Kun.uz | Rasmiy kanal
92K subscribers
74K photos
9.46K videos
55.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Toshkentda ichimlik suvni rejali o‘chirish jadvali e’lon qilindi

Hududlarda suvni o‘chirish 15 apreldan boshlanib, 20 mayga qadar davom etadi. Muayyan bir hududda suv qariyb ikki kun davomida bo‘lmaydi.

👉 https://kun.uz/01818836

Kun.uz rasmiy kanali
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

3–8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

👉 https://kun.uz/09373583

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtomobil importi bo‘yicha rejalashtirilayotgan yangi cheklovga izoh berildi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning tijorat maqsadida xorijdan avtomobil olib kirishi taqiqlanishi kutilyapti. Yangi avtomobillarni faqat dilerlar tomonidan olib kirilishi tartibini tiklash ham reja qilingan.

👉 https://kun.uz/29767398

Kun.uz rasmiy kanali
Telegram O‘zbekistonda nega mashhur? Telegram-kanallar qanday rivojlantiriladi? Temur Bakiyev bilan suhbat

Bugungi kunda telegram O‘zbekistonda eng mashhur messenjer hisoblanadi. O‘zaro muloqotdagi afzalliklaridan tashqari, ko‘plab o‘zbekistonliklar aynan telegram ortidan pul ishlashmoqda.

📹👉 https://kun.uz/22957543

Kun.uz rasmiy kanali
Kupyanskdagi vayronalar va Buchada xotira tadbirlari. Urush suratlari

Urushning 768-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸 👉 https://kun.uz/74408292

Kun.uz rasmiy kanali
“Ishlaydigan odam yo‘q, suv kam” – amerikalik fermerlar sun’iy intellektdan foydalanyapti

Dunyo aholisi oshishi sabab 2050 yilda hozirgidan ko‘ra 70 foiz ko‘proq oziq-ovqat yetishtirishga to‘g‘ri keladi. Yetmaganiga, AQShda yildan yilga kamroq yoshlar fermerlikni tanlayapti. Hozir fermerlarning o‘rtacha yoshi 60 da. Iqlim o‘zgarishi ham yetishtirilayotgan hosilni xavf ostiga qo‘ymoqda. Bu muammolarni hal qilishda sun’iy intellekt fermerlarga yordam bera olishi mumkin.

👉 https://kun.uz/31934144

Kun.uz rasmiy kanali
Istanbulda yong‘in: kamida 29 kishi halok bo‘lgan

Binoning yerto‘la qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgandi.

👉 https://kun.uz/01503126

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xiomi'dan SU7 elektromobili, iOS 18 taqdimot sanasi, Soradan film – texnodayjest

Xitoyning Xiomi kompaniyasi o‘zining ilk elektromobilini taqdim etdi, Sora sun’iy intellekti 7 ta qisqa metrajli film yaratdi, iOS 18 operatsion tizimi taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi. Kun.uz o‘tgan haftaning texnoolamdagi yangiliklari bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Kun.uz rasmiy kanali
2 aprelning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Yangi tayinlovlar, metan gaz narxini oshirgan shoxobchaga chora, Bekoboddagi voqea bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi, uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish- kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing.

👉 https://kun.uz/55485584

Kun.uz rasmiy kanali
G‘azoda g‘arblik ko‘ngillilar Isroil aviazarbasi qurboniga aylandi. TSAHAL «fojiali hodisa»ni tekshirmoqda

Isroil mudofaa armiyasining G‘azo sektorida yo‘llagan aviazarbasi oqibatida «Jahon markaziy oshxonasi» (World Central Kitchen, WCK) tashkilotining yetti nafar xodimi halok bo‘ldi. Tashkilot asoschisi anklav hududida insonparvarlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatishini ma’lum qilgan.

👉 https://kun.uz/68201125

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiya demokratiyasi ishlayapti. Bu – turkiy dunyo uchun yaxshi namuna

Yakshanba kungi saylovlar Turkiya nafaqat qonunda, balki amalda va tarixiy tajribaga ko‘ra ham ancha demokratik davlat ekanini yana bir bor isbotladi. Xalqning irodasi amalga oshyapti: odamlar istagan siyosatchilar hokimiyatga kelyapti va mustahkamlanyapti yoki aksincha, ishonchni yo‘qotgan partiyalar va ularning vakillari hokimiyatdan uzoqlashyapti.

📹 👉 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Xorijga ish – mahalladan» tamoyili yo‘lga qo‘yiladi, nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.

👉 https://kun.uz/69949532

Kun.uz rasmiy kanali
2024 yilning uch oyida qancha jinoyat fosh etilgani aytildi

O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida 4 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxs ushlandi.

👉 https://kun.uz/05647703

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya terakt haqida AQSh tomonidan ogohlantirilganini tan oldi

Ammo uning oldini olish uchun yetarli ma’lumot bo‘lmagani ta’kidlandi.

👉 https://kun.uz/58244859

Kun.uz rasmiy kanali
Tayvanda 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan sharqiy qirg‘oqlarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Orol va qo‘shni davlatlarda sunami xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/29674715

Kun.uz rasmiy kanali
Shahnoza Sultonova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan Nodira Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

👉 https://kun.uz/63986537

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida qatnashadi

Shuningdek, davlat rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

👉 https://kun.uz/97805225

Kun.uz rasmiy kanali
Urganch tumanida ikkita guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olindi

Guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarni jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib hal qilishga uringan.

👉 https://kun.uz/24641462

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi bola bilan qo‘pol munosabatda bo‘lib, qo‘lini ko‘kartirib qo‘ydi

Hodisa Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Xonaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi yozib olgan tasvirlarda tarbiyachi guruhdagi qizaloqlardan biriga qo‘pol munosabatda bo‘lib, qo‘lini siltab, baqirgani ko‘rinadi. Bolaning yaqinlari voqeadan xabar topgach tarbiyachi ishdan bo‘shatilgan.

👉 https://kun.uz/90014811

Kun.uz rasmiy kanali
Nega aynan Sayxunobod? Iqtisodchi prezident tashabbusining mohiyatini tushuntirib berdi

Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirovning ta’kidlashicha, ichki imkoniyatlari katta bo‘lgan har bir hudud tanlab olinib, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Sayxunobod tajribasi bora-bora boshqa hududlarga ham keng tatbiq qilinadi.

👉 https://kun.uz/69556123

Kun.uz rasmiy kanali