Poytaxtimizda “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli baholash jarayonlari boshlandi.
Ishtirokchilar shunchaki ro‘yxat asosida emas, balki loyiha doirasidagi fakultativ mashg‘ulotlarda eng yuqori natija ko‘rsatgan, intiluvchan o‘quvchilar orasidan saralab olingan. Baholash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan xalqaro mezonlar asosida o‘tkazilmoqda.
🎯 Asosiy yo‘nalishlar:
Ko‘nikma tahlili: O‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimi, balki xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi "Speaking club"larda orttirgan amaliy muloqot qobiliyati ham sinovdan o‘tkazilmoqda.
Xalqaro standart: Bitiruvchilarni nufuzli xalqaro til sertifikatlarini olishga tayyorlash va ularga amaliy yo‘nalish berish.
Strategik rivojlanish: Natijalar asosida mavjud yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi choralar belgilanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🤗1
📖 Musiqa faqat hordiq emas. U tilni tabiiy muhitda o‘rganish vositasi. Qo‘shiqlar orqali siz so‘zlarni majburan yodlamaysiz. Ular quloq orqali o‘zi joylashadi.
🗣 Listening va talaffuz qanday rivojlanadi
Qo‘shiq tinglaganda quloq tovushlarga moslashadi. So‘zlar qanday ulanayotganini eshitasiz. Ritm va urg‘u tabiiy singadi. Bu oddiy audio darsga qaraganda tezroq samara beradi.
📚 So‘z boyligi qanday oshadi
Qo‘shiqlarda darsliklarda kam uchraydigan so‘z va iboralar ishlatiladi. Ular kundalik muloqotda qo‘llanadigan ifodalar, romantik jumlalar hamda slang va qisqartmalardan iborat bo‘ladi. Shu sabab so‘z boyligi kengayadi va nutq real hayotga yaqinlashadi.
🌍 Til va madaniyat bog‘lanishi
Qo‘shiq faqat so‘z emas. U muhitni beradi. Qanday fikrlash, qanday his qilish, qaysi mavzular muhimligini ko‘rsatadi. Bu speaking va writingda fikrni to‘g‘ri kontekstda ishlatishga yordam beradi.
🎯 Qanday samarali ishlash kerak
1. Lyric bilan tinglash
Qo‘shiqni tinglang. Matnini birga o‘qing. Har so‘zni tarjima qilmang. Mazmunni tushunishga harakat qiling.
2. Ovoz chiqarib kuylash
Qo‘shiqni takrorlang. Ritm va urg‘uga e’tibor bering. Shadowing usuli talaffuzni tez yaxshilaydi.
3. Qisqa izoh yozish
Bir yoki ikki qatorni o‘z so‘zlaringiz bilan inglizcha yozing. Bu writingni faollashtiradi.
4. Iboralarni ajratib olish
Yangi phrase toping. Uni kundalik gapda ishlatib ko‘ring. So‘z faqat ishlatilganda qoladi.
5. Janrlarni aralashtirish
Pop oddiy so‘z beradi.
Rap tezlik va slang o‘rgatadi.
Country va musical hikoya tuzilishini ko‘rsatadi.
LyricsTraining - Qo‘shiq tinglab, so‘zlarni to‘ldirish orqali mashq qilasiz: lyricstraining.com
Spotify va YouTube Lyrics - Har janr va har daraja uchun qulay
Genius - So‘z ma’nosi, slang va madaniy izohlar: genius.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🤗1
Ingliz tilini o‘rganish faqat foyda uchun emas. Tilni qiziqarli faktlar orqali o‘rganish uni esda qoldirishni osonlashtiradi. Quyidagi faktlar bunga yaxshi misol.
📝 Eng uzun so‘z
Ingliz tilidagi eng uzun rasmiy so‘z pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis.
Bu so‘z tog‘-kon va vulqon changi sabab yuzaga keladigan o‘pka kasalligini bildiradi. Amaliy nutqda kam ishlatiladi. Ko‘proq til imkoniyatini ko‘rsatish uchun keltiriladi.
🗣 Eng qisqa to‘liq gap
“I am.” Ikki so‘zdan iborat. Grammatik jihatdan to‘liq. Subyekt ham bor, fe’l ham bor. Ingliz tilida qisqa gaplar ham to‘liq fikrni ifodalay olishini ko‘rsatadi.
🔊 “Queue” so‘zi
Queue so‘zi 5 ta harf bilan yoziladi. Talaffuzda esa faqat bitta tovush eshitiladi: kyu. Qolgan harflar yozuvda qoladi. Bu ingliz tilidagi yozuv va talaffuz farqining aniq namunasi.
📑 Sinonimlarga boy til
Ingliz tilida bitta ma’no uchun bir nechta so‘z ishlatiladi. Masalan happy so‘zi uchun glad, joyful, cheerful, content, delighted.
Bu writing va speakingda fikrni nozikroq ifodalash imkonini beradi.
📃 “OK” so‘zining tarixi
OK dunyodagi eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri. U 1830-yillarda paydo bo‘lgan. Asl shakli “oll correct” bo‘lgan. Keyinchalik qisqartma sifatida keng tarqalgan.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🙈1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xorijiy_tillar
✅ "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi bo‘yicha Toshkent tajribasi"ga bag‘ishlangan amaliy seminar-treninglarning birinchi kunidan fotoreportaj.
Ma‘lumot o‘rnida: 2025-yildan e‘tiboran poytaxtimizdagi maktablarda tajriba-sinov tariqasida "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi amalga oshirilmoqda.
🔰 Fotolavhalarda: Mirobod tumanidagi 31- va 263-maktablardagi jarayonlar aks etgan.
#Toshkent_tajribasi #1_kun
🔴 JONLI EFIR
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Toshkent_tajribasi
✅ Bugun “Toshkent tajribasi”ni o‘rganish hamda maktablarda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish yuzasidan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova qatnashib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy tillar yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
🔹umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijiy tillarni ommalashtirishda tizim rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati,
🔹“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasini hududlarda joriy etishning tashkiliy mexanizmlari,
🔹fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish,
🔹yuqori sinf o‘quvchilarini til bilish darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratish muhokama qilindi.
📊 Ma‘lumot o‘rnida: 2 kun davom etgan mazkur o‘quv seminarda 100 nafardan ortiq hududiy bo'linmalar mas'ullari ishtirok etdi.
#Xorijiy_tillar #2_kun
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1