Kun.uz | Rasmiy kanal
92.5K subscribers
73.8K photos
9.41K videos
55.5K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
G‘azodagi urush va garovdagilar taqdiri. Netanyahu va mudofaa vaziri o‘rtasida bahs yuzaga keldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant G‘azoda ushlab turilganlarni ozod etish uchun o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani borasida bir-birini tanqid qildi.

👉 https://kun.uz/76041113

Kun.uz rasmiy kanali
Kursk fronti: Kiyevning maqsadlari oydinlashmoqda, Putin ukrainlarni siqib chiqarishni talab qildi

Kursk fronti Rossiya va Ukraina urushidagi axboriy makonni to‘laligicha «egalladi». Kiyev ortiq Rossiya hududiga hujumini yashirmayapti.

Tafsilotlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
13 avgustning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Vodiyda majburiy mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilar, Termizda ochilgan Islom instituti va televideniyedagi reklamalar yuzasidan ogohlantirish - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/80030624

Kun.uz rasmiy kanali
Shahnoza Mirziyoyeva Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Tegishli qaror Paralimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘m yig‘ilishida qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/54411921

Kun.uz rasmiy kanali
Kiyev: Rossiya bizning shartlarga rozi bo‘lsa, Ukrainaning hujumi tugaydi

Ukrainaning Rossiya hududlarini bosib olish maqsadi yo‘q, u faqat o‘z fuqarolari va harbiy xizmatchilarni himoya qilishga intiladi, dedi TIVning Kiyevdagi vakili. Ukraina Kursk viloyatida bufer zona tashkil etish niyatida.

👉 https://kun.uz/09141572

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh Isroilga 20 mlrd dollarlik qurol yetkazib berishni ma’qulladi

Gap Isroilga 50 ta F-15 qiruvchi samolyoti va 33 ming dona o‘q-dorilarni yetkazib berish haqida ketyapti, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti.

👉 https://kun.uz/16715246

Kun.uz rasmiy kanali
Abbos Falastin masalasida tinchlik konferensiyasi o‘tkazishga chaqirdi

Tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishi xalqaro hamjamiyatning «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyilini amalga oshirishga intilishini ko‘rsatishi kerak, dedi FMM rahbari Putin bilan uchrashuvda.

👉 https://kun.uz/46570749

Kun.uz rasmiy kanali
Rahimov School — bitiruvchilarning 100 %i nufuzli universitetlarga o‘qishga kirdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Rahimov School xususiy maktabi faoliyatiga endigina 1 yil bo‘lishiga qaramay, bitiruvchi sinf o‘quvchilar allaqachon chet el nufuzli universitetlarining talabalari bo‘lishga ulgurishdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab Rahimov School Farg‘ona shahrida ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

👉 https://kun.uz/82403218

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eron vitse-prezidenti 10 kun ishlab, iste’foga chiqdi. Nega?

Eron vitse-prezidenti lavozimini rasman egallaganiga 10 kun to‘lgan Muhammad Javod Zarif iste’fo berdi. O‘zining izohlashicha, u hukumatni shakllantirish borasidagi faoliyatidan qoniqmagan. Bu holat siyosiy elita ichkarisidagi bo‘linishga ishora qilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/95984398

Kun.uz rasmiy kanali
Kursklik qochqinlar Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarga yuboriladi

Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov qochqinlar Zaporijjya viloyatining egallab olingan hududlariga joylashtirilishini aytdi.

👉 https://kun.uz/16761185

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya ukrainlar hujumi tufayli Ukrainadan qo‘shinlari bir qismini olib chiqadi

Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatida oldinga siljishi Moskvani o‘z kuchlarini qayta to‘plashga majbur qilmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.

👉 https://kun.uz/79325559

Kun.uz rasmiy kanali
Farovonlik va inson kapitali – Olimpiada medallari jadvali aslida bizga nimalar deydi?

Medallar, odatda, davlatlar professional sportdan ancha uzoq bo‘lgan muhim ishlarni ham to‘g‘ri qilayotganini bildiradi. Chunki jamoalarning sportdagi yutuqlari – mamlakat farovonligi va inson kapitali rivojlanishiga chambarchas bog‘liq. Nega shunday ekanligi ushbu maqolada tushuntirilgan.

👉 https://kun.uz/43001581

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

👉 https://kun.uz/25276380

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil Eron hujumga tayyorlanmoqda deb hisoblaydi. TSAXAL zaxiradagi harbiylarni xorijdan chaqirib, Isroildagilariga mamlakatdan chiqishni taqiqladi

Tafsilotlar
“Aholi bilan kelishilmagan” - Sebzordagi bolalar maydonchasi sotilishidan odamlar norozi

Toshkent shahar hokimligi Olmazor tumanidagi bolalar maydonchasi yangi joyga ko‘chirilishi, bu masala aholi bilan kelishilganini ma’lum qilgandi. Lekin Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqarolar buning aksini aytmoqda. “Aholi nafas olishi mumkin bo‘lgan joylarni olib qo‘yishyapti”, deydi boshqa bir fuqaro.

📹 VIDEONI SAYTIMIZDA KO'RING
Rossiya: Ukrainaning Kursk viloyatiga yanada kirib borishga urinishlari to‘xtatildi

Ukraina Qurolli kuchlarining chegaradan 28 kilometr uzoqlikda Kursk viloyati Korenev tumanida yorib o‘tishga urinishlari to‘xtatildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

👉 https://kun.uz/66983589

Kun.uz rasmiy kanali
⚡️ Yangi uylar bozoridagi maxsus takliflar

— Bo‘lib to‘lash 5 yilga
— Tayyor ta’mirlangan uylar

👉
Uylarni ko‘rish

Reklama
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»

Bir necha yil oldin mintaqadagi chegaraviy mojarolar, suv bo‘yicha tortishuvlar ortidan tarqoqligimiz bizni zaiflashtirar va birlashish istiqbollaridan mahrum etardi. Bularning barchasi asrlar davomida yonma-yon tinch-totuv yashab kelgan Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyatlariga mutlaqo zid edi, deydi O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili.

👉 https://kun.uz/32222594

Kun.uz rasmiy kanali
Orient Group Management va O‘zbek-Ummon investitsiya kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Bu kompaniyalar Highway logistika markazining 45 foizdan ulushi egasiga aylanishda Raqobat qo‘mitasining oldindan roziligini olmagani uchun jarimaga tortildi. Qaror ustidan Orient Group Management sudga da’vo kiritgan.

👉 https://kun.uz/68878028

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘alabadan yiroq Isroil, Kurskda 74 ta aholi punktini nazoratiga olgan Ukraina va samokatlarni taqiqlayotgan Avstraliya - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/87636426

Kun.uz rasmiy kanali