Kun.uz | Rasmiy kanal
92.4K subscribers
73.8K photos
9.43K videos
55.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

Samarqand shahrida 2 kun davomida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy sammiti hamda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 1-5 aprel kunlari uchun hududdagi jami 10 ta OTM va texnikumlarga qisqa muddatli ta’til e’lon qilindi. O‘quv jarayonlari 7 apreldan qayta boshlanadi.

👉 https://kun.uz/22113522

Kun.uz rasmiy kanali
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi

Ali Xominaiy shuningdek, Eron ichida isyonni qo‘zg‘atish haqidagi fikrlar ham e’tibordan chetda qolmasligi haqida ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/74817301

Kun.uz rasmiy kanali
Bojxona ma’muriyatchiligida o‘zgarishlar amalga oshiriladi

“G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Dovut ota” o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish yo‘lga qo‘yiladi.

👉 https://kun.uz/89602237

Kun.uz rasmiy kanali
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

2023 yil boshida xususiylashtirilgan “Kvars” AJ davlat nazoratiga qaytarildi. Zavod Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan ofshor kompaniyalar egaligidagi “Quvasoysement”ga sotilgandi. Davaktiv xususiylashtirish bitimi nima sababdan bekor bo‘lgani haqida rasmiy izoh bergani yo‘q.

👉 https://kun.uz/40677073

Kun.uz rasmiy kanali
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

2025 yildan tadbirkorlar uchun yer va mol-mulk soliqlarini hisoblash usullari o‘zgardi va natijada soliq yuklamasi bir necha barobarga oshib ketdi. “Bu soliqlar to‘g‘ri hisob-kitob qilina boshlagani uchun yuz berdi”, deydi soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov. Uning so‘zlariga ko‘ra, soliq yuklamasi oshgan paytda, minimal ijara stavkasi ham keskin ko‘tarilgani tadbirkorlarga og‘irlik qilyapti.

👉 https://kun.uz/30746781

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi

Aprel oyining birinchi kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat ish haftasi oxiriga borib +33 darajagacha isiydi. Juma kuni yana 5–7 darajaga pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

👉 https://kun.uz/66012101

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayit kuni qurbon bo‘lgan g‘azoliklar, husiychilarga Trampdan tahdid va «Tolibon»ni legallashtirmoqchi bo‘layotgan Rossiya - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/93471811

Kun.uz rasmiy kanali
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

Sud Botir Qodirovni o‘z ijodida «Davlating borida», «Omonat» va «Tingla do‘stim» nomli she’rlardan huquq egasi ruxsatisiz hamda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalangan deb topdi. Adliya vazirligiga shikoyat qilgan shoir Shamsiddin To‘rayev xonandadan BHMning 1000 baravarigacha tovon talab qilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/60010835

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

Namangan viloyati Pop tumanida 36 yoshli Hojiakbar Qirg‘izov dalada ishlayotib yiqilib tushadi va shu kuniyoq tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinadi. Tekshiruvga ko‘ra, chap oyoq son qismi singani aniqlanadi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz yakunlanib bemor ikkinchi marta yana jarrohlik amaliyotini o‘taydi. Bu gal Farg‘onadan mutaxassis chaqiriladi. Biroq amaliyot yana kutilgan natija bermaydi. Shifoxonaga singan oyog‘ini hisobga olmaganda soppa-sog‘, yaxshi kayfiyatda kirib ketgan bemor ahvoli og‘irlashib komaga tushib qoladi va bir necha kundan keyin joni uziladi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

Qishloq xo‘jaligini to‘g‘ri isloh qilish, eski davrdan qolib ketgan uslublar va boshboshdoqlikdan voz kechish davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri. Kun.uz tahririyatga kelgan bekobodlik ikki fermerning dardini tingladi. Aytish mumkinki, bu fermerlar gapirib bergan muammolar boshqa tumanlarda uchramaydi, deb bo‘lmaydi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekistonga «Leapmotor» brendidagi avtomobillar importi cheklandi

O‘zbekistonda «Leapmotor» tovar belgili avtotransport vositalarini sertifikatlash vaqtincha to‘xtatiladi. Bunga ushbu brendga tegishli S16 avtomobilida aniqlangan kamchilik sabab sifatida keltirilyapti.

👉 https://kun.uz/68786677

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi

Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida 2 apreldan sentabr oyigacha transport vositalari harakati cheklanadi.

👉 https://kun.uz/67031588

Kun.uz rasmiy kanali
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 forvard

Ro‘yxatdagi 11 futbolchidan 10 nafarining nomi «Arsenal» bilan bog‘lanadi. Ulardan qaysilari yozda futbolkasini almashtiradi?

👉 https://kun.uz/41863673

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

Osiyodagi eng chuqur g‘or O‘zbekistonda ekanini bilarmidingiz? Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz yer osti dunyosining bu ajib mo‘jizasi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ekanini bilmasligi aniq. “Manzil” loyihasi navbatdagi ko‘rsatuvida Boybuloq g‘ori joylashgan qishloq va uning atrofidagi tabiat go‘zalliklarini namoyish etadi.

👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»

3-4 aprel kunlari Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammit oldidan “Euronews”ga intervyu berdi. Davlat rahbarining matbuot xizmati intervyu matnini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/32039930

Kun.uz rasmiy kanali
Maktablarni to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish taklif qilinmoqda

Murojaat “Mening fikrim” portaliga o‘tgan yili oktyabr oyida qo‘yilgan. Fuqaro umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 5 kunlik dars berish va ishlash rejimiga o‘tkazish orqali ustozlar haftasiga 2 kun dam olishini, bu bilan ish unumi va sifati oshishini bildirgan.

👉 https://kun.uz/64121078

Kun.uz rasmiy kanali
Qatargeyt: Netanyahu maxsus bo‘lim tomonidan so‘roq qilingan, uning maslahatchilari hibsga olingan. Mojaro mohiyati nimada?

So‘nggi bir necha kun ichida Isroilda Qatargeyt deb nomlangan mojaro bilan bevosita bog‘liq bir qator voqealar sodir bo‘ldi. Xususan, dushanba kuni kechqurun ushbu ish bo‘yicha bosh vazir Binyamin Netanyahu so‘roq qilindi. Isroil hukumati esa tergov boshlaganlarni ishdan bo‘shatmoqda.

👉 https://kun.uz/95344741

Kun.uz rasmiy kanali
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

Reytingning yuqori pog‘onalaridan odatdagidek Ilon Mask, Mark Sukerberg va Jeff Bezos o‘rin oldi. Bungacha Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatib kelingan Alisher Usmonov esa 16,7 mlrd dollar boyligi bilan reytingga birinchi marta O‘zbekiston vakili sifatida kiritilgan.

👉 https://kun.uz/45657564

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, O‘zbekistonda san’atkorlardan soliq undirish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. San’atkorlarga 2025 va 2026 yillarda daromadlar deklaratsiyasini to‘g‘rilab topshirish bo‘yicha imkoniyat beriladi. 2027 yil 1 yanvardan san’atkorlar o‘z daromadlarini to‘liq ko‘rsatmasa yoki soliqlardan qochsa, soliq nazorati tekshiruvlari o‘tkazilish orqali soliqlar majburiy undirilishi nazarda tutilmoqda.

👉https://kun.uz/56945625

Kun.uz rasmiy kanali
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

Yigitning otasi o‘g‘lini yolg‘iz qoldirishganini, u sisterna ichidan chiqolmasdan vafot etganini aytmoqda. Ota ish “yopti-yopti” qilinishidan, ekspertiza xulosalari o‘zgartirilishidan xavotirda. Bosh prokuratura ish tekshirilayotganini bildirdi.

👉 https://kun.uz/81132625

Kun.uz rasmiy kanali