Jizzax | Kun.uz
1.5K subscribers
4.79K photos
836 videos
5.44K links
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Tibbiyot xodimlarining maoshlari 10-15 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1 iyundan boshlab oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshi 15 foizga, ikkinchi toifali va toifasi yo‘q xodimlarning maoshi 10 foizga oshiriladi. Alohida natijalarga erishgan soha vakillariga 100 foizgacha, yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha oylik ustama to‘lanadi.

👉 https://kun.uz/uz/67180467

➡️ Jizzax xabarlari
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan taqiqlanadi

Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

👉 https://kun.uz/uz/49502623

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni

Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax viloyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.

Tovlamachi tutildi

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish

Firibgar ushlandi

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishloqdagi ekzotika — “Manzil”da Angidonga sayohat

Qadimiy usulda ishlayotgan suv tegirmoni, echki sutidan olingan sariyog‘ va uning qatig‘idan qilingan qurut, eshakda maktabga qatnaydigan o‘quvchilar, ichida buloqlari bor xavfli daralar. Xatirchidagi Angidon mahallasining ta'rifini ming eshitgandan, “Manzil”ning yangi sonida bir marta ko'rgan afzal.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Jizzaxda dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari Doʻstlik tumani hududida dori vositalarining noqonuniy realizatsiyasini oldini olish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazishgan.

Tadbirda, fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Kaptiva” mashinasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirganda uning yukxonasida ushbu fuqaroga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan va tegishli xujjatlari boʻlmagan, dastlabki qiymati 44 mln soʻmdan ortiq, jami 995 dona dori vositalari borligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

➡️ Jizzax xabarlari
Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim shakliga hujjat topshirish imkoni berilishi mumkin

Bu fanlar ketma-ketligi mos kelsa, sirtqi, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakli aralash holda 5 ta yo‘nalishni tanlash mumkin bo‘lishini bildiradi. Hozirga qadar abituriyentlar faqat bir ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi.

👉 https://kun.uz/uz/98298947

➡️ Jizzax xabarlari
19 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 19 may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/36940287

➡️ Jizzax xabarlari
Gaz va elektr energiyasi tariflariga ijtimoiy norma kiritiladi. Rasmiylar izohi

O‘zbekistonda energoresurslar narxlarini subsidiyalash amaliyoti saqlab qolingan holda, ijtimoiy iste’mol normasi joriy etiladi. Amaldagi tizimda iste’molchining to‘lov qobiliyati qancha yuqori bo‘lsa, unga shuncha ko‘p subsidiya to‘lanyapti. Ma’lum qilinishicha, aholining mutlaq katta qismi – 80-85 foizi yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 31-35 foizini iste’mol qilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/37644841

➡️ Jizzax xabarlari
Qashqadaryo viloyatida qancha egizak tug‘ildi?

2022 yilning yanvar–aprel oylarida eng ko‘p egizak Samarqand viloyatida tug‘ilgan — 354 nafar. Bu davrda Toshkent shahri, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida ham 300dan ko‘p egizak tug‘ilgan.

👉 https://kun.uz/uz/38775475

➡️ Jizzax xabarlari
20 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Gidrometeorologiya xizmati markazi juma kuni qanday ob-havo kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/16131630

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Prezident stipendiyasi kimlarga to‘lanadi?

❗️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Grantda gʻolib boʻlgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va toʻlanadi.

➡️ Jizzax xabarlari
Jizzaxda moliyaviy piramidani targ‘ib qilish orqali fuqarolarning 692,3 million so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

Ular ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar tashkil etib, fuqarolarga pullarini ko‘paytirib berishni aytib, aldab pullarini o‘zlashtirishgan.

👉 https://kun.uz/uz/46940977

➡️ Jizzax xabarlari
21 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 21 may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/20461257

➡️ Jizzax xabarlari
1 sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi to‘liq joriy etiladi

2022/23 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Avvalroq 2024/2025 o‘quv yilidan deb belgilangan mazkur tartibning amal qilish muddati hukumatning kecha, 19 may kungi qarori bilan oldinroqqa surildi.

👉 https://kun.uz/uz/84081514

➡️ Jizzax xabarlari
Dam olish kunlari jala yomg‘irlar yog‘ishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda

Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

👉 https://kun.uz/uz/94846749

➡️ Jizzax xabarlari
1 iyundan jarimalar, soliq va davlat bojlari ham oshadi. Stipendiya va kontrakt summalarichi?

Bazaviy hisoblash miqdorining 300 ming so‘m etib belgilanishi o‘z navbatida fuqarolar va tadbirkorlardan undiriladigan yig‘imlarga ham ta’sirini o‘tkazadi.

👉 https://kun.uz/uz/11048526

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Zil bilan to‘qnashgan Nexia-3 yo‘lovchisi vafot etdi

Katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 Zilning kuzoviga kelib urilgan. Oqibatda yengil mashina yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

👉 https://kun.uz/uz/71076974

➡️ Jizzax xabarlari
Eng ommabop smartfonlar va AQShning gipertovushli quroli – hafta texnodayjesti

Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi texnologiya va ilm-fanga oid eng qiziqarli xabarlarni jamladi.

👉 https://kun.uz/uz/07613427

➡️ Jizzax xabarlari
Foto: Qashqadaryo va Jizzax viloyatining tog‘li hududlarida qor yog‘di

Havo haroratining pasayishi Qashqadaryo va Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan. 

👉 https://kun.uz/uz/01325518

➡️ Jizzax xabarlari