Kun.uz | Rasmiy kanal
92.7K subscribers
73.8K photos
9.4K videos
55.5K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Samarqandda bir kunda uch o‘quvchi suvga cho‘kib ketdi, Zomin tumaniga sel yopirildi, Toshkentda 800 kishini chuv tushirgan firma ishi bo‘yicha maxsus tezkor shtab tuzildi - o‘tgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/59783629

Kun.uz rasmiy kanali
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

Qarshi klubi tarixda to‘rtinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

👉 https://kun.uz/25037880

Kun.uz rasmiy kanali
Nyu York meri va o‘zbek tadbirkorining oldi-berdisi: bu haqda nimalar ma’lum?

Federal tergov byurosi AQSh va O‘zbekiston fuqaroligiga ega tadbirkor Tolib Mansurov va Nyu York meri Erik Adams o‘rtasidagi turli yozishmalar va shubhali munosabatlarni aniqladi. Tadbirkor merning saylov kampaniyasi uchun noqonuniy “soxta xayriyalar” tashkil etgan. Tergov hujjatlarida Mansurov Nyu York shahridagi o‘zbek diasporasining nufuzli a’zosi, O‘zbekiston hukumati bilan chuqur aloqalarga ega shaxs sifatida tavsiflangan.

👉 https://kun.uz/65160598

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?

Britaniya xalqaro sud talabini bajarib Chagos orollarni Mavrikiyga topshirdi. Inglizlar bu orolni 1814 yildan buyon nazorat qilib kelardi. Hind okeani qoq markazidagi bu orolda Britaniya va AQSHga tegishli strategik harbiy baza joylashgan.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Vena konvensiyasiga qo‘shilish haqidagi qonunni qabul qildi. Unda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/13864495

Kun.uz rasmiy kanali
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

Qirollik Oliy Mahkamasi Zulhijja hiloli ko‘ringani munosabati bilan 28 maydan Zulhijja oyi boshlanganini, 5 iyun kuni esa hojilar Arafotda turishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ham Zulhijja oyi - 2025 yil 28 maydan boshlanishini tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/30118667

Kun.uz rasmiy kanali
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Oliy ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/94244132

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»

Oq uy rahbari Rossiya prezidentini yana tanqid qildi.

👉 https://kun.uz/36141084

Kun.uz rasmiy kanali
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi

Aniqlangan holatlarning birida Opus 4 sun’iy intelleki muhandisga uning sevgilisi bilan shaxsiy yozishmalarini oshkor etish orqali tahdid qilgan.

👉 https://kun.uz/19574190

Kun.uz rasmiy kanali
Kiyevga yashil chiroq yoqildi: bu nima beradi?

Tramp Putinni “aqldan ozgan” deb atadi: u rossiyalik do‘stidan butkul sovidimi? AQSH va Yevropa Ukrainaga bergan uzoq masofali qurollaridan foydalanish bo'yicha masofa cheklovlarini olib tashladi: bu urush dinamikasiga qanday ta’sir qiladi? Kiyevga qo‘llash uchun ruxsat berilgan harbiy vositalarning real samaradorligi qanday? Ushbu savollarga siyosiy tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov va Shuhrat Rasul Kun.uz studiyasida, jonli efirda javob berishadi.

Muloqot 28-may soat 11:00 da boshlanadi.

📹👉 JONLI EFIR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

Donald Tramp ma’muriyati AQSh elchixonalariga butun dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini belgilashni zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi. Davlat departamenti barcha viza arizachilarining ijtimoiy tarmoqlarini tekshirish tartibini joriy qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

👉 https://kun.uz/60199640

Kun.uz rasmiy kanali
Qurbon hayiti 6 iyunga to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Zulhijja oyining birinchi kuni 28 may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelganini ma'lum qildi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun, juma kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
Qishloq xo‘jaligi vazirligi chorvadorlardan takliflar qabul qilmoqda

Vazirlik chorvachilik sohasidagi muammolarni aniqlash va amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari, chorva egalari va tadbirkorlardan o‘z fikr va takliflarini bildirish so‘raladi.

Kelib tushgan taklif va mulohazalar asosida tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi. So‘rovnoma 1 iyungacha davom etadi.

👉 So‘rovnoma
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga viza suhbatlarini to‘xtatgan AQSh, Isroilni tanqid qilgan kansler va Hayit kunini e’lon qilgan Saudiya – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/53371739

Kun.uz rasmiy kanali
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda

Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi va boshqa davr chaqiriqlariga qanday qarshi turadi – birga yoki yakka-yakka? Toshkentda “Markaziy Osiyo – 2050: barqarorlik va umumiy farovonlik sari yo‘l” mavzusidagi birinchi mintaqaviy forsayt-seminari bo‘lib o‘tmoqda. Seminar Markaziy Osiyoning beshta davlatidan kelgan davlat rasmiylari, tahlil markazlarining vakillari va mustaqil ekspertlarni birlashtirdi.

👉 https://kun.uz/23065177

Kun.uz rasmiy kanali
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi

“Qo‘y shunday jonzotki, biri jarlikka o‘zini tashlasa, boshqalari ham unga ergashib ketaveradi”, deya holatni izohladi Kun.uz bilan suhbatda tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i Shamsher Umedov. Nobud bo‘lgan qo‘ylarning jasadi sanitar maqsadlarda dorilab qo‘yilgan.

👉 https://kun.uz/05577544

Kun.uz rasmiy kanali
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi

Rossiya poytaxtida taksi haydovchilari uchun majburiy imtihon joriy qilindi: ular test topshirib, shahardagi muhim obektlar joylashuvi haqidagi bilimlarini ko‘rsatishi kerak. Bu testdan o‘tmay turib kira qilishga chiqqanlar jarimaga tortiladi. 2023 yilda Moskvada taksichilik qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 5 mingga yaqin ekani aytilgandi.

👉 https://kun.uz/34441019

Kun.uz rasmiy kanali
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilishda davom etdi. Unga tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful hamda Germaniya va Yevropaning boshqa rasmiylari ham qo‘shildi.

👉 https://kun.uz/49360716

Kun.uz rasmiy kanali
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

Urganch davlat universitetining sobiq rektori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim hayotdan ko‘z yumdi.

👉 https://kun.uz/11547368

Kun.uz rasmiy kanali