Language for the future
1.54K subscribers
55 photos
10 videos
12 links
Youtube: youtube.com/lang_future
E-mail: language@uzedu.uz
Download Telegram
📚 Ingliz tilini tizimli va barqaror o‘rganish uchun 5 eng samarali qo‘llanma

📗 English Grammar in Use — Raymond Murphy
Bu qo‘llanma grammatikani real gaplar asosida o‘rgatadi. Har bir qoida qisqa tushuntirish va aniq misollar bilan beriladi. Mashqlar orqali qoida mustahkamlanadi. Writing va speaking uchun kuchli asos bo‘ladi.


📙 Oxford Word Skills
Lug‘at mavzular bo‘yicha tartiblangan. Har bir so‘z gap ichida ishlatiladi. Mashqlar orqali so‘zlar active usage’ga o‘tadi. Daily conversation, travel, study va work mavzulari alohida qamrab olingan.


📕 English File (Oxford)
Listening, speaking, reading va grammar bir dars ichida ishlanadi. Audio va video materiallar real-life situations asosida. Pronunciation uchun maxsus bo‘limlar bor. Gapirishga majbur qiladigan tasks orqali fluency shakllanadi.


🎧 BBC Learning English
Listening’ni rivojlantirish uchun eng qulay manba. Nutq aniq va tushunarli. Grammar short lessons orqali yengil tushuntiriladi. News, interviews va daily topics real til muhitini beradi. Shadowing usuli bilan speaking ham rivojlanadi.


📘 Essential English Words — Paul Nation
Eng ko‘p ishlatiladigan 1000–4000 so‘z asosida tuzilgan. Har bir so‘z real kontekstda beriladi. Collocations va common phrases ham qamrab olingan. Reading tezlashadi. Listening paytida so‘zlarni tezroq ajrata boshlaysiz.


@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tajribasi
#Kelajak_uchun_xorijiy_til

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi haqida xorijiy va mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari fikrlari.


Halley Russell — Mirobod tumanidagi 175-maktab ingliz tili ustozi
Foad Alnasiri — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 279-maktab ingliz tili ustozi
Amine Ounissi — Yunusobod tumanidagi 302-maktab ingliz tili ustozi
Alelee Crail Kabluyen Yashnobod tumanidagi 255-maktab ingliz tili ustozi
Moltanban Jon Ann — Yashnobod tumanidagi 215-maktab ingliz tili ustozi

🔰 Ma‘lumot o‘rnida:
о'quv yili so'nggida loyiha ishtirokchilarining til bilish sertifikati sinovlarida ishtirok etishlari rejalashtirilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tajribasi
#Kelajak_uchun_xorijiy_til

Umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til mutaxassislarini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Marosimda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, tuman bo‘limlari rahbarlari hamda ta’lim sohasidagi ustozlar qatnashdi.

🎯Uchrashuv davomida xorijiy tillarni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, 2025-yil davomida, o‘quvchilar erishayotgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Kelajak uchun xorijiy tilloyihasi doirasidagi faoliyat muhokama qilindi.

🥇Tadbir yakunida poytaxt maktablarida dars berayotgan xorijiy pedagoglarga munosib tarzda tashakkurnomalar topshirildi.

ℹ️Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasidagi dars mashg‘ulotlarini o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar xorijlik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👍2👏1🎉1🤝1
🚀 Til o‘rganishda eng katta 5 xato

📖 Faqat kitob bilan o‘rganish
Ko‘pchilik grammar o‘qiydi va so‘z yodlaydi. Lekin gapirishga kelganda qiynaladi. Sababi til faqat o‘qish bilan shakllanmaydi. Listening talaffuzni, speaking esa bilimni mustahkamlaydi. Kitob qoidani beradi, audio tovushni, gapirish esa aniq ko‘nikmani hosil qiladi.


🗣 Xato qilishdan qo‘rqib gapirmaslik
Ko‘p odamlar noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan cho‘chiydi. Natijada umuman gapirmaydi. Gapirmagan odam xato ham qilmaydi, lekin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Har bir xato qayerda kuchsiz ekaningizni ko‘rsatadi. Yaxshi natijalar faqat gapirish orqali paydo bo‘ladi.


Nomuntazam mashq qilish
Bir kun ko‘p o‘rganib, keyin bir necha kun to‘xtab qolish keng tarqalgan holat. Bu usul bilan til xotirada saqlanmaydi. Har kuni qisqa mashq qilish samaraliroq. 15–20 daqiqa yetarli. Muntazamlik tilni odatga aylantiradi va unutishni kamaytiradi.


📝 So‘zlarni alohida yodlash
So‘zni faqat tarjimasi bilan bilish yetmaydi. Gap tuzishda u esga tushmaydi. So‘zni sentence ichida o‘rganish kerak. Qaysi vaziyatda, qaysi so‘z bilan ishlatilishini ko‘rasiz. Shunda speaking paytida so‘z tezroq chiqadi.


🎯 Natijani tez kutish
Ko‘pchilik qisqa vaqtda erkin gapirishni xohlaydi. Bu bo‘lmagach, o‘rganishni tashlaydi. Har hafta kichik o‘sish katta natijaga olib keladi. Bugun tushunganingiz kecha bilmagan narsangiz bo‘lsa, siz oldinga yuryapsiz.


@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_uchun_xorijiy_til
#Fakultativ_darslar

🔴 Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida fakultativ darslar bo‘lib o‘tmoqda.


Unda malakali xorijlik va mahalliy mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarning tilni bilish bo‘yicha 4 ko’nikmasi ustida ish olib borilmoqda.


🔰 Mazkur loyiha doirasidagi mashg‘ulotlar Yangihayot tumanidagi 331-maktab misolida.

#Toshkent_tajribasi
#Language_for_the_future

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
#kelajak_uchun_xorijiy_til

📍Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova poytaxtimizdagi 220-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktabda loyiha uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi, shuningdek, 11-sinf oʻquvchilari uchun tashkil etilgan fakultativ mashgʻulotlar jarayoni kuzatildi.

Bundan tashqari, loyihani samarali tashkil etish va oʻquvchilar bilan ishlashga oid muhim masalalar yuzasidan xorijlik va mahalliy chet tili oʻqituvchilari bilan fikr almashildi.

‼️Maʼlumot oʻrnida: hozirda maktabda 2 363 nafar oʻquvchiga 14 nafar xorijiy til fani oʻqituvchisi taʼlim bermoqda. Ularning 9 nafari xalqaro, 3 nafari esa milliy sertifikatlar sohibidir.

Shu bilan birga, Misr davlati vakili, xorijiy mutaxassis Ahmed Mostafa Abdulkarim ingliz tili fanidan oʻquvchilarga dars olib bormoqda.

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3🔥2👍1👀1
📚 Til o‘rganishni endigina boshlaganlar uchun 8 ta amaliy maslahat

📅 Tilni odatga aylantir
Tilni faqat dars paytida o‘rganish yetarli bo‘lmaydi. Har kuni ozgina bo‘lsa ham shug‘ullanish muhim. Yo‘lda audio tinglash, bir necha gap yozish ham katta foyda beradi. Muhimi, to‘xtab qolmaslik.


🎯 Nima uchun o‘rganayotganingni bil
Aniq maqsad bo‘lsa, o‘rganish osonroq kechadi. Imtihon, ish yoki oddiy suhbat bo‘ladimi, farqi yo‘q, yo‘nalish aniq bo‘lishi kerak. Shunda vaqt ham, kuch ham behuda ketmaydi.


💬 So‘zni gap bilan birga o‘rgan
So‘zni tarjimasi bilan bilish yetmaydi. Uni qayerda va qanday ishlatishni ham bilish kerak. Gap ichida o‘rganilgan so‘z tezroq esda qoladi va gapirishda oson chiqadi.


🗣 Gapirishni kechiktirma
Ko‘pchilik tayyor bo‘lgach gapiraman deb o‘ylaydi. Aslida gapirishning o‘zi tayyorlaydi. Xato bo‘ladi, lekin aynan shu xatolar orqali til o‘rganiladi. Qanchalik ko‘p gapirsang, shunchalik tez o‘rganasan.


🎧 Ko‘proq tingla
Tilni tushunish quloqdan boshlanadi. Avvaliga hammasi tushunarsiz tuyuladi, bu normal holat. Doimiy tinglash bilan talaffuz va gap tuzilishini asta-sekin ajrata boshlaysan.


✍️ Yangi narsani darhol ishlatish
Bugun o‘rgangan so‘zni bugun gapda ishlatishga harakat qil. Kichik matn yoz yoki ovozli mashq qil. Ishlatilgan bilim tezroq mustahkamlanadi.


📚 Bir xil usulda qolib ketma
Faqat kitob yoki faqat video bilan cheklanib qolish zeriktiradi. Turli usullarni aralashtirib o‘rganish qiziqroq va samaraliroq bo‘ladi. Shunda tashlab yuborish ehtimoli ham kamayadi.


Shoshilma, lekin to‘xtama
Til bir kunda o‘rganilmaydi. Har kuni kichik qadam tashlasang, bir necha oyda katta farqni ko‘rasan. Muhimi, davom ettirish.


📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy o‘qituvchilar tajribasi amalda

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish maqsadida xorijiy o‘qituvchilarni ta’lim muassasalariga jalb etish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda 1200 nafardan ortiq xorijiy mutaxassis respublikamiz bo'ylab samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyatida ham 70 nafardan ortiq xorijiy o‘qituvchi ta’lim jarayonida ishtirok etib, o‘zlarining ilg‘or pedagogik tajribalarini mahalliy o‘quvchilar bilan bo‘lishib kelmoqda.

Yzra John Jimenez (Filippin)
Men Yzra John Jimenez, Filippin davlatidanman. Palawan State University universitetini tamomlaganman va “Mehmondo‘stlik menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga egaman. Shuningdek, alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlashga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim sohasi bo‘yicha bilim va amaliy tajribaga egaman.
Tailand davlatida olingan TESOL va CPD sertifikatlariga egaman. Yaqinda Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti tomonidan xalqaro darajada tan olingan CEFR imtihonini muvaffaqiyatli topshirdim.
Hozirda Farg‘ona shahridagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritib, o‘quvchilarning CEFR bo‘yicha speaking, writing va listening ko‘nikmalarini, shuningdek, IELTS imtihoniga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib boryapman.


Rahsepar Hosseinman (Eron)
Men Rahsepar Hosseinman, Eron davlatidanman. Mutaxassisligim bo‘yicha ingliz tili o‘qituvchisiman. Hozirda Farg‘ona shahridagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Umumiy pedagogik ish stajim 17 yilni tashkil etadi.
Magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlaganman hamda London Trinity universiteti tomonidan berilgan xalqaro TESOL sertifikatiga egaman. Faoliyatim davomida turli yosh toifalaridagi o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha yetarli tajriba to‘plaganman.


Feruzxan (Hindiston)
Men Feruzxanman, Hindistonning janubida joylashgan Kerala viloyatidanman. Bakalavr va magistr darajalarini o‘z mamlakatimdagi oliy ta’lim muassasalarida olganman. Hozirda xalqaro o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqdaman.
Mehnat faoliyatim davomida 8 yil davomida Birlashgan Arab Amirliklarida, 2 yil esa O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida ishlaganman. Ayni paytda Quvasoy shahrida faoliyat olib boryapman. TEFL va IELTS sertifikatlariga egaman. Ushbu hududdagi o‘quvchilar juda faol va qiziquvchan bo‘lib, ulardan katta ijobiy energiya olaman. Quvasoy shahri aholisi mehribon va mehmondo‘stligi bilan yodimda qoldi.


Joy Anne Ganner (Filippin)
Assalomu alaykum. Mening ismim Joy Anne Ganner. O‘quvchilarim menga “Miss Ann” deb murojaat qilishadi. Men Filippin davlatidanman. Filippindagi Baguio universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” yo‘nalishini tamomlaganman.
TESOL/TEFL xalqaro sertifikatlariga egaman. TOEIC imtihonidan 925/990 ball to‘plab, C1 darajasini qo‘lga kiritganman. So‘nggi ikki yil davomida Farg‘ona shahridagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida samarali faoliyat yuritib kelmoqdaman.


Osman O‘lu (Turkiya)
Salom, mening ismim Osman O‘lu. Men Turkiya Respublikasidanman va joriy yilning dekabr oyida Quvasoy shahriga kelganman. Bu yerda faoliyat yuritish menga katta mamnuniyat bag‘ishlamoqda.
Anqaradagi Gazi universitetining xorijiy tillar fakultetini tamomlaganman. 2016-yilda ingliz tilini o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini yakunlaganman.
20 yildan ortiq pedagogik tajribaga egaman. Hozirda Quvasoy shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.


📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
7 KUNLIK TIL O‘RGANISH AMALIY REJASI

1-KUN. Tinglash va takrorlash
Til quloqdan boshlanadi. Avval eshitmasdan gapirish qiyin bo‘ladi. Shu kuni qisqa audio tanlaysiz va diqqat bilan tinglaysiz. Eshitgan gaplaringizni baland ovozda takrorlaysiz. Ovozingiz ishonchsiz chiqsa ham to‘xtamaysiz. So‘ng 2–3 ta gapni yozib qo‘yasiz. Siz miyani yangi tilga moslayapsiz.

2-KUN. So‘zlarni gap ichida o‘rganish
So‘zni tarjimasi bilan yodlash yetarli emas. Shu kuni kamroq so‘z olasiz, lekin har birini gap ichida ishlatasiz. Har bir so‘zdan sodda jumla tuzasiz va aytasiz. Talaffuzni audio bilan solishtirasiz. Xato chiqsa, bu muammo emas. Siz so‘zni emas, foydalanishni o‘rganayapsiz.


3-KUN. Grammatika va gapirish
Grammatika gapirish uchun xizmat qiladi. Shu kuni faqat bitta qoida o‘rganasiz. Uni darhol gaplarda ishlatasiz. Bir nechta jumla tuzib, baland ovozda aytasiz. Keyin 2–3 tasini yozib qo‘yasiz. Qoida asta-sekin odatga aylanadi.


4-KUN. Kichik dialoglar
Til jonli suhbatda rivojlanadi. Shu kuni qisqa dialog qilasiz. Mavzu oddiy bo‘lsin. Oila a’zosi yoki do‘st bilan 5–10 daqiqa inglizcha gaplashasiz. Audio dialoglar tinglaysiz va real nutq qanday bo‘lishini sezasiz. Xatolar bo‘ladi. Bu normal holat.


5-KUN. Video orqali o‘rganish
Video tilni jonlantiradi. Shu kuni qisqa video ko‘rasiz. Hamma gapni tushunish shart emas. Muhimi 1–2 ta gapni tanlab, baland ovozda aytish. Qiziqarli iboralarni yozib qo‘yasiz. Bu tabiiy til muhiti.

6-KUN. Kichik hikoya tuzish
Bu kuni o‘rganganlaringizni birlashtirasiz. Yangi so‘zlar bilan 2–3 jumladan iborat mini hikoya tuzasiz. Juda sodda bo‘lsin. O‘qib berasiz. Talaffuz va grammatikani tekshirasiz. Shu paytda til faol ishlay boshlaydi.


7-KUN. Takrorlash va baholash
Haftada o‘rgangan so‘zlar va gaplarni qayta ko‘rib chiqasiz. Baland ovozda aytasiz. Oldin qiyin bo‘lgan joylar endi osonlashganini sezasiz. Bu sizga ishonch beradi. O‘zingizni rag‘batlantirasiz va keyingi haftaga tayyorlanasiz.


📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉1