Kun.uz | Rasmiy kanal
71K subscribers
83.1K photos
12.3K videos
66.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
“Mendan qarzi bor edi” – Navoiyda marhumlarning yaqinlarini aldab, pul undirgan shaxs jinoiy jazoga tortildi
 
24 yoshli yigit Karmana tumanida janoza xabarlari berib boriladigan Telegram kanaldan marhumlar haqida maʼlumot olib, ularning yaqinlarini izlab topgan. So‘ngra marhum tiriklik paytida qarzga pul olganini aytib, mablag‘ni undirishga uringan.
 
Jabrlanuvchilardan biri yigitning gapiga ishonib, u so‘ragan mablag‘ni to‘lab bergan. Sud yigitni firibgarlik jinoyatida aybli deb topdi.

👉 https://kun.uz/uz/71759567

Kun.uz rasmiy kanali
🤯4913🔥5👍1
“Amerika Oʻzbekistonni mintaqadagi eng muhim hamkor deb tan olyapti” – elchi Furqat Sidiqov

2-sentabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi. Tadbirda AQSH hukumatidan rasmiylar, diplomatik korpus vakillari hamda vatandoshlar qatnashdi. Kun.uz bilan gaplashgan elchi Furqat Sidiqovga koʻra, Vashington Toshkentni Markaziy Osiyodagi asosiy sherik sifatida koʻrmoqda va hozirgi aloqalar keyingi maʼmuriyatlar davrida ham saqlanib qoladi.

📹👉 TO‘LIQ INTЕRVYUNI KO‘RISH
18🔥12😁11🤯7😭6👍2
Superliga: «Nasaf» «Neftchi»ga 6 ta gol urdi

4 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv o‘tkazildi.

Kunning markaziy bahsida «Nasaf» chempionat peshqadami «Neftchi»ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi. «Paxtakor» esa «Andijon» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

👉 https://kun.uz/uz/37791947

Kun.uz rasmiy kanali
21🔥6🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sietlda O‘zbekiston bosh konsulligi ochildi

Kun.uzʼning AQSHdagi muxbirining xabar berishicha, 4 sentyabr kuni AQSHning Vashington shtati, Sietl shahrida O‘zbekiston bosh konsulligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ikki tomondan qator rasmiylar, diplomatik korpus vakillari va xorijiy mehmonlar qatnashmoqda.

Ahror Burhonov bosh konsul sifatida rasman tanishtirildi va Sietldan turib faoliyatini davom ettirmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
👍138😁2🔥1👏1
Oʻzbekistonda eng koʻp Cobalt ishlab chiqarilmoqda

2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda 263,7 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Avtomobillar orasida Cobalt ishlab chiqarish hajmi boʻyicha yetakchilik qilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/64464659

Kun.uz rasmiy kanali
😁37👍147🤯2😐2
BMT anʼanaviy dunyo xaritasidan voz kechish uchun ovoz berdi

BMT Bosh Assambleyasi dunyo xaritasida qitʼalar, xususan, Afrikaning hajmini aniqroq aks ettiruvchi xaritaga oʻtish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 164 davlat qoʻllab-quvvatladi, faqat AQSH qarshi ovoz berdi.

👉 https://kun.uz/uz/43398738

Kun.uz rasmiy kanali
👍43😁189🔥3
Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Prezident farmoni bilan Alisher Bahodirovich Samadov Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

👉 https://kun.uz/uz/57469435

Kun.uz rasmiy kanali
9
Timur Butunbayevga Prezident administratsiyasida yangi vazifa yuklatildi

Prezident farmoni bilan Timur Nuryigitovich Butunbayev Oʻzbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbarining suv islohotlari boʻyicha oʻrinbosari - Huquqiy ekspertiza departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Prezident administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

👉 https://kun.uz/uz/92207654

Kun.uz rasmiy kanali
👍1038
Putin Pashinyanga shart qo‘ydi, Zelenskiy aviakompaniyalarni ogohlantirdi | “Geosiyosat”

Bishkekdagi SHHT sammitida Putin Armanistonni YI va YOII o‘rtasida tanlov qilishga chaqirdi, Modi esa Rossiya rahbariga urush insoniyatni orqaga tortayotganini aytdi. Zelenskiy Rossiya havo hududini to‘sish kampaniyasi haqida bayonot berdi. AQSHning Eronga raketa zarbalari oqibatida yana tinch aholi halok bo‘ldi.

Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5😁4
Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Podpolkovnik Oybek Abdukarimovich Kaimxoʻjayev Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Toshkent shahri Yashnobod tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

👉 https://kun.uz/uz/78346794

Kun.uz rasmiy kanali
10🤯3
6-sentabr kuni Toshkentda qator koʻchalar vaqtincha yopiladi

6-sentabr kuni «Toshkent xalqaro yarimmarafoni» oʻtkazilishi munosabati bilan poytaxtning qator markaziy koʻchalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Cheklovlar soat 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi.

👉 https://kun.uz/uz/55710120

Kun.uz rasmiy kanali
8😭4🔥2👏1
Toshkentda bir kunda 22 ta YTH ro‘y berib, to‘rt kishi og‘ir jarohatlandi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ilk marta poytaxtdagi transport harakatining kunlik asosiy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 4-sentabr kuni Toshkent shahrida 22 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ularda 4 kishi og‘ir tan jarohati olgan. Kun davomida 4751 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan.

Poytaxt jamoat transporti (avtobus, metro) bir kunda qariyb 2,1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Shaharda kuniga 1,5 millionta transport vositasi harakatlanyapti.

👉 https://kun.uz/91844698

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥7🤯4👍2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fuqaro Xalq qabulxonasiga yuborgan murojaatini oʻzi nazorat qiladigan boʻldi

Prezident qabulxonasiga (pm.gov.uz) murojaat yoʻllagan fuqaro tegishli tashkilotning javobidan qoniqmasa, “Eʼtirozim bor” tugmasini bosadi va uning murojaati ijroga qaytarilib, qayta koʻrib chiqiladi.

👉 https://kun.uz/uz/03338436

Kun.uz rasmiy kanali
👍91🔥3318👏12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Salardagi noxush hid muammosi qanday hal qilindi?

Toshkentdagi Salar oqova suv tozalash inshootida noxush hidni kamaytirish maqsadida 9,5 mlrd soʻmlik zamonaviy filtr uskunasi oʻrnatildi.

Maʼlum qilinishicha, yangi tizim 15 kundan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda va natijada inshoot atrofidagi noxush hidlar bartaraf etilgan.

👉 https://kun.uz/uz/77919891

Kun.uz rasmiy kanali
👍178😐3👏2😁2
Shavkat Mirziyoyev 7-8-sentabr kunlari Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti dushanba-seshanba kunlari rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi. Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar va biznes forum bo‘lib o‘tadi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich o‘tgan yili oktabrda Toshkentga kelgan edi.

👉 https://kun.uz/96524100

Kun.uz rasmiy kanali
👍108🔥2720👏9😭1
Qahramon Quronboyev Mahallalar uyushmasi raisligidan ketdi — manba

Kun.uz manbasiga ko‘ra, uning o‘rniga Mahallalar uyushmasi raisi lavozimini prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev egallashi mumkin.

👉 https://kun.uz/94983135

Kun.uz rasmiy kanali
👍225😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“To‘y taklifnomasi” – Telegram’da zararli APK fayllari ko‘paymoqda  
 
O‘zbekistonda kiberjinoyatlarning katta qismi zararli APK fayllari bilan bog‘liq. Bunda turli bonus va yutuqlar va’dasi, to‘y yoki bayram taklifnomasi, umuman, qiziquvchanlikka asoslangan har qanday chaqiruv tuzoq vazifasini bajarmoqda.
 
APK fayllarni ochish uyga tushayotgan o‘g‘riga xonadon kalitini berib, “istagan narsangizni olib chiqib ketavering”, deyishday gap. Chunki, kiberfiribgarlar aynan foydalanuvchining ruxsati (faylni ochishi) bilan o‘g‘rilikni amalga oshira oladi.
 
O‘g‘irlangan narsalar shaxsiy ma’lumotlar, akkaunt yoki bank kartasi boshqaruvi, undagi pul mablag‘lari bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/92357155

Kun.uz rasmiy kanali
7👍5🔥3
Andijonda metan-zapravkada Spark portlab ketdi

Hodisa Andijon shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida sodir bo‘lgan. FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan va hech kim jarohatlanmagan.

👉 https://kun.uz/50824585

Kun.uz rasmiy kanali
😭126
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishlaydigan onalarga ham "bola puli" to‘lanadi. Tartibi qanday?

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi nafaqasi to‘lanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan va ixtiyoriy sug‘urta tizimiga qo‘shilgan ayollar ham bu to‘lovni olishi mumkin, ammo norasmiy ishlaydigan onalarga nafaqa berilmaydi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassisi ushbu nafaqa turining to‘lanishi shartlarini batafsil tushuntirdi.

👉 https://kun.uz/uz/80907275

Kun.uz rasmiy kanali
8👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda yosh parlament aʼzolari BRMga erishishda parlamentlar rolini muhokama qildi
 
Samarqandda Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning ishtiroki» mavzusida maxsus ochiq sessiya o‘tkazildi.
 
Unda turli mamlakatlar parlamentlarining yosh aʼzolari, xalqaro tashkilotlar va soha ekspertlari Barqaror rivojlanish maqsadlarini milliy darajada amalga oshirishda qonun chiqaruvchi hokimiyatning o‘rni va imkoniyatlarini muhokama qildi.

👉 https://kun.uz/uz/33207819

Kun.uz rasmiy kanali
6👍1🤔1
Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shifokorlar faoliyat yurita olmaydi

O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2027 yildan ixtiyoriy, 2030 yildan esa majburiy tartibda joriy etilishi taklif qilinmoqda.

Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan mutaxassis keyinchalik tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.

Prezident shu va boshqa o‘zgarishlar avvalo tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

👉 https://kun.uz/07864876
 
Kun.uz rasmiy kanali
👍62🔥3612👏10😁3🤯2