 - SUM()
08:32 - AVG()
09:19 - LIKE
14:15 - WILDCARDS (LIKE '%_[a-z]{a}')
22:30 - IN
24:19 - IN (SELECT)
26:00 - BETWEEN
👍16
Ma'lumotlarni birlashtirishda endi qiynalmaysiz!!!

Sql Interviewda tushishi mumkin bo'lgan mavzu.
Aslida unchalik ham murakkab emas, lekin kop hollarda adashtirishi mumkin.
Keling shu mavzuni siz bilan ko'rib chiqamiz!
Har doimgidek quyida vaqt bilan mavzular integratsiyasi:

01:27 - INNER JOIN
13:15 - LEFT JOIN
14:23 - RIGHT JOIN
15:58 - FULL (+ OUTER) JOIN
18:02 - SELF JOIN
22:14 - UNION
👍51👎1
🇺🇿 Learn .NET
Ma'lumotlarni birlashtirishda endi qiynalmaysiz!!! Sql Interviewda tushishi mumkin bo'lgan mavzu. Aslida unchalik ham murakkab emas, lekin kop hollarda adashtirishi mumkin. Keling shu mavzuni siz bilan ko'rib chiqamiz! Har doimgidek quyida vaqt bilan mavzular…
Shu dars bugunning o'zida 50ta like yig'sa Dapper uchun atalgan 1 soatlik darslikni kechki soat 12 gacha you tobega joylaymiz.
Bonusiga ertaga davomini ham chiqaramiz!

Asp.Net Core mavzular to'plamidan
👍52👎1
Channel name was changed to «Nodirxon C# Darslari»
ORM Dunyosida yengil jangchi - Dapper bilan tanishing!

Dapper - bu Micro ORM texnologiyasi bo'lib, sizning Asp.net dasturingiz va relyatsion ma'lumotlar omboringiz o'rtasidagi ko'prik bo'lib xizmat qiladi.
Ma'lumotlar ba'zasi bilan ishlashni o'rganish darslarimizda yig'ilib qolgan bilimlarimizni sekinlik bilan real projectlarda qo'llashni boshlaymiz!

Agar sizda ORM va Dapper haqida chuqur ma'lumot bo'lmasa, shu videoni ko'rishni maslahat beraman! (Highly recommended)

00:40 - ORM nima?
05:40 - Dapper nima va uning imkoniyatlarii haqida
10:27 - Loyiha yaratishdan boshlaymiz
11:30 - Loyihaga Scalar package ni yuklab, api ni test qilamiz
12:38 - Loyihaga Dapper va sql providerni yuklaymiz
15:56 - Database first approach
21:01 - Loyihaning Controlleridan CRUD operatsiyasini boshlaymiz
👍12👎1
Elbek aka Normurodov — chuqur qadriyat va boy tajribaga ega inson.

Hozirda ushbu kanal vaqtincha mening boshqaruvimga o'tkazildi. Bu doimiy emas — men bu yerda hozirgacha o'rganganlarimni, tajribamni va hozir o‘rganayotgan barcha bilimlarimni sizlar bilan baham ko‘rishga harakat qilaman.

Bir kun kelib, sizlarga ulashadigan bilimim tugaganida, bu kanalda ilm ulashishni davom ettira oladigan, munosib boshqa bir insonga uni topshiramiz.

Kanalda e’lon qilinadigan barcha kontentlar Elbek akaning nazorati ostida bo‘ladi.
Hozirgi kunda u kishining asosiy e’tibori va kuch-g‘ayrati o‘z startapini yaratish va uni rivojlantirishga qaratilgan.
Elbek aka aytganlaridek bu kanal Code Camp ga aylantiriladi.
👍51👎1
Haftaning boshida Flowchartlar bilan ishlashni o'rgandim.
Buning qanday foydasi bor?

Dasturchi sifatida siz muammoni yoki murakkab algoritmni jamoaga yoki texnik bilimi bo'lmagan kishilarga (For Example:Project manager)
sodda tarzda tushuntira olasiz.


Qiziqqanlar uchun shu yerda havola (Faqat ingliz tilida)
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men, Elbek aka va Diyorjon aka keyingi 6 oy davomida Soft Club Academy da birinchi martta oflayn o'qitishni boshlaymiz 👨‍💻

Yillar davomida to'plagan tajribamizni sizlar bilan ulashish uchun ushbu hamkorlikni yo'lga qoydik. Kelishuvimiz keyingi 6 oy uchun tuzildi. Undan keyin esa eng kuchli shogirdlarni yig'ib Tarteeb, Lexi va ko'plab boshqa loyihalarda ishlashni reja qilyapmiz. Agar bizdek soha mutaxassislaridan to'g'ridan-to'g'ri dars olmoqchi bo'lsangiz, kursimizga yoziling✔️

📞 Murojaat uchun: 50 109 00 40
Telegram: @softclub_uz
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Softclubda asosan Elbek aka boshchiliklarida men va Diyorjon aka dars beramiz. Barchamiz hozir xalqaro kompaniyalarda ishlaymiz va ishdan chiqib sanoqli eng saralangan yoshlarga bilim va tajribamizni ulashmoqchimiz 🤓

Lekin, endi dasturlashga kirib kelayotganlar uchun ham markaz asoschilari C++ va HTML/CSS kurslarini hozirlab qoyishgan.

O'quv jadvalimiz haqida batafsil post yozishimni xohlaysizmi?

📞 Murojaat uchun: 50 109 00 40
🔵 Telegram: @softclub_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Assalomu alaykum Dapper mutaxassislari.

Bugungi darsimiz ancha Advanced darajada bo'lib Dapperda murakkab operatsiyalarni bajaramiz.
Darsni tomosha qiling va Dapper orqali qanday qilib Multi Mapping , Multi Result Va Multi Insert lar qilish bilan tanishib chiqing.
Ayta olamanki ushbu videodan keyin sizda boshqa ORM lar bilan ham ishlashda muammo bo'lmaydi!
Quyida esa sizni reja bilan tanishtiray:

08:23 - Multi Mapping ONE-TO-ONE
15:49 - Multi Mapping ONE-TO-MANY
28:54 - Ma'lumotlarni dynamic qaytarish
30:56 - Multi Result
35:51 - ExecuteScalar Methodini ishlatib ko'ramiz
38:56 - Multi insert 2 xil usul bilan
👍5
👍9
CRUD Endi SQL Orqali Qila Olasiz! Stored Procedure Nima?

Quyidagi darsda Proceduralar bilan sodda amallar bajarganmiz.
Proceduraning imkoniyati juda keng. Xuddi c# methodlari kabi siz procedurada sequencing, iteration, condition validationni yoza olishingiz mumkin.
Bu proceduraga talabiga va dasturchining fantaziyasiga bog'liq

01:29 - Procedure SelectAll
03:57 - Procedure SelectById Yakka Parameterli
06:50 - Procedure Insert Ko'p parametrli
11:04 - Procedure Update Ko'p parametrli
13:20 - Procedure Delete Yakka parameterli
15:39 - Procedurelarni o'chirib tashlaymiz
👍8
🎓 Get a Grant to Learn C# Programming at Softclub Academy!
We believe talent deserves opportunity — that's why we're offering a special grant program to help 15 motivated students join our popular C# course.
💰 Total Grant Fund: 15,000,000 so‘m
👥 Spots Available: 15 students
🎓 Course Price: 2,000,000 so‘m
📌 Grant Amount: Based on your potential — you can receive more or less than 1,000,000 so‘m

📈 Why Learn With Us?
1,500+ students have already learned with Softclub Academy
🎓 75% graduation rate — most of our students complete the program successfully
💼 Many of our graduates now work in leading IT companies
💡 Get hands-on experience, real projects, and mentorship from industry professionals



📝 How to Apply for the Grant:
Send your CV (https://t.me/softclubgrantbot)
Get invited for an interview
Receive your grant offer – Based on your interview, we’ll decide how much support we can provide.


You don’t need to pay the full price — we’ll help cover part of your tuition so you can focus on learning and building your future.

🚀 What You'll Gain:
In-demand C# skills from zero to confident developer
Personalized support and feedback from experienced mentors
A strong portfolio to help you get internships or jobs
Access to Softclub’s student community and networking opportunities



🕒 Application Deadline:
📅 20.05.2025
👍3
🇺🇿 Learn .NET
🎓 Get a Grant to Learn C# Programming at Softclub Academy! We believe talent deserves opportunity — that's why we're offering a special grant program to help 15 motivated students join our popular C# course. 💰 Total Grant Fund: 15,000,000 so‘m 👥 Spots Available:…
C# ni o'rganish uchun juda zo'r imkomiyat.
Buni C# ni endi o'rganayotgan yoki o'rganmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'ying.

Imkoniyatdan qanchalik tez va unumli foydalanilsa shunchalik tez natijaga erishish mumkin,

Ha aytgancha C# dasturlash tilida bu yerda men va Diyorjon aka dars beramiz Elbek akaning nazorati va qo'llab quvvatlashi asosida.
👍8
🚀 Application for the Nippon Foundation JACAFA Foundation Eurasia Scholarship Program 2025–2027 is now OPEN!

An incredible opportunity to grow academically and culturally across Eurasia!

🌟 Scholarship Highlights

* 💵 Monthly stipend: $110 for up to 2 years
* ✈️ Biannual events: Fully funded trips to events held twice a year in one of the member countries
* 🎌 Alumni perk: A fully funded trip to Japan once you join the alumni network

🎯 Who Can Apply?

* Currently in your 2nd year of a bachelor’s program
* Enrolled at a university in Azerbaijan, Georgia, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Uzbekistan

📝 How to Apply

* Application Form: 🔗 link
* Instructions Document: 🔗 link
* Deadline: June 15, 2025
* Questions? Email us at foundationjacafa@gmail.com

📢 Stay tuned to this channel for upcoming live sessions with current recipients and alumni—get insider tips on the application process!
💬 Have questions? Drop them in the comments.

🚀 Tag your friends, share widely, and become a JACAFA Scholar.
👍2
Hozir Microsoft ishchilarining 3% (7000 atrofida) ni ishdan bo'shatilganligi haqidagi yangilik tinmay ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yuribdi.

Bu kompaniya uchun so'ngi 2 yilda eng katta ishdan bo'shatish hisoblanadi. Oxirgi ulkan qisqartirish 2013-yilda 10000 nafarni tashkil etgan.
Kompaniyaning savdo hajmi o'sayotgan bo'lsa ham, ishdan bo'shatish sodir bo'lmoqda.
Kompaniyaning daromadi 70.1 milliard dollarga yetdi, bu esa 13% o'sishini bildiradi.
Azure texnologiyasining daromadi 33% ga ko'tarilgan va o'sishning deyarli yarmi AI xizmatlari orqali kelgan.

Ishdan bo'shatish faqat Microsoftda emas balki boshqa Gigant kompaniyalar da ham sodir bo'layapti.
Amazon bir necha bosqichda 27,000 dan ortiq ish o‘rni qisqartirdi, Meta o‘zining "samaradorlik yili"da 21,000 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi, Microsoft esa 10,000 ta lavozimni tugatdi — bu yillardagi eng yirik qisqartirish edi. Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet 12,000 kishini ishdan bo‘shatdi, Salesforce (CRM), Spotify (SPOT) va Lyft (LYFT) ham katta qisqartirishlar amalga oshirdi.

Sabab AI dasturchilar ishini olib qo'ymoqdami?

2024 yilda kompaniyalar AI’ni markazga qo‘yib, ustuvor yo‘nalishlarini o‘zgartiryapti. Endi ommaviy ishdan bo‘shatishlar emas, balki aniq, strategik qisqartirishlar qilinyapti — ayniqsa, sun’iy intellekt bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki kam ahamiyatli loyihalarga tegilmoqda.

👉 Meta — Reality Labs va infrani qisqartirdi
👉 Amazon — AWS va retail texnologiyalarini toraytirdi
👉 Salesforce — “core”ga e’tibor qilib, mos kelmagan jamoalarni bo‘shatdi

AI bo‘yicha ishlar esa aksincha — kengaymoqda. Kompaniyalar developerlarni AI tizimlari, infratuzilmasi va ilg‘or platformalarga yo‘naltirmoqda. Org chart’lar yangilanmoqda, manager qatlamlari yupqalashyapti, AI first bo‘lish — endi asosiy o‘yin qoidasi.

Microsoftning 7000 kishilik qisqartirishi ham shu trendga mos: bu nafaqat tejamkorlik, balki AI davriga tayyorlanish.

Bu AI dasturchilar ishini olib qo'ymoqda degani emas, shunchaki kutilgan natijani bermayotgan loyihalar yopilmoqda.
👍9
Dapperda Stored Procedure va Sql Transaction qanday ishlaydi.

Oldingi darslarda Sql da stored procedure yaratishni o'rgangan edik. Lekin real loyihalarda uni dapperda qanday chaqiramiz?
Bu juda ham sodda, query va command larni qanday chaqirsak, stored procedure ham shunday.

Lekin bu video transaction nima va undan foydalanish haqida ko'nikma bilan ham ta'minlab beradi.
Har qanday professional dasturda muhim jarayonlar — bir nechta ma’lumotlar bazasi operatsiyalarini birgalikda va xatosiz bajarishdan iborat. Ana shunday holatlarda Transaction — ya’ni “bitim” tushunchasi asosiy rolni o‘ynaydi

02:45 - SelectAllProducts SP ni Query da Run qilamiz
05:31 - InsertProduct SP ni Execure da run qilamiz
10:18 - Transaction ni diagramma orqali tushunib chiqamiz
14:16 - Transactionsiz ma'lumotlar ustida amallar bajarib ko'ramiz
21:26 - Connection.BeginTransaction methodi orqali transaction
27:01 - TransactionScope Transaction ning alternative va keng imkoniyatli usuli
🔥3
📉 StackOverflow savollari keskin kamaydi. Nega?
2014–2017 yillarda StackOverflow o‘zining eng yuksak davrini boshdan kechirdi — oyiga 200,000 dan ortiq savol berilgan.
Ammo... grafikga qarasangiz, 2023-yildan boshlab savollar soni keskin tushganini ko‘rasiz.

🧠 Bu pasayishning asosiy sababi nima?

ChatGPT va boshqa AI yordamchilarning ommalashuvi.

🔍 Ilgari dasturchi duch kelgan muammosini StackOverflow’da so‘rab, javob kutardi. Endi esa ko‘pchilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT’dan so‘rayapti — tez, shaxsiylashtirilgan va kontekstli javob olishadi.

🤖 Sun’iy intellekt: yangi yordamchi, yangi muammolar?
👨‍💻 Bu holat produktivlikni oshirayotgan bo‘lishi mumkin.

🤔 Ammo savol-javob madaniyati, hamjamiyat ruhiyati susaymoqda.

📉 Va bu StackOverflow kabi platformalar uchun yangi chaqiriqlarga sabab bo‘lmoqda.

Siz qanday fikrdasiz?
ChatGPT sizning muammolaringizga yetarlicha yordam beryaptimi?

Hali ham StackOverflow’dan foydalanasizmi?

Yoki siz ham o‘zingizni “oldin savol berar edim, endi AI’dan so‘rayman” qatoridamisiz?

Fikrlaringizni komentariyada qoldiring. Texnologiyalar o‘zgaradi — lekin hamjamiyatlar qadrini saqlab qolish bizning qo‘limizda.
🤨1
👍3
🎯 AI Davrida Talabgir Dasturchi Bo'lish Uchun 5 Asosiy Usul
📌 Hassan Habib dan ilhomlangan maslahatlar

🙋‍♂️ Assalomu alaykum, aziz dasturchilar!

Bugun AI — IT olamining yuragi. Agar hali AI dasturchisi bo‘lmasangiz ham, ertaga bozor sizdan shuni talab qiladi. Shuning uchun, quyidagi 5 ta muhim ko‘nikmani o‘rganish orqali siz ham AI davrining yetakchi dasturchisi bo‘lishingiz mumkin! 🔥

1️⃣ Prompt Engineering: AI bilan samarali muloqot 💬🤖
AI’dan maksimal foyda olish — to‘g‘ri savol berishdan boshlanadi.
🧠 Yodingizda bo‘lsin: AI sizga kod yozadi, lekin uni tushunish va moslashtirish — sizning mas’uliyatingiz.

2️⃣ AI API’laridan foydalanishni o‘rganing 🔗💡
Azure, OpenAI, DeepSeek kabi platformalarning tayyor kuchidan foydalaning.
📱 Mobil ilovangizmi? 🖥 Web dasturmi? Farqi yo‘q — AI bilan yanada aqlli bo‘ladi.

3️⃣ AI modellarini lokal ishga tushirish 🖥⚙️
Mahalliy resurslar bilan AI ishlashini tushuning.
🎯 RAM, GPU, disk joyi — bularning barchasi loyiha samaradorligi uchun muhim.

4️⃣ AI modellarini o‘qitish (Training & Fine-Tuning) 🧑‍🏫📊
AI ni o‘z loyihangizga moslashtiring.
Masalan: virtual operator, mijozlarga yordamchi, shaxsiy tavsiya tizimi...
— Bularning barchasi mumkin!

5️⃣ O‘z AI modelingizni yarating 🧬🛠
Eng yuqori bosqich bu — shaxsiy AI model.
💻 Python + Machine Learning framework’lari yordamida o‘zingizga xos model ishlab chiqish orqali siz AI sohasida haqiqiy mutaxassisga aylanasiz.

💭 To‘g‘risi, bu fikrlar meniki bo‘lishini istardim 😅
Lekin ustozlarning maslahatlarini amalda qo‘llash — bu ham o‘ziga yarasha muvaffaqiyat!

📢 Sizningcha, bu beshlikdan ayni damda siz uchun eng dolzarb yo‘nalish qaysi?
💬 Izohlarda fikr qoldiring!
🔥62👍2
Odamlar mediada o'zining yorqin taraflarini ko'rsatib qolgani insonlarining ruhiyatiga ta'sir qilmoqda.
🎭 Kelinglar hayotimdagi qop-qora va kulgili voqeani aytib beraman.
📅 Real voqeaga asoslangan, 2022-yil

📍 17-noyabr — Talabalar kuni munosabati bilan Elektron Hukumat Loyihalarni Boshqarish Markazi tomonidan TATU, Amity va boshqa universitetlarga borilib, talabalarga E-GOV ni tanishtirish, uning mahsulotlari haqida tushuncha berish kabi ishlar amalga oshirilgan edi.

💼 Men o'sha paytlar Elektron Hukumatda internda edim. Taxminan kelganimga 6 oylar bo'lgandi.

🤖 Menga kichik Telegram bot ishlab chiqish topshirilgan. Asosiy vazifasi:

Foydalanuvchilardan F.I.O, telefon raqami olish

Kanalga a'zo qilish

Har bir talabaning E-GOV rivojlantirish bo‘yicha fikrlarini saqlash

📢 Bot random tarzda talabalarning fikrini ko‘rsatishi kerak edi.
🏆 Eng yaxshilari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🗓 Dushanba kuni menga botni yaratish vazifasi yuklatildi.
💻 24 soat uxlamasdan botni yozib tugatdim.
(U payti ChatGPT hali chiqqan emas edi...)

🗓 Seshanba kuni botni ko‘rsatdim – kutilgandek ishladi.
🛠 Ular yana qo‘shimcha funksiyalar qo‘shishimni so‘rashdi.

🗓 Chorshanba kuni, release oldidan ham yana o‘zgarishlar kiritishimga to‘g‘ri keldi.

🚌 Bir necha soatdan keyin TATUga yuqori kayfiyatda kollektiv bilan yo‘lga chiqdik.

👩‍🎓👨‍🎓 Talabalar yig‘ildi, savol-javoblar bo‘ldi, vaaa...
🎉 Eng kulminatsion nuqta: botni e’lon qilishdi.

💥 Birdaniga 400 ta request mening Visual Studioda C# projectni local run qilayotgan Intel Core i3 laptopimga tushdi.

😳 Zalga bir necha daqiqa sukunat cho‘mdi.
🔊Bot ishlamayapti...” degan sadolar eshitila boshladi.

🖥 Kompyuterga qarasam:

Loglar qizarib ketgan

Kamiga BotFather ham menga "boting ishlamayapti" degan xabar jo‘natmoqda

🤯 Foydalanuvchilar xabar yuborishini kutmasdan tugmalarni tinmay bosishgan,
Natijada: 400 kishi → 4000 request soniyasiga!

🫠 O‘sha kuni birinchi marta yuzimdan chiqayotgan issiqlikka yelkam terlashni boshlagan
💔 Ha azizlar, eng katta depressiya o‘sha vaqtda sodir bo‘lgan.

📛 Bot o‘sha kuni ishlamadi.

🧑‍💼 Project manager va boshqa xodimlar bu vaziyatdan menga yordam berishdi.

🏢 Ishxonaga bordim va hammasini ustozimga tushuntirdim.

Xatolarim:

Dasturni ustozimga ko‘rsatmaganim

Deploy qilish haqida maslahat so‘ramaganim

Kodda ko‘plab xatoliklar mavjud edi

🌙 Chorshanba kuni kechasi deyarli uxlamadim.

🧑‍💻 Kechqurun Ibrohim aka (Senior .NET Developer) keldilar va:

Kod yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar

1 soat bo‘lsa ham uxlashimni aytdilar

🛌 1 soatlik uyqudan so‘ng, kodning 90% ni o‘zgartirdim.
📈 Va kutilganidek ertasi kuni (Payshanba, Amitydagi tadbirda) hammasi juda yaxshi ishladi!

Sizda ham shunday voqea sodir bo'lganmi?
👍8😁6