Kun.uz | Rasmiy kanal
94K subscribers
73.5K photos
9.31K videos
55.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Putin Istanbul muzokaralariga jiddiy qaramayaptimi?

Putin Istanbulga Medinskiy boshchiligidagi va GRU boshlig‘i ishtirokidagi delegatsiyani yubordi. Ishtirokchilarning bunday tarkibi bilan muzokaralardan nimani kutish mumkin?

👉 https://kun.uz/43399511

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?

Rossiya prezidenti Ukrainaga Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara taklif qilgandi. Zelenskiy Turkiyaga bordi, lekin Putin bormadi. Rossiya prezidenti muzokaraga o‘z yordamchisi, vazir o‘rinbosarlari va ekspertlarni yubordi. Ukraina to‘liq asosiy tarkib bilan.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

Prezident Donald Tramp 15 may kuni Qo‘shma Shtatlar Eron bilan yadroviy kelishuvga erishishga juda yaqin ekanini va Tehron uning shartlariga ba’zi e’tirozlar bilan rozi bo‘lganini aytdi.

👉 https://kun.uz/22153349

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy Ukraina delegatsiyasini muzokaralar uchun Istanbulga yubordi

Unga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qilmoqda. Delegatsiyalar nima haqida gaplashishi kutilmoqda?

👉 https://kun.uz/00781278

Kun.uz rasmiy kanali
Agar Putin kelmagan bo‘lsa, demak, Istanbulda qiladigan ishim yo‘q – Zelenskiy

Ukraina rahbari muzokara o‘tkazish uchun Rossiya prezidenti orqasidan butun dunyo bo‘ylab quvib yurolmasligini aytdi.

👉 https://kun.uz/43616218

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Aniq reja yo‘q” - Xastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?

Majmua hududida 5 ta fazaga bo‘lingan elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari qilinishi ma’qullangan. Ammo g‘ishtlarni granit toshlarga almashtirish qat’iyan rad etilgan. Madaniy meros agentligi bu sho‘rlanish hamda namgarchilikni oshirib yuborishini, natijada obektlarda keyinchalik salbiy oqibatlar yuzaga kelishini bildirgan. Qurilish vazirligi loyiha tayyorlanmaganini aytmoqda. Joyda esa ishlar boshlab yuborilgan.

👉 https://kun.uz/80531700

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

O‘zbekistonda «Harvardchilar maktabi» ochiladi, bolalarga mashinani boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi, Yangi Toshkentning 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi, bolalar kontentini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi - o‘tgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/64682299

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?

Bugun siyosat va ro‘molcha haqida gaplashamiz. Dezdemonaniki kabi mashhur bo‘lmasa-da, oxirgi kunlarda dunyo siyosatini kuzatib boradiganlar tilidan tushmayotgan bir martalik oddiy ro‘molcha haqida.

Prezident Makron, bosh vazir Starmer va kansler Mers poyezdga minib Kiyevga ketishayotgandi. Birdan vagonga jurnalistlar kirib kelishdi va ...

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

Moskvadagi Vnukovo aeroportida Interpol tomonidan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u boshqargan kompaniya 9 mln dollar kredit olib, uni qaytarmagan.

👉 https://kun.uz/70667161

Kun.uz rasmiy kanali
“Baxti Tashkentskiy”ning odami ekani aytilgan shaxs 8 yilga qamaldi

Qidiruvga berilib, Rossiyadan ushlab kelingan 34 yoshli Hasan Shofayziyev tovlamachilik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topildi. Sud hukmida u Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li Bekzod Zafarov bilan birgalikda Samarqand viloyatida yashovchi fuqarodan qozog‘istonlik shaxsning qarzini “ko‘cha usuli”da undirishga harakat qilgani keltirilgan.

👉 https://kun.uz/81875390

Kun.uz rasmiy kanali
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

«Barselona» 28-bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, holbuki jamoa qishda peshqadamdan sakkiz ochkoga qolib ketgan va Madrid klublarining chempionlik uchun imkoniyatlari yuqori baholanayotgandi. 17 yoshli Yamal oltin o‘yinda navbatdagi shedevr goli bilan chempionlik masalasini hal etdi. Flik ilk mavsumidayoq ispancha treblga erishdi.

📹 👉 https://kun.uz/11719246

Kun.uz rasmiy kanali
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

Uchtepa tumanida qurilishi boshlangan 8 qavatli uy xaridorlariga berilgan va’daga ko‘ra 2022 yilning dekabrida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo bunday bo‘lmadi. 2024 yilning sentabr oyida kompaniya ta’sischisi qamoqqa olingan. Kun.uz'ga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ayrim holatlarda bir xonadonni ikki kishiga sotgan. Jabrlanuvchilar pullarning katta qismini ta’sischining qo‘liga naqd ko‘rinishda topshirgan. Ayni paytda ushbu quruvchi 167 kishini aldagan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixiy hodisa - termik depressiya: 18 maygacha respublikada juda issiq ob-havo kuzatiladi

Ayni shu kunlarda kuzatiladigan ob-havo termik depressiya jarayoni bilan tavsiflanib, so‘nggi 65 yillikda mintaqada faqat yoz oylarida kuzatilgan. Issiqlik to‘lqini avval Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatiga kuchli ta’sir qilsa, payshanba-juma kunlari uning qamrovi Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarigacha kengayadi. Juma-shanba kunlari vodiy aholisi ham issiqlikdan aziyat chekishi mumkin. Joriy anomal issiqlik to‘lqini may oyi, ya’ni noodatiy davrda kuzatilayotgani bois, kechki va tungi haroratda ham havoda namlikning biroz ortishi hisobiga uni his qilish og‘irroq kechishi mumkin.

📹 TO‘LIQ VIDЕO
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

Tokio politsiyasi o‘zbekistonlik besh yigitni talonchilikda gumon qilib hibsga oldi. Ulardan to‘rt nafari mamlakatda noqonuniy bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/89329167

Kun.uz rasmiy kanali
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

Andijondan Surxondaryo va Navoiygacha bo‘lgan barcha viloyatlarning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/31880869

Kun.uz rasmiy kanali
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

Yaqin Sharq safarining so‘nggi bekati sifatida Abu-Dabiga kelgan Donald Tramp BAAda Saudiya va Qatardan ham ko‘proq investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bundan tashqari, BAAda AQShdan tashqaridagi eng yirik sun’iy intellekt markazi hamda 80 qavatli Tramp minorasi quriladi.

👉 https://kun.uz/32733586

Kun.uz rasmiy kanali
So‘rovnoma: Toshkentga qanday bog‘lar kerak?

Toshkentdagi istirohat bog‘lari va yashil hududlarga oid so‘rov natijalari nimalarni ko‘rsatdi?

👉 https://kun.uz/86082523

Kun.uz rasmiy kanali
“Chegarada harbiy istehkom qurdik” – Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik jazoga tortildi

Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro Rossiya-Ukraina urushida qatnashib, jang maydonida harbiy istehkom qurish ishlariga jalb etilgan. U Rossiyada bo‘lish guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgani sababli hibsda saqlangan. So‘ngra jazo berilmasligi evaziga Rossiya qurolli kuchlari tarkibida harbiy xizmat qilishga rozi bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/14914094

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AI markaziga aylanmoqchi bo‘lgan BAA, Putindan xafa bo‘lmagan Tramp va G‘azo bo‘yicha reja – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/85496768

Kun.uz rasmiy kanali
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Ayol yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Ekskavator haydovchisi uni ko‘rmasdan, bosib o‘tgan. Holatga huquqiy baho berilishi va javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanishi bildirildi.

👉 https://kun.uz/53780191

Kun.uz rasmiy kanali