Kun.uz | Rasmiy kanal
96.1K subscribers
73.1K photos
9.17K videos
54.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

​​​​​​​Ta’kidlanishicha, yo‘q qilingan migrantlar «Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti mafkurasi tarafdorlari»dir.

👉 https://kun.uz/15102859

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

Videoda qolgan mashinalar piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgani, ammo Lacetti haydovchisi katta tezlikda harakatlanib kelib, yo‘lovchilarni bosib ketgani, yo‘lakchada bolalar aravachasi ham bo‘lganinni ko‘rish mumkin. IIB esa bu holat haqida ikki hafta o‘tib ma’lumot bermoqda.

👉 https://kun.uz/19269545

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

Kun.uz aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi jami 8 kishini urib yuborgan, yana bitta mashinaga zarar yetkazgan. Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi onasiz qolgan, boshqa jabrlanuvchilar og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/45299999

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Oyog‘i kuygan 1,5 yashar qizcha ishi”: Popdagi bog‘cha noqonuniy tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi

Ushbu oilaviy bog‘cha davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va litsenziyasiz ishlayotgani aniqlandi. Hozirda uning faoliyati to‘xtatilgan, bolaning kuyishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.

👉 https://kun.uz/70484935

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

👉 https://kun.uz/94455130

Kun.uz rasmiy kanali
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

Samarqandda malaka sinovida qatnashgan nomzod o‘qituvchining onlayn efirda hali ichkarida o‘tirgani hamda Andijonda boshqa bir nomzodning telefondan foydalanganiga oid holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Maktab vazirligiga ko‘ra, birinchi vaziyatda efirda uzilish va qotish yuzaga kelgan, shu sabab eski kadrlar ko‘ringan.

👉 https://kun.uz/64828860

Kun.uz rasmiy kanali
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida U-17 Osiyo kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi futbolchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/07876008

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/44008354

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

20 aprel kuni Dubayda O‘zbekistonning o‘nlab fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. BAA tomoni ushbu ish doirasida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/24131145

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

Portlash general-leytenant Yaroslav Moskalik uyidan chiqib kelganida, hovlida turgan avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali sodir etilgan.

👉 https://kun.uz/29119781

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bizga Xudo berdi” – qayta-qayta o‘tkazilgan maqbullashtirishni hokimlar shunday qabul qilishdi — Chorixon Qodirov

O‘zbekistonda to‘rt marta o‘tkazilgan yerlarni maqbullashtirish tadbiri ming-minglab qonunbuzarliklar bilan kechdi va sohani tiz cho‘ktirdi. “Har bir tuman va viloyat sudida maqbullashtirish yuzasidan berilgan g‘aram-g‘aram shikoyat arizalari yotibdi”, – deydi Fermerlar kengashi bosh huquqshunosi Chorixon Qodirov. Bunday “maqbullashtirish” mega-korrupsiyani yuzaga keltirdi va keltirmoqda, dehqonlarni yerdan sovutmoqda, yerning o‘zi esa g‘amxo‘rsiz qolmoqda.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27–30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/80074098

Kun.uz rasmiy kanali
Xalqaro arbitraj Turkiya tekstil kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik da’vosini rad etdi

2000-yillar boshida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga investitsiya kiritgan Turkiyaning Bursel Tekstil kompaniyasi 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasiga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritgan edi. Da’vo predmeti paxta narxi va soliq siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘lgan. Arbitraj tribunali investorning barcha shikoyatlarini rad etdi.

👉 https://kun.uz/05274676

Kun.uz rasmiy kanali
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Samolyot bir nechta parashyutchini o‘quv mashg‘ulotlariga olib ketayotgan bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/79601005

Kun.uz rasmiy kanali
3,6 mlrd dollarlik oltin sotuvi va 9 barobardan ko‘proqqa qisqargan gaz importi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi

2025 yilning birinchi choragida O‘zbekiston 94 mln dollarlik gaz eksport qilib, 38 mln dollarlik importni amalga oshirdi. Gaz sotish 2,5 barobarga oshgan bo‘lsa, sotib olish 9,3 barobargacha kamaygan. Shuningdek, hisobot davrida 3,57 mlrd dollarlik oltin sotildi. Buning natijasida tashqi savdodagi salbiy saldo 1,08 mlrd dollargacha qisqargan.

👉 https://kun.uz/93473219

Kun.uz rasmiy kanali
Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi

25 aprel kuni ertalab AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Donald Trampning tinchlik rejasi tafsilotlarini muhokama qilish uchun Moskvaga uchib keldi.

👉 https://kun.uz/58795267

Kun.uz rasmiy kanali
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

Qibray tumanining Bo‘ston mahallasida beton ariqchalar yotqizish uchun yo‘l chekkasi kavlanyapti. E’tiborlisi, ariq naq ishlab turgan suv tarmog‘ining ustiga yotqizilyapti: eskirgan, ayrim joylari yorilgan quvurlarning ustiga. Qazish jarayonida ham eski quvurlarga shikast yetkazilgan. Ertaga quvur yorilsa, ta’mirlash uchun yap-yangi beton ariqni yorishga to‘g‘ri keladi.

👉 https://kun.uz/96848741

Kun.uz rasmiy kanali
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

Ushbu 21 yoshli amerikalik Falastin masalasi tufayli «Amerika hukumatidan darg‘azab» bo‘lgan, Rossiya fuqaroligini olish uchun armiyaga yozilgandi.

👉 https://kun.uz/04042241

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya.
# 3


Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi ta’minlanadi. Tomonlar «Chashma» bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

👉 https://kun.uz/56701997

Kun.uz rasmiy kanali