Amir va xonlarning qaysi gazetalarni mutolaa qilishgani, ularga qanday mazmundagi maqolalar ma’qul kelgani-yu, ular qaysi gazetalarga obuna bo‘lgani haqidagi ma’lumot kishida qiziqish uyg‘otishi tabiiy.
Maqolani o'qish:👉https://telegra.ph/Buxoro-amirlari-va-Xiva-xonlari-gazeta-oqiganmi-09-04
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar

Telegraph
Buxoro amirlari va Xiva xonlari gazeta o‘qiganmi?
Italyancha “gazzetta” – “chaqa pul” so‘zidan olingan ushbu davriy nashrning hozirgi ko‘rinishdagi dastlabki turlari XVI-XVII asrlarda Evropada paydo bo‘lgan. Biroq uning Turkistonga kirib kelishi biroz keyinroq yuz berdi. 1870 yildan Toshkentda chiqa boshlagan…
Humoyun podshoh bobosi kabi vafot etgan
Humoyun podshoh 1530 yil Hindiston taxtini egalladi. Uning hukmronligi davri ziddiyatli voqealar bilan kechdi. U 1540 yil Hindiston taxtidan ayrilgach, Kobul, Qandahor va Eronda bo‘ldi, hayoti bir tekis bo‘lmadi, otasi Bobur mirzo kabi yurt ilinjida sanson bo‘ldi.
Humoyun podshoh 1555 yil Hindistonning ma’lum qismini qayta qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Uning harbiy harakatlarini Eron shohi Tahmosb qo‘llab-quvvatlagan. Humoyun Shyerxon surning vorisi Iskandarshohga zarba berib, Dehliga kiradi va uni qo‘lga kiritadi. Lekin hali Hindiston butunlay fath etilmagan edi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, Humoyun har kuni kechqurun kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning eng ko‘p o‘qiydigan kitoblari Boburning “Vaqo’i”, Navoiyning “Xamsa” va Xoja Ahror asarlari bo‘lgan. Shunday mutolaali tunlarning birida, 1556 yilning 24 yanvar kechasi o‘z kutubxonasidan tushib kelayotganida qoqilib, zinapoyadan yiqilib, bir necha pog‘onadan yumalab tushadi. Hayoti faoliyatining baland-past bo‘lishi, ziddiyatli, g‘amgin va sitamli davrlarning ko‘p bo‘lganligi sabab jismi ham zaiflashib qolgan podshohning shu yiqilishda joni uzilgan edi. Bu paytda Humoyun 49 yoshda bo‘lgan (Otasi 47 yoshda vafot etgan edi). Uning o‘limi holati bobosi, Bobur mirzoning otasi Umarshayx mirzo halokatiga o‘xshashdir. Umarshayx ham 1494 yil Axsi qo‘rg‘onidagi kabutarxonadan yiqilib halok bo‘lgan va bu paytda u 39 yoshda bo‘lgan.
A.T. Zamonovning “Boburiylar va Movarounnahr” risolasidan

Telegram
Kvazar
Kvazar kanaliga xush kelibsiz!
Kanalda ilmiy maqolalar,tarixiy faktlar,turli turkum va ruknlarda ma'lumotlar mavjud.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Zokirjon_Qayumov
Youtube https://www.youtube.com/@kvazar6683

SAMARQANDDA 400 YILDAN SO‘NG O‘Z YECHIMINI TOPGAN KASHFIYOT
Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir vatanparvar inson bo‘lgan. U obodonchilik, qurilish ishlariga katta e’tibor bergan. Jumladan, Samarqanddagi Sherdor madrasasi (1619-1636 yy.), Tillakori masjid-madrasasi (1646-1660 yy.), Maxdumquli A’zam masjidi, xonaqosi (1618 y.) va boshqalarni qurdirgan.
Sherdor Madrasasi peshtog‘i simmetrik qilib ramziy naqshlar bilan bezatilgan, qizg‘ish zarhal Sher nozik oq ohuni quvib ketayotgani tasvirlangan. Usta mulla Abdujabbor nafaqat naqsh tilini, balki go‘zallik falsafasini, ramziylikni bilgan va mustaqil ijodkor usta bo‘lgan. Bunday tasvirning ulkan bino peshtog‘ida ishlanishi bilan me’mor qanday maqsadni nazarda tutgan ekan?
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/SAMARQANDDA-400-YILDAN-SONG-OZ-YeCHIMINI-TOPGAN-KASHFIYOT-09-06

SAMARQANDDA 400 YILDAN SO‘NG O‘Z YeCHIMINI TOPGAN KASHFIYOT
SAMARQANDDA 400 YILDAN SO‘NG O‘Z YeCHIMINI TOPGAN KASHFIYOTHar yili dunyoning turli burchaklaridan qadim va hamisha navqiron Samarqandga ming-minglab sayyohlar kelishadi. Registon maydonidagi biri-biridan betakror va jozibali minora-yu madrasalar ko‘rku jamoli…
"Abdullaxon bandi" uch asrga yaqin xizmat qilgan
2020-yil may oyida Sardoba tog'onining o'pirilishi oqibatida turli xabarlar,mish-mishlar urchib ketdi.Ammo XVI asrda qurilgan "Abdullaxon bandi" uch asrga yaqin xizmat qilgan.
Maqolani o'qish:👉https://telegra.ph/Abdullaxon-bandi-09-06

Abdullaxon bandi
“Abdullaxon bandi” uch asrga yaqin xizmat qilganMamlakat iqtisodiyotida dehqonchilik asosiy o‘rin tutganligi hududda sug‘orish ishlariga alohida ahamiyat qaratishni taqozo etardi. Shu bois ham, shayboniylar davrida ham Movarounnahrda katta-kichik daryo va…
Amir Olimxonning bolshevik og'li Shohmurod Olimov
1929 yil 16 iyun kuni «Izvestiya» ro‘znomasi Shohmurod Olimovning otasiga ochiq xatini e’lon qildi.
«Men senga umrimda birinchi va so‘nggi marotaba xat yozayapman. Men xat yozishni, oramizda hech qanday aloqa o‘rnatilishini istamagan edim. Lekin keyingi kunlarda yuz bergan voqealar meni senga yuragimning qoni bilan xat yozishga majbur etdi.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Shohmurod-Olimov-09-07
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar
1929 yil 16 iyun kuni «Izvestiya» ro‘znomasi Shohmurod Olimovning otasiga ochiq xatini e’lon qildi.
«Men senga umrimda birinchi va so‘nggi marotaba xat yozayapman. Men xat yozishni, oramizda hech qanday aloqa o‘rnatilishini istamagan edim. Lekin keyingi kunlarda yuz bergan voqealar meni senga yuragimning qoni bilan xat yozishga majbur etdi.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Shohmurod-Olimov-09-07
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar
Telegraph
Shohmurod Olimov
Amir Olimxonning Bolshevik o‘g‘li Shohmurod OlimovAmir ikkinchi o‘g‘il Shohmurod Olimovning taqdiri esa boshqacha bo‘ldi. 1929 yil 16 iyun kuni «Izvestiya» ro‘znomasi Shohmurod Olimovning otasiga ochiq xatini e’lon qildi. «Buxoro amirining o‘g‘li o‘z otasiga…
Amir Muzaffarning Viktoriyaga xati
Hindiston mamlakati va Sind saroyining podshohi, malikai muazzama, Jamshid kabi oliyhimmat shoh, yulduz kabi ko‘p sipohga, quyosh kabi taxtga, Faridun kabi boshqaruvga, Bahrom kabi savlatga, Kayvon kabi qadga, Barjis kabi qomatga, Attorid kabi donolikka, Nohit kabi martabaga ega bo‘lgan, qudratli davlatga asos solgan, yashnayotgan davlat qonunlari kuchini mustahkamlayotgan, Farangiston (Britaniya) va Hindiston shaharlari hukmroni, isaviylik [xristianlik] shariatini haqiqiy biluvchi, masih millati tafakkuri sirlarining koshifi, buyuk Hoqonlar va muazzam shahanshohlar xonadonining yagona vakili, ya‘ni Hoqoni A‘zam va buyuk qirolichaning dimog‘i doimo baxt mayidan xush va omad hamda baxt quvonchi ostida bo‘lsin!
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Amir-Muzaffarning-xati-09-08

Amir Muzaffarning xati
O‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmi Osiyo tarixiga bosqinchilik davri bo‘lib kiradi. Bir tomondan Buyuk Britaniya mustamlakachilari Hindistonni to‘la zabt etib, boshqa qo‘shni mamlakatlarni ko‘z ostiga olib turgan, ikkinchi tomondan, Rossiya bosqinchilari…
Forwarded from Kvazar (Kvazar)
O'rta Osiyoda o't ochar qurollar qachon paydo bo'lgan?
O‘rta Osiyoda ilk bor to‘p – ra’dlar Amir Temur qo‘shinida bo‘lgan. Nizomiddin Shomiyning ma’lumotiga qaraganda, ra’dlarni boshqaruvchi to‘pchilarning soni 10 mingga yetgan. Temur tomonidan ilk marta 1379 yili Urganch qamal qilingan vaqtda jangga solingan. Ra’dning Amir Temur tomonidan qo‘llanilishi XV-XVI asrlarda Movarounnahr, Xuroson va Eronda artilleriyaning boshqa turlari paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi.
Batafsil o'qish:👉https://telegra.ph/Orta-Osiyoda-ot-ochar-qurollar-qachon-paydo-bolgan-08-13
Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar

O‘rta Osiyoda ilk bor to‘p – ra’dlar Amir Temur qo‘shinida bo‘lgan. Nizomiddin Shomiyning ma’lumotiga qaraganda, ra’dlarni boshqaruvchi to‘pchilarning soni 10 mingga yetgan. Temur tomonidan ilk marta 1379 yili Urganch qamal qilingan vaqtda jangga solingan.…
Sohibqironning sirlarga boy uzugi
1965 yilda Hirot shahrida Xo‘ja Abdulla Ansoriyning tavallud topganligi ming yilligini nishonlash munosabati bilan o‘tkazilgan jahon xalqaro qo‘lyozmalar ilmiy konferentsiyasida Sulton Husayn Bayqaro va Mir Alisher Navoiy qabrlarini ochib, tegishli tadqiqotlar o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.Shunda Husayn Bayqaro jasadining o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ida g‘aroyib uzuk topiladi. Olimlar uni o‘rganishni boshlaydilar. Ustod Xalillo Xaliliy bu noyob topilmani o‘z qo‘li bilan Muhammad Zohirshohga tuhfa qiladi. Mazkur dalillarga asoslanib, shuni xulosa qilish mumkinki, bu ajoyib-g‘aroyib topilma sohibqiron Amir Temurdan uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tgan.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Sohibqironning-uzugi-09-09

Sohibqironning uzugi
Amir Temur hazratlarining hayratomuz sirli uzuklari haqida bu kunga kelib yangi ma’lumotlar ayon bo‘ldi. Chunki bu qimmatbaho durdona O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklaridan biri bo‘lib, tarix zarvaraqlarida tengsiz, misli ko‘rilmagan topilmadir. Shu bois…
Amir Temurning To‘xtamishga qarshi yana bir harbiy hiylasi
Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasida uch yirik jangning so‘nggisi 1395 yil aprel oyida Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yida bo‘lgan. Jangdan oldin Temur To‘xtamishxonning hiravuli (oldingi qism)ni yanchib Sunji daryosini jang bilan kechib o‘tadi. Ertasi kuni qulay pozitsiya qidirgan Sohibqiron Terekning o‘ng sohili bo‘ylab yura boshlaydi. Daryoning so‘l qismida bo‘lgan To‘xtamishxon o‘z raqibining daryodan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qoravul ajratadi va bu soqchi qism daryoning chap qirg‘og‘i yoqalab movarounnahrliklarni tinimsiz kuzatib boradi. Ikkala qo‘shin uch kun davomida shu alpozda asta-sekin harakat qilib boradi. Uchinchi kuni Amir Temur lashkargohda bo‘lgan ayollarga dubulg‘alar kiyishni va jangchilar o‘rnini egallashni, erkaklarga esa ikkitadan ot olib lashkargohni tezda tark etishni amr qiladi. Qarorgohda erlar shakliga kirgan ayollar, ular nazoratidagi g‘ulomlar va asirlardan o‘zga kuch qolmaydi. Bu katta harbiy hiyla o‘z navbatida katta tavakkalchilik edi. Ayollar va asirlarni kuzatishda davom etgan To‘xtamishxon qismlari Amir Temuring asosiy qo‘shini kechuvga ketganidan bexabar qoladi. Shu tariqa, tun bo‘yi Amir Temur qo‘shini To‘xtamishxon soqchi guruhining ko‘zini shamg‘alat qilib Terek daryosidan kechib o‘tishga muyassar bo‘ladi.
Uch kunlik jangdan so‘ng Amir Temur yorqin g‘alabaga erishadi.
©A.T.Zamonov

Usmoniylar tarixi: Sulton Sulaymon chindan ham Xurramga qaram bo‘lganmi?
“Sulton Sulaymonning taxt ustidagi 46 yilini o‘rganib chiqsak, u yurishlarda 48 ming kilometrdan ortiq masofani ortda qoldirgani ma’lum bo‘ladi. Sulton bu masofani konditsionerli “Mersedes”da bosib o‘tmagan. Demak oddiy hisob-kitoblarda ham Sulaymon Qonuniyning poytaxtda yashashga vaqti bo‘lmagan. Haramdagi mayda-chuydalarga aralashishgaku inchunun.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Usmoniylar-tarixi-Sulton-Sulaymon-chindan-ham-Xurramga-qaram-bolganmi-09-10

Usmoniylar imperiyasi davomiyligi, shiddatli voqealarga boyligi va jahon tarixida tutgan o‘rni tufayli tilga tushgan. Ayniqsa turk kinoijodkorlari tarafidan ishlangan “Muhtasham yuz yil” seriali mazkur sulola tarixiga qiziqish bilan birga bu davlat turizm…
Islomning Yevropaga kirib kelishi uchun zamin yaratgan Gvadalet jangi
Tanjer noibi Tariq Ibn Ziyod 711 yil 30 aprel kuni Pireney yarimoroliga qadam qo‘ydi. U kechib o‘tgan bo‘g‘oz bugun ham uning sharafiga Gibraltar deb ataladi. Arabchada Jabar al Tariq, ya’ni Tariq tog‘i ma’nosini beruvchi bu atama Gibraltar shakliga o‘zgargan. Gibraltar qoyasiga o‘rnashgan Tariq Andaluziya fathini shu yerdan turib amalga oshira boshladi. Qirg‘oqqa chiqqandan keyin Tariq barcha kemalarni yoqib yubordi va quyidagi mashhur nutqini aytdi: «Ey odamlar, qochish qayerda? Sizning orqangizda dengiz va oldingizda dushmaningiz, sizda faqat Allohga bo‘lgan iymon va sabr bor».
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Islom-Yevropada-09-11

Islom Yevropada
Islom Yevropada. Musulmon Ispaniyasiga asos solgan Gvadalet jangi haqida711 yil 19 iyul kuni Gvadalet shahrida Tariq ibn Ziyod boshliq islom qo‘shini vestgotlar hukmdori Rodrigo qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi va Ispaniyaga islom kirib kelishi boshlandi…
Sharq ayollariga xos nozik aql-farosat,o'tkiz zehn va go'zallik sohibi,fransuzlar qiroli Lyudovik IX va salibchilarni Misr hamda Yaqin Sharq hududidan quvib chiqarishda munosib o'ringa ega Malika Shajar haqida eshitganmisiz?Uning asli turkiylardan ekanidan xabaringiz bormi?
Batafsil o'qish:👉https://telegra.ph/Malika-Shajar-qismati-09-11
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar
Batafsil o'qish:👉https://telegra.ph/Malika-Shajar-qismati-09-11
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar
Telegraph
Malika Shajar qismati
Musulmon Turkiston xalqlarining tarixi Islom olami tarixining uzviy bir qismidir. Boshqacha aytganda, umumjahon tarixining shakllanishida ajdodlarimizning, munosib o‘rinlari bor. Siz butun dunyoda jiddiy o‘rganiladigan «Salib yurishlari» deb ataladigan mashhur…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_Tarixi
Bundan roppa-rosa 19 yil avval — 2001-yil 11-sentabrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida mudhish fojia ro‘y bergan.O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi binosi – Pentagonga kelib urilgan edi.
11-sentabr fojialari jahon afkor ommasi tomonidan “butun dunyo sivilizatsiyasiga qarshi qilingan tahdid” deb baholandi va qattiq qoralandi.

Alisher Navoiyning o‘limiga kim va nima sabab bo‘lgan yoxud jur’atsiz “lofchi”ning qilmishi
Hazrat esa “bemor tomiridan o‘sha yerdayoq darhol qon olinsin”, deya buyurdi. Ammo chopar qaytib kelgunicha va qon oluvchini topgunicha uch farsax (18-20 km.) masofani bosib o‘tgani boisidan fursat qo‘ldan berilib, shu sababli qortiq (qon olishda ishlatiladigan nina) qo‘yib qon olinganida, besh-olti ser (350-400 gr)dan ko‘p qon chiqmadi. Uyga eltishgach, tabiblar yana bir marta qon olmoqchi bo‘ldilar. Ammo ish qo‘ldan chiqqani uchun biror foyda bermadi”.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Navoiyning-olimi-sabablari-09-12

Navoiyning o'limi sabablari
Alisher Navoiyning ajdodlari uzoq yillar temuriylar saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Uning otasi G‘iyosiddin Kichkina Abulqosim Boburning saroy amaldorlaridan, keyinchalik esa Sabzavor shahri hokimi ham bo‘lgan. Bu holat aka-ukalar – Baxlulbek…
Mustafo Kamol Otaturk Sohibqironga nisbatan qanday munosabatda bo'lgan?
Nega 1922-yilda Amir Temurning qilichlaridan biri Otaturkka sovg'a qilingan?
“Usmonli, turk tomirida oqqan qon emas, yiring edi, Amir Temur jarrohday bu yiringni oqizib yubordi va Usmoniylar imperiyasiga yana uch yuz yil umr bag‘ishladi"
Batafsil o'qish:👉https://telegra.ph/Otaturk-va-Sohibqiron-09-12

Otaturk va Sohibqiron
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, shuningdek insoniyat o‘z aqlini tanibdiki, zamonaviy sivilizatsiyalarning ilk davrlaridan boshlab bugunga qadar ne-ne jahongirlarni, olimu-fuzalolarni, tashkilotchi va yo‘lboshchilarni, xullas buyuk shaxslarning…
Abdullaxon II Oqasroyni vayron qilganmidi?
Shahrisabz va Oq saroy temuriylar uchun shonli yoki qiyinchilik davrlarida ham Samarqandga, ya'ni poytaxtga yaqin boshpana bo‘ldi. XVI asrning oxirlarida ikki sulola - temuriylar va shayboniylarning to‘qnashuvida, albatta, boshqa davrlarda bo‘lganidek shaharlardagi imoratlar ham zarar ko‘radi. Lekin Abdullaxonning (1534-1598) Shahrisabzdagi obidalarni, jumladan, Oq saroyni vayron qilgan deyish to‘g‘ri bo‘lmas. Bunga javoban tarixiy manbalar guvohligini keltiramiz.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Oqsaroy-qanday-vayron-etilgan-09-13

Oqsaroy qanday vayron etilgan?
Oqsaroy qanday qilib vayron etilgandi? Temuriylar davrida Shahrisabz ham Samarqand singarih temuriyzodalarning to‘qnashuvlariga guvoh bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Ulug‘bek Mirzo (1409 y) taxtga o‘tirishi bilan bobosining ishlari davomchisi sifatida Shahrisabzda…
Registonni bugungi qiyofaga keltirgan hokim
Yalangto‘sh Bahodir Nurota hokimi oilasida tug‘ilgan. U olchin (qozoqlar, boshqird, Qozon tatarlari, Qrim va Shimoliy Kavkaz no‘g‘aylari, qoraqalpoq va o‘zbeklar tarkibiga kirgan qadimiy yirik turkiy urug‘.
Davomini o'qish:👉https://telegra.ph/Yalangtosh-Bahodir-09-14

Yalangto'sh Bahodir
XVII asrda yashagan Yalangto‘sh Bahodirning (1576-1656) nafaqat O‘zbekiston tarixida, balki butun O‘rta Osiyo xalqlari tarixida, mintaqaning qo‘shni davlatlar bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari tarixida alohida o‘rni mavjud. U tarixiy manbalarda harbiy bilimni…
Turkiyalik bioximik olim, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar bir kuni Amerikada, Los-Anjelesdagi supermarketda xarid qilayotganida, sotuvchi qiz undan “siz qayerliksiz?” deb so‘raydi.
“Turkiyalikman, xonim”, - javob qaytaradi olim.
“Men “Midnight Express” filmini ko‘rganman, - deydi sotuvchi qiz. – Ajoyib film. Siz turklar haqiqiy vahshiy ekansizlar!”
“Men esa, Xirosima va Nagasakini ko‘rganman, - deydi olim. – Afsuski, u film emasdi...”
(C) prozamaniya
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar
“Turkiyalikman, xonim”, - javob qaytaradi olim.
“Men “Midnight Express” filmini ko‘rganman, - deydi sotuvchi qiz. – Ajoyib film. Siz turklar haqiqiy vahshiy ekansizlar!”
“Men esa, Xirosima va Nagasakini ko‘rganman, - deydi olim. – Afsuski, u film emasdi...”
(C) prozamaniya
Kvazar kanaliga a'zo bo'lish uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar
ISLOM SARKARDASI.
1920 yil fransuzlar Suriyani bosib oladi... Generali Anri Guro Damashqqa kirar ekan... U eng avvalo Salohiddin Ayyubiy qabri oldiga keladi... va qo‘pol tarzda: “Mana, biz yana qaytdik, Men bu yerdaman, bu esa Xoch Hiloldan doim ustun bo‘ladi, demakdir, ey Salohiddin”, deb butun arab dunyosini larzaga keltirgan...
1187 yili musulmonlar armiyasi Quddusi sharif darvozalarini ishg‘ol qilish uchun hujumlarini boshladilar. Qo‘shin boshida, Islom tarixida eng yorqin iz qoldirgan musulmon o‘g‘lonlaridan biri Salohiddin turgan edi. Rim papasi da’vati bilan 88 yil oldin salbchilarga boy berilgan muqaddas shahar qonli janglar oqibatida musulmonlar qo‘liga qaytib o‘tdi. Nega qonli deyapmiz? Chunki qonxo‘r salbchilar shaharni bosib olganida hech qimga shafqat ko‘rsatmagan edi: na qarilar, na ayollar va na bolalarga. O‘shanda muqaddas shahar ko‘chalarida musulmonlarning qoni daryo bo‘lib oqqan edi. Bunday ommaviy qotilliklarni sodir etishga qandaydir bir harbiy ehtiyoj yo‘q edi,

balki qo‘rqitib qo‘yish uchun qilingan mudhish bir xunrezlik edi.
Shuning uchun ham Salohiddin shaharni ozod qilish uchun kelganida, shahar ichidagi odamlar dahshatga tushdilar, chunki ularning ko‘pi musulmonlar shaharni boy berib qo‘yganlarida nimalar bo‘lgani yaxshi eslashar edi.
Islom qo‘shinlariga zafar in’om qilindi. Ular Quddusi sharifga “Allohu akbar” sadolar ostiga kirib keldilar, muqaddas shahar musulmonlar qo‘liga qaytarildi. Ushbu voqealarning o‘ziyoq Salohiddinning ismini Quddusi sharif xaloskori, deya tarixning zarvaraqlariga yozib qo‘yish uchun kifoya edi. Biroq, uni mashhur qilgan narsa bu emas edi, balki shaharning nasroniy aholisiga ko‘rsatgan munosabatlari uni afsonaga aylantirdi.Salohiddin 88 yil oldin musulmonlarning qonini daryo qilib oqizgani kabi Quddusi sharif ko‘chalarini qonga to‘ldirmoqchi emas edi. Buning o‘rniga muzaffar musulmon askarlari shaharni bosib ketgan najas va nopokliklardan tozalashga tushishdi. U qasosni man qildi, shuning bilan birga yuz mingdan oshiq nasroniylarning umri saqlab qolindi. Muqaddas shahar nasroniylar ziyorat qilishlari uchun ruxsat etildi. Aslida, salbchilar muqaddas shaharni bosib olgungacha yahudiy va nasroniylar shaharni bemalol ziyorat qilishlari mumkin edi. Salbchilar shaharni bosib olganidan keyin musulmon va yahudiylarning shaharga kirishini taqiqlab qo‘ygan edi.
Kunlardan bir kun, o‘z qo‘shinini ko‘rikdan o‘tkazib yurgan Saloxiddin ko‘ksini mushtlagancha, ho‘ngrab yig‘layotgan salbchi raqiblardan bo‘lgan birining ayolini ko‘rib qoladi. Ayolga yaqin borib, undan faryod chekishi sababini so‘raydi.
- Musulmonlar chodirimga kirib, yoshgina qizalog‘imni olib ketishdi, - javob beradi ayol. Ko‘zi yoshga to‘lgan Saloxiddin qizaloq va uni qul sifatida sotib olgan kishini qidirib topishni, to‘langan pulni egasiga, bolani esa onasiga qaytarishni buyuradi. Oradan bir soat o‘tar-o‘tmay chavandozlardan biri kelib, qizchani onasiga topshirib ketadi.
Salohiddin salbchilarga dars berdi. Ozod qilingan shahar aholisiga muruvvat ko‘rsatib, u dushman dinidan o‘z dini qanchalik ustun ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.Sababi nima?
Salohiddin va uning askarlari nega qasos olmadilar, buning sabablari nima edi? Islom askarlari nega barchaning qonini daryo qilib oqizmadi?
Bu savollarga Salohiddin Ayubiyning o‘zi javob beradi.
Salohiddin ozod qilingan shahar ko‘chalaridan o‘tib ketayotganida bo‘yniga tillo xoch taqib olgan bir qariya uni to‘xtatadi. “Ey buyuk sarkarda, bir narsa so‘rashimga izn bering? - deb qariya unga murojaat qiladi. – Sizga zafar ato qilindi, Quddusni qo‘lga kiritdingiz. Nasroniylar shaharni egallagach, qarilaringiz, ayollaringiz va bolalaringizni so‘yib tashlashdi-ku, hech kimga rahm-shafqat ko‘rsatishmadi -ku? Sizni nasroniylar musulmonlarga qilgan narsa uchun qasos olishdan nima to‘sdi?”
“Zaiflarga rahmli bo‘lish hamda qarilar, ayollar va bolalarni qatl qilishni taqiqlagan dinim to‘sdi”, deb javob qildi Salohiddin. Lol qolgan qariya, eshitganlariga ishonmadan, qayta: “Sizning diningiz, sizlarni shafqatsiz ravishda o‘ldirganlardan qasos olishni man qiladimi?” “Ha, shunday. Dinimiz kechirimli bo‘lishga va solih amallar qilishimizga, yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarishimizga, ahdga vafo qilishga, qasos olishga imkon bo‘laturib kechirib yuborishimizga buyuradi”, deb javob qildi Salohiddin. “Naqadar, go‘zal bu din. Qariganimda va umrim so‘ngida to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgan Robbimga hamdlar aytaman. Diningizni qabul qilish uchun nimalar qilishim kerak”, - deb so‘radi Salohiddindan qariya, Salohiddin esa, unga kalimai shahodatni o‘rgatdi. Qariya Islomni qabul qildi va o‘limi kelguncha Islomning go‘zal hayoti bilan yashadi. Unga juda ko‘p qarindoshlari ham ergashdi.
O‘rnak
Salohiddin bunday olijanoblikni kimdan meros olgan? Unga bularni kim o‘rgatgan? Bunday oliyjanoblik sifatlari unga Islom bilan emlangan. Uni qahramon va rahmdil askar qilgan ham Islomdir.
U Rasululloh sollallohu alayhi vasalamga to‘liq ergashar edi. Xossatan, u Makka fathi kuni mushriklarga qilgan munosabatlari kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashdi.