Navoiy | Kun.uz
3.5K subscribers
6.44K photos
934 videos
6.52K links
Kun.uz’ning Navoiy viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Navoiylik ayolni chuv tushirgan xavfli retsidivist 5 yilga qamaldi

O‘zini guruch savdogari deb tanishtirgan erkak ayolga 100 mln so‘m deya skotchlab o‘ralgan salfetkani tutqazib, uning 18,5 mln pulini olib ketgan.

👉 https://kun.uz/uz/53676335

➡️ Navoiy xabarlari
🥇Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Osiyo chempioni bo‘ldi

4-8 sentyabr kunlari Tailandning Chonburi shahrida kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida VII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Navoiy davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Hayotbek G‘aybullayev raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

➡️ Navoiy xabarlari
Davlat organida korrupsion xavf-xatarni aniqlash tartibi tasdiqlandi

Har yili 1-martga qadar tashkilotning mas’ul tarkibiy bo‘linmasi yoki ishchi guruhi (davlat idorasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat) korrupsiya xavfini baholaydi.

👉 https://kun.uz/uz/40325680

➡️ Navoiy xabarlari
Avgust oyida Navoiy viloyatida qancha nikoh qayd etildi?

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning avgust oyida respublika boʻyicha jami 32 366 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
 
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
 
🔹 Qoraqalpogʻiston R. – 1 392 ta;  
🔹 Andijon viloyati – 2 641 ta;  
🔹 Buxoro viloyati – 1 604 ta;  
🔹 Jizzax viloyati – 1 645 ta;  
🔹 Qashqadaryo viloyati – 3 421 ta;  
🔹 Navoiy viloyati – 1 265 ta;  
🔹 Namangan viloyati – 2 714 ta;  
🔹 Samarqand viloyati – 4 026 ta;  
🔹 Surxondaryo viloyati – 2 584 ta;  
🔹 Sirdaryo viloyati – 936 ta;  
🔹 Toshkent viloyati – 2 614 ta;  
🔹 Fargʻona viloyati – 3 773 ta;  
🔹 Xorazm viloyati – 1 125 ta;  
🔹 Toshkent shahri – 2 626 ta.

➡️ Navoiy xabarlari
Uy sotib olish va uyga ro‘yxatga qo‘yish tartibi yanada osonlashmoqda

Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish tartibotlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

👉 https://kun.uz/uz/90130944

➡️ Navoiy xabarlari
Navoiyda bir bog‘chada 20 nafar bola kasallandi. Holatga yegulik sabab bo‘lishi mumkin

Karmana tumanidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 20 nafar bola birdaniga oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi tashxisi bilan kasallangan. Ularning 10 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/uz/09921537

➡️ Navoiy xabarlari
Ta’limdagi mojarolar, yopilayotgan Samarqand, yana o‘sha jinoyatlar - hafta dayjesti

2-3 barobar qimmatlagan darsliklar: “parda ortidagi o‘yinlar” deb mualliflar nimani nazarda tutyapti? Toshkentda yana ikkita yashil hudud yo‘q qilindi: yerni berib yuborgandan hech kim so‘ramaydimi? Samarqand ShHT sammiti arafasida: aholiga qanaqa cheklovlar bo‘ladi? Yakunlanayotgan haftaning shu va boshqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.

👉 https://kun.uz/uz/70433546

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Oilaviy bog‘cha faoliyatini boshlash uchun belgilangan talablardan biri bekor qilinadi

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi munosabati bilan prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

👉 https://kun.uz/uz/70471626

➡️ Navoiy xabarlari
Navoiyda bolalari kasallangan bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlagan.

👉 https://kun.uz/uz/16109703

➡️ Navoiy xabarlari
Dehqonchilik uchun yerlar aholiga 30 yilga ijaraga beriladi

Fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2022-yil yakunigacha qo‘shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

👉 https://kun.uz/uz/38231064

➡️ Navoiy xabarlari
📸 Yangi bog‘cha ish boshladi

#Zarafshon. Shahardagi Alisher Navoiy mahallasida 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Yashin Dushanov, shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Bog‘cha «Obod mahalla» dasturi doirasida 2.9 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilgan. Endilikda bu yerda 30 nafar «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi.

➡️ Navoiy xabarlari
O‘zbekistonda aholi murojaatlari ko‘rib chiqilishida «raqamli nazorat» joriy qilinadi

Prezidentning «Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/74344554

➡️ Navoiy xabarlari
Avtotransport uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi

Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

👉 https://kun.uz/uz/46790102

➡️ Navoiy xabarlari
Poliklinikalarni reyting baholash tizimi joriy etiladi

“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ular tibbiy xodimlari mehnati samaradorligi uchun mas’uliyatni oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/65389104

➡️ Navoiy xabarlari
Avgustda Navoiyda 114 ta oila ajrashgan

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022-yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 4123 ta, Navoiy viloyatida esa 114 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan. 

👉 https://kun.uz/uz/64524880

➡️ Navoiy xabarlari
#Bilasizmi

❗️Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tugʻilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga haqli emas.

➡️ Navoiy xabarlari
Firibgarlik yoki o‘g‘rilik uchun ozodlikdan mahrum qilish 5 yildan 8 yilgacha etib qat’iy belgilanadi

Senat o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

👉 https://kun.uz/uz/28327652

➡️ Navoiy xabarlari