🇺🇿 Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
ASP.NET – Bu Nima va Nega O‘rganish Muhim?

"Dasturlashni o'rganamiz" YouTube kanalimizda yangi darslarni kutib oling! Endilikda Nodirxon ASP.NET darslarini sizlarga taqdim qilib boradilar. C# va uning murakkab mavzularida O'zbek tilida darslar yetarlicha qoyib borildi. Endilikda esa buni keyingi pog'onaga olib chiqamiz 🔼

Nodirxon, Shohjahon, A'zamdek kuchli va mehnatsevar dasturchilar yordamida ushbu telegram va Youtube kanallarimizni freecodecampga o'xshagan bilim maydoni qilish ustida harakat qilamiz. Yuqoridagi darsni ko'ring, kanalimiz rivoji uchun takliflaringiz bo'lsa albatta izohlarda yozib qoldiring. YouTube da ham ko'pchilikka yetib borishi uchun izohlar yozing va Nodirxonni qo'llab quvvatlang!

📱 1-Dars ASP.NET Nima? Nega Dasturchilar Uni Tanlaydi?" 🤔🚀

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍22
👋 Salom qales?

- Anaqa bir minut voxtiz bomi? Bitta narsa so'ramoqchi edimde.
- Anaqa gap boshlash haqida gaplashim olsak degandim.

..... ..... .....
Aloo ??????

G'alati shunday emasmi?

Kimgadir xabar yozganda hech qachon xabaringizni chala, yoki o'ta yaqin o‘rtog‘ingizga yozgandek yozmang, ayniqsa begona odamga bo‘lsa. Uning ham, o‘zingizning ham vaqtingizni zoye qilmang. Xabaringizni o‘qigan inson nima maqsadda yozganingizni, siz so‘ragan savol uning qancha vaqtini olishini eng asosiysi sizning kim ekanligingizni va u insonning kontaktlarini qayerdan olganingizni bilsin, bu muhim.

Xabar yozish aniq bir shablonga ega, quyidagicha:

[Salomlashish......], kontaktni qayerdan yoki kimdan olganingiz
[Xabar.........], siz nima kutayotganingiz, javob qaytaruvchi sizga qanday yordam bera olishi.
[Xabar yakuni.......], oldindan rahmat aytish, agarda siz qaysidir muddatgachagina kutishingiz mumkin bo‘lsa o‘sha muddat haqida ham xabar berish.

Agar xabaringiz o‘qilib javob berilmasa, keyingi xabarni 24 soatdan keyin yozing.

Yangilik endi bizda : @tarteeb_community bor, kiringlar gaplashamiz.
Muallif: A'zam Amonov

P.S. O'zingizda bor, shunga o'xshash xabarlarni ulashishingiz mumkin 💬

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👎1
✔️ Routing, Model Binding, Validation – Bilishingiz Shart Bo‘lgan 3 Tushuncha!

ASP.NET yordamida keyingi dasturingizni tuzmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi mavzularni mukammal bilishingiz shart. Shuning uchun ham YouTube kanalimizda ushbu mavzuda to'liq video dars chiqardik.

📱 Video dars
Muallif: Nodirxon Abdumurodov

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
⁉️ Nodirxon o‘rgatayotgan mavzulardan savol javob qilishga nima deysizlar?

Bahonada kimlar ko‘rayotganini ham bilib olardik. Keyin nimagadir izohlar ham juda kam, deyarli yo‘q, bu yaxshi emas! Har doim maqtash shart emas, yaxshi narsalarga ham tanqidiy yondashsa bo‘ladi.

O‘tgan darsda texnik nosozlik bo‘ldi sezdinglarmi? Shuning uchun darslarda yaxshi ovoz bo‘lishiga qanaqa mikrofon tavsiya qilasizlar?

Takliflarni shu yerda qoldirsanglar bo‘ladi🎙microfonga deb keyin bizda yulduzchali kayfiyat ham ochiq 😉


📱 @LexicoAIBot | 😎 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍22
🤔 Dependency Injection
Dependency Injection (DI) - ilovangizdagi bog'liqliklarni boshqarishga yordam beradigan dizayn pattern. Class ichida ob'ektlarni qo'lda yaratish o'rniga, DI ularni avtomatik ravishda inject qiladi (object namunasini yaratadi), bu sizning kodingizni yanada moslashuvchan, sinab ko'rish va texnik xizmat ko'rsatish imkonini beradi.

Xo'sh nima uchun kerak?
Classlar orasidagi qattiq bog'lanishni bartaraf qiladi
😭 Test yozishga oson - soxta bog'liqliklardan foydalanish mumkin
🏡 Qaramlikni boshqarishni soddalashtiradi - ASP.NET Core o'z bo'yniga oladi

Agar shu yergacha o'qib, hech nima tushunmagan bo'lsangiz "svejiy" chiqgan DI haqidagi darsimizni ko'ring ⬇️
📱 Dependency Injection Nima? ASP.NET ning Eng Kuchli Imoniyati(mi)?!
Muallif: Nodirxon Abdumurodov

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍23
🔈 Navbatdagi texnologiya - SQL!

ASP.NET darslarini kuzatib borayotgan bo'lsangiz kerak. Afsuski, bu texnologiyaning o'zi hayotimizda qo'llashimiz uchun yetarlicha kuchli loyihalar qilish uchun kamlik qiladi. Muammo nimada?

Aksariyat loyihalar o'zining xotirasiga ega bo'lishi kerak. Misol uchun, o'quv markazni boshqarish loyihasi uchun talabalar, uyga vazifa va hokazo ma'lumotlarni doimo qayerdadir saqlab turish muhim hisoblanadi.

Shuning uchun ASP.NET darslari davomida sizlar bilan ma'lumotlar bazasi texnologiyalari bilan mustaqil ishlashni o'rgatib boramiz.

Aynan shu mavzuda video darslikni e'tiboringizga havola etamiz⬇️
📱 SQL nima?

#sql

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍21
CRUD Amallari

Dasturlashni o'rganar ekansiz, ushbu tushunchadan xabardor bo'lishiniz shart!

CRUD - inglizchadan Yaratish, O'qish, Yangilash va O'chirish so'zlari bosh harflaridan tuzilgan atamadir. Ma'lumotni bazada saqlash va boshqarish uchun ushbu amallar qo'l keladi.

Aynan mana shu amallarni qanday qilish mumkinligini esa SQL darslarining keyingi sonida o'rganishingiz mumkin.

Nodirxon Abdumurotovdan keyingi darsni kutib oling ⬇️
📱 SQL Yordamida CRUD

#sql

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
tarteeb.uz loyihamizni Jakhongir Band 9 o'quv markazi va onlayn kursiga qoyib beryapmiz.

Vanihoyat, birinchi katta mijozimizni qo'lga kiritdik.
👍36👎2
PK/FK Nima?

SQL bilan ishlashda keyingi mavzu - jadvalning asosiy va tashki kalitlaridir. Primary va foreign key deb yuritiladi. Ular qanday ishlashi va nima uchun kerakligini bilmoqchi bo'lsangiz albatta quyidagi videoni ko'rib chiqing ⬇️

📱 PK/FK Nima? SQL Ma'lumot turlari (Nodirxon Abdumurotov)

#sql

😉 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Daho

2 oy avval Sunnatullohni jamoamizga stajyor sifatida ishga olgan edik. Bu vaqt mobaynida o'zlarining mehnatsevarlik va yangi bilimlarga ishtiyoqlari tufayli jamoamizning yaqin a'zosiga aylanib bo'ldilar.

Endi esa bunday natijaga siz ham qanday erishishingiz mumkinligi haqida ushbu postda yoritib o'tmoqchiman:
1. Kuchli texnik bilim. Sunnatulloh kuchli ASP.NET bilimiga ega edilar. Bundan tashqari frontend yo'nalishlarida yig'gan tajribalari Blazorni tezda o'rganib 1 oy ichida loyihaning har bir qismiga hissa qo'sha olishlariga imkon berdi

2. Tez aloqaga chiqa olish. Kunning har qaysi qismida ish bilan aloqaga chiqilganda tezda muammoni hal qilish uchun vaqt ajratishlari.

3. Tez yangi texnologiyalarni o'rgana olish - Blazor, Syncfusion va EF lar bilan ko'plab murakkab ishlarni tezda o'zlashtirib loyihaga hissa qo'shishni boshladilar.

Albatta, bunday natijaga erishish uchun uyqu va xotirjamlikni yo'qotganlari aniq. Lekin, oxirgi 2 oyda olgan tajribalari va yumshoq ko'nikmalari kelajakda butun umr kasblari uchun foydali bo'lishiga ishonaman. Sunnatullohga yaqindan mentorlik qilgan Nodirxonga esa alohida rahmat.

P.S. Yuqoridagi ish Mart oyida chiqarilgan dashboardimizning ilk versiyasi.

#daho

😉 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Software AI Engineer.

Hozirgi AI olamida Ma'lumotlar eng qimmat resurs hisoblanishini hisobga olib, ma'lumotlarni to'g'ri shakllantirishi va uni AI modelga training qildirish bir necha oydan beri meni qiynab kelayotgan savollardan biri edi.

Mohirdev platformasidagi Data Science va AI kursiga ko'zim tushdi va o'tgan hafta sotib oldim. Darslar rejasi aniq va tushunishga juda oson. Eng muhimi allaqachon community shaklanib bo'lgan. Sizdagi savol yoki muammo bo'lsa bemolol community orqali javob topa olasiz. Hamda Kurs doimiy yangilanib turadi.

Kecha yana bir yangilikni eshitib qoldim va buni sizlar bilan bo'lishgim keldi.
Ular dasturlar ro'yxatiga AI mini kurs ni ham qo'shishayotgan ekan.
Ushbu kurs haqida qisqacha tafsilot:

AI Mini Kurs - bu sun’iy intellektning asl mohiyatini va u atrofimizdagi dunyoni qanday o‘zgartirayotganini bilmoqchi bo‘lgan har qanday kishi uchun mo‘ljallangan qisqa, qiziqarli va boshlang‘ich darajadagi kurs.

Sun’iy intellektning imkoniyatlari va xavflarini tanqidiy baholashni, asosiy atamalar va tushunchalarni texnik iboralardan foydalanmagan holda tushunishni hamda global sun’iy intellekt holati haqida tasavvurga ega bo‘lishni o‘rganasiz.

Eng muhimi, ChatGPT, Claude va Midjourney kabi real sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib, o‘z mahsuldorligingiz va ijodkorligingizni oshirishni o‘rganasiz.

Agar siz Mohirdev platformasidagi istalgan parktikum kursni 27-mart va 1-aprel orali'g'ida sotib olsangiz, bu kurs siz uchun Ramazon bayram sovg'asi sifatida taqdim etilar ekan. 1- apreldan keyin esa alohida pullik kurs sifatida platformaga joylashar ekan.

Mohirdev dagi .NET dasturlash kursini sotib olsangiz ham, bonusni qo'lga kiritishingiz mumkin.
Ushbu postni .NET yoki AI ni o'rganmoqchi bo'lganlarga yengilgina jo'natib qo'yamiz.

Post muallifi: Nodirxon

Linkedin | C# darslari
👍12
Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin!
2👍32
Qanday qilib dasturchi sifatida ma'lumotlar omboridan eng kerakli ma'lumotlarni saralab olish mumkin?

Biznesning eng asosiy ustunlaridan biri bu - ma'lumotlar. Ularni to'g'ri saralay olish mijozlar bilan to'g'ri munosabatni qurishga yordam beradi.
Dasturchi sifatida sizga shunday vazifa qo'yilsa, siz uchun SQL operatsiyalarini bilish juda muhimdir.
Quyidagi SQL darslarida aynan mavjud ma'lumotlar ustida saralash, tartiblash va shart operatsiyalari bilan tanishamiz.

SQL querylarini yozishda shuncha ma'lumotni qayerdan olaman deyishga shoshilmang.
Dars davomida qanday qilib Northwind (database backup file ) ni restore qilishni ham ko'rib o'tamiz.

0:48 - Northwindni restore qilamiz.
2:17- Northwind database ning diagrammasi bilan tanishib chiqamiz
8:37- Select
9:31- Distinct
10:26 - Where
11:49 - Order By
15:33 - And, Or Mantiqiy operatsiyalar
👍10
SQL Darslari davom etadi!
Quyida har bir operatsiyani o'rganish uchun havolalar berilgan, bemalol ko'rib o'rgansangiz bo'ladi.
Ha aytgancha kamchiliklar bo'lsa, bildirib qo'ying. Keyingi darslarda har bir xatolikni to'g'irlashga harakat qilamiz.

0:36
- NULL Values
04:02 - SELECT TOP
04:32 - COUNT()
06:43 - MIN()
07:18 - MAX()
08:02 - SUM()
08:32 - AVG()
09:19 - LIKE
14:15 - WILDCARDS (LIKE '%_[a-z]{a}')
22:30 - IN
24:19 - IN (SELECT)
26:00 - BETWEEN
👍16
Ma'lumotlarni birlashtirishda endi qiynalmaysiz!!!

Sql Interviewda tushishi mumkin bo'lgan mavzu.
Aslida unchalik ham murakkab emas, lekin kop hollarda adashtirishi mumkin.
Keling shu mavzuni siz bilan ko'rib chiqamiz!
Har doimgidek quyida vaqt bilan mavzular integratsiyasi:

01:27 - INNER JOIN
13:15 - LEFT JOIN
14:23 - RIGHT JOIN
15:58 - FULL (+ OUTER) JOIN
18:02 - SELF JOIN
22:14 - UNION
👍51👎1
🇺🇿 Learn .NET
Ma'lumotlarni birlashtirishda endi qiynalmaysiz!!! Sql Interviewda tushishi mumkin bo'lgan mavzu. Aslida unchalik ham murakkab emas, lekin kop hollarda adashtirishi mumkin. Keling shu mavzuni siz bilan ko'rib chiqamiz! Har doimgidek quyida vaqt bilan mavzular…
Shu dars bugunning o'zida 50ta like yig'sa Dapper uchun atalgan 1 soatlik darslikni kechki soat 12 gacha you tobega joylaymiz.
Bonusiga ertaga davomini ham chiqaramiz!

Asp.Net Core mavzular to'plamidan
👍52👎1
Channel name was changed to «Nodirxon C# Darslari»
ORM Dunyosida yengil jangchi - Dapper bilan tanishing!

Dapper - bu Micro ORM texnologiyasi bo'lib, sizning Asp.net dasturingiz va relyatsion ma'lumotlar omboringiz o'rtasidagi ko'prik bo'lib xizmat qiladi.
Ma'lumotlar ba'zasi bilan ishlashni o'rganish darslarimizda yig'ilib qolgan bilimlarimizni sekinlik bilan real projectlarda qo'llashni boshlaymiz!

Agar sizda ORM va Dapper haqida chuqur ma'lumot bo'lmasa, shu videoni ko'rishni maslahat beraman! (Highly recommended)

00:40 - ORM nima?
05:40 - Dapper nima va uning imkoniyatlarii haqida
10:27 - Loyiha yaratishdan boshlaymiz
11:30 - Loyihaga Scalar package ni yuklab, api ni test qilamiz
12:38 - Loyihaga Dapper va sql providerni yuklaymiz
15:56 - Database first approach
21:01 - Loyihaning Controlleridan CRUD operatsiyasini boshlaymiz
👍12👎1
Elbek aka Normurodov — chuqur qadriyat va boy tajribaga ega inson.

Hozirda ushbu kanal vaqtincha mening boshqaruvimga o'tkazildi. Bu doimiy emas — men bu yerda hozirgacha o'rganganlarimni, tajribamni va hozir o‘rganayotgan barcha bilimlarimni sizlar bilan baham ko‘rishga harakat qilaman.

Bir kun kelib, sizlarga ulashadigan bilimim tugaganida, bu kanalda ilm ulashishni davom ettira oladigan, munosib boshqa bir insonga uni topshiramiz.

Kanalda e’lon qilinadigan barcha kontentlar Elbek akaning nazorati ostida bo‘ladi.
Hozirgi kunda u kishining asosiy e’tibori va kuch-g‘ayrati o‘z startapini yaratish va uni rivojlantirishga qaratilgan.
Elbek aka aytganlaridek bu kanal Code Camp ga aylantiriladi.
👍51👎1