Azimjon Pulatov
7.21K subscribers
112 photos
10 videos
132 links
Mentor @qirikki | 42.uz
Download Telegram
5 daqiqada boshlaymiz.

Unga qadar telegramni update qilishni unutmang 🚀
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
"Hali tayyor emasman" xisi

Har yili Google Kickstart competition'ga hali tayyor emasman degan fikr bo'lardi. Bu yil ham shu fikr hayolimdan o'tdi.

Bu his ko'pchilikka tanish bo'lsa kerak. Tayyor bo'lishni kutib yashasak, ko'p narsani o'tkazib yuborar ekanmiz.
Nega Kitoblardan O'rganish Foydaliroq

Jonli suhabatimizda o'zimning 10 eng yaxshi dasturlashga oid kitoblar to'plamimni keltirgan edim, ular:
- Clean code
- Clean coder
- Refactoring
- Grokking Algorithms
- Algorithm Design Manual
- Code (hidden language ..)
- Eloquent JavaScript (for JS)
- Python Cookbook (for Python)
- UNIX and Linux System Administration (for System Adminstration & DevOps)

Manba: azimjon.com/blog/nega-kitoblardan-organish-foydaliroq
Birinchi Ishni Topish Haqida

- Men: Tajriba uchun ish kerak.
- Ish beruvchi: Ish uchun tajriba kerak.

Manba: azimjon.com/blog/birinchi-ishni-topish-haqida
Android dasturlash bo'yicha GDG Study Jam

Bundan roppa-rosa 2 yil oldin Westmister Universitetida ilk bor Docker & Kubernetes bo'yicha Study Jam o'tkazgan edik.

Yaqinda ham Android bo'yicha Study Jam session bo'lib o'tar ekan. Study Jam'larda ma'ruzalar bo'lmaydi va siz amaliy mashg'ulot qilib ko'rasiz, savol va muammolaringizga mentorlar orqali yechim topish imkoni bo'ladi.

Batafsil: t.me/gdgtashkent/748
Dastruchi Bo'lmang!

Muammolarni yechuvchi, ijodkor, kashfiyotchi inson bo'ling. Aziza Pulatova tarjimasi, muallif Joma Tech.

Manba: azimjon.com/blog/dasturchi-bolmang
jprq loyihasi yakuniga yettimi? 😢

Kuni kecha Google tomonidan jprq.io xavfli saytlar qatoriga kiritildi, bunga sabab esa jprq foydalanuvchilaridan biri undan phishing (hacking) maqsadida foydalangan.

Bundan bir yil muqaddam hazil sifatida boshlangan loyiha yuzlab dasturchilar koriga yaradi va bugun ishlashdan to'xtadi.

PS. Muammoga yaxshiroq yechim topib chiqishga harakat qilaman va o'rganganlarim bilan bo'lishaman.

PSS. Siz qanday yordam bera olasiz? Horizcha ushbu linkga kirib, "I am not robot" tekshiruvidan o'tib, "Submit Report" qilishingiz mumkin.
Uraa 🎉
Lekin hali xursand bo’lishga erta. Sababi “Afilias Registry” tomonidan DNS bloklanibdi, unga ham ariza yubordim, yana biroz kutamiz.

Afilias Registry - dunyodagi ikkinchi eng katta Domain Registrator ekan.
Dasturchining Dushmani - Screen Time

Kuniga o'rtacha 12 soat kompyuter qarshisida o'tirar ekanman. Bu hali kamaytirganimdan so'ng, ilgari 15 soat edi. Maqsadim 9-10 soatga tushurish.

Bunda menga qog'oz kitoblar, algoritmlarni kopyuterda yozishdan avval qog'oz/doskada rejalashtirish va eng asosiysi dam olish uchun kino o'rniga audio kitoblar eshitib sayr qilib kelish yordam beryapti.

O'zbek tilida sifatli audio kitoblarni @mtrkaudiokitoblar da topyapman, "Temur Tuzuklari"dan boshladim. Ushbu o'zbek tilidagi sifatli audio kitoblarni ko'rib odamning ko'zi (qulog'i) quvonadi.
Jonli Suhbat #2 - Live Chat

O'tgan galgi jonli suhbatimiz haqida ijobiy firklar eshitdim va ushbu ko'rinishdagi suhbatlarni har oy o'tkazish qaroriga keldim.

Navbatdagi suhbatimiz 10-aprel, Toshkent vaqti bilan kechgi payt soat 8:00 da bo'lib o'tadi.

Suhbatda "Dasturlashni Muammolarni Yechish Orqali O'rganish" mavzusida gaplashamiz.
42 Quests - Loyiha Taqdimoti

Bundan 4 yil avval dasturlashni o’rganish uchun “robotutor” nomli loyiha yaratgan edim, ushbu loyihani kuni kecha topib olib, qayta jonlantirdim. quest.42.uz saytida foydalnishingiz mumkin.

Batafsil: https://youtu.be/LvjzscS7KVQ
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Computer Science Xaritasi

Ushbu videoda CSning deyarli barcha yo'nalishlari haqida aytib o'tilgan, asos solinganiga hali 100 yil bo'lmagan ushbu soha naqadar ko'p tarmoqli ekanligini ko'rishingiz mumkin.

Manba: youtube.com/watch?v=SzJ46YA_RaA
Yozda Birga Kod Yozamiz ☀️

Dasturlash bo'yicha bilim va tajribalarimni bo'lishish uchun yozda mahorat darslari o'tmoqchiman. Mentorship davomiyligi - 8 hafta, 8ta darsdan iborat, iyul-avgust oylarida bo'lib o'tadi.

Tajribalarini bo'lishishlari uchun Super Dispatch, Express24, Epam kabi kompaniyalardagi dasturchi do'stlarim bilan choy ustida suhbatlar uyushtirishni ham rejalashtiryapman. Networking uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi.

Qatnashish shartlari:
1-bosqich: quest.42.uz dagi masalalar uchun yozgan kodingizni yuboring
2-bosqich: o'zingiz yaratgan yoki yaratayotgan eng qiziq loyiha haqida yozing
3-bosqich: saralovchi suhbat

Narx masalasiga keladigan bo'lsak, o'ylab-o'ylab hamma uchun qulay narxda $1 deb belgiladim 💸
Universitetda O'qishga 7 Sabab

EDIT: Maqolaga Darkhonbek tavsiya qilgan yana 4 sababni qo'shdim. Yana bir bor o'qishni tavsiya qilaman.

Manba: azimjon.com/blog/universitetda-oqishga-7-sabab