▶️ KUN YANGILIGI | Rasmiy
19.8K subscribers
15.1K photos
9.15K videos
2 files
21.7K links
🇺🇿 O'zbekiston va dunyo xabarlarini bizning kanalda kuzating.

Mamlakatlar bilan bog‘liq rasmiy xabarlar!

♻️ Instagram👉 instagram.com/kunyangiligi

🎯 Voqea, xodisaga guvoh bo‘ldingizmi 👀
bizga yuboring: @kunadmin_bot
Download Telegram
Toshkent shahridagi masjidlarda oʻgʻirlik qilib yurgan shaxs qoʻlga olinib, 6 yilga qamaldi

Toshkent shahar JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan fuqaro I.O. ga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi.

Fuqaro I.O Toshkentdagi “Abu-saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qoʻyish joyida turgan kurtkalardan birining choʻntagidagi 60 ming soʻm va “Samsung A24” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab, voqea joyini tark etgan.

Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, “Samsung A23” telefon apparatini “qoʻlga kiritgan”.

Sud hukmiga koʻra, I.O. ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Instagram | Telegram
Xorazmda fermer xoʻjaliklariga sotish uchun ajratilgan jami 214 mln soʻmlik yoqilgʻi-moylash materiallari operatorlar tomonidan talon-toroj qilingan

Xorazm viloyatida “U.N.” MCHJga qarashli FYOTSH sobiq katta operatorlari A.A. va D.E. fermer xoʻjaliklariga sotish uchun ajratilgan jami 214 mln soʻmlik yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Instagram | Telegram
⚡️Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Instagram | Telegram
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida axborot sohasi va madaniy-gumanitar yo'nalishlarda hamkorlik qilish, shuningdek, ushbu masalalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni birgalikda o‘tkazish yuzasidan fikr almashilgan.

Instagram | Telegram
Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga sayohat maqsadi turizm bo‘lsa va qolish muddati 90 kundan oshmasa, vizasiz borishi mumkin edi.

Instagram | Telegram
Orenburg viloyatida toʻgʻon buzildi. Odamlar evakuatsiya qilinmoqda

Orenburg viloyatining Orsk shahrida toʻgʻon buzildi. Shahar va unga yaqin aholi punktlari aholisi zudlik bilan sel zonasidan evakuatsiya qilinmoqda.

TASS manbasiga koʻra, toʻrt mingga yaqin xususiy turar-joy binolari suv toshqini zonasiga tushishi mumkin.

Mash telegram kanali xabariga koʻra, Orskdagi butun Eski shahar va Nikel qishlogʻini zudlik bilan evakuatsiya qilish eʼlon qilingan.

Viloyatning uch mingdan ortiq aholisi avvalroq suv toshqini tufayli evakuatsiya qilingan edi, deb yozadi “TASS”. Viloyatda 5-aprel holatiga koʻra, 95 ta aholi punktida 1825 ta turar-joy binosi va 5242 ta tomorqa yerlari suv ostida qolgan.

Orsk 200 mingga yaqin aholisi boʻlgan Orenburg viloyatidagi ikkinchi yirik shahardir.

Instagram | Telegram
Afg‘onistondagi qamoqxonalarda 40 nafar xorijlik fuqaro saqlanmoqda — “Tolibon”

“Tolibon” qamoqxonalari bo‘limi muovini Habibulla Badr bu haqda ma’lumot berdi. U chet el fuqarolari Afg‘onistonda turli jinoyatlar sodir etgani uchun hibsga olingani, ularning aksariyati qo‘shni davlatlardan ekanini aytdi.

Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandga kelgan sel katta trassadagi mashinalarni oqizib ketmoqda.

Instagram | Telegram
Saudiya Arabistonidagi The Line osmono’par shahari qurilishi sezilarli darajada sekinlashdi. 2030 yilga kelib, loyihaning atigi 1,5 foizi tayyor bo’ladi.

170 kilometrlik bino olti yil ichida qurib bitkazilishi taxmin qilingan edi, biroq yangi hisob-kitoblarga ko’ra, bu vaqtga qadar bor-yo’g’i 2,5 kilometri qurib bitkaziladi. Bundan tashqari, qurilishni moliyalashtirish kamayganligi sababli quruvchilar guruhida qisqartirishlar boshlandi.

G’oya bo’yicha The Linea loyihasi mamlakat iqtisodiyotini o’zgartirishi, vektorni neftdan texnologiyaga o’tkazishi kerak. Ammo bir muammo bor — loyiha qiymati 1,5 trillion dollardir.

Instagram | Telegram
Rossiyada suv toshqinlari davom etmoqda

Kurgan shahrida xavfdan ogohlantirish sirenalari yangramoqda. Mahalliy maʼmuriyat odamlarni zudlik bilan uylarini tark etib, xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirmoqda.

“Rossiya Federatsiyasining 39 ta hududida 12 700 ga yaqin turar-joy binolari toshqin zonasida qolmoqda. Mahalliy aholini evakuatsiya qilish davom etyapti”, deya xabar beradi Rossiya FVV.

Instagram | Telegram
Oʻzbekistonliklar yana bir xavfli bolalar siropidan ogohlantirildi.

“Rinotin kids” nomli siropning ichida nimadir borligi va dorining qopqogʻi mogʻorlaganligi sababli xaridorlar tomonidan qaytarib olib kelinganligi aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan soʻng Sanepidqoʻmita tomonidan “Rinotin kids” siropiga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

Aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida “Rinotin kids” nomli sirop mahsulotlari dorixonalardan qaytarib olinmoqda.

Instagram | Telegram
Forwarded from Online Shop🛍
📌 Sizda jinsiy muammolar bormi?

🎯 Endi viagralar, turli dori vositalari sizga kerak emas...

🍫 Chunki bizda siz uchun ajoyib yechim bor. Tabiiy afrodizyak shokoladni sinab ko'ring.

🔹 Kuchli erektsiya kuchini beradi;
🔹 Erta eyakulyatsiyani yaxshilaydi va eyakulyatsiyani kechiktiradi
;
🔹 Erkaklar va ayollar uchun mo'ljallangan.

💡 Ko'proq zavqlanishingiz uchun erektsiya vaqtini uzaytiring, Shokolad sizga Jinsiy aloqalar sonini ko'paytirishga yordam beradi.

🔥 Bir parcha shokoladni sherigingiz bilan baham ko'rish orqali tunni mazmunli o'tkazing.

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish bepul
🚚 Hoziroq buyurtma bering👇🏻
👉 batafsil.com/s/i8H9o
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistonning Hilmand viloyatida mashinasi bilan suv toshqinida qolib ketgan erkak “Tolibon” milliy armiyasi vertolyoti yordamida qutqarib olindi.

“Tolibon” rasmiylari Afg‘oniston bo'ylab suv toshqinlari oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Instagram | Telegram
Shakar arzonlashdi – Raqobat qo‘mitasi

Qo‘mitaga ko‘ra, 16-apreldan birjaga chiqarilayotgan shakar 20% ga oshirilib, 2500 tonnaga yetkazilgan. Natijada narx 6% ga – 12 860 so‘mga pasaygan.

Ta’kidlanishicha, bozorlardagi “Elga xizmat” rastalari va yirik savdo tarmoqlarida shakar narxi arzonlashgan – 1 kg uchun 13 000 so‘m.

Hozirda mahalliy shakar zavodlarida 258 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud. Iyungacha 153 ming tonna xomashyo yetkazib beriladi.

Instagram | Telegram