Andijon | Kun.uz
4.27K subscribers
7.73K photos
1.12K videos
7.39K links
Kun.uz’ning Andijon viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Bugun kamida 9 ta hududdagi maktablarda darslar boshlanadi

Pala-partish va chala e’lon qilingan rasmiy e’lonlarga ko‘ra, 11-yanvardan boshlab:

👉 Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi barcha maktablarda;

👉 Namangan, Samarqand va Surxondaryodagi aksariyat maktablarda;

👉 Jizzaxdagi maktablarning 25 foizida darslar boshlanadi.

Toshkent shahri va Qashqadaryoda ham maktablar 11-yanvardan ochiladi, lekin rasmiy e’lonlar juda tushunarsiz.

Qoraqalpog‘istondagi maktablarda III chorak 12-yanvardan, Farg‘ona viloyatida 16-yanvardan boshlanadi.

Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida ta’til qachongacha davom etishi haligacha aniq emas.

➡️ Andijon xabarlari
12-yanvar kuni harorat 17 daraja sovuqqacha pasayadi

Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 12-yanvar, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/uz/85932261

➡️ Andijon xabarlari
Yo‘llar sirpanchiq vaqtda mashinani to‘g‘ri boshqarish usullari

🔹 Yo‘lning notekis qismida tormozni bosmang;
🔹 Burilish joylarida harakat tezligini bir me’yorda saqlang;
🔹 Sirpanchiq yo‘lda tormozni qattiq bosmang.

⚡️Mashina sirpanishni boshlaganda qanday choralar ko‘rish zarur?

🔹Sirpanchiq yo‘lda rul chambaragini sekin va aniq aylantirish kerak. Agar mashinani orqa g‘ildirak boshqarsa, gazdan oyog‘ingizni oling. Agar oldi g‘ildirak boshqarsa, gazni bosib tezlikni ozgina oshiring;
🔹Mashina sirpanchiq yo‘ldan chiqqandan so‘ng, rul chambaragini to‘g‘ri holatga qaytarish zarur. Agar o‘z vaqtida qaytarmasangiz, avtomobil o‘z yo‘nalishidan boshqa yo‘nalishga o‘tib ketishi mumkin.

➡️ Andijon xabarlari
“Isitish tizimida muammo bo‘lgan bog‘chalarda ham barcha xodimlar ishlayveradi” – vazirlik

Qo‘shimcha ta’til kunlarida isitish tizimida kamchiligi bo‘lgan bog‘chalarning xodimlari ham ishlashi ma’lum qilindi. “Tashkilotning pedagog kadrlari ta’til kunlaridan unumli foydalangan holda ustida ishlashi lozim bo‘ladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

👉 https://kun.uz/uz/00730791

➡️ Andijon xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj: Andijonning qator maktablarida 3-chorak sovuq xonalarda boshlandi

Havo keskin sovishi sabab qishki ta’til 18 yanvargacha deb belgilangan edi. Lekin 11 yanvardan aksariyat hududlarda, xususan Andijondagi maktablarda ham darslar boshlanib ketdi. Kun.uz muxbiri Andijondagi maktablarda bo‘lib, ularning qay darajada issiq ekanini ko‘zdan kechirdi.

👉 https://kun.uz/uz/31317824

Kun.uz rasmiy kanali
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi

Endi qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib chiqish mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/01478279

➡️ Andijon xabarlari
Dekabr oyida Andijonda nechta nikoh holati qayd etilgan ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022-yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta, Andijon viloyati bo‘yicha 2596 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati yetakchilik qilgan – 3 621 ta holat.

👉 https://kun.uz/uz/57376565

➡️ Andijon xabarlari
Andijonda -27 darajagacha sovuq kuzatildi

Andijon viloyati gidrometreologiya boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, 12-yanvar kuni ertalab soat 07:30da Qo‘rg‘ontepa tumanida -27 daraja sovuq kuzatildi. Qolgan hududlarda kuzatilgan sovuq haqida yuqoridagi rasmda koʻrishingiz mumkin.

➡️ Andijon xabarlari
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi

Tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/03392332

➡️ Andijon xabarlari
13-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 13-yanvar, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/uz/03176002

➡️ Andijon xabarlari
Andijonda taʼtil dushanba kungacha choʻzildi

Ayni paytda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida yigʻilish boʻlmoqda. Unda maktablar va kollejlarda darslar dushanba kunigacha toʻxtatilishi aytildi.

➡️ Andijon xabarlari
So‘nggi 20 yilda qish chillasi qanday bo‘lgan?

Qahraton nimaligini unutib ulgurgan o‘zbekistonliklar bu yil haqiqiy qish chillasiga guvoh bo‘lmoqda. Yillarki, qish oylarida asosan iliq harorat hukm surib kelayotgandi. So‘nggi bor qachon qordan zavqlanganini ham ko‘pchilik eslolmasa kerak. Kun.uz oxirgi 20 yilda eng iliq va eng sovuq kelgan mavsumlarni tahlil qildi.

👉 https://kun.uz/uz/87878479

➡️ Andijon xabarlari
14-yanvar kuni harorat 12 daraja sovuqni tashkil etadi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 14-yanvar, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/uz/87374906

➡️ Andijon xabarlari
Qattiq sovuqdan qanday himoyalanish mumkin?

2023-yil noodatiy tarzda boshlandi. Mamlakatimiz aholisi qishga xos bo‘lmagan ko‘plab ob-havo hodisalariga duch kelishmoqda. Qayerdadir kamalak paydo bo‘ldi, ba’zi joylarda esa yomg‘ir yog‘di. Ayrim hududlarda esa kuchli sovuq havo kuzatilmoqda. Mutaxassislar - 29 darajagacha bo‘lgan g‘ayritabiiy sovuqlar nimasi bilan inson salomatligi uchun xavfli ekanligini aytib berishdi.

👉 https://kun.uz/uz/18543884

➡️ Andijon xabarlari
Andijonda -14 dan -26 darajagacha bo‘lgan sovuq kuzatildi

Andijon viloyati tuman/shaharlarida anomal sovuq davom etmoqda. Viloyat gidremeteorologiya boshqarmasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, eng sovuq holat Qo‘rg‘ontepa tumanida kuzatilgan - 26 daraja. Qolgan tumanlardagi havo darajasi yuqoridagi jadvalda qayd etilgan.

➡️ Andijon xabarlari
Sud “Quramax”ning litsenziyasini bekor qildi

Tarkibida katta miqdorda zaharli modda topilgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yo‘q qilinadi.

👉 https://kun.uz/uz/15540950

➡️ Andijon xabarlari
👨‍👩‍👧‍👦 O‘zbekistonda doimiy aholi har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 mln 24 ming 946 kishini tashkil etgan.

🔹O‘zbekiston aholisi 2022 yilning har bir oyida o‘rtacha 62,8 ming kishiga oshgan va umumiy 753,6 ming kishiga ko‘paygan.

🔹 2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paygan.

🔹 Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda, tug‘ilish bo‘yicha birinchi o‘rinda.

🔹 O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida 41 o‘rinda qayd etilgan.

➡️ Andijon xabarlari
Andijonda sodir bo‘lgan yong‘inda xonadon va Damas yonib ketdi

Hodisa tongda sodir bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/uz/66175994

➡️ Andijon xabarlari
🏅 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga asosan Paxtaobod tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli brigada komandiri Ruziyev Bekzod Shuhratovich "Mardlik" ordeni bilan taqdirlandi.

➡️ Andijon xabarlari
Andijon aholisi qanchaga yetdi?

Statistika agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 36 mln 24 ming 900 kishini tashkil etgan.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni:

🔹Samarqand viloyati – 4 mln 118,4 ming kishi
🔹Farg‘ona viloyati – 3 mln 976,5 ming kishi
🔹Qashqadaryo  viloyati – 3 mln 482,6 ming kishi
🔹Andijon viloyati – 3 mln 322,8 ming kishi
🔹Namangan viloyati – 2 mln 997,6 ming kishi
🔹Toshkent viloyati – 2 mln 992,6 ming kishi
🔹Toshkent shahri – 2 mln 955,7 ming kishi
🔹Surxondaryo  viloyati – 2 mln 806,7 ming kishi
🔹Buxoro viloyati – 2 mln 009,8  ming kishi
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 mln 976,3 ming kishi
🔹Xorazm viloyati – 1 mln 958,2 ming kishi
🔹Jizzax viloyati – 1 mln 475,6 ming kishi
🔹Navoiy viloyati – 1 mln 55,5 ming kishi
🔹Sirdaryo viloyati – 896,6 ming kishi

➡️ Andijon xabarlari
Bugungi qaror ertaga mos kelmaydi - hafta dayjesti

Ta’til uzayishi haqida vazirning buyrug‘i chiqqaniga, “qo‘l” boshqaruvidan voz kechamiz deb ma’muriy islohot qilinganiga sanoqli kunlar bo‘ldi hamki, kichik bitta masala katta xaosni yaratdi. Shaharlarni o‘zgartirishni aholi fikri bilan hisoblashish shart degan qonun chiqqanidan ko‘p o‘tmay, Buxoroning markazi kutilmaganda buziladigan bo‘ldi. Yakunlanayotgan hafta mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING