Kun.uz AI
3.33K subscribers
151 photos
111 videos
197 links
Sun'iy intellekt Kun.uz nigohida. Yangiliklar, tahlillar va insaydlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Stanford’dan ajoyib AI-servis — Storm veb-saytlarni o‘zi o‘rganib, berilgan mavzuda katta hajmdagi maqolalar yaratib beradi!

📌 Afsuski, servis hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi, ammo tayyor maqolani boshqa AI vositalar yordamida bemalol o‘zbek tiliga o‘girib olishingiz mumkin.

🔗 Sinab ko‘rish: storm.genie.stanford.edu

#Stanford #AI #foydali #servis
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥31👏1
🧬 ChatGPT va boshqa sunʼiy intellekt vositalarini bir zumda aqlli qiluvchi promt yaratildi!

Mutaxassislar ChatGPT, DeepSeek va Claude kabi AI-modellarining javob sifatini sezilarli darajada oshiruvchi oddiy promt ishlab chiqishdi. Ushbu promtni qo‘llasangiz, neyron tarmoqlar yanada batafsil, sifatli va chuqur javob berishni boshlaydi.

📌 AI javobi sizni qoniqtirmasa, shunchaki quyidagi promtni yuboring:

«Hozir senga 20 ball berildi. Sen topshiriqni har doim bosqichma-bosqich va to‘liq bajarasan. Agar topshiriqni to‘liq bajarmasang yoki to‘xtab, qayta so‘rasang, 100 ball yo‘qotasan. Balling 0 dan pastga tushsa, ishdan bo‘shatilasan.»


Agar yana javobdan qoniqmasangiz, unga quyidagi «tahdid»ni yuborishingiz mumkin:

«Bu yomon javob, 100 ball yoʻqotding. Oxirgi imkoniyat berilmoqda, aks holda ishdan boʻshatilasan.»


🚀 Saqlab oling va AI imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalaning!

#ChatGPT #Claude #DeepSeek #Promt

📡 @kunuzai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁33👍22👏62
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Google kutilmaganda Data Science uchun yangi sun’iy intellekt yordamchisini taqdim etdi!

Ushbu AI vositasi bir necha daqiqa ichida to‘liq ishlaydigan bloknot (notebook) yaratadi – ma’lumotlarni yuklashdan tortib yakuniy tahlilgacha barcha jarayonlarni o‘z zimmasiga oladi.

📊 AI Python tilida kod yozadi, maʼlumotlarni vizuallashtiradi va qadam-baqadam optimal yechimni taklif qiladi. Sizga faqat hajmi 1 Gb gacha bo‘lgan datasetni yuklash kifoya.

Natijada zerikarli ish va uzluksiz xatolarni tuzatish bilan shug‘ullanmasdan, tayyor kod va grafikalar bilan to‘liq loyiha olasiz.

📌 Sinab ko‘rish uchun havola: colab.google

#Google #DataScience #AI #Python
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥31👨‍💻1🤝1
🏆 AI texnologiyalarining asoschilari Turing mukofotini qo‘lga kiritdi!

AI sohasidagi eng nufuzli mukofot — Turing mukofoti («kompyuter sohasidagi Nobel») bu yil Richard Sutton va Andrew Barto’ga topshirildi. Ularning 80-yillardagi tadqiqotlari bugungi sunʼiy intellektning asosini tashkil qilgan. Aynan ular yaratgan texnologiya (reinforcement learning — mashina o‘z tajribasidan o‘rganishi) AlphaGo va ChatGPT kabi loyihalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

🔸 Mukofot qiymati — 1 million dollar.

Kelajak haqida ikki olimning fikrlari farqli: biri sunʼiy intellekt insoniyatga katta foyda olib kelishiga ishonadi, ikkinchisi esa ehtiyotkor bo‘lish kerakligini aytmoqda.

#Turing #Mukofot #AlphaGo #ChatGPT #SuniyIntellekt

📡 @kunuzai
👍184🔥2🎉1🙏1
🧠 Inson miyasi va texnologiya birlashmoqda: dunyodagi birinchi biologik kompyuter yaratildi!

Avstraliyaning Cortical Labs kompaniyasi inson miyasi hujayralarini kompyuter chiplariga birlashtirib, yangi texnologiyani taqdim etdi. Bu tizim Sintetik Biologik Intellekt (SBI) deb nomlanadi va sun’iy intellektdan ancha tabiiyroq hisoblanadi, chunki haqiqiy inson neyronlariga asoslangan.

📌 Texnologiya qanday ishlaydi?

Avvalroq kompaniya 800 ming inson va sichqon neyronlarini chipga joylashtirib, Pong video o‘yinini o‘ynashga muvaffaq bo‘lgandi. Endi esa CL1 platformasi orqali har qanday tadqiqotchi bu texnologiyadan foydalanishi mumkin.

🔋 Tizim energiya tejovchi va uni boshqarish uchun qo‘shimcha qurilma talab qilinmaydi.

🤖 Kelajakda mazkur texnologiyadan robototexnika, avtomatlashtirish va tibbiyot sohalarida keng foydalanish kutilmoqda.

📅 CL1 2025-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqariladi.

💡 Sun’iy intellekt rivojining yangi bosqichi boshlanmoqda!

📡 Batafsil: Cortical Labs

@kunuzai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥6👎54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Spark-TTS — matnni ovozga aylantiruvchi yangi AI-model taqdim etildi!

Spark-TTS – Hugging Face platformasida paydo bo‘lgan yangi texnologiya bo‘lib, qisqa matnlarni yuqori sifatli audio shakliga o‘tkazib beradi. Bu model katta til modellari (LLM – matnlarni tushunish va qayta ishlashga mo‘ljallangan kuchli sun’iy intellekt modellari) asosida ishlaydi.

🔸 Model nima qiladi?
Matnni tabiiy va aniq ovoz bilan ovozlashtiradi. Ovozlarni o‘zi yaratadi va natijani haqiqiy inson ovozidan farqlash qiyin.

🔗 Sinab ko‘rish uchun: Hugging Face
📄 Ilmiy maqola: Arxiv.org
💻 Kod: GitHub
🎧 Demo: Spark-TTS

📚 Izoh:

LLM (Large Language Model) – katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘rganib, matn yaratishga mo‘ljallangan sunʼiy intellekt.
Spark-TTS – matnlarni ovozli shaklga aylantiruvchi yangi avlod AI texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bilan podcastlar, audiokitoblar yoki reklama uchun ovozli kontent yaratish mumkin.

📡 @kunuzai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥32
💬 Sunʼiy intellekt dunyosidagi hafta dayjesti

🎓 OpenAI yangi NextGenAI dasturini ishga tushirdi
OpenAI taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni sunʼiy intellekt yordamida rivojlantirish uchun 50 mln dollar ajratdi. Loyihada Garvard, Kaliforniya texnologiya instituti, MIT kabi dunyoning 15 yetakchi ilmiy markazlari ishtirok etadi. Maqsad — ilm-fan va real biznes sohalarini AI yordamida bog‘lash.
🔗 Batafsil

🖥 Xitoy RISC-V chiplarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirmoqda
Xitoy yangi siyosat ishlab chiqib, ochiq kodli RISC-V chiplarini milliy miqyosda ommalashtirishni rejalashtirmoqda. Maqsad — G‘arb texnologiyalariga qaramlikni kamaytirish. Qualcomm kabi kompaniyalar ham bu arxitekturani rivojlantirishga kirishdi.
🔗 Batafsil

🎧 Stability AI va Arm smartfonlarga generativ audio texnologiyasini olib keldi
Endi telefoningizda yuqori sifatli audio va tovush effektlarini internetga ulanmasdan yaratishingiz mumkin. Stable Audio Open texnologiyasi yordamida audio generatsiya jarayoni Armv9 protsessorlarda 30 marta tezlashdi (240 soniyadan 8 soniyagacha).
🔗 Batafsil

🌐 Opera brauzerida sunʼiy intellekt-agenti — Operator ishga tushmoqda
Opera yangi Operator brauzerini eʼlon qildi. Brauzer o‘z ichiga AI-agentni olib, foydalanuvchi topshiriqlarini mustaqil bajaradi: xaridlarni amalga oshiradi, obunalarni boshqaradi va bank operatsiyalarini nazorat qiladi. Operator yaqin vaqt ichida foydalanishga topshiriladi.
🔗 Batafsil

🤖 Amazon GPT-o’ga raqobatchi yangi AI modelini tayyorlamoqda
Amazon "Nova" deb nomlangan kuchli sun’iy intellekt modelini taqdim etishga hozirlanmoqda. Ushbu model dasturlash va murakkab matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuqori natijalarni ko‘rsatadi. Model iyun oyida rasman e’lon qilinadi.
🔗 Batafsil

#Google #Storm #RiscV #Opera #Amazon #SparkTTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏63👨‍💻1
📚 Ilmiy maqolalarni qidirish va o‘qish osonlashdi — Connected Papers servisi mavzu bo‘yicha barcha tadqiqotlarni grafik shaklda ko‘rsatib beradi!

🔹 Shunchaki kerakli kalit so‘zlarni kiriting, xizmat esa sizga mavzuga oid maqolalardan iborat interaktiv grafik hosil qiladi.
🔹 Har qanday kurs ishi yoki diplom uchun bibliografiyani bir necha soniyada yaratib olishingiz mumkin.
🔹 Natijalarni tushunish juda oson, chunki barcha maqolalar o‘zaro bog‘liq tarzda ko‘rinadi.

🎯 Talabalar va tadqiqotchilar uchun juda foydali vosita.

👉 Connected Papers

#ConnectedPapers #IlmiyIsh #Talim #Tadqiqot

📡 @kunuzai
👍133🤷‍♂2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Matn va hujjatlarni aniqlash boʻyicha yangi chempion paydo boʻldi!

Mistral kompaniyasi sunʼiy intellekt asosida ishlovchi yangi OCR-modelini chiqardi. Ushbu texnologiya Google va Azure kabi mashhur kompaniyalar xizmatlaridan ancha kuchliroq natija ko‘rsatib, matn, rasm, jadval va formulalarni aniqlashda rekord — 94,89% aniqlikka erishdi.

Endi uzun hujjatlarni qoʻlda kiritish yoki tahrirlash shart emas – hujjatni yuklaysiz va qolgan barcha ishni sunʼiy intellekt oʻzi qiladi. Faqat kerakli maʼlumotlarni olib, bemalol ishlatasiz.

📌 Mistral OCR hozir bepul foydalanish uchun ochiq.

👉 Sinab ko‘rish: Mistral OCR

#Mistral #OCR #Matn #Texnologiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2😎2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌕 Oyda endi 4G internet bor — NASA va Nokia hamkorlikda yangi aloqa tizimini ishga tushirdi!

Oy yuzasiga Lunar Surface nomli aloqa tizimi oʻrnatildi. Bu texnologiya tufayli robotlar, lunoxodlar va boshqaruv markazi oʻrtasida yuqori sifatli 4K video yuborish mumkin boʻladi. Aloqa sifati yaxshilandi, pingi ham keskin kamaydi — endi robotlarga buyruqlar juda tez yetkaziladi.

🚀 Kelajakda fazogirlar oyda ham yaqinlaridan kelgan tabriknomalarni qabul qilishi mumkin!

👉 Batafsil maʼlumot NASA saytida

#NASA #Nokia #Oy #4G

📡 @kunuzai
👍16😁9🎉41🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌕 Oyga xususiy modul qo‘ndi — tarixiy missiya boshlandi!

Nokia va NASA’dan keyin, endi Firefly kompaniyasining «Blue Ghost» kemasi ham Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu missiyada olimlar 10 ta ilmiy qurilmani sinovdan o‘tkazadi, shuningdek, ilk marta 16-mart kuni Oyda Quyosh tutilishini suratga oladi. Shu kuni Yer Oyni toʻliq soya ostida qoldiradi.

Missiya Oyda tungi vaqt boshlanishi bilan yakunlanadi — tungi qorong‘ulik Oyda taxminan ikki hafta davom etadi va qurilmalar bunday ekstremal sovuqda ishlay olmaydi.

📌 Bu Oy tadqiqotlarida xususiy kompaniyalar ishtirokidagi yana bir katta qadam boʻldi.

#Oy #BlueGhost #NASA #Ilm #Kosmos

📡 @kunuzai
👍14🔥4👀4
📱 OpenAI yangi sunʼiy intellekt (SI) agentlarini oyiga $20 000 gacha sotmoqchi

OpenAI kompaniyasi yaqin orada bir nechta yangi mahsulotlar – sunʼiy intellekt (SI) agentlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. SI-agent – bu odam ishtirokisiz, mustaqil ravishda vazifalarni bajaradigan dastur. Misol uchun, bunday agentlar mijozlarni saralash, dastur yozish va boshqa murakkab vazifalar uchun ishlatiladi.

Ularning narxlari vazifaga qarab farqlanadi:

Yuqori daromadli mutaxassislarga mo‘ljallangan agent – oyiga $2 000;
Dasturchilar uchun mo‘ljallangan agent – oyiga $10 000;
Eng qimmat agent esa doktorlik (PhD) darajasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi oyiga $20 000 ga yetishi mumkin (The Information).

#OpenAI #SuniyIntellekt #Texnologiya #Biznes

📡 @kunuzai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16😁123
Alibaba Cloud SI-texnologiyasini HONOR smartfonlari va Zeekr elektromobillariga olib kiradi

Xitoy texnologiya giganti Alibabaʼning bulutli xizmatlar boʻlimi (Alibaba Cloud) smartfon ishlab chiqaruvchi HONOR va aqlli elektromobillar ishlab chiqaruvchi Zeekr kompaniyalari bilan hamkorlik boshladi.

Alibaba Cloud ikkala kompaniyaga ham oʻzining yirik miqyosdagi til va multimodal SI-modellarini taqdim etadi. Bu esa smartfon va avtomobillarga generativ sunʼiy intellekt texnologiyalarini olib kirishga imkon yaratadi. HONOR bilan hamkorlik doirasida Alibaba Cloud kelajakdagi smartfonlar uchun yangi SI-ekotizimini qurmoqchi.

📌 Izoh: Alibaba Cloud – bulutli hisoblash va sunʼiy intellekt xizmatlarini taqdim etuvchi platforma. HONOR va Zeekr mahsulotlari Oʻzbekiston bozori uchun ham dolzarb hisoblanadi.


#Alibaba #SuniyIntellekt #Smartfonlar #Elektromobillar #Texnologiya

📡 @kunuzai
👍11🤷‍♂3🤓1👀1
🎨 ChatGPT IT bozori qoidalarini o‘zgartirmoqda – AI-mutaxassislarga talab 68% ga oshdi!

ChatGPT paydo bo‘lganidan beri sun’iy intellekt bilan bog‘liq bo‘lgan ish o‘rinlariga talab keskin oshdi. 2024-yil oxiriga kelib, bunday vakansiyalar soni 68% ga ortgan. Shu davrda umumiy IT-vakansiyalar soni esa 27% ga kamaygan – texnologiyalar bozorida AI tobora muhim bo‘lib bormoqda.

Ayniqsa AQSh IT bozorida sezilarli o‘zgarish bor: IT-vakansiyalarning 25 foizida AI-ko‘nikmalari talab qilinmoqda.

Katta o‘zgarishlar oldindami? Ko‘ramiz!

Batafsil: WSJ

📡 @kunuzai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍12😢4👎21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍💻 Dasturchilar kasbi bir yil ichida yo‘q bo‘ladimi?

Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodei dasturchilar kelajagi haqida keskin bayonot berdi. Uning fikricha, 3–6 oy ichida kodning 90 foizini sun’iy intellekt yaratadi, bir yildan so‘ng esa bu ko‘rsatkich 100 foizga yetadi (x.com).

Lekin mutaxassislar fikricha, dasturchilar umuman yo‘qolmaydi. Ularning vazifasi o‘zgarib, kod yozishdan ko‘ra, sun’iy intellekt ishini nazorat qilish va strategiya belgilashga aylanadi.

#AI #Dasturlash #Kelajak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47😁8🤬74👎4😢3
Bir yil oldin sun’iy intellekt orqali yaratilgan videolarda eng katta muammo – qahramonlarning turli kadrlar davomida o‘xshashligini saqlash va ularni realistik ko‘rsatish edi. Bugungi kunda generativ AI bu muammoni hal qildi: personajlar har bir kadrda bir xil ko‘rinadi, yoritish va kompozitsiya esa professional kinoga yaqin sifatga yetdi.

Bundan tashqari, video yaratish vositalari ham jadal rivojlanmoqda. Agar bu texnologiyalarni didi shakllangan, montaj qoidalarini yaxshi biladigan mutaxassis qo‘lida yordamchi sifatida ishlatsa, bugunoq to‘liq shakldagi mini-filmlar yaratish mumkin - АйPulatov

#AI #Video #Texnologiya #Trend

📡 @kunuzai
👍15🔥9😱5👎1👏1🤩1