πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
β€’ 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
β€’ Professional .NET va C# darslar
β€’ https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Aytgancha, bugun Yaponiyanik sponsorlarimiz bilan yangi Intercontinental mehmonxonasida koΚ»rishganimizda loyihani koΚ»rsatdim. Ularga eng yoqgan joyi yuqoridagi videoni yaponcha versiyasi bo'ldi.

P.S. loyihaga investitsiya olish qanchalik oson/qiyin deb o'ylaysiz?
πŸ‘20
YouTube Hisoboti - 2024
2024-yil davomida Youtube platformasiga chiqargan darslarimiz 45 ming 600 martta ko'rilibti. Tasavvur qiladigan bo'lsak, 45 ming tomoshani bir vaqtda bir joyga yig'adigan bo'lsak, 2-rasmdagidek aholi yig'ilgan bo'lar ekan.

Kanallarimiz orqali shu yil qanday aniq foydalar oldingiz? Kelayotgan yilda nimalarni bizdan kutyapsiz?

#fikringizmuhim

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘36
Tabiatni asraylik!

Bugun Toshkent uzra PM 2.5 me'yoridan ancha baland!

CSharpFritz darslaridan birida eshitib qoldimki, sun'iy intellekt bir rasm yaratishi uchun telefoningiz taxminan to'la zaryadi tugaguncha qancha elektr sarflasa, shuncha elektr talab qilar ekan. Musiqa/ovoz generatsiyasi uchun oylab, bir video uchun esa yillab telefon ishlatadigan energiya sarflar ekan.

Nima deb o'ylaysiz 2 3 yil oldin blokchain texnologiyasi ommaviy mashhurlikdan tushgani kabi, sun'iy intellektga ham qiziqish kamayishi mumkinmi?

Telegram | YouTube | Linkedin
FluentAssertions

Bu kutubxona yordamida unit testlarni chiroyliroq yozish mumkin.
Assert.Equals(myAge, 43);

Yuqoridagi tekshiruv quyidagicha yozish mumkin:
myAge.Should().Be(43);


Va kecha kutubxona muallifi Dennis Doomen tekin ishlatish ruxsatini beruvchi Apache 2.0 litsenziyasini o'rniga, har bir dasturchi uchun 130$ to'lanishi kerak bo'lgan Xceed kompaniyasining litsenziyasiga o'zgaritirib qoyibti.

O'tgan yil Moq kutubxonasi bilan shunga o'xshash mojaro bo'lgan edi. Ikkala holatning bir umumiy joyi bor - u ham bo'lsa, kutubxonalar dunyoda millionlab dasturchilar tomonidan sevish ishlatiladi, lekin muallif bundan foyda ko'rmasdi.

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘5
Lexi AI

Ingliz tilini o'rganishni osonlashtiradigan va IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rish uchun maxsus yaratilgan botimizni kutib oling - @LexicoAIBot

Bot o'rganuvchilarga insholarini tekshirish va AI bilan muloqot qilish imkonini beradi. Insholarni maxsus o'rgatilgan sun'iy intellekt tekshirib beradi, muloqotni esa darajangizga qarab maxsus "yo'laklar"dan boshlashingiz mumkin.

Botga o'tib /start bosing va kontaktingizni ulashish orqali 500 ai coinsga ega bo'ling. Coinlar yordamida siz aytib o'tilgan 2 imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.

P.S. Takfliflar va xatoliklar bo'lsa @ElbekDeveloper ga aloqaga chiqing
πŸ‘16
Yuqoridagi screenshotga qarab Lexida qilinayotgan keyingi katta feature ni topa olgan insonga 1000 aicoins beraman.

U feature foydalanuvchilarga qanday foyda olib kelishini ham batafsil yozish yodingizdan chiqmasin!

@LexicoAiBot
πŸ‘4
Tarteeb Club Birinchi Yig'ilish Bo'lib O'tdi
17-yanvar kuni meni onlayn kursimda o'qib, tarteeb.uz loyihasida stajirovka qilgan dasturchilar bilan yig'ildik. Jamoada maktab o'quvchilaridan tortib senior dasturchilargacha bor. Har birimiz tajribamiz bilan ulashganimizdan so'ng, men tarteeb.uz va Lexi AI qanday hozirgi holatiga yetib kelgani haqida - qiyinchiliklar va ularni qanday yengib o'tganim haqida so'zlab berdim. Loyihalarimiz tayyor va keyingi uchrashuvni ikki loyihamiz soff $5000 foyda olib kelganda, yozgan dasturingizni sotish orqali qanday foyda ko'rish mavzusida tashkil qilishni reja qilyapman.

Diyorjon va A'zam tajribalari haqida ularning kanallaridan o'rganishingiz mumkin.

Loyihamiz: @LexicoAiBot
πŸ‘10
❌ ChatGPT
πŸ‘DeepSeek
πŸ‘44πŸ‘Ž12
Best Practice

Yuqoridagi videoni 2.5 minutdan buyon ko'ryapman. Lekin YouTube videodan boshqa barcha ma'lumotlarni olib kelishga qiynalyapti.

Lekin, videoni ko'rishni imkoni bor. Dastur tuzayotganingizda siz ham xato chiqarishga arziydigan va arzimaydigan metodlarni aniqlab oling.

@LexicoAIBot
πŸ‘16
Farxod aka Dadajonov o'zlarining yangi kurslarini e'lon qildilar. Tavsiya qilaman!
πŸ‘22
Tarteeb Course

Har doim junior dasturchiga talab bor va bo'ladi. Kursimiz davomida yuzlab dasturchilarga bilim ulashib, karyeralari boshlab olishlariga yordam berdik. Ular ham tarteeb.uz loyihasini qilishimiz uchun beminnat mehnat qilishdi.

Xabaringiz bor anchadan buyon kurs o'tmayapman, lekin loyihamiz uchun doim junior dasturchi kerak. Chunki, senior dasturchilar sifatida jamoamiz bilan doim kichik xatolar yozib ketamiz (ataylab) va o'sha zahoti github issues ham yaratib qoyamiz. Aynan mana shunday kichik tasklar juniorni loyihaga hissa qo'shishi uchun asos bo'ladi.

Tasavvur qiling: yangi loyihaga qo'shildingiz va birinchi kundan 2 3 ta PR ochib, maqtov eshityapsiz. Garchi onlayn kursim bitiruvchilari bo'lmasa ham, mohirdev kursimni bitirgan mehnatkash dasturchilar bilan ishlashdan to'xtaganimiz yo'q.

2 haftadan buyon shunday bir bitiruvchi bilan ishlab kelyapmiz va hozirgacha AI modelimizni kuchaytirish (train) uchun ma'lumot tayyorlash va kichik refactoring va featurelar qilib bo'ldilar.

@LexicoAIBot
πŸ‘23
Ish Qidiryapsizmi? πŸ‘€

Ishni endi boshlayotganimda ko'p kompaniyalarda .NET junior pozitsiyasi uchun vakansiyalar bo'lmas edi. "Balki, boshqa stackga o'tsammikan?" - deb ham o'ylab qolar edim. Shu vaqtda Exadelda 'stajirovka' ketayotgani haqida tanishim aytib qoldi.

Bugun ham mana shunday imkoniyat ochilayotgan ekan. Kim birinchi ishini topishda qiynalayotgan bo'lsa albatta topshirishlarini tavsiya qilaman. 2 oylik 'stajirovka' mobaynida siz:

βž• Exadelda ishlab kelayotgan senior dasturchilardan mentorlik olasiz
βž• Azure, mikroservice va MongoDb texnologiyalarini o'rganasiz va real loyihada qo'llaysiz
βž• Exadelga ishga kira olasiz (bitiruvchilarning 50% ishga qabul qilishgan)

⏱ Qabul 17-Fevralgacha davom etadi.

πŸ”— Batafsil

#job
πŸ“± @LexicoAIBot | πŸ“± Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘21
Agar Telegram Premiumga ega bo'lsangiz ushbu kanalni boost qilishingizni so'rab qolamanπŸ”Ό

https://t.me/boost/ElbekningCSharpDarslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12πŸ‘18πŸ‘Ž4
ChatGPT - No Auth πŸ”“

O'tgan yilda O'zbekiston hududida ChatGPT ni ishlatish mumkin emas edi. Hozir esa xatto registratisiya qismini ham olib tashlashibti.

