Kun.uz | Rasmiy kanal
92.4K subscribers
73.8K photos
9.42K videos
55.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Maktab va bog‘chalar oldida tezlik rejimi yumshatildi

Maktab va bog‘chalar atrofidagi yo‘llarda soat 19:00 dan 07:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, shuningdek, dam olish va ta’til kunlarida ushbu aholi punkti uchun ruxsat etilgan umumiy tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga ruxsat berildi.

Qolgan vaqtlarda maktab va bog‘chalar oldida 30 km/soatdan tez yurish mumkin emas.

👉 https://kun.uz/47161913

Kun.uz rasmiy kanali
Ukraina — Rossiya muzokaralari: jiddiy natija kutish mumkinmi?

Istanbulda uch yil ichida ilk marta Ukraina va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara boshlandi. Ruslar vazir o‘rinbosarlari darajasida muzokarachilar yuborgach, Zelenskiy ham tarkibni o‘zgartirdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/40322149

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Trampning yangi Yaqin Sharq doktrinasi: Isroildan voz kechishmi?

Odatda Donald Tramp va Yaqin Sharq mavzusi muhokama qilinganda diqqat markazida eng avvalo Isroil omili turadi. U AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirib tanqidlar ostida ham qolgandi. Ammo AQSh prezidentining bu galgi Yaqin Sharq safarining so‘nggi manzili ham Tel-Aviv emas. Rekord darajadagi kelishuvlar, Trampga shohona munosabat, arablarga hurmat, Eronga qaratilgan tanqid bilan shov-shuvga aylangan safar.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi

Qo‘qondagi korxonadan suyuq ammiak sizib chiqdi. Barcha fuqarolar va zavod ishchilari voqea joyidan favqulodda boshqa joyga ko‘chirildi.

👉 https://kun.uz/30201609

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

1 iyundan boshlib radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydi, Buxoroda ekskavator ayolni bosib ketdi, ilk bor robot yordamida bosh miya biopsiyasi bajarildi, Umra litsenziyasiga ega turfirmalar soni oshdi, - o‘tgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/43263002

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti

Aprel oyida O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflatsiya 14,4 foizni tashkil etdi. Markaziy bank so‘rovnomasida qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda elektr va tabiiy gaz narxlari yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan. Oy davomida o‘simlik yog‘i, dorilar, qurilish mollari, kafe-restoran xizmatlari, tibbiy xizmatlar narxlarida o‘sishni sezganlar ulushi ham ko‘paygan.

👉 https://kun.uz/03229051

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp savdo bitimlarini tuzishga ulgurmagan davlatlar uchun yangi tariflarni e’lon qildi

AQShning savdo sheriklari uchun bojlar «yaqin ikki-uch haftada» belgilanadi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, «bitim imzolashni xohlayotgan 150 ta mamlakat» bor.

👉 https://kun.uz/96262362

Kun.uz rasmiy kanali
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Holat “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida kuzatilgan. Zavodning 3 nafar xodimi tarkibida 1,5 kg oltin bo‘lgan yarimtayyor mahsulotni havo tozalash quvuriga yashirib qo‘yishgan.

👉 https://kun.uz/36015750

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hidi paykalni tutgan qovunlar: Toshloqda qovun pishdi

Husniddin Mamarahimov Toshloq tumanining Besarang qishlog‘idan. Dehqonning erta bahorda ekkan qovuni bugun pishib yetildi. “Handalak unut bo‘lib ketdi. Uning o‘rniga ertapishar qovun ekib birinchilardan bo‘lib daromadga kiryapmiz”, – deydi dehqon.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haydovchilarga yengilliklar: nimalar o‘zgarmoqda?

1-iyundan boshlab yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun avtomatik jarima qo‘llash to‘xtatiladi. 1-sentabrdan radar bor joyda “Radar” belgisi majburiy o‘rnatiladi. Jamoat transporti uchun ajratilgan “A” harfli yo‘lakda kechasi yurishga ruxsat berildi. Keraksiz deb topilgan to‘xtashni taqiqlovchi belgilar olib tashlanadi. Temiryo‘l kesishmalaridagi behuda to‘xtab o‘tishlarga barham beriladi. Yo‘lta’mirlash va yo‘lchizish ishlari faqat tunda olib boriladi.

Kun.uz hukumat qaroridagi asosiy yangiliklarni sanab o‘tadi.

📹 YOUTUBEDA TOMOSHA QILING
⚡️ Xonadonlarni maksimal chegirma narxlarda xarid qiling!

👉
Uylarni ko'rish

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?

13 may kuni Urugvayda milliy motam ruhi hukm surdi. Mamlakatni 2010-2015 yillarda boshqargan Xose Muxika 90 yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganida saraton kasalligi tufayli vafot etdi. Eng kambag‘al yoki eng saxovatli davlat rahbari sifatida ta’riflanadigan El Pepe kim edi va nega bu darajada katta mashhurlikka erishgan?

👉 https://kun.uz/75420294

Kun.uz rasmiy kanali
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?

Kutilganidek Putin borishni istamagan muzokarada jiddiy kelishuv bo‘lmadi. Medinskiy ukrainlarga Rossiya Shvetsiya bilan 21 yil urushganini eslatdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoliklarni Liviyaga ko‘chirish rejasi, Rossiya–Ukraina muzokaralari va Tartus portini BAAga topshirgan Suriya – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/90523958

Kun.uz rasmiy kanali
Trampni siylagan arablar va ro‘y bermagan “duel” | Geosiyosat

Putin nega Zelenskiy bilan ko‘rishishni rad etdi? Arab shayxlarining Trampga bergan qop-qop va’dalari amalga oshadimi? AQSh Xitoy bilan savdo urushini muzlatdi: bu tirashuvda kim yutdi? Vashington kelishuvga oz qolganini aytmoqda: Eron yadro quroli g‘oyasidan voz kechishga tayyormi? PKK o‘z-o‘zini tarqatib yubordi: kurdlar qurollarini tashlayaptimi?

Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📹👉 JONLI EFIR
Uchquduqda ovchi ehtiyotsizlik oqibatida sherigini otib qo‘ydi

Ovchining qamishlar orasida to‘ng‘izga qarata otgan o‘qlaridan biri o‘zidan biroz uzoqroqda turgan sherigiga borib tekkan. Yaralangan ovchi hodisa joyida vafot etgan.

👉 https://kun.uz/58167823

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

Ular 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

👉 https://kun.uz/80019871

Kun.uz rasmiy kanali
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

Muhandislar 21 yildan beri o‘chirib qo‘yilgan dvigatellarni qayta ishga tushirishga erishdi.

👉 https://kun.uz/15876436

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda kuchli bo‘ron kuzatilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi eshik-derazalarni mahkam berkitish, daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslikni tavsiya qildi. Reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi. Avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik kerak.

Kun.uz rasmiy kanali