🇺🇿 Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
• Professional .NET va C# darslar
https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
🥳 Junior .NET Bo'sh Ish O'rni!

Exadel kompaniyasida junior dasturchilar uchun ish o'rni ochilibti. Exadel bu "outsource" kompaniya - bu degani, sizni xalqaro kompaniyalarga ishlashingiz uchun shartnoma tuzib, ular bilan siz o'rtangizda ko'prik vazifasini o'taydi. Bu pozitsiya uchun talabgor kompaniya esa 180+ yil oldin Gollandiyada tashkil etilgan kompaniya bo'lib, 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Buyurtmachi sog'liqni saqlash, soliq va buxgalteriya hisobi, moliya va huquq sohalari uchun axborot xizmatlari bo'yicha global yetakchi hisoblanadi 💼

Talablar:
👨‍💻 1+ yillik .NET ilovalarini yaratishda tajriba
📱 .NET Core bilan amaliy tajriba
📱 Turli xil instrumentlar bilan ishlay olish
✍️ Texnik dokumentatsiyalar bilan ishlay/yoza olish
😎 Azure bilan ishlay olish ustunlik berar ekan (man shogirdlarim hammasiga tarteeb.uz da ishlaganda o'rgatganman)

Batafsil

#job
📱 @LexicoAIBot | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
🎙 StackOverflowngning "Istaganingni So'ra" Sessiyasi

Kompaniya tarixida birinchi martta Jody Bailey (CPO va CTO) va Philippe Beaudette (Hamjamiyat Vitse Prezidenti) bilan birgalikda dasturchilar orasida savol-javob sessiyasi bo'lib o'tar ekan.

🗓 26-Fevral, 2025
23:00 Toshkent vaqti
📱 Suhbat jonli efirda bo'lib o'tadi. Kanal

📱 @LexicoAIBot | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍9
Ilon Musk 😎 : OpenAIni 97.4 mlrd $ sotib olishni taklif qilaman
Sam Altman 🤪: Yo'q, Xni 9.74 mlrd $ sotsangchi?!

Sam Altman nima uchun bunday narx aytganini tushunmadim. 2022-yilda Musk Xni 44 mlrd $ ga sotib olgan edi. Qisqa Google qidirishidan bildimki 2024 August oyida Fidelity Investments kompaniyasi 9.4 mlrd $ deb baholagan ekan. Bu esa Musk to'lagan qiymatning 79% foiz arzonlashgan degani 📉

Gigant IT kompaniyalarda ham keskin qiymat pasayishi mumkin ekan. Yaqin orada bunaqa bo'lganini eslay olmayman. X nima sababdan arzonlashdi deb o'ylaysiz? 💬

📱 @LexicoAIBot | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📱 Lexi Launch

Startup Garage o'zining navbatdagi filialini bugun Jizzax viloyatida ochmoqda va, aynan, u yerda biz @LexicoAIBot ni 'launch' qilyapmiz. Soat 10:00 da tadbir boshlanadi va Nodirxon birinchi martta loyihani ommaga taqdim qiladilar.

Nodirxonga omad tilaymiz va kanallarida tadbir haqida fikrlari va rasmlar kutib qolamiz. Agar Jizzaxda bo'lsangiz, albatta tadbirga tashrif buyuring va bizni qo'llab-quvvatlang!


📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
📇 E'tirof Etilishimizga Yordam Bering!

Do'stlarim, .NET yonalishida bir necha yildan buyon tinimsiz mehnat qilib kelmoqdamiz. Shuningdek, jamoamiz ham tobora kengayib, yangi darslarni sizlarga taqdim qilish arafasida turibmiz. Qilayotgan mehnatimizni Microsoft kompaniyasi 2 yildan buyon MVP unvoni bilan taqdirlab, ham moddiy ham ma'naviy qo'llab kelmoqda.

Endilikda esa, sizning yordamingizda Yoshlar Ishlari Agentligi e'tiborini qozonib, hamkorlik qilish uchun harakat qilishimiz kerak. Prezidentimiz 100 million so'mgacha grant va'da qilayotgan ekanlar. Agar YouTube kanalimiz va learn.net.uz portali shunday grantni qo'lga kirita olsa - ta'lim sohasida yana ham sifatli bilim ulashish uchun mehnat qilishda davom etaveramiz.

Yoshlar Ishlari Agentligi e'tiboriga tushishimiz uchun ushbu post izohlarida YouTube kanalimiz, learn.net.uz yoki onlayn darslar orqali qilayotgan mehnatimiz haqida fikringizni qoldiring.

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
"Aqlli dasturchi Sun'iy Intellektdan (SI) foydalanishni biladi, aqllirog'i esa uning kuchli va kuchsiz tomonlarini biladi" - Mabrouk M. "Null ga Kulib Qoyish" kitobida keltiradi.

Kecha SI haqida yana bir qiziq fikr o'qib qoldim Linkedinda. Aytishadiki, "SI steroidga (gainer, protein, va hk)ga o'xshaydi, ularni ichishingiz o'zi sizni 'kachok' 💪 qilib qoymaydi. Baribir zalga chiqib shug'ullanishga majbursiz!".


📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👎2
⚰️ SQL O'ldi(mi)?

Yo'q. Har qanday dasturlashni o'rganayotgan kishi SQL tilini o'rganishi va sifatli querylar yozishni bilishi kerak. Hozirgi kunda millionlab dasturlar SQL ishlatadigan bazalarda yozilgan, aksariyati ushbu tildan foydalanib baza bilan ma'lumotlar almashinuvini amalga oshiradi.

Bilasizmi, hozirgi kunda buxgalterlarga ham SQL tilini bilish karyeralarida ijobiy o'sishga sabab bo'ladi. Sodda tushuntirilgan SQLga kirish darslarini izlayotgan bo'lsangiz ushbu pleylistni tavsiya qilaman.


📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
✉️ SMS Xizmati

Biz tarteeb.uz da o'quvchilar ota-onasiga 10dan ortiq SMS xabarlar yo'llashni yo'lga qoyganmiz. Buning uchun eskiz.uz xizmatidan foydalanamiz. Integratsiya qilish qiyn emas lekin kalitlarni olish jarayoni yaxshi deb ayta olmayman. 👨‍💻

Shu paytgacha 13 000 dan ortiq sms xabar jo'natibmiz 📤

📖 SMS xizmatini integratsiya qilish haqida batafsil o'rganishni xohlaysizmi?

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25
💻 BRB Techda Ish O'rinlari

2 ta Middle/Senior va 4 ta Junior .NET dasturchi izlashayotgan ekan.
➡️ Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
🥷 Hackerlarga "Vizov"

tavsiya.com sahifasi MVP (loyihaning eng sodda ko'rinishi) holatida ommaga taqdim qilindi. Hacker do'stlarimiz esa vaziyatdan foydalanib, muammoli joylarini dasturchiga "zarar" yetkazish orqali bildirishga qaror qilishibti.

MVP loyihaga zarar yetkazishni to'g'ri ish deb bilmayman. Biz @tarteebuz loyihasini esa bir necha yillardan buyon yaratib kelmoqdamiz. Admin panelimiz xavsiz va tez ishlaydi. Ko'plab kiber hujumlarga qarshi tura oladigan loyiha qilib yaratdik. Bizning loyihada hackerlik "hunaringizni" ko'rsatishingizni so'rayman!

Ha, aytgancha! Hacker do'stingizga ulashib qoying!

P.S. Landing pageni buzishga harakat qilmang - portal.tarteeb.uz admin panelimizni buzib kiring va ishdan chiqaring. Kutamiz🕙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24
Portal? Telegram kanalni ham qo'lga oldim!

👋 Assalomu aleykum. mening ismim Shohjahon.

Kanalda "vizov" e'lon qilinganiga 24 soat o'tmasidan nafaqat portalni, balki telegram kanalni ham qo'lga olishga muvaffaq bo'ldim!

Xo'sh bu vazifani qanday amalga oshirdim?

🥷 DDoS (Distributed denial of service) hujum turi menga yordam berdi. Bu hujum turi orqali portal.tarteeb.uz vebsaytiga bir soniyada 6000 dan oshiq so'rov jo'natishim natijasida vebsayt bunga dosh bera olmadi.

👩‍💻 Bu hujumni amalga oshirish uchun Python dasturlash tilidan foydalandim.

Yana web saytlarga hujum qilish bo'yicha postlar bo'lishini xoxlaysizmi?

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28
💼 Sotuv Menejeri Vakansiyasi - @tarteebuz

Tarteeb jamoamizga sotuvchi izlayapmiz. Loyiha sun'iy intellekt yordamida ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan. Yagona vazifa - B2B yoʻnalishidagi savdoni koʻpaytirish.

Natijani imzolangan yangi shartnonalar bilan baholaymiz.

Oylik 1000$ dan boshlanadi va har bir savdodan ulush ham beriladi.

📱 Aloqaga chiqing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
DDoS buzib kirishmi!?

Yo‘q, DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi bu buzib kirish (hacking) emas. Bu hujum turi server yoki tizimni ishdan chiqarishga yoki sekinlashtirishga qaratilgan hisoblanadi.

🤔 Unda nima uchun 21-fevral kuni e'lon qilingan "vizov" ni uddasidan chiqdim deb aytdim

Buning sababi men uyushtirgan DDoS hujumning keltirib chiqargan holati tufayli mijozlarda shikoyat kelib tushishni boshlagan. Mijozlarning fikri esa biznes egalari uchun eng muhimi hisoblanadi.

👇 Pastdagi rasmda mijozlardan kelgan arizalarning bittasini ko'rishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👎7
📌 DDoS Attack Nima?

DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi – bu xakerlar tomonidan veb-sayt, server yoki tarmoqni ishdan chiqarish uchun amalga oshiriladigan hujumdir.

Bu hujumda minglab yoki millionlab soxta so‘rovlar yuborilib, server resurslari tugatiladi va u normal foydalanuvchilar uchun ishlamay qoladi.

DDoS qanday ishlaydi?

1️⃣ Xaker ko‘plab qurilmalardan (botnet yoki boshqa vositalar orqali) serverga ko‘plab so‘rovlar yuboradi.
2️⃣ Server juda ko‘p so‘rovni qayta ishlashga ulgurmaydi va sekinlashadi yoki butunlay ishdan chiqadi.
3️⃣ Oddiy foydalanuvchilar sayt yoki xizmatdan foydalana olmay qoladi.

🥷 DDoS Hujumi Turlari

1️⃣ HTTP Flood – Web-saytga ko‘p miqdorda so‘rov jo‘natish (odatda brauzer yoki botlar orqali).
2️⃣ SYN Flood – Server bilan ulanishlar ochiladi, lekin to‘liq yakunlanmaydi, natijada server o‘z resurslarini behuda sarflaydi.
3️⃣ UDP Flood – Ko‘p sonli UDP paketlari jo‘natiladi va serverni resurs yetishmovchiligi holatiga olib keladi.
4️⃣ Botnet DDoS – Xaker o‘z nazorati ostidagi minglab qurilmalar (botnetlar) orqali hujum uyushtiradi.

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
😋 Tabiatni Asraylik!|

Xabaringiz bor plastik tabiatga singib ketishi qiyin. Shuning uchun ba'zi tadbirkorlar qiziq yechimlar taklif qilishyapti. Birinchisi yeyish mumkin bo'lgan suv kontainerlari. Suv o'tlaridan Ooho degan kompaniya chiqarayotgan ekan.

Yana biri esa ovqatni yeb bo'lgandan keyin yeyish mumkin bo'lgan qoshiq va vilkalar. "Tabiatni asrash uchun kichik qadam yo'q" - deb o'ylayman. Bu yo'nalishdagi har qanday innovatsiya, yaxshi rivojlanishdir.

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👎1
💻 Majorana 1 - Kvantum Kompyuterlar Sari Dadil Qadam

Microsoft 19-Fevral kuni kvantum kompyuterlar yaratishda yangi kashfiyotini e'lon qildi. Tadqiqodchilar "Majorana 1" deb nomlanuvchi chip yaratishdi. Yuqoridagi rasmda ko'rishingiz mumkin.

Bu mavzudagi yangilikni jargon so'zlarga boy ekan. To'g'risini aytsam, aniq tushuna olmadim. Shuning uchun maqolaga link qoldiraman. O'qib ko'rib, xulosalaringizni izohlarda qoldirishingizni so'rayman.

🔗 Majorana 1 maqolasi

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
ASP.NET – Bu Nima va Nega O‘rganish Muhim?

"Dasturlashni o'rganamiz" YouTube kanalimizda yangi darslarni kutib oling! Endilikda Nodirxon ASP.NET darslarini sizlarga taqdim qilib boradilar. C# va uning murakkab mavzularida O'zbek tilida darslar yetarlicha qoyib borildi. Endilikda esa buni keyingi pog'onaga olib chiqamiz 🔼

Nodirxon, Shohjahon, A'zamdek kuchli va mehnatsevar dasturchilar yordamida ushbu telegram va Youtube kanallarimizni freecodecampga o'xshagan bilim maydoni qilish ustida harakat qilamiz. Yuqoridagi darsni ko'ring, kanalimiz rivoji uchun takliflaringiz bo'lsa albatta izohlarda yozib qoldiring. YouTube da ham ko'pchilikka yetib borishi uchun izohlar yozing va Nodirxonni qo'llab quvvatlang!

📱 1-Dars ASP.NET Nima? Nega Dasturchilar Uni Tanlaydi?" 🤔🚀

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍22
👋 Salom qales?

- Anaqa bir minut voxtiz bomi? Bitta narsa so'ramoqchi edimde.
- Anaqa gap boshlash haqida gaplashim olsak degandim.

..... ..... .....
Aloo ??????

G'alati shunday emasmi?

Kimgadir xabar yozganda hech qachon xabaringizni chala, yoki o'ta yaqin o‘rtog‘ingizga yozgandek yozmang, ayniqsa begona odamga bo‘lsa. Uning ham, o‘zingizning ham vaqtingizni zoye qilmang. Xabaringizni o‘qigan inson nima maqsadda yozganingizni, siz so‘ragan savol uning qancha vaqtini olishini eng asosiysi sizning kim ekanligingizni va u insonning kontaktlarini qayerdan olganingizni bilsin, bu muhim.

Xabar yozish aniq bir shablonga ega, quyidagicha:

[Salomlashish......], kontaktni qayerdan yoki kimdan olganingiz
[Xabar.........], siz nima kutayotganingiz, javob qaytaruvchi sizga qanday yordam bera olishi.
[Xabar yakuni.......], oldindan rahmat aytish, agarda siz qaysidir muddatgachagina kutishingiz mumkin bo‘lsa o‘sha muddat haqida ham xabar berish.

Agar xabaringiz o‘qilib javob berilmasa, keyingi xabarni 24 soatdan keyin yozing.

Yangilik endi bizda : @tarteeb_community bor, kiringlar gaplashamiz.
Muallif: A'zam Amonov

P.S. O'zingizda bor, shunga o'xshash xabarlarni ulashishingiz mumkin 💬

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👎1
✔️ Routing, Model Binding, Validation – Bilishingiz Shart Bo‘lgan 3 Tushuncha!

ASP.NET yordamida keyingi dasturingizni tuzmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi mavzularni mukammal bilishingiz shart. Shuning uchun ham YouTube kanalimizda ushbu mavzuda to'liq video dars chiqardik.

📱 Video dars
Muallif: Nodirxon Abdumurodov

#asp

📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
⁉️ Nodirxon o‘rgatayotgan mavzulardan savol javob qilishga nima deysizlar?

Bahonada kimlar ko‘rayotganini ham bilib olardik. Keyin nimagadir izohlar ham juda kam, deyarli yo‘q, bu yaxshi emas! Har doim maqtash shart emas, yaxshi narsalarga ham tanqidiy yondashsa bo‘ladi.

O‘tgan darsda texnik nosozlik bo‘ldi sezdinglarmi? Shuning uchun darslarda yaxshi ovoz bo‘lishiga qanaqa mikrofon tavsiya qilasizlar?

Takliflarni shu yerda qoldirsanglar bo‘ladi🎙microfonga deb keyin bizda yulduzchali kayfiyat ham ochiq 😉


📱 @LexicoAIBot | 😎 C# Darslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍22