Kun.uz | Rasmiy kanal
72.1K subscribers
82.3K photos
12K videos
65.8K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xaritada yo‘q, ammo dunyodagi eng ideal mamlakat haqida eshitganmisiz? | 5 daqiqa

Agar sizga bir mamlakatni boshqarish vazifasini berishsa, ishni nimadan boshlardingiz? Yo‘llarni tuzatishdanmi? Maoshlarni oshirishdanmi? Yoki korrupsiyani yo‘qotishdanmi? Qizig‘i, besh yuz yil avval yashagan bir odam ham xuddi shu haqida bosh qotirgan.

O‘sha odamning ismi Tomas Mor edi. Uning “Utopiya” degan kitobi bor. “Utopiya” - bir vaqtning o‘zida “eng yaxshi joy”, shu bilan birga “hech qayerda yo‘q joy” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni bu joyni xaritadan izlab o‘tirmang.

👉 https://kun.uz/73036644

Kun.uz rasmiy kanali
28🤯2
JCh kundaligi. Bronza uchun triller va Tuxelni tanqid qilgan Tramp

Mbappe Messining, Olise Pelening rekordini yangiladi; Argentina va Ispaniya murabbiylari bir-birining futbolchilarini maqtamoqda, Messi Yamalning chaqaloqlikdagi mashhur suratini esladi.

📹 👉 https://kun.uz/35153937

Kun.uz rasmiy kanali
19🔥4👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bakirov: “Pulli parkovkalar bo‘yicha amaldagi shartnoma bekor qilinishi kerak”

Iqtisodchi Otabek Bakirov Kun.uz‘ga bergan intervyusida Toshkentdagi pulli avtoturargohlar tizimini qayta tashkil etishni taklif qildi. Uning fikricha, amaldagi shartnoma bekor qilinib, parkovkalarni boshqarish huquqi ochiq va raqobatli auksion orqali bir nechta operatorga taklif etilishi lozim. Bakirov, shuningdek, haydovchilar pulli parkovka tizimini qo‘llab-quvvatlamayotganining asosiy sababi to‘lovlar evaziga shahar infratuzilmasi yaxshilanayotganini ko‘rmayotganida ekanini aytdi.

📹TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING
👏27🔥166👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chempionat finali oldidan BMTda global kampaniya targ‘iboti

Jahon chempionati final o‘yini 19 iyul kuni Nyu York – Nyu Jyersey stadionida bo‘lib o‘tadi. Tomosha qiluvchilar qatorida AQSh, Meksika prezidentlari, Kanada bosh vaziri va Ispaniya rasmiylari bor. Final avvalidan Nyu Yorkda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Masalan, BMTda ruhiy salomatlik bo‘yicha global kampaniyaga start berildi. Unda FIFA prezidenti qatnashib, nutq so‘zladi.

👉 https://kun.uz/52033215

Kun.uz rasmiy kanali
22🔥2😁2
Yamal Messiga qarshi. JCh finali intrigalari

Bugun tunda Ispaniya va Argentina keyingi to‘rt yillikning eng kuchli jamoasini aniqlaydi.

👉 https://kun.uz/26310326

Kun.uz rasmiy kanali
👏1910🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShda aka-uka Teytlar qo‘lga olindi

Odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya va zo‘ravonlikda ayblanayotgan ushbu shaxslar shu yil aprel oyida O‘zbekistonga kelgan va tantanali kutib olingan, bu esa jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgandi.

👉 https://kun.uz/06365741

Kun.uz rasmiy kanali
😁49👍2414🤔8🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ayol kishi baribir ojiza bo‘ladi. Erkagi qat’iyatli bo‘lgan oila mustahkam bo‘ladi"

Kun.uz xalq orasida o‘z auditoriyasiga ega bo‘layotgan uchlik Sohiba qalpoq, Komilalolo va Shahzoda Zarifjonovna taxallusi bilan faoliyat yuritayotgan vaynerlar bilan suhbatlashdi.

📹👉TO‘LIQ SUHBATNI KO‘RISH👈
👏225🔥5🤯3👍2😐1
Iordaniyada AQSh harbiylari halok bo‘ldi, Eronda ko‘prik va elektr stansiyalarga zarba berilmoqda

Amerikalik harbiylar Iordaniyada AQShning ikki harbiy xizmatchisi halok bo‘lganiga javoban Eron bo‘ylab zarbalarning navbatdagi seriyasini amalga oshirdi. Yana bir harbiy bedarak yo‘qolib, to‘rt nafari jarohatlangan. Eron oliy rahbari Mujtaba Xominaiyning navbatdagi murojaati e’lon qilindi, unda Tramp tomonidan imzolangan anglashuv memorandumi «hech narsaga arzimasligi» qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/43795330

Kun.uz rasmiy kanali
20😭11👍8😁1😐1
Rossiya Kiyev bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar

RF mudofaa vazirligi navbatdagi zarbalar bilan tahdid qilgan. «Bugun finalmasligi aniq, bu sizga futbol emas», – deyiladi vazirlik bayonotida.

📸 👉 https://kun.uz/35128964

Kun.uz rasmiy kanali
😭16🤯108👍7🔥3
Ko‘rfaz davlatlari qachongacha Eron nishonida bo‘ladi?

AQSH zarbalari Eronning sohilbo‘yi hududlarini mamlakat ichkarisi bilan bog‘laydigan logistika tarmoqlarini izdan chiqaryapti. Ayrim tahlilchilar buni yaqin oylar ichida ehtimoliy quruqlikdagi operatsiyalar uchun tayyorgarlik deb talqin qilyapti. Eron rasmiylari urush keyingi bosqichga o‘tsa, mintaqadagi ayrim davlatlarga qiyin bo‘lishini bir necha bor taʼkidlagan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
9🔥8🤔2
AQSHda sirli o‘lim, Messi gladiatorga aylandi – hafta dayjesti

🔘 Amerikalik senatorning o‘limi muhokama markazida. Grem «o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi» haqida gaplar tobora ko‘paydi.

🔘 Eronda urush qaytalandi. Bir oy davomida tomonlar hech nimani kelisha olmadi. Urush qanday tugashini Tramp ham bilmaydi.

🔘 Ukrainada namoyishlar: mudofaa vaziri ishdan olingach, minglab odamlar ko‘chaga chiqib, norozilik bildirmoqda. Zelenskiy siyosiy kapitalini yo‘qota boshlagan ko‘rinadi.

🔘 JCH tugamoqda, bugun g‘olib aniqlanadi. “Barselona” muxlislar uchun bayram, bir tomonda Messi, bir tomonda Yamal!

🔘 Leo Angliyaga qarshi epik o‘yinda gladiatorga aylanib, heyterlarni jim bo‘lishga majbur qildi.

📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING
24👍8😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mozaika” davlat – Xitoy

Uyg‘uriston agar mustaqil bo‘lganida, dunyoning 17-yirik davlati bo‘lardi. Mo‘g‘uliston hududiga deyarli teng Ichki Mo‘g‘uliston, Tibet va Shinjon avtonom rayonlari yig‘indisi Xitoy maydonining deyarli yarmiga teng. SUBYEKTIV jamoasining poytaxt Pekindan g‘arbdagi Sharqiy Turkistongacha, Ichki Mo‘g‘ulistondan Guandjougacha o‘rganishlariga asoslangan yangi ko‘rsatuvida Chin mamlakatini boshqacha rakursdan kashf qilasiz.

📹👉TO‘LIQ FILMNI KO‘RISH👈
37😭20👍12
Ispaniya – jahon chempioni!

Argentinaga qarshi kechgan final o‘yinida ispanlar to‘liq ustunlik qilishdi, ammo asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Ferran Torresning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi.

Janubiy amerikaliklar esa antirekord qayd etib yutqazdi – Skaloni shogirdlari o‘yin davomida biror marta aniq zarba bera olmadi, bunaqasi JCH finallarida kuzatilmagandi.

https://kun.uz/12524457

Kun.uz rasmiy kanali
👍10338🔥20😁16🤯2
Jahon chempionatining eng yaxshilari taqdirlandi

Lionel Messi va Lamin Yamal individual sovrinlar bilan taqdirlanganlar qatoridan o‘rin olmadi.

👉 https://kun.uz/uz/39413636

Kun.uz rasmiy kanali
👍34😐1410😁5🔥3😭2
10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

Anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida Davlat mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga maxsus ko‘rsatma yubordi.

Hujjatga muvofiq, kunning eng issiq qismi - soat 10:00 dan 17:00 gacha xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlar vaqtincha to‘xtatiladi.

👉 https://kun.uz/uz/12850038

Kun.uz rasmiy kanali
👍51👏2110😁9🔥1
Ispanlar Messini yupatdi, Paredes mushtlashib ketdi. Finaldan tarixiy suratlar

Tramp esa yana podiumda ortiqcha odamga aylandi.

📸 👉 https://kun.uz/uz/57282070

Kun.uz rasmiy kanali
😁5819👍5
Ko‘prik qurilishi sabab Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida D-002 va D-021 avtomobil yo‘llari kesishgan chorrahada ko‘prik qurilishi hamda yo‘llarni rekonstruksiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 18–22 iyul kunlari ayrim yo‘l uchastkalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilarga harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

👉 https://kun.uz/uz/60056994

Kun.uz rasmiy kanali
13👍4👏1😁1
O‘zlarini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatib jinoyat sodir qilgan shaxslar qamaldi
 
Jinoiy sxema shunday ishlagan: guruh rahbari o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida ko‘rsatgan, qolganlar pul evaziga turli masalalarni hal qilishda unga “mijoz” topgan.  
 
Uyushgan guruh qilmishida “lavozimga tayinlash”dan tortib "sud ishini hal qilib berish”gacha bo‘lgan turli epizodlar bor.

Sud hukmi bilan uyushgan guruh a’zolari 10 yildan ko‘proq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortildi.

👉 https://kun.uz/13672843

Kun.uz rasmiy kanali
👍1710😁9🤯8😐3
O‘zgidromet ayrim hududlarda sel va suv toshqini xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet 21–24 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari kuzatilishi ehtimoli bor.

👉 https://kun.uz/uz/87598327

Kun.uz rasmiy kanali
👍2117
“Kechasi yoqishadi”: Ohangarondagi yongan yoki “yondirilayotgan” chiqindi poligoni

Ohangaron chiqindi poligonidagi yong‘in ortidan Toshkent havosi bir necha kun qo‘lansa tutun bilan qoplandi. Rasmiylar buni anomal issiqlik oqibati deb baholayapti. Biroq Kun.uz suhbatlashgan mahalliy aholi, ishchilar va voqea guvohlari chiqindilar kechasi ataylab yoqilayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

“Bir kuni qarasam “Labo” turibdi, orqasida solyarka to‘la kanistr bor. Bu (yong‘in) maxsus uyushtirilgan. Chiqindi ko‘pligi uchun yoqib yuborishyapti deb o‘ylayman. Agar tabiiy ofat bo‘lsa, kunning issig‘ida yonishi kerak, kechasi emas” deydi guvohlardan biri.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
23👍9😭3🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hafta davomida harorat pasaya boshlaydi

O‘zbekistonda seshanbadan boshlab ish haftasining oxirigacha havo harorati kechasi +20…+25, kunduzi +30…+37 darajagacha pasayadi. Ayrim hududlarda havo biroz bulutli bo‘lishi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Joylarda shamol tezligi kuchayadi.

👉 https://kun.uz/uz/97151623

Kun.uz rasmiy kanali
👍2215😁2