Kun.uz | Rasmiy kanal
95.9K subscribers
73.1K photos
9.19K videos
54.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
3,6 mlrd dollarlik oltin sotuvi va 9 barobardan ko‘proqqa qisqargan gaz importi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi

2025 yilning birinchi choragida O‘zbekiston 94 mln dollarlik gaz eksport qilib, 38 mln dollarlik importni amalga oshirdi. Gaz sotish 2,5 barobarga oshgan bo‘lsa, sotib olish 9,3 barobargacha kamaygan. Shuningdek, hisobot davrida 3,57 mlrd dollarlik oltin sotildi. Buning natijasida tashqi savdodagi salbiy saldo 1,08 mlrd dollargacha qisqargan.

👉 https://kun.uz/93473219

Kun.uz rasmiy kanali
Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi

25 aprel kuni ertalab AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Donald Trampning tinchlik rejasi tafsilotlarini muhokama qilish uchun Moskvaga uchib keldi.

👉 https://kun.uz/58795267

Kun.uz rasmiy kanali
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

Qibray tumanining Bo‘ston mahallasida beton ariqchalar yotqizish uchun yo‘l chekkasi kavlanyapti. E’tiborlisi, ariq naq ishlab turgan suv tarmog‘ining ustiga yotqizilyapti: eskirgan, ayrim joylari yorilgan quvurlarning ustiga. Qazish jarayonida ham eski quvurlarga shikast yetkazilgan. Ertaga quvur yorilsa, ta’mirlash uchun yap-yangi beton ariqni yorishga to‘g‘ri keladi.

👉 https://kun.uz/96848741

Kun.uz rasmiy kanali
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

Ushbu 21 yoshli amerikalik Falastin masalasi tufayli «Amerika hukumatidan darg‘azab» bo‘lgan, Rossiya fuqaroligini olish uchun armiyaga yozilgandi.

👉 https://kun.uz/04042241

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya.
# 3


Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi ta’minlanadi. Tomonlar «Chashma» bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

👉 https://kun.uz/56701997

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

23 aprel kuni Istanbul va uning atrofidagi hududlarda davomli zilzilalar sodir bo‘larkan, aholini qo‘rquv bosdi. Rasmiylar va hokimiyat vakillari odamlarni uy ichida qolmaslikka chaqirib, yer qimirlashi qaytalashidan ogohlantirdi. Qo‘rqqanimiz uchun oilamiz a’zolari bilan masjidda tong ottirdik, deydi bugun Istanbulda yashovchi yurtdoshimiz Otabek Tillayev.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

BAA bilan tahdid ostida qolgan vizasiz rejim, Samarqanddagi mudhish avtohalokat, Dubay shokoladidagi xavfli bakteriyalar va O‘zbekistonga sudda yutqazgan Turkiya kompaniyasi - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/51879843

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi

Oxirgi kunlarda Kashmirdagi terakt sabab Hindiston va Pokiston o‘rtasida munosabatlar taranglashib, hatto ikki davlat urush yoqasiga kelib qoldi. Videoda ushbu konflikt atrofidagi oxirgi voqealarga to‘xtalamiz.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

RFning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvchi kema Osiyo davlatlaridan birining bayrog‘i ostida noqonuniy reyd amalga oshirgan.

👉 https://kun.uz/22781331

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi

AQSh prezidenti Qrim ancha oldin rossiyaliklarga o‘tib bo‘lgani va bunda Barak Obamaning aybi borligini ta’kidladi. «Yana aytaman, bu Obamaning urushi. Bu urush hech qachon boshlanmasligi kerak edi», deydi Tramp.

👉 https://kun.uz/79821176

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

19–21 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor Eco Expo Central Asia 2025 ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/53384783

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Chelaklab suv tashib amallab ko‘kartirib olganman” – tog‘ bag‘rida bog‘ yaratgan so‘xlik 93 yoshli Nuriddin ota hikoyasi

Nuriddin ota Ayniddinov tog‘ bag‘ridagi suvsiz tashlandiq yerni obod qilib, bog‘ yaratdi. Ekkan o‘rik ko‘chatlari allaqachon bo‘y cho‘zib daromadga ham kirgan. U har kuni 6 km piyoda yo‘l bosib bog‘idan xabar oladi. “Piyoda yurishning gashti boshqa, tanada qon yuradi, kun bo‘yi o‘zimni tetik his qilaman”, – deydi Nuriddin ota.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va FVV rahbariyati voqea joyiga yetib borgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, qariyb bir soat ichida yong‘in bartaraf qilindi, fojia oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

👉 https://kun.uz/80967594

Kun.uz rasmiy kanali
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga safari chog‘ida prezident Mirziyoyevning Donald Trampga tashrif taklifini yetkazgan. AQSh elchisi Jonatan Henikka ko‘ra, Oq uy bundan mamnun va taklifni jiddiy o‘rganmoqda. Mustaqillikka 30 yildan ortiq vaqt o‘tarkan, AQSh prezidenti mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri payt, deya qo‘shimcha qildi Henik.

👉 https://kun.uz/34624602

Kun.uz rasmiy kanali
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?

1 maydan O‘zbekistonda utilizatsiya yig‘imining oshirilgan stavkalari kuchga kiradi. Natijada, misol uchun, bojxona qiymati 22 800 dollar bo‘lgan Changan Deepal S07 avtomobilini olib kirish narxi 3600 dollardan 6200 dollargacha oshadi. Ikki xil dvigatelga ega, lekin faqat elektrda yuradigan bu toifa modellar rasman hibrid toifaga o‘tkazilishi bilan, Deepal C07ning bojxona xarajatlari 9600 dollardan oshib ketadi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi

Mumiyolangan ayolning yoshi 25-30 yosh atrofida bo‘lgan. Oradan 5 ming yil o‘tgan bo‘lsa ham uning terisi, sochlari va tirnoqlari saqlanib qolgan.

👉 https://kun.uz/41560035

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/04813778

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

RF Ta’lim vazirligi migrantlarning bolalarini bog‘chaga qabul qilishda ularda infeksion kasallik yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma talab qilish taklifini ilgari surdi. Hozirda faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma so‘raladi.

👉 https://kun.uz/91333322

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi

O‘zbekiston va Ozarboyjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

👉 https://kun.uz/06304637

Kun.uz rasmiy kanali