Qashqadaryo | Kun.uz
5.36K subscribers
8.31K photos
1.18K videos
8.03K links
Kun.uz’ning Qashqadaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda ayiq otib o‘ldirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chiroqchi tumanidagi qishloqqa oralagan ayiqni tuman IIB boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan ovchilardan biri otib tashlagan edi.

👉 https://kun.uz/uz/23034330

➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda Captiva yonib ketdi

Shahrisabz shahrida Damas bilan to‘qnashgan Captiva yonib ketdi. To‘qnashuv va yong‘in sabab hech kim tan jarohati olmagan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Shahrisabzda yonib ketgan Captiva bo‘yicha ma‘lumot berildi

Bugun, 12-aprel kuni soat 11:40 larda Shahrisabz shahar Ipak yoʻli va Bahodir Taragʻay koʻchalari chorrahasida Captiva va Damas mashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

Oqibatda Captivada yongʻin chiqqan va mashina yonib ketgan. Toʻqnashuv va yongʻinda hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in Shahrisabz shahar FVB qutqaruv boʻlinmasi tomonidan o‘chirilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda 2 hokim yordamchisi DXX tomonidan qo‘lga olindi

Yakkabog‘ va Shahrisabzdagi mahallalarda hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxslar imtiyozli kredit sifatida olingan pulni o‘zlashtirish va pora olishda ayblanmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/43662889

➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshyapti

🔹2023-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 mln 197 ming 781 kishini tashkil etgan.

🔹Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan.

🔹2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.

🔹2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish rejalashtirilyapti

Talabalarga 2-kursdan boshlab OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etilishi kutilyapti.

👉 https://kun.uz/uz/12598931

➡️ Qashqadaryo xabarlari
14-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida harorat 37 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 14-aprel, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo viloyatida qancha aholi bor?

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 mln 197 ming 781 kishini tashkil etgan.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
🔹Qoraqalpogʻiston R. – 1 981,8 ming kishi
🔹Andijon viloyati – 3 338,2 ming kishi
🔹Buxoro viloyati – 2 016,6 ming kishi
🔹Jizzax viloyati – 1 483,1 ming kishi
🔹Qashqadaryo viloyati – 3 499,1 ming kishi
🔹Navoiy viloyati – 1 060,6 ming kishi
🔹Namangan viloyati – 3012,5 ming kishi
🔹Samarqand viloyati – 4 137,9 ming kishi
🔹Surxondaryo viloyati – 2 821,9 ming kishi
🔹Sirdaryo viloyati – 900,9 ming kishi
🔹Toshkent viloyati – 3007 ming kishi
🔹Fargʻona viloyati – 3 994,8 ming kishi
🔹Xorazm viloyati – 1 965,2 ming kishi
🔹Toshkent shahri – 2 978,2 ming kishi

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Kelgusi hafta ayrim hududlarda harorat 0 darajagacha pasayishi mumkin

17-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyati va tog‘li hududlarda havo harorati minimumlari +0 darajagacha pasayadi.

👉 https://kun.uz/uz/38378597

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔻Dollar kursi tushdi

Markaziy bank 13-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 421,00 so‘m (–9,10)
🇷🇺 RUB 139,95 so‘m (+0,66)
🇪🇺 EUR 12 590,51 so‘m (+99,70)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni koʻp?

🏢 Ctatistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga (majburiy texnik koʻrik natijalariga koʻra) Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan eng ommalashgan yengil avtomobillar soni:

🔹 “Nexia” - 752 490 dona
🔹 “Damas” - 529 934 dona
🔹 “Cobalt” - 404 746 dona
🔹 “Lacetti” - 390 538 dona
🔹 “Spark” - 352 085 dona
🔹 “Matiz” - 296 442 dona


➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi 

Joriy yil 15-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
15-aprelda barcha hududlaeda, 16-aprelda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

15-17 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
17-aprelga havo harorati kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 darajagacha pasayadi. 16-17 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat +0...+5 daraja, ba’zi joylarda -1...-3 daraja bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +7...+12 darajagacha pasayadi.

15-17 aprel kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi "Hisor" davlat qo‘riqxonasi Tanxozdaryo bo‘limida bahor fasli manzarasi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari