Kun.uz | Rasmiy kanal
96.3K subscribers
73.1K photos
9.16K videos
54.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

Yeri tortib olingan fermer, qonunbuzarlikdan qo‘rqmaydigan hokim, nazar-pisand qilinmayotgan sud qarorlari, tomoshabin rolidagi MIB va prokuratura. O‘zbekistonning turli hududlaridan Kun.uz studiyasiga kelgan uch fermer boshdan kechirganlarini so‘zlab berdi. “Maqbullashtirish jarayonidagi qonunbuzarliklar ommaviy tus olgan”, deydi Fermerlar kengashi bosh huquqshunosi Chorixon Qodirov.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimi xatiga javob qaytardi

Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayevning noqonuniy o‘rnatilgan radarlarni olib tashlash haqidagi xatiga javob qaytardi. Javob xatida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hokimliklari tasarrufidagi mashinalar o‘nlab qoidabuzarlik sodir qilgani, muddati o‘tgan to‘lanmagan jarimalar borligi aytilgan. Shahar hokimligi matbuot kotibi to‘lanmagan jarimalar belgilangan talablarga zid ravishda o‘rnatilgan radarlardan kelganini bildirdi.

👉 https://kun.uz/96773660

Kun.uz rasmiy kanali
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda

Ilon Mask Amerika rasmiylaridan har hafta o‘z yutuqlari haqida hisobot berishni talab qilgandi. Ko‘plab idoralar bu talabni ochiqdan ochiq sabotaj qilmoqda.

👉 https://kun.uz/80439803

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eronning boyitilgan urani Rossiyaga ko‘chirilishi mumkin

OAVga sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Erondan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini yo‘q qilish yoki uchinchi davlatlar hududiga ko‘chirishni talab qilmoqda. Bu davlat Rossiya bo‘lishi mumkin. Moskvaga borgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi RF prezidenti bilan shuni muhokama qilgani aytilmoqda. Kun.uz studiyasida bu muzokaralar haqida Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha ekspert Shavkat Ikromov so‘z yuritdi.

📹 To‘liq video: Eron-AQSH yadroviy muzokaralari
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

Turkiyadagi xalqaro advokatlar BMTga, shuningdek, BAA hukumatiga murojaat qilib, ushbu shaxslarga chiqarilgan o‘lim hukmini siyosiy emas, balki yuridik mezonlarga asoslangan holda qayta ko‘rishni so‘radi.

👉 https://kun.uz/08193164

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj

Bog‘dorchilik va mirishkorlikda nom taratgan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining O‘qchi qishlog‘i qulupnay va gilosi bilan ancha mashhur. Dehqonlar ayni paytda dalani begona o‘tlardan tozalash bilan band. Aytishlaricha, bu yil havo salqin kelganidan qulupnayning pishib yetilishi biroz kechikkan.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekistonda to‘y o‘tkazish tartibi yangilanadi

Avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi kutilyapti. Xuddi shunday qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan nizom 2020-yil 1-yanvardan buyon yuridik jihatdan amal qilib kelmoqda. Unda nimalar yozilgan?

👉 https://kun.uz/42016089

Kun.uz rasmiy kanali
Ikkilamchi avtomobil bozori: Cobalt’dan tortib BYD Song Plus’gacha bo‘lgan bir qator avtomobillarning narxi arzonlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti joriy yilning yanvar-mart oylarida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi. Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas biroz arzonlashgan. BYD va Kia'ning qator modellari narxlarida ham pasayish kuzatilgan.

👉 https://kun.uz/53296956

Kun.uz rasmiy kanali
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs sud qarori chiqqunga qadar soliqlar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, ozod qilinishi mumkin. Deputatlar tegishli qonunni qabul qildi. Jinoyat kodeksidan soxta tadbirkorlik moddasini chiqarib tashlash bo‘yicha bitta partiya kiritgan taklifga boshqa partiyalar rozi bo‘lmadi.

👉 https://kun.uz/42801087

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya hujumi ehtimoli: Yevropadagi xavotir qanchalik asosli?

Rossiyaning Ukrainadan keyingi nishoni Sharqiy Yevropa davlatlari bo‘ladimi? Ayni savol Kun.uz studiyasida siyosiy tahlilchilar bahsiga sabab bo‘ldi. Anvar Yo‘ldoshev bu xavotirlarni bo‘rttirilgan deb hisoblaydi: “Rossiyaning NATO a’zolariga tajovuz qilishga resurslari yo‘q”. Rabbimov esa Ukrainaga bosqin bo‘lishiga ham hech kim ishonmaganini eslatdi. “Putin Yevropa Ittifoqini ko‘p marta aldadi”, deydi u.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/59809609

Kun.uz rasmiy kanali
Mehnat migrantlariga subsidiya va kompensatsiya ajratish tartibi belgilandi

Subsidiya va kompensatsiyalar «Xorijda ish» mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ajratiladi.

👉 https://kun.uz/36633239

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

Kir yuvish geli, yogurt, kolbasa, shirinliklar... Toshkent tumanidagi “Navoiy” (Qozog‘iston tomonidan “Qoplonbek”) chegara o‘tkazish punktidan kirayotgan o‘zbekistonliklar ro‘zg‘or uchun shu kabi mahsulotlarni ko‘tarib kirishmoqda. Kun.uz suhbatlashgan vatandoshlar Qozog‘istonda narxlar arzonroqligini aytishdi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan fuqarolik infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ikki tomonlama muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy ham mamlakati tinch aholi xavfsizligini kafolatlaydigan «har qanday muloqotga tayyor» ekanini aytdi.

👉 https://kun.uz/31588929

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
22 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Namangan shahri hokimining qoidabuzar xizmat avtomobili, Haj va Umra uchun yagona portal, qimmatlashayotgan oltin va pasaytirilgan bojsiz limitga izoh - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/19866277

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi

2000 yil Rossiyada Ikkinchi chechen urushi avj olgan vaqtda «Tolibon» dunyo musulmonlarini Rossiyaga qarshi jihodga chorlagandi. 25 yil o‘tib Moskva harakatni terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi. Nega?

📹 YOTUBE'DA TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya–Ukraina urushi: muzokaralar AQSHsiz davom etadimi?

Vladimir Putin e’lon qilgan “Pasxa sulhi” yakunlandi va o‘t ochish qayta boshlandi. Shundan keyin Putin oxirgi uch yil ichida birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi.

📹 YOTUBE'DA TOMOSHA QILING
«Siti» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Barsa» 40 ta zarbadan bitta gol urdi

Hafta o‘rtasida Yevropa chempionatlarida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/59859280

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Kashmirdagi terakt munosabati bilan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etdi.

👉 https://kun.uz/09555018

Kun.uz rasmiy kanali
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

Yanvar–mart oylarida O‘zbekiston bo‘ylab jinoyat sudlarida qariyb 20 mingga yaqin ish ko‘rilgan bo‘lib, ularda 15 369 nafar shaxs sudlangan. Oqlanganlar esa 108 nafarni tashkil qilmoqda. Oliy sudga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p – firibgarlik, transportdan foydalanish qoidalarini buzish, o‘g‘rilik va giyohvandlikka doir jinoyat ishlari ko‘rilgan.

👉 https://kun.uz/32912556

Kun.uz rasmiy kanali