Language for the future
1.54K subscribers
55 photos
10 videos
12 links
Youtube: youtube.com/lang_future
E-mail: language@uzedu.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro pedagogik yondashuvlar Samarqand ta’lim tizimi misolida

Bugungi kunda ta’lim tizimida xalqaro tajribani joriy etish va o‘quvchilarni global raqobat muhitiga tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Shu maqsadda xorijiy o‘qituvchilarni maktablarga jalb etish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Hozirda Samarqand viloyatida 120 nafar xorijiy oʻqituvchilar taʼlim jarayonlarida faoliyat olib bormoqda. Ular o‘zining kasbiy tajribasi, zamonaviy metodik yondashuvi va xalqaro amaliyoti orqali ta’lim jarayonini boyitib, o‘quvchilarning til va akademik salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Anas Ami (Fransiya)
Salom, mening ismim Anas Ami, men 25 yoshdaman. Men Fransiyaning Monpelye shahrida tug‘ilganman, lekin o‘qishimni Parij shahridagi Parij-1 Panthéon-Sorbonne universitetida tugatganman.
Men tarixchi va geografman, qadimgi tarix yo‘nalishida tahsil olganman va hozir bu yerda Samarqanddagi 43-maktabda Fransiya Ta’lim Xalqaro tashkiloti tomonidan olib borilayotgan loyiha doirasida fransuz tili assistenti sifatida ishlayman.


Marietta Galiego (Filippin)
Barchaga salom. Mening ismim Marietta Galiego va men Filippindanman. Men 2014-yilda ta’lim bo‘yicha bakalavr darajasini oldim, shuningdek, 2020-yilda yana bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qib chiqdim, lekin yaqinda tugatdim, chunki bu jarayon biroz vaqt oldi. Birinchi universitetim AMA Computer College, ikkinchisi esa West Visayas Davlat universiteti.
Men O‘zbekistonga 12-dekabrda keldim va Samarqand shahridagi 63-maktabda 15-dekabrdan ish boshladim. Hozirda men 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga ingliz tili bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha ko‘nikmalarni o‘rgatmoqdaman.


Mr. Richard Tengai (Filippin)
Men, Mister Richard, go‘zal Filippindanman. Men mexanik muhandislik sohasi bo‘yicha o‘qiganman, shuningdek, menda 120, 250 va 350 balli TESOL sertifikatlari bor va magistrlik darajasida ham TESOL olganman. Shuning uchun hozir O‘zbekistondaman.
Shuningdek, mening ingliz tili bo‘yicha C2 darajasida sertifikatim bor, bu ham mening malakalarimdan biri. Hozirda men o‘rta maktab va boshlang‘ich sinflarda dars beraman. Men 10 yildan ortiq tajribaga egaman. Tailandda matematika va ingliz tilidan dars berganman.
Samarqand shahridagi 64-maktabga kelganimda juda xursand bo‘ldim va faxrlandim, chunki bu maktabdagi o‘quvchilar juda aqlli va zukko. Boshlanishida men ular ingliz tilini yaxshi tushunmaydi deb o‘ylagandim, lekin kelganimda ingliz tili bo‘limidagi hamkasblarim ingliz tilida juda yaxshi gapira olishini ko‘rdim, shuning uchun moslashishim qiyin bo‘lmadi.
O‘quvchilar esa juda tartibli, mehribon va ingliz tilini o‘rganishga jiddiy yondashadi. Shuning uchun men 64-maktabda ishlashni juda yaxshi ko‘raman. Men bu yerda bir yildan ortiq vaqt davomida ishladim, hozir ikkinchi yilim va umid qilamanki, kelasi yil uchinchi yilim bo‘ladi. Shunday qilib, Samarqand shahridagi 64-maktabda qolishni davom ettiraman.


Tabi Solayan (Janubiy Afrika)
Mening ismim Tabi Solayan, familiyam esa Mapunya Mokanyane. Men Janubiy Afrikadanman, huquqshunosman. Menda huquq bo‘yicha diplom va bakalavr darajasi bor, shuningdek, ingliz tilini o‘qitish va tibbiy neyrofiziologiya bo‘yicha ham sertifikatim bor. Janubiy Afrikadagi Johannesburg universitetida tahsil olganman. Hozirda Samarqand shahridagi 8-maktabda ingliz tilidan dars bermoqdaman.


📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🚀 Til o‘rganishda eng ko‘p qiynaladigan 2 bo‘lim: Speaking va Writing

🗣 Speaking’da duch kelinadigan muammolar
Ko‘pchilik grammar va so‘zlarni biladi. Lekin gapirishga kelganda to‘xtab qoladi. Fikr bor, ammo og‘izdan chiqmaydi. Suhbat paytida ikkilanib qolish ko‘p uchraydi. Talaffuzga ishonchsizlik ham gapni uzib qo‘yadi. Kundalik iboralar ishlatilmaydi. Natijada erkin muloqot shakllanmaydi.


🌐 Speaking’ni rivojlantirish
speakingimprove.com bu sayt gapirishga majbur qiladi. Siz tayyor gaplarni yodlamaysiz, balki real vaziyatlarda gapirasiz. Audio va video mashqlar orqali talaffuzni tekshirasiz. Ish, ta’lim, sayohat kabi mavzularda mashq qilasiz. Bu usul IELTS va TOEFL Speaking bo‘limi uchun ayniqsa foydali.


✍️ Writing’da uchraydigan muammolar
Yozishda xatolar aniq ko‘rinadi. Grammatik kamchiliklar darrov seziladi. So‘z boyligi cheklangan bo‘lsa, fikr to‘liq chiqmaydi. Inshoda mantiqiy bog‘lanish yetishmaydi. Shu sabab ko‘pchilik yozishni yoqtirmaydi va undan qochadi.


🌐 Writing’ni rivojlantirish
writingimprove.com bu platforma yozishni tizimli o‘rgatadi. Essay va insholar orqali amaliy mashq qilasiz. Har bir xato bo‘yicha tavsiya olasiz. Qadam-baqadam yozish tartibi shakllanadi. Beginner’dan Advanced darajagacha mos keladi. IELTS va TOEFL Writing uchun ham foydali.


📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar
#LanguageForTheFuture

🔴Xabaringiz bor, ayni damda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida fakultativ darslar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda o‘quvchilar tilni bilish darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratilgan va xorijiy mutaxassislar ishtirokida darslar tashkil qilib kelinmoqda.

🌐Videolavhada: Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta‘lim maktabi.

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Kelajak_uchun_xorijiy_til

Toshkent shahrida bitiruvchilarning xorijiy til ko‘nikmalarini baholash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

2026-yil 26–27-mart kunlari Toshkent shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun xorijiy til ko‘nikmalarini baholash jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Baholash jarayonlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Unda 3234 nafar o‘quvchi loyiha doirasidagi fakultativ mashg‘ulotlarda yuqori natija ko‘rsatganlar orasidan saralab olingan.


📊Mazkur baholashdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
➡️o‘quvchilarning til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini aniqlash;
➡️ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish;
➡️xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishga ko‘maklashish.

🫥Baholash natijalari asosida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi tahlil qilinib, mavjud yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.

Ma’lumot uchun: 26-27-mart kunlari 3 ta ko‘nikma bo‘yicha test jarayonlari o‘tkaziladi. “Speaking” bosqichi esa har bir o‘quvchi uchun alohida tarzda 30-martdan boshlab tashkil etiladi.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1