Qashqadaryo | Kun.uz
5.07K subscribers
8.31K photos
1.18K videos
8.03K links
Kun.uz’ning Qashqadaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
«Nasaf» OCHL pley-offida qatnashadigan jamoalar ichida birinchilardan bo‘lib Qatarga yetib bordi.

Qarshi klubi 19 fevral kuni 1/8 finalda Saudiyaning «Ash Shabob»i bilan bahs yuritadi.


➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧🌨 Bugun O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik davom etadi

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Qolgan hududlarda yomg‘ir, togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi davom etadi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Chiroqchi tumanida yashovchi shaxslar Samarqandda mashina gʻildiraklarini oʻgʻirlashdi

Samarqand shahrida yashovchi, fuqaro viloyat IIBga murojaat qilib, 2023-yil 16-yanvar kuni tunda Cobalt mashinasini 4 ta gʻildigini nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketganini bildirgan. Holat yuzasidan 2023-yil 16-yanvar kuni JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, o‘g‘rilarni topish yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.

Samarqad shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda, mazkur oʻgʻrilikni Chiroqchi tumani “Navroʻz” MFYda yashovchi 3 nafar shaxs sodir etgani aniqlangan. Ular, shinalarni Qarshi shahridagi bozorga olib borib, 300 dollar evaziga sotib yuborishgan. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
1-maydan foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomida quyosh panellari o‘rnatiladi

Barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi ta’minoti kamida 50 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.

👉 https://kun.uz/uz/51088269

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda haydovchi odam urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/01251669

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Tog‘dagi qishloqqa boradigan yo‘l yopilib qoldi

17-fevral soat 10:30 atrofida Shaxrisabz tumani tog‘li "Ko‘l-Munavvar" avtomobil yo‘lining bir nechta joyida qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.

Hodisada hech kim talofat olmagan. Ayni damda "Ko‘l - Shahrisabz" ni bog‘lovchi avtomobil yo‘li yopiq. Qor ko‘chkisining umumiy hajmi tahminan 1200 metr kub atrofida.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda qiz bolaning shaxsiy fotolarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

👉 https://kun.uz/uz/99050402

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda qancha ot bor?

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonda boqilayotgan jami otlar soni 269 mingdan oshgan.

Hududlar kesimida otlar soni:

🐴 Toshkent viloyati – 56,7 ming bosh
🐴 Qashqadaryo viloyati – 35,6 ming bosh
🐴 Jizzax viloyati – 29 ming bosh
🐴 Samarqand viloyati – 28,7 ming bosh
🐴 Qoraqalpog‘iston R. – 27,6 ming bosh
🐴 Navoiy viloyati – 21,5 ming bosh
🐴 Sirdaryo viloyati – 16,2 ming bosh
🐴 Surxondaryo viloyati – 16,2 ming bosh
🐴 Farg‘ona viloyati – 10,3 ming bosh
🐴 Buxoro viloyati – 7,2 ming bosh
🐴 Andijon viloyati – 7,2 ming bosh
🐴 Namangan viloyati – 7 ming bosh
🐴 Xorazm viloyati – 5,8 ming bosh

➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yakkabog‘da fuqaro qo‘shnisini kaltak bilan urib og‘ir tan jarohati yetkazgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat kodeksining 104-moddasi «L» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo va Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yomg‘ir, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qor-yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +5 +10 daraja iliq bo‘ladi.


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Chiroqchida elektr energiyasi tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati fosh etildi
 

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.O‘.” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.X. xo‘jalik yer maydonini sug‘orish uchun tuman ETK bilan shartnoma tuzmasdan quvvati 16 kVt/s bo‘lgan suv nasosni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 207,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
19-fevral kuni joylarda +14 darajagacha issiq bo‘ladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 19-fevral, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/uz/03633500

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda 2022-yilda 20 yoshga to‘lmagan 250 yigit farzandli boʻldi

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 1 493 nafarni tashkil etgan.

Hududlar kesimida tahlil etilganda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni quyidagicha:

🔹Qoraqalpogʻiston R. – 96
🔹Andijon viloyati – 54
🔹Buxoro viloyati – 134
🔹Jizzax viloyati – 57
🔹Qashqadaryo viloyati – 250
🔹Navoiy viloyati – 34
🔹Namangan viloyati – 80
🔹Samarqand viloyati – 253
🔹Surxondaryo viloyati – 138
🔹Sirdaryo viloyati – 23
🔹Toshkent viloyati – 76
🔹Fargʻona viloyati – 117
🔹Xorazm viloyati – 75
🔹Toshkent shahri – 106

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasining Miraki bo‘limida qish manzaralari

➡️ Qashqadaryo xabarlari