Jizzax | Kun.uz
1.5K subscribers
4.79K photos
836 videos
5.44K links
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Kirish imtihonlarida abituriyentlarga test ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Davlat test markazi bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga test topshiriqlarini ishlash uchun qancha vaqt berilishi haqida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/41535334

➡️ Jizzax xabarlari
Jizzax viloyatida qancha oila bor?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga Oʻzbekistonda jami 8 871 412 ta oilalar mavjud.

🔸Qoraqalpogʻiston R. – 424 198 ta
🔸Andijon viloyati – 824 338 ta
🔸Buxoro viloyati – 514 710 ta
🔸Jizzax viloyati – 318 604 ta
🔸Qashqadaryo viloyati – 784 635 ta
🔸Navoiy viloyati – 277 706 ta
🔸Namangan viloyati – 723 068 ta
🔸Samarqand viloyati – 935 265 ta
🔸Surxondaryo viloyati – 637 852 ta
🔸Sirdaryo viloyati – 220 002 ta
🔸Toshkent viloyati – 837 077 ta
🔸Fargʻona viloyati – 1 023 042 ta
🔸Xorazm viloyati – 520 368 ta
🔸Toshkent shahri – 830 547 ta

➡️ Jizzax xabarlari
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi - «O‘zgidromet»

Gidrometeorologiya xizmati markazi haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/68166096

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

👉 Fuqarolarga pensiya tayinlanishida I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan (davolash muassasasining xulosasiga koʻra) 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

➡️ Jizzax xabarlari
Yer uchastkasini masofadan turib xususiylashtirish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda endi yer uchastkasini masofadan turib xususiylashtirish mumkin. Bu haqda «Yagona portal» xabar berdi.

👉 https://kun.uz/uz/64161449

➡️ Jizzax xabarlari
17 may kuni O‘zbekistonda havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 17 may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/03466417

➡️ Jizzax xabarlari
XTV maktab ta’miri uchun ota-onalardan pul yig‘ish noqonuniy ekanini eslatdi

Maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash va infratuzilmasini yaxshilashga mahalliy hokimliklar mas’ul. Ota-onalardan majburiy pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi, deb ma’lum qildi Xalq ta’limi vazirligi.

Maktablarda noqonuniy pul yig‘ish holatlari haqida +998712020909 ishonch raqami orqali xabar berish so‘ralmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/42193609

➡️ Jizzax xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni

Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax viloyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.

O'g'ri mahalladoshi ekan

Jinoyatchi ushlandi

Baliq mahsulotini noqonuniy sotish

Piyoda vafot etgan


➡️ Jizzax xabarlari
O‘zbekistonning qator hududlarida 23 maygacha sel xavfi e’lon qilindi

18-23-may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar kuzatiladi, do‘l yog‘ishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/20092669

➡️ Jizzax xabarlari
18 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati markazi chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/28796306

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi

2025 yil 1 yanvargacha:

har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi;

tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi.

➡️ Jizzax xabarlari
OTMlarga qabul kvotalari e’lon qilindi

OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi. Qaror loyihasida joriy yildan O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida kvotalar ajratilishi belgilangan.

👉 https://kun.uz/uz/78675647

➡️ Jizzax xabarlari
Tibbiyot xodimlarining maoshlari 10-15 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1 iyundan boshlab oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshi 15 foizga, ikkinchi toifali va toifasi yo‘q xodimlarning maoshi 10 foizga oshiriladi. Alohida natijalarga erishgan soha vakillariga 100 foizgacha, yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha oylik ustama to‘lanadi.

👉 https://kun.uz/uz/67180467

➡️ Jizzax xabarlari
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan taqiqlanadi

Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

👉 https://kun.uz/uz/49502623

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni

Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax viloyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.

Tovlamachi tutildi

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish

Firibgar ushlandi

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishloqdagi ekzotika — “Manzil”da Angidonga sayohat

Qadimiy usulda ishlayotgan suv tegirmoni, echki sutidan olingan sariyog‘ va uning qatig‘idan qilingan qurut, eshakda maktabga qatnaydigan o‘quvchilar, ichida buloqlari bor xavfli daralar. Xatirchidagi Angidon mahallasining ta'rifini ming eshitgandan, “Manzil”ning yangi sonida bir marta ko'rgan afzal.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Jizzaxda dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari Doʻstlik tumani hududida dori vositalarining noqonuniy realizatsiyasini oldini olish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazishgan.

Tadbirda, fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Kaptiva” mashinasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirganda uning yukxonasida ushbu fuqaroga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan va tegishli xujjatlari boʻlmagan, dastlabki qiymati 44 mln soʻmdan ortiq, jami 995 dona dori vositalari borligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

➡️ Jizzax xabarlari
Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim shakliga hujjat topshirish imkoni berilishi mumkin

Bu fanlar ketma-ketligi mos kelsa, sirtqi, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakli aralash holda 5 ta yo‘nalishni tanlash mumkin bo‘lishini bildiradi. Hozirga qadar abituriyentlar faqat bir ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi.

👉 https://kun.uz/uz/98298947

➡️ Jizzax xabarlari
19 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 19 may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/36940287

➡️ Jizzax xabarlari
Gaz va elektr energiyasi tariflariga ijtimoiy norma kiritiladi. Rasmiylar izohi

O‘zbekistonda energoresurslar narxlarini subsidiyalash amaliyoti saqlab qolingan holda, ijtimoiy iste’mol normasi joriy etiladi. Amaldagi tizimda iste’molchining to‘lov qobiliyati qancha yuqori bo‘lsa, unga shuncha ko‘p subsidiya to‘lanyapti. Ma’lum qilinishicha, aholining mutlaq katta qismi – 80-85 foizi yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 31-35 foizini iste’mol qilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/37644841

➡️ Jizzax xabarlari
Qashqadaryo viloyatida qancha egizak tug‘ildi?

2022 yilning yanvar–aprel oylarida eng ko‘p egizak Samarqand viloyatida tug‘ilgan — 354 nafar. Bu davrda Toshkent shahri, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida ham 300dan ko‘p egizak tug‘ilgan.

👉 https://kun.uz/uz/38775475

➡️ Jizzax xabarlari