Dasturchilar uchun ham o1 modelini 250$ sarflagandagina ishlatishga ruxsat berar edi. O'tgan hafta unga ham accessni ochib qoyishdi.

OpenAI ni qo'rqitib qoyishdi shekilli 😰

πŸ“± @LexicoAIBot | πŸ“± Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘24
πŸ€‘ 6000 USD + 15900 USD

tarteeb.uz va @LexicoAIBot loyihalarini serveri uchun 6000$ ishlatganimiz haqida xat keldi. Dasturchilar va boshqa xarajatlar uchun esa 15900$ sarfladik. Bilasizmi bularni barchasi 6 oy ichida sarflanib bo'lindi. πŸ‘¨β€πŸ’»

Hozirgacha tarteeb.uz orqali 30 dan ortiq kam ta'minlangan yoshlar biz sababli o'z tuman/qishloqlarida bepul o'quv markazida o'qishdi. Fevral oyidan boshlab esa xizmatlarimizni pullik qilyapmiz va loyiha o'z-o'zini qoplashi uchun shartnomalar tuzyapmiz.

Nima deb o'ylaysiz bozorga o'z loyihasini sotish qanchalik oson/qiyin? O'z dasturingizdan pul topganmisiz?πŸͺ™

πŸ“± @LexicoAIBot | πŸ“± Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘29
πŸ₯³ Junior .NET Bo'sh Ish O'rni!

Exadel kompaniyasida junior dasturchilar uchun ish o'rni ochilibti. Exadel bu "outsource" kompaniya - bu degani, sizni xalqaro kompaniyalarga ishlashingiz uchun shartnoma tuzib, ular bilan siz o'rtangizda ko'prik vazifasini o'taydi. Bu pozitsiya uchun talabgor kompaniya esa 180+ yil oldin Gollandiyada tashkil etilgan kompaniya bo'lib, 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Buyurtmachi sog'liqni saqlash, soliq va buxgalteriya hisobi, moliya va huquq sohalari uchun axborot xizmatlari bo'yicha global yetakchi hisoblanadi πŸ’Ό

Talablar:
πŸ‘¨β€πŸ’» 1+ yillik .NET ilovalarini yaratishda tajriba
πŸ“± .NET Core bilan amaliy tajriba
πŸ“± Turli xil instrumentlar bilan ishlay olish
✍️ Texnik dokumentatsiyalar bilan ishlay/yoza olish
😎 Azure bilan ishlay olish ustunlik berar ekan (man shogirdlarim hammasiga tarteeb.uz da ishlaganda o'rgatganman)

Batafsil

#job
πŸ“± @LexicoAIBot | πŸ“± Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘14
πŸŽ™ StackOverflowngning "Istaganingni So'ra" Sessiyasi

Kompaniya tarixida birinchi martta Jody Bailey (CPO va CTO) va Philippe Beaudette (Hamjamiyat Vitse Prezidenti) bilan birgalikda dasturchilar orasida savol-javob sessiyasi bo'lib o'tar ekan.

πŸ—“ 26-Fevral, 2025
⏱ 23:00 Toshkent vaqti
πŸ“± Suhbat jonli efirda bo'lib o'tadi. Kanal

πŸ“± @LexicoAIBot | πŸ“± Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1πŸ‘9
Ilon Musk 😎 : OpenAIni 97.4 mlrd $ sotib olishni taklif qilaman
Sam Altman πŸ€ͺ: Yo'q, Xni 9.74 mlrd $ sotsangchi?!

Sam Altman nima uchun bunday narx aytganini tushunmadim. 2022-yilda Musk Xni 44 mlrd $ ga sotib olgan edi. Qisqa Google qidirishidan bildimki 2024 August oyida Fidelity Investments kompaniyasi 9.4 mlrd $ deb baholagan ekan. Bu esa Musk to'lagan qiymatning 79% foiz arzonlashgan degani πŸ“‰

Gigant IT kompaniyalarda ham keskin qiymat pasayishi mumkin ekan. Yaqin orada bunaqa bo'lganini eslay olmayman. X nima sababdan arzonlashdi deb o'ylaysiz? πŸ’¬

πŸ“± @LexicoAIBot | πŸ“± Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘6