Kun.uz | Rasmiy kanal
92.4K subscribers
73.8K photos
9.43K videos
55.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
G‘azoda g‘arblik ko‘ngillilar Isroil aviazarbasi qurboniga aylandi. TSAHAL «fojiali hodisa»ni tekshirmoqda

Isroil mudofaa armiyasining G‘azo sektorida yo‘llagan aviazarbasi oqibatida «Jahon markaziy oshxonasi» (World Central Kitchen, WCK) tashkilotining yetti nafar xodimi halok bo‘ldi. Tashkilot asoschisi anklav hududida insonparvarlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatishini ma’lum qilgan.

👉 https://kun.uz/68201125

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiya demokratiyasi ishlayapti. Bu – turkiy dunyo uchun yaxshi namuna

Yakshanba kungi saylovlar Turkiya nafaqat qonunda, balki amalda va tarixiy tajribaga ko‘ra ham ancha demokratik davlat ekanini yana bir bor isbotladi. Xalqning irodasi amalga oshyapti: odamlar istagan siyosatchilar hokimiyatga kelyapti va mustahkamlanyapti yoki aksincha, ishonchni yo‘qotgan partiyalar va ularning vakillari hokimiyatdan uzoqlashyapti.

📹 👉 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Xorijga ish – mahalladan» tamoyili yo‘lga qo‘yiladi, nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.

👉 https://kun.uz/69949532

Kun.uz rasmiy kanali
2024 yilning uch oyida qancha jinoyat fosh etilgani aytildi

O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida 4 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxs ushlandi.

👉 https://kun.uz/05647703

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya terakt haqida AQSh tomonidan ogohlantirilganini tan oldi

Ammo uning oldini olish uchun yetarli ma’lumot bo‘lmagani ta’kidlandi.

👉 https://kun.uz/58244859

Kun.uz rasmiy kanali
Tayvanda 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan sharqiy qirg‘oqlarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Orol va qo‘shni davlatlarda sunami xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/29674715

Kun.uz rasmiy kanali
Shahnoza Sultonova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan Nodira Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

👉 https://kun.uz/63986537

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida qatnashadi

Shuningdek, davlat rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

👉 https://kun.uz/97805225

Kun.uz rasmiy kanali
Urganch tumanida ikkita guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olindi

Guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarni jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib hal qilishga uringan.

👉 https://kun.uz/24641462

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi bola bilan qo‘pol munosabatda bo‘lib, qo‘lini ko‘kartirib qo‘ydi

Hodisa Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Xonaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi yozib olgan tasvirlarda tarbiyachi guruhdagi qizaloqlardan biriga qo‘pol munosabatda bo‘lib, qo‘lini siltab, baqirgani ko‘rinadi. Bolaning yaqinlari voqeadan xabar topgach tarbiyachi ishdan bo‘shatilgan.

👉 https://kun.uz/90014811

Kun.uz rasmiy kanali
Nega aynan Sayxunobod? Iqtisodchi prezident tashabbusining mohiyatini tushuntirib berdi

Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirovning ta’kidlashicha, ichki imkoniyatlari katta bo‘lgan har bir hudud tanlab olinib, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Sayxunobod tajribasi bora-bora boshqa hududlarga ham keng tatbiq qilinadi.

👉 https://kun.uz/69556123

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi

U 2023-yil martidan buyon Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgandi.

👉 https://kun.uz/25698796

Kun.uz rasmiy kanali
Taksida bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi ma’lum qilindi

Aprel oyining birinchi kunida onlayn-agregatorlar orqali taksi xizmatlari aylanmasi 14 mlrd so‘mdan oshdi.

👉 https://kun.uz/14515440

Kun.uz rasmiy kanali
«Moskvadagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olmoqda» - prezident

Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning «asosiy hamkorlari» o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanishi ta’kidlangan.

👉 https://kun.uz/93295538

Kun.uz rasmiy kanali
WP: AQSh Rossiyani aynan «Krokus» terrorchilar nishoni ekani haqida avvaldan xabardor qilgan

WP maqolasida aytilishicha, Vashington tomonidan berilgan ogohlantirish aniqligi Moskvaning u terror hujumi oldini olishga yordam bera olmaydigan darajada umumiy bo‘lgani haqidagi da’volariga ziddir.

👉 https://kun.uz/06623788

Kun.uz rasmiy kanali
⚡️Yangi uylarni qidiryapsizmi?

2024 yilda quriladigan yangi uylar narxlari va ro‘yxati.

👉
Uylarni ko‘rish

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda o‘ldirilgan xorijliklar, Istanbuldagi yong‘in, Tataristonga yetib borgan dronlar - kun dayjesti

O‘tgan kun ichida dunyoda sodir bo‘layotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar sharhi bilan endi kunduz kunlari tanishtirib boramiz.

👉 https://kun.uz/12186116

Kun.uz rasmiy kanali
Daraxt ekish bizdan, joy esa sizdan!

KISLOROD loyihasi farzandlarimizga nafaqat rivojlangan, balki havosi toza bo‘lgan Toshkentni qoldirishni istaydi.
Shu sababdan shaharda havo sifatini yaxshilash borasida ushbu loyiha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

👉 https://kun.uz/30955595

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston Eronning Suriyadagi konsulligiga uyushtirilgan aviazarbani qoraladi

O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan havo hujumini keskin qoraladi.

👉 https://kun.uz/32072539

Kun.uz rasmiy kanali
Amir Temur shohko‘chasidagi davlat idoralari binolari biznes loyihalariga beriladi

Prezident Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obyektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etdi.

👉 https://kun.uz/06783729

Kun.uz rasmiy kanali