Jizzax | Kun.uz
1.54K subscribers
4.79K photos
836 videos
5.44K links
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Jizzaxda Samarqanddan Toshkentga olib ketilayotgan noma‘lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi

2022 yil 9 iyun soat 00:30 larda Jizzax viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi, YHXB hamda viloyat Veterinariya xodimlari hamkorlikda Doʻstlik tumani "Manas-14" YPX maskanida "Samarqand-Toshkent" yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi toʻxtatilib, tekshirilgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro X.Sh mashina saloni va yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz nomaʼlum hayvon goʻshtini olib ketayotgani aniqlangan.

Ushbu nomaʼlum hayvon goʻshti insonlar isteʼmoli uchun yaroqli yoki yaroqsizligini bilish maqsadida vaqtincha saqlash uchun muzxonaga qoʻyilib, xolislar ishtirokida hujjatlashtrilgan.

➡️ Jizzax xabarlari
Dam olish kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ba'zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/uz/14721936

➡️ Jizzax xabarlari
2023 yildan do‘konlar va boshqa obektlarga issiq suv va tashqi yoritish bo‘yicha yangi talab qo‘yiladi

Restoranlar, supermarketlar, do‘konlar, xususiy ta'lim va tibbiyot tashkilotlari, banklar hamda boshqa ob'ektlarga kamida 25 foiz issiq suv iste'moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.

👉 https://kun.uz/uz/79360426

➡️ Jizzax xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni

Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax vioyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.

Ishga kiritish narxi 500 AQSH dollari

Marixuana yotoqxonada saqlangan

Oʻgʻrilar hibsxonada

Avtoulov yoʻlovchisi jarohatlandi


➡️ Jizzax xabarlari
O‘zbekistonda 12 iyun kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Yakshanba kuni ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/88380449

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlarga ta‘lim sohasida qanday imtiyozlar berilgan?

🔰 Qonunchilikka koʻra, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat bogʻchalari va maktablarga navbatga qoʻyilmasdan joylashtiriladi.

💰 Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda gazga noqonuniy ulangan fuqaro aniqlandi

Jizzaxda gazga noqonuniy ulanib, ohak ishlab chiqarayotgan fuqaro faoliyatiga chek qoʻyildi. Ushbu yashirin faoliyati bilan fuqaro taʼminotchi korxonaga 51 million soʻmdan ortiq zarar keltirgan

➡️ Jizzax xabarlari
5 yillik staji bor xotin-qizlar o‘qishga kirish uchun tavsiyanomaga arizani qachon topshirishlari aniq bo‘ldi 

Joriy yilgi qabuldan 5 yillik stajga ega o‘rta ma’lumotli xotin-qizlarga OTMga kirishda 500 ta kvota ajratiladi. Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tuman, shahar bo‘limlariga OTMlarga qabul boshlangach, 10 kun muddatda ariza topshirishlari kerak.

👉 https://kun.uz/uz/08914102

➡️ Jizzax xabarlari
Zominda sel kelib, hovlilarni va ekin maydonlarini bosdi

Kuchli yomg‘ir uchta qishloqda sel oqishiga va aholi yashash uylarining hovlisi, ekin maydonlarini suv bosishiga sabab bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/uz/96888591

➡️ Jizzax xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni

Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax vioyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.


Aka-ukalar mahalladoshiga jarohat yetkazishdi

Tanishining nomiga kredit rasmiylashtirgan

Firibgarlik-ochilgan

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish

➡️ Jizzax xabarlari
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Jizzax viloyatiga oid yangiliklarni Kun.uz saytining Jizzax bo‘limida kuzatib boring.

☝️ O‘zbekiston va xorijdagi eng muhim yangiliklaridan boxabar bo‘lib borish uchun Kun.uz'ning asosiy Telegram-kanaliga obuna bo‘ling👇

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega Turkiyaga ketishadi?

SUBYEKTIVchilar yangi ko‘rsatuv olish uchun Istanbulga bordi. Xo‘sh, minglab hamyurtlarimiz yaxshi hayot izlab borayotgan shaharda ularni nimalar kutadi? Istanbulda ish topish, yashab ketish qanchalik oson, u yerdagi o‘zbeklar hayoti qanaqa?

Vatandoshlarimizning uylarida mehmon bo‘lib, shu kabi savollarga javob oldik va shanba oqshomingiz uchun doimgidek sifatli kontent tayyorladik.

🍿📹 TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Manzil”: Cho‘l o‘rtasida gaz qaziyotgan burg‘ilovchilar

Buxoro cho‘llari qa’riga 200 km yurib, qum barxanlari oralab kirib borsangiz, jazirama issiqda ishlayotgan insonlarni ko‘rasiz. Ba’zan 65°C issiq sharoitda ham ishlaydigan bu hamyurtlarimiz – “O‘zbekneftgaz”ning “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi xodimlari – “Manzil” loyihasining navbatdagi qahramonlari.

👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jaziramada borishga arziydigan qishloq — G‘ova | Manzil

G‘ova qishlog‘i Namanganning Chust tumani shimolida, Qirg‘iziston bilan chegara hududda, tog‘lar orasida joylashgan. "Manzil" zilol suvli soyi, musaffo havosi bilan uzoq yillardan beri vodiy ahlining hordiq chiqarish maskaniga aylanib ulgurgan G‘ova qishlog‘ini ko‘rsatishga qaror qildi.

👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz bilmagan Istanbul

SUBYEKTIV sayohat yo‘nalishidagi ilk filmini taqdim etadi. Uni ko‘rib Istanbulga albatta borgingiz kelishiga ishonchimiz komil. Allaqachon borganlar esa shaharning uch-to‘rtta tarixiy joyini ko‘rib, bozor aylanib qaytib kelganidan afsuslanishi mumkin.

🍿 TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibodat va daromad bir joyda: SUBYEKTIV'da – Saudiyadagi o‘zbeklar

Saudiya Arabistonida ko‘p yillardan beri turli sohalarda ishlab kelayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Ular asosan qaysi sohalarda ishlashyapti, oylik daromadlari qancha va eng asosiysi – musulmonlarning orzusidagi o‘lkada yashash va ishlash haqidagi taassurotlari qanaqa? SUBYEKTIV'ning Arabistondan tayyorlagan ko‘rsatuvida tomosha qiling.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI KO‘RING
Boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqatlar narxi keskin arzonlayapti

Bu haqda "Korzinka" do‘konlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident 36 turdagi asosiy, kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini import bojidan ozod qilish haqidagi farmonni imzolagandi.
Avvalgilarga o‘xshamas shov-shuv, sanksiyalarning boshlanishi va konstitutsiyadan bexabar soliqchilar - hafta dayjesti

Internetda tarqalgan video: Masalaning huquqiy jihatlari bilan nega hech kim qiziqmayapti? Ikki sobiq vazir ishdan olindi: bu korrupsiya bilan bog‘liqmi? Bank sirlari endi davlat ixtiyorida: Soliqchilar yangi konstitutsiyani oyoqosti qilayotganini o‘zlari biladimi? Yakunlanayotgan haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING