πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Learn .NET
1.39K subscribers
353 photos
35 videos
10 files
536 links
β€’ 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing
β€’ Professional .NET va C# darslar
β€’ https://learn.net.uz rasmiy kanali
Download Telegram
Achchiq Qalampirdan Murabbo Yohud Qora Oq-Qushlar

Qiziq, shunday emasmi? Balki, "Bo'lishi mumkin emas!" - dersiz.

Lekin bunday narsa bor. Yaqinda bir xalq do'konlaridan (Turkiya davlatiga tegishli) birida ko'rib qoldim. Bu biz tasavvur qila olmaydigan, lekin kimningdir hayotida juda oddiy bo'lgan narsalar borligini ko'rsatadi.

Bu holatni ilm-fanda "qora oq-qush" nazariyasi deb atashadi. "Oq-qush, tabiiyki, oq bo'lishi kerak" - deb hisoblaymiz. Ammo, qora oq-qushlar ham mavjud va ma'lum geografik hudularda ular juda ko'p. Faqatgina biz ko'zimiz bilan ko'rganimizgagina ishonib hayotni tasavvur qilishimiz, boshqa tomonda bor go'zallik va sarguzashtlarni his qila olmasligimizga sabab bo'ladi.

Shuning uchun siz aqlingizga sig'maydigan gap yoki g'oyani eshitganingizda 2-tomon haqli bo'lishi ehtimoli borligini o'ylang. Bu g'oya qanchalik ahmoqona tuyulsa ham.

#thoughts

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘27
What is Acceptance Test?

Acceptance tests check how all parts of the system work together. They should verify each available endpoint on the controller and ensure they interact correctly. It's important to understand that acceptance tests are written after the endpoint is fully integrated and functional to ensure that the implementation works successfully. Unlike unit tests, which only check individual components (such as services), acceptance tests check the entire request path, including controllers and interaction with external resources such as databases, as if it were real system usage. Even trying to break the system by changing the controller name, acceptance tests will be able to detect this issue.

(c) Zafar Urakov - Software Engineer at Tarteeb Team & .NET mentor at Mohirdev

P.S. Tushunganingizni O'zbekchada yozib qoldiring.

#interview

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘10
Tez orada AI bo'yicha hakaton bo'lib o'tadi. Qozog'iston hamjamiyati bilan tashkillashtirilgan Azure AI haqidagi uchrashuvni ko'rishni maslahat beraman.

Meetup with Elbek Normurodov - Azure AI Services

P.S. buni raqib jamoalar bilan ulashmang
πŸ‘23
Kodi ochiq loyihaga qo'sha olasizmi?

Open source loyihaga hissa qo'shish tajriba orttirishni eng yaxshi yo'li. Buni yaxshi o'ylapsiz. Nomi aytib turganidek loyihaning kodi ochiq bo'ladi. Bu degani unga sizni qo'shish shart emas. Gitni yaxshi bilsangiz (fork qilib) loyihaga hissa qo'sha olasiz.

Bunday loyihalar asosan dasturchilar bo'sh vaqtlarida rivojlantiradigan va foyda ko'zlanmagan loyihalar bo'ladi. Shuning uchun nima muammo borligini ham izlab topishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun Github dagi issues bo'limi yoki o'sha loyiha hamjamiyatida yozib qanday muammolar borligini so'rab olishingiz mumkin.

#tips

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘25
Me'yor darslarini efirga uzatish boshlandi. Ushbu havola orqali birinchi darsni ko'rishingiz mumkin.
πŸ‘17
Mohirdev Bitiruvchilari Diqqatiga

3 oy oldin bir guruh ochgan edim. 1-Mayda The-Standard bo'limi boshlanadi va hardoimgidek ba'zi mohirdev bitiruvchilarini ushbu bo'limdan qo'shilib bepul o'qishlari uchun imkoniyat beramiz. Bu vaqt mobaynida jamoaviy ishlash ko'nikmalarini oshirishingiz mumkin bo'ladi.

Guruhga qo'shilish uchun batafsil ma'lumotni haftalik bo'ladigan jonli-darslar davomida muhokama qilamiz. Afsuski, bu imkoniyat faqatgina mohirdev o'quvchilari uchundir, YouTube darslarimni ko'rib bo'lgan o'quvchilar uchun ham keyingi guruhlarda imkoniyat ochish ustida ishlayapmiz.

P.S. mohirdevda o'qiydigan do'stingiz bilan ulashing.

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘20
Sharpist AI Hackatoni qatnashuvchilariga omad tilayman!

Hackaton kun tartibi uchun ushbu link ustiga bosing
πŸ‘12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy Loyiha No. 11

FileDb loyihasi yaratilsin. Foydalanuvchi, Id va Name ma'lumotlarini ichiga olgan obyekt ma'lumotlarini qo'sha olsin va o'qiy olsin. Qolgan amallar ixtiyoriy.

Id son ma'lumot turi bo'lsin va takrorlanmaydigan o'sish ketma-ketligidagi qiymatlarga ega bo'lsin. Name majburiy kiritilsin.

Tekst fayl bilan muammoni yecha olganingizdan keyin, foydalanuvchi tanloviga qarab JSON faylga ham yoza olish imkonini qo'shing.

P.S. Birinchi izohda Tarteeb School o'quvchilari loyihasidan misolni tashlab qoyaman. Ko'rib chiqib fikringizni ham ushbu post ostida yozib qoldiring.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘9
Aytgancha, agar yetarlicha talabgorlar bo'lsa, Iyun oyida bir guruh ochishim mumkin. Bu imkoniyat qiziq bo'lsa, ushbu post ostida + qoldiring.
πŸ‘18
Lead

O'tgan hafta davomida lead vazifalarini qayta Hassan Habibga topshirdim. Hayotimdagi eng qiyin 2 hafta bo'ldi deb ayta olaman.

- "Nega?" - deysizmi?
- Chunki, bir emas, bir nechta loyihalarda bo'layotgan ishlarni nazorat qilib borishim kerak bo'ldi. Tashki jamoaning muammolarini tez hal qila olmagan kunlarda, butun boshli jamoalar meni ishni yakunlashimni kutib turishdi. Boshqa tarafdan o'zim ishlab turgan loyihada muhim featurlarni tugatishim ham kerak edi. Bundan ham tashqari, junior dasturchi bilan ishlab, u yozayotgan kod bizning talabimizga javob berishishi ta'minlashim kerak bo'ldi.

Eng qizig'i loyihalardagi vaziyatni tushuntirish, natijalarni taqdim qilish uchun ham o'tgan bir hafta ketdi. Bugundan boshlab, o'zim mas'ul bo'lgan loyihaga qaytdim. Lekin, junior dasturchiga o'rgatish mas'uliyati menda qoldi.

P.S. Keyingi postda Juniorga O'rgatish haqida gap ketadi.

#job

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘36
Me'yor haqidagi darslarimiz efirga uzatib bo'lindi. Hali, ko'rmagan bo'lsangiz kirish darsi havolasi ustiga bosing
πŸ‘35
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘40
πŸ“Hadrian's Gates - 130 B.C
πŸ‘16
Zafar Urakov endilikda The Standard Community ning LinkedIn sahifasini yuritib boradilar.

Qiziqarli va foydali kontent ulashib borishlariga ishonaman. LinkedIn guruhga qo'shilishni unutmang. Havola ustiga bosing

Bizning kursni bitirgan bollar juda katta natijalarga erishishyapti. Hozirda bitiruvchilar orasida (Tarteeb Club) ushbu yangiliklar ulashish bo'yicha webinarlar tashkillashtirmoqchimiz. Keyinchalik ommaga taqdim qilamiz.

P.S. Zafarni taniganlar izohlarda qo'llab-quvvatlab, tabriklab qoyishlaringiz mumkin.

#staytuned

Telegram
| YouTube | Linkedin
πŸ‘32
Amaliy Loyiha No. 12

Sun'iy intellektdan foydalangan holda kiritilgan IELTS inshosini tekshirib beradigan loyiha tuzing. Bu loyiha yaratishdan web, console yoki desktop loyihalarni frontend sifatida yaratishingiz mumkin.

P.S. Birinchi izohda o'quvchilarga dars berish jarayonida ushbu loyihani tushuntirganim va sun'iy intellektdan foydalanishni o'rgatgan videolarni qoldiraman.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘14
ITalk

Dasturchilar uchun ingliz tili va soft skills darslarini shu kunlarda efirga uzatib boramiz. Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun YouTube kanalimizga obuna bo'ling.

πŸ”— 1-darsga havola

P.S. Bunday darslarni endi chiqaryapmiz. Videoni ko'rib fikringizni yozib qoldiring. Davom etishimiz kerakmi?

#ITalk

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘24
Bugun ITalk darsimiz davomida dasturchilar uchun CV va soft skills haqida gaplashib o'tamiz.

πŸ”— 2-darsga havola

#ITalk

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘8
Qabul

O'quv kursimizga qiziquvchilar soni ko'p bo'lgani sababli, 1-iyundan yangi guruh ochishga qaror qildik. Kursimiz 6 oy davom etadi. Boshidagi 3 oy pullik ($100/oyiga), qolgan 3 oyi esa bepul o'qishingiz mumkin.

O'quv rejamizni yuqoridagi rasmda ko'rishingiz mumkin. Bir guruhda 10 kishidan ortiq o'quvchi qabul qilinmaydi.

Murojaat uchun @azam_amonov

P.S. Birinchi izohda bitiruvchilarning ba'zi biz haqimizdagi fikrlarini qoldiraman.

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘5
Walking

In the morning, I was walking in the park and enjoyed the view and experience a lot. Then, suddenly, I thought about sharing this amazing feeling with you.

Hopefully, you enjoy the video and get inspired to go out and enjoy the morning sunshine:

πŸ”— Dasturchi safari 4-soni

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ‘9