Kun.uz | Rasmiy kanal
95.8K subscribers
73.2K photos
9.2K videos
54.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

UzAuto Motors va boshqa katta kompaniyalar xususiylashtiriladi. 2-3 kunga xorijga chiqib kelganlar endi o‘zi bilan bojsiz tovar olib kirolmaydi. Ustiga ustak, o‘zbekistonliklar Dubayga vizasiz borish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Namanganda ikki rasmiy idora omma qarshisida radarlar bo‘yicha bahslashdi. Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlari tantanali kutib olindi. Qirg‘iziston bilan “Chashma” bulog‘i masalasida kelishuvga erishildi. Yakunlanayotgan hafta yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Forwarded from Kun.uz | Futbol
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi

"Barselona" Ispaniya kubogi final uchrashuvida "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushib, qo‘shimcha bo‘limlarda Kunde tomonidan urilgan gol sabab g‘alaba qozondi.

👉 https://kun.uz/75572090

⚽️ Kun.uz | Futbol
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarning ochiqlik indeksini e’lon qildi. 2024 yil yakunlari bo‘yicha indeksda eng yaxshi natijalarni asosan davlat kompaniyalari va Soliq qo‘mitasi qayd etdi. Andijon viloyati hokimligi prezident farmonida keltirilgan ochiqlik talablarni eng kam bajarayotgan davlat organi deb topildi. Vazirliklar kesimida eng oxirgi o‘rinni Tashqi ishlar vazirligi egalladi.

👉 https://kun.uz/61179167

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi

Va ilk marta yordam uchun KXDR harbiylariga minnatdorchilik bildirildi.

👉 https://kun.uz/14085275

Kun.uz rasmiy kanali
Vatikanda Fransiskning dafn marosimiga 200 ming kishi yig‘ildi – fotosuratlar

26 aprel kuni Vatikanda o‘tkazilgan marosimda qatnashish uchun kelganlar orasida ko‘plab davlat va hukumatlar rahbarlari, jumladan, AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham bor edi.

📸👉 https://kun.uz/93079373

Kun.uz rasmiy kanali
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Istanbul shahrida 19 yoshli o‘zbekistonlik o‘zi yashab turgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etdi. Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi hamkorligida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

👉 https://kun.uz/88311191

Kun.uz rasmiy kanali
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

So‘nggi daqiqalarda madridliklarning uch futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi, Ryudigerni uzoq muddatli diskvalifikatsiya kutmoqda.

📹 👉 https://kun.uz/75572090

Kun.uz rasmiy kanali
Urush shov-shuvi, «Chashma» kelishuvi, chegaradan qaytgan turkman pomidori va safari qoldirilgan Meloni

Italiya bosh vaziri shu hafta O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib, yakshanba kuni Ostonada sammit o‘tkazishi kerak edi, biroq Rim papasining vafoti sabab Jorja Meloni tashrifini kechiktirdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘i bo‘yicha kelishuvga erishdi. Arqadag‘ hafta davomida Tojikistondan tashqari barcha Markaziy Osiyo davlatlarida bo‘ldi. Turkman pomidori esa rus va ozar chegarasidan o‘tkazilmadi. Pokiston va Eron afg‘onlarni ommaviy deport qilmoqda.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 22 yoshli yigit 18 yoshli qiz tanishini kaltakladi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga murojaat qildi. Shu tumandagi maktablardan birida esa ikki o‘quvchining janjali oqibatida ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/49479655

Kun.uz rasmiy kanali
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi

Eronning Bandar-Abbos shahri yaqinidagi portlash oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan, mingdan ortiq kishi yaralangan. Hududda kuchli yong‘in ikki kundan buyon davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/09146037

Kun.uz rasmiy kanali
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

«Real» nihoyat klasikoda «Barsa»ga jang taklif eta oldi. Karlo nimani o‘ylab topdi-yu, nima yetishmadi?

👉 https://kun.uz/70169590

Kun.uz rasmiy kanali
Kanadada avtomobil odamlarni bosib ketdi. Qurbonlar bor

Shanba kuni kechqurun Vankuverda filippinliklar diasporasi uyushtirgan ko‘cha sayli chog‘ida avtomobil odamlar ustiga yurib ketdi. Shahar politsiyasi to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Haydovchi qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/81304586

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

Bir kun oldin Putin hududdagi Ukraina kuchlari to‘liq «tor-mor etilgani» haqida aytgandi.

👉 https://kun.uz/54809109

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

Xizmatchi oilasida ulg‘aygan Orzugul poytaxtdagi tengdoshlari bilan tanishgunga qadar chet elda o‘qishni imkonsiz deb bilgan. Bir nechta xalqaro ta’lim dasturlarida 2 yil ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, u harakatni davom ettirib, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti bo‘lgan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Orzugul vazirlik tizimida nega ishlay olmagani, Bristoldagi ta’lim, ilm sohasidagi soxtaliklar, qizlarning xorijda o‘qishiga qarshi shakllangan stereotiplar haqida gapirib berdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Tramp Putinni to‘xtatolmadi, tobut tepasida diplomatiya – hafta dayjesti

Hafta davomida dunyo yana bir urushga yaqin keldi, Putin Kursk to‘liq ruslar nazoratiga qaytganini aytdi, Vatikanda Rim papasi vafot etdi, Istanbulda xavotirli zilzila bo‘ldi, yaponlar 7 dollarni «tuya qilgan» haydovchini nafaqadan mahrum qilishdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